253
qanday g‘urur, qadr-qimmat yo‘qmi? Agar bor bo‘lsa, ular nima
-
larda ko‘rinishini asardan misollar keltirib ko‘rsatishga harakat qi-
lishsin. O‘z ruhiyatlarini taftish qilishsin, ichlarida Qo‘chqorga nis
-
batan qanday hislar paydo bo‘ldiykin? Bu tuyg‘ularni nomlashga
urinib ko‘rishsin. Bularning barchasi ularda shaxslik sifatlarining
shakllanishiga ko‘maklashadi.
O‘quvchilar Qo‘chqorning hayotidan hech nolimasligi sa
-
bablari haqida o‘ylab ko‘rishsin. Alomatning: «
Hamma gap shun-
da-da, nolimaysiz! Ko‘nikib ketgansiz. Yaralar toshga aylangan
– og‘riq sezmaydi. Dod solib baqirish-ku, qo‘lingizdan kelmas,
hech qursa ingrab qo‘yishga ham qodir emasmisiz, Qo‘chqor aka!
Qalbingizning unutilib ketgan, o‘zingiz ham bilmaydigan bur-
chaklarida miltillayotgan ushoqqina norozilikdan qo‘rqasiz, uni
sezmaslikka olasiz!
» degan gaplarini asoslashga urinib ko‘rishsin.
Buning uchun matnga murojaat qilish shart emas. Bu borada har
bir o‘quvchining matn mazmunidan kelib chiqqan o‘z xulosasi
bo‘ladi. Shunda ular mazkur asarning komediyadan ko‘ra muhim-
roq bir jihatlari borligini anglab yetadilar. Bunday vaziyatdan chi-
qish uchun Qo‘chqor nima qilishi mumkinligi haqida ham o‘ylab
ko‘rishsin. Muammoning yechimini topishga urinib ko‘rishsin.
Balki bu borada biror jo‘yali fikr chiqmas, lekin asarga munosabat
-
lari o‘zgarishi aniq. Endi asarni qayta tomosha qilganda avvalgidek
kula olmasliklari tayin. Yana bularning ustiga «Davron suraylik»
ashulasining berilishi o‘quvchilarning
ruhiyatiga bir mubham
-
lik, og‘riq soladi. Bu ham asar muallifining topqirligi, odamlarni
o‘ylashga undash yo‘lidagi bir izlanishidir.
Olimjonning: «
Axir u temir-ku, Qo‘chqor aka, temir. Uni ehti-
yot qilish kerak, avaylash kerak. U o‘zini o‘ylamaydi, «qiynalib
ketdim» deydigan tili yo‘q. Indamas ekan, deb eshakday ishlata-
veradimi axir!
» tarzidagi noroziligi ham o‘quvchilarning diqqati
-
dan chetda qolmasligi kerak. Olim o‘zining yaratig‘i bo‘lmish ro
-
botni ayayapti. Lekin jamiyat o‘z a’zolarini ayash kerakligi haqida
o‘ylab ham ko‘rmayapti. O‘quvchilar mana shular haqida mulo
-
haza yuritishlari kerak, muallif tomoshabin va o‘quvchilarnining
e’tiborini shularga qaratmoqchi bo‘lgan. Tarbiyalanuvchilar temir
xotin Alomat bilan o‘zbek ayollari hayotini solishtirib ko‘rishga un-
dalishi kerak. Alomatning halokati sabablari borasida o‘ylayotgan
Qo‘chqorning quyidagi mulohazalariga ularning e’tibori qaratiladi:
254
255
«
Xo‘sh, nima ish qilipti! Hali qatorlashtirib bola tuqqani yo‘q, ke-
chalari uyqudan qolib, beshik quchoqlab chiqqani yo‘q, har bir
farzandi bilan ming bor kasal bo‘lib, ming bor sog‘aygani ham
yo‘q. (Hayron.) Bitta o‘zbek ayoli nima ish qilsa, shuning yarmini
qildi, xolos...
». Qo‘chqorning hayron bo‘lishi, o‘zining ayoli
qilayotgan mehnatning yarmisinigina bajarib tutab ketgan temirga
ajablanishi o‘quvchilarni o‘ylashga undashi kerak. Demak, inson
temirdan qudratli. Lekin bu qudrat nazokat ramzi bo‘lgan ayolni
maydalab yo‘q qilib borayotgani muallifni iztirobga solgan.
Komediyaning: «
Yana o‘ynaylik, yana kuylaylik, iqbolimiz
porloq ekan, davron suraylik
» qo‘shig‘i bilan yakunlanishi o‘z
ahvolini, turmushini taftish va tahlil qila olmaslik, o‘zining aslida
qanday hayot
kechirayotganligini bilmaslik, jamiyat ahlida mus
-
taqil fikr va munosabatning yo‘qligidan dalolat beradi. Bu insonga
xos bo‘lgan eng kechirib bo‘lmaydigan nuqson ekanini o‘quvchilar
o‘ylab ko‘rishlari adabiy ta’limning maqsadiga muvofiq keladi.
Haqiqatdan ham, kechagi jamiyatda, o‘tgan asrning 60 – 70-yil
-
larida shunday qo‘shiq bor edi. Uning so‘zini ham kimdir yozgan,
yana kimdir kuy bastalagan, kimlardir ijro etgan. Ko‘rinadiki, mil-
latning ziyolilari ham shunday fikrlashgan yoki bori haqiqatni bila
turib shunday yozishga va kuylashga majbur bo‘lishgan. Xullas,
«Temir xotin» komediyasi kulgidan ko‘ra o‘ylashga, komedi-
yadan ko‘ra fojeaga, ya’ni hayotiy fojeani kulgi
orqali ifodalashga
yo‘naltirilgan asardir.
Do'stlaringiz bilan baham: