O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Namozgarga yaqin ko‘chada bolalar 
chug‘urlashib qolishdi. Chiqdim... ...hammadan ko‘ra ko‘proq 
shovqin solib, yelib-yugurgan bola mening oldimga keldi, menga 
boshdan-oyoq razm soldi-yu, birdan:
– Kelgindi! – deb urgani qo‘l ko‘tardi.
– O‘zing kelgindisan! – dedim ehtiyotdan orqaga chekinib.
Bola bir irg‘ib mening kallamga qo‘yib yubordi. Men javob 
qilolmadim – qarasam, boshqa bolalar ham urmoqchi bo‘lib, ilon-
ni ko‘rgan chumchuqday atrofimda chug‘urlashib turishibdi. Shu 
payt bizni kuzatib turgan kichkina salla, uzun malla to‘nli bir chol:
– Qo‘yinglar, bolalar, tegmanglar, kelgindi bo‘lsa, o‘zi 
bo‘libdimi, xudo qilgan, – dedi.
Bolalar darrov tarqalishdi. «Kelgindi, kelgindi it» degan gap-
larni Olim buvadan eshitganimda buning haqoratdan tashqari 
yana odam hazar qiladigan ma’nosi ham borligini bilmagan ekan-
man, cholning bu gapi boshimdan kirib, tovonimdan chiqib ketdi. 
...Shundan keyin ko‘chadan, bolalardan ham, odamlardan ham 
ko‘nglim qoldi...
Men endi «indamas» degan ta’nadan qutulish uchun odam-
dan, hatto, ayamdan ham mumkin qadar qochadigan bo‘lib 
qoldim. Ayam ko‘p yig‘lab bezor qilganidan keyin dadam meni 
Ucharmaxsumga eltib o‘qitdi. Maxsum menga xo‘p dam solgandan 
keyin tupugidan yalatdi. Shundan keyin men yana ham indamas 
bo‘lib qoldim, bir so‘z aytmoqchi bo‘lsam, undan keyin nima de
-
yishimni o‘ylab, bor so‘zni ham unutar edim...
» tarzidagi bolalik 
xotiralari yozuvchi bilan o‘quvchini bir-biriga yaqinlashtiradi. 
Asari o‘rganilayotgan ulug‘ bir adibning qachonlardir o‘zlariga 
o‘xshagan bola bo‘lganini his qilish o‘quvchilarni ziyrak torttiradi. 
Orada iliqlik paydo qiladi. Shundan so‘ng asar ustida ish boshlash 
mumkin.
Hikoyani o‘qituvchi uzog‘i bidan 4 – 5 daqiqada o‘qib bera
-
di. D
arslikda mualliflarning o‘quvchilar fikrini qolipga soladigan, 


226
227
ularning hammasini bir xil mulohaza yuritishga undaydigan asar 
haqidagi talqini mavjud. O‘qituvchi bu talqinga to‘xtalmagani, hat
-
to, uni bolalarga o‘qishga bermagani ma’qul. Asarni o‘quvchilar 
bilan birga tahlil qilib bo‘lingandan so‘ng ular o‘z xulosa va qa-
rashlarini darslik mualliflariniki bilan taqqoslab ko‘rishlari mum
-
kin. O‘qituvchi bu ham ularga o‘xshagan bir kitobxonning fikri 
ekani, bu talqin bolalar qarashlari va xulosalarini yo‘qqa chiqarish 
uchun asos bo‘lolmasligi, hamma o‘z fikrida qolishi mumkinligi
-
ni ta’kidlashni unutmagani ma’qul. Hikoya tahlilini boshlashdan 
oldin asardagi tushunilishi qiyinroq bo‘lgan so‘zlar (Sim, Devonai 
Bahouddin, G‘avsula’zam, izvosh, oq podsho) darstaxtaga yozilib, 
izohlanadi: «Sim – Farg‘ona shahrining eski nomi; devonai Ba
-
houddin – Muhammad ibn Muhammad Bahouddin an-Naqshband 
al- Buxoriy (xalq orasida xo‘ja Bahouddin balogardon nomi bilan 
mashhur) – mashhur avliyo.U Muhammad s.a.v. avlodlariga man
-
sub sayyidzodalardan; G‘avsula’zam – pir; izvosh – ot qo‘shilgan 
arava; oq podsho – o‘sha davrdagi Rossiyaning podshosi». 
So‘ng o‘quvchilar bilan birgalikda, o‘qituvchi o‘zi uyda tu-
zib kelgan hamda darslikda berilgan savol-topshiriqlar yordamida 
asar tahliliga o‘tiladi. Eng avvalo, badiiy asarning nomiga diqqat 
qaratiladi. Uning matn mazmuniga qay darajada mosligi haqida 
o‘quvchilar fikri so‘raladi, mulohazalari eshitiladi. Asar mazmu
-
nidan kelib chiqib, hikoyaga boshqacha nom berishni so‘rash ham 
mumkin. O‘quvchilar faqat sarlavha taklif qilib qolmay, asarga 
nima uchun shunday nom berayotganini asoslashni so‘rash kerak 
bo‘ladi. Ular topgan sarlavhalarga o‘rtoqlari tomonidan munosa-
bat bildirilsa, yana-da yaxshi bo‘ladi. So‘ng epigrafga nazar tash-
lanadi. «Osmon yiroq, yer qattiq» maqolining mazmuni va uning 
hikoyaga daxldorlik darajasi so‘raladi. Bundan tashqari, hikoya 
matnidagi: «...yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi» maqoliga ham 
e’tibor qaratilib, o‘quvchilar uni qanday tushungani, asar matniga 
nima maqsadda kiritilgani, ayni shu maqol bo‘lmasa hikoya nima 
yutqizadi-yu, kiritilganda nima yutgani so‘raladi.
Inson hayotida quvonchli va qayg‘uli kunlar mavjud. Ba’zan 
odam shodlikdan dunyoga sig‘may ketsa, ba’zida qayg‘u-
g‘amning zo‘ridan dunyo unga tor bo‘lib ketadi. Issiq jon isitma-
siz bo‘lmaganidan, odam turli darajadagi kasalliklarga yo‘liqishi 
mumkin. Yana shunday holatlar bo‘ladiki, moddiy tanglik, qo‘li 


227
kaltalik ham insonni nochor ahvolga solib qo‘yadi. Bunday ho-
latdan chiqish uchun ba’zan inson yo‘l topolmay qoladi. «Osmon 
yiroq, yer qattiq» maqoli xalq tomonidan shunday vaziyatga tushib 
qolgan kishilarning holatini ifodalashga xizmat qiladi. O‘quvchilar 
shuni anglagan holda o‘z fikrlarini aytishlari mumkin. Asar matni
-
dagi «Yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichga uziladi» maqoli esa uning maz
-
muniga sezilmaydigan darajada yedirib yuborilgan. Bu to‘rttagina 
so‘zdan iborat maqol sahifa-sahifa bayonning vazifasini uddalab, 
bir dunyo jumlalar ishini umumlashtirib bajarganini o‘quvchilar 
bilan birgalikda ishlab ularga yetkazish zarur.
Tahlil jarayonida tarbiyalanuvchilarning diqqati asar matni
-
dagi ixcham jumlalarga qaratiladi. Bu jumlalar tashigan botiniy 
ma’nolar xususida fikr yuritishga harakat qilinadi. Yozuvchi qisqa 
jumlalarda g‘oyat lo‘nda va ixcham tarzda ifodalagan fikrni savol
-
larga javob berayotgan yoki fikr bildirayotgan o‘quvchilar nechta 
gap bilan bayon etishlariga o‘qituvchi diqqat qilishi, bunga sinfda
-
gi boshqa bolalarning ham e’tiborini tortishi hamda adibning so‘z 
qo‘llash mahoratini birgalikda tadqiq etishlari zarur. Hikoya matni-
ga tayangan holda tahlil etilgani, asarga berkitilgan hayotiy, badiiy 
haqiqatlarni bolalar o‘zlari kashf etganlari ma’qul. 
O‘quvchilar e’tibori, avvalo, xotini og‘rib qolganda Sotiboldi 
ko‘rgan birinchi tadbirga qaratiladi. Mazkur holat hikoyada shun
-
day ifodalangan: «

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish