O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Yo, 
Rabbiy, lahzada bor orzular puch»
deyilganda qaysi lahza nazarda 
tutilayotir deb o‘ylaysiz? Sizningcha, kimning orzulari haqida gap 
ketayotir? Bu orzular nimalardan iborat ekanligi haqida fikr ayta 
olasizmi? 
«
Men ham qaydan bilay ishq yo‘llarida – Majnun emas, 
senga kelarimni duch…
» misralarida insonga xos bo‘lgan qanday 
tuyg‘ular aks etgan deb o‘ylaysiz? Nima deb o‘ylaysiz, «Majnun» 
bilan «Sen»ning orasida qanday tafovut bor?»
Asar matni yuzasidan taqdim etilgan mazkur savol va topshiriq-
lar ko‘magida uning mohiyatiga kirishga urinilarkan, o‘qituvchining 
vazifasi alohida e’tiborga loyiq javoblarni rag‘batlantirish, kichik-
kichik qo‘shimcha savollar yoki yo‘naltiruvchi fikrlar bilan vazi
-
yatga aniqlik kiritish, kemtik fikrlarning to‘ldirilishini boshqalar
-
dan so‘rash kabilardan i
borat bo‘ladi. O‘qituvchi imkon qadar o‘z 
fikrini o‘rtaga tashlamasligi, agar bunga zarurat tug‘ilganida ham 


238
239
hal qiluvchi xulosa yoki hokim fikr shaklida emas, shunchaki bir 
variant sifatida aytishi mumkin. Agar u yoki bu savollarga auditori-
yada javob topilmasa, uni ochiq qoldirgan, keyingi dargacha u haq
-
da o‘ylab ko‘rishni taklif etgan ma’qul. Aks holda, o‘quvchilarni 
o‘qituvchisining fikr aytishini kutadigan, o‘ylamaydigan tanbal
-
larga aylantirib qo‘yish mumkin. 
O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva qalamiga 
mansub «Men seni topgandim…
117
she’ri mazmun-mohiyati bilan 
ko‘ngil bitigi hisoblanadi. Unda baland orzular dunyosida kezgan 
yosh bir qalbning iztiroblari samimiy tasvirlangan. Bu asarning 
qahramonini barcha she’rlarga «egalik» qiluvchi qiyofasiz 
«lirik qahramon» deyish unchalar o‘rinli emas. U hech kimga 
o‘xshamagan, o‘z qalbi va o‘zgacha tuyg‘ular sohibi. Shuning uchun 
she’r qahramonini oddiygina qilib qiz deb atash mumkin. Unda, 
avvalo, qizning yoshlikda bilib-bilmay qilib qo‘ygan xatolaridan 
chekkan iztirobi, buning ustiga shu xatolar tufayli ikkinchi bir 
qalbning jabrlanganini his qila turib ko‘nglidan kechayotgan ruhiy 
qiynoqlari tasvirlangan. Ushbu bitikdagi har bir misra rost. Bor-
yo‘g‘i uch banddan iborat bu she’rning har bir satridan ko‘ngil 
dardining zardobi sizib turibdi. 
Bu she’rga adabiyottanuv ilmidagi nazariy o‘lchovlardan 
ko‘ra ruhiyat mezonlari bilan yondashish ma’qulroq bo‘ladi. Unda 
qahramon tuyg‘ulari ifodasi ko‘ngil kishisi bo‘lgan she’rxonni mu-
vozanatdan chiqaradi, qalbini junbishga keltiradi. Bunday bezovta 
vaziyatda she’rxon ham samimiy bo‘ladi.
O‘rni kelganda shuni ham aytish joizki, shu she’r asosida yara-
tilib, Hilola Hamidova tomonidan ijro etilgan qo‘shiq so‘zning ta’sir 
kuchini yana-da oshir
 
gan. She’r so‘zi bilan kuyi bir-biriga monand 
qo‘shiqqa aylanib, har ikkisi tinglovchi va o‘quvchi ko‘nglidagi 
tuyg‘ularga hamohang bo‘lganda, so‘zning ta’sir qudrati yana-
da ortadi. Ba’zi qo‘shiqlar musiqasi yoqimsiz bo‘lganidan go‘zal 
so‘zning ta’sir kuchi ham yo‘qolib ketadi. H. Xudoyberdiyevaning 
ushbu she’riga kuy yozgan bastakor so‘zni shunchalar nozik his 
qilgan, unga monand kuyni ko‘ngli bilan topganki, qo‘shiq sami-
miy ijrosi bilan tinglovchiga huzur bag‘ishlaydi.
She’rning birinchi misrasidayoq qahramonning romantik 
tuyg‘ular egasi ekanligini ko‘rish mumkin:
117
H. Xudoyberdiyeva. Sadoqat. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va 
san’at nashriyoti, 1983. 99-b.


239
Men seni topgandim, ammo yaxshi qol, 
Sen: «Yaxshi qol!» – degil, «Ko‘rishguncha»mas.
Bul quyosh hali ko‘p ol bo‘ladir, ol,
Bul oy ham umrimga ko‘p qiladir qasd.
Misradagi «topgandim» so‘zi shundan, ayni shu zamonda, 
ichki bir armon, afsus-nadomatdan dalolat beradi. Inson «topdim» 
degan so‘zni qidirgan, istagan yoki orzu qilgan narsasiga erishgan-
da qo‘llaydi. Demak, Qiz yigit timsolida orzusidagi muhabbatni, 
ishqida telbavor Majnunni topdim deb o‘ylagan. Shu misraning 
o‘zidayoq «ammo» so‘zining keltirilishi uning adashgani, muhab-
bat borasida xatoga yo‘l qo‘yganini ko‘rsatadi. Tiyiqsiz tuyg‘ular 
yetovida yurgan, xayolan oq otlik shahzodani kutgan bo‘y qiz o‘z 
nazdida orzulariga erishgan edi, lekin u visoldan kutilgan natijani – 
baxtdan mastlik lazzatini tuyolmadi. Orzulari sarob bo‘lib chiqqa
-
nini tezda payqadi. 
Albatta, she’rda ko‘ngildagi muhabbatning topilishi bilan 
uning sarob ekanini anglash va bu muhabbatdan voz kechgungacha 
bo‘lgan oraliqdagi hayot mashaqqatlari, «yaxshi qol» degan qarorga 
kelgungacha ruhiyatda ro‘y bergan kurash hamda bu jarayondagi 
qiynoqlar haqida hech so‘z deyilmaydi. Oradagi butun boshli hayot 
«topgandim» va «ammo» so‘zlari hamda ular orasidagi vergulga 
joylashtirilgandek tasavvur paydo bo‘ladi kishida: «

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish