Affektiv yo‘nalish
. Albatta, fikrlar, xulo
-
salar bir-biridan ko‘p farq qilmasligi mumkin, lekin ularning mus-
taqilligi katta ahamiyatga molik.
Kurka Izning yo‘rg‘ani qo‘lga kiritishda uning aqlli va tad-
birkorligidan ham ko‘ra to‘riq baytalining ayg‘ir yo‘qlab kish-
nashi qo‘l kelgani tasviriga o‘quvchilar e’tibori tortilgani ma’qul.
«
Baytal
ning ayg‘ir yo‘qlab kishnashi yo‘rg‘aning ko‘nglida aks-
sado berdi
». Joning hujumlaridan keyin barcha baytallardan ay
-
rilib, butun qishni yolg‘iz qishlagan yo‘rg‘a muvozanatdan chiqib,
unga javob berishi «
Baytalning javoban kishnashi yo‘rg‘aning
ko‘nglidagi bor hadiklarni yo‘q qilib yubordi. Yo‘rg‘aning yuragi
yonib ketdi
» tarzida tasvirlanadi. Kurka Iz mana shu vaziyatdan
ustalik bilan foydalandi. Shu o‘rinda o‘quvchilarga: – Nima deb
o‘ylaysiz, Kurka Iz yo‘rg‘ani jilovlab uyiga olib kelishi mumkin-
midi? Shu holatni tasavvur qila olasizmi?» degan savollarni berish
o‘rinli bo‘ladi. O‘quvchilar Kurka Iz bilan yo‘rg‘aning to‘qnashuvi
manzarasini tasavvur qilib, o‘z imkoniyatlari darajasida savollarga
javob beradilar. Erki, ozodligi va hur turmush tarzini hayotidan
afzal bilgan yovvoyi yo‘rg‘a timsoliga munosabat bildiradilar.
Ta’lim maqsadlarining
kognitiv yo‘nalish
idagi bilish, tushinish
,
qo‘llash, tahlillash, umumlashtirish va baholash ishlari shu tariqa
amalga oshiriladi.
Motivatsiya
(lotincha
movere
) – faoliyatga undash ma’nosini
anglatadi. Ya’ni, motivatsiya insonning xulq-atvorini boshqa-
rish, vaziyatga mos yo‘nalishni tanlash, bu jarayondagi faolligi va
220
221
qat’iyatliligini ta’minlash hamda o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishi
-
ga yo‘naltiruvchi psixofiziologik jarayondir.
«Motivatsiya» atamasini birinchi marta nemis faylasufi Artur
Shopengauer (1788 – 1860) o‘z maqolasida qo‘llagan. Bugungi
kunda bu atama har xil olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi.
Masalan, litvalik psixolog Vitis Kazisa Vilyunas (1944 – 2011)
motivatsiya tushunchasini ixtiyoriy faoliyatga undovchi ehtiyojlar
tizimining yig‘indisi, deb hisoblaydi. K. K. Platonov esa motiv-
larning psixik yig‘indisi deb biladi
108
.
Motiv – faoliyat tushunchasining psixologik nazariyalaridan
biri bo‘lib taniqli psixologlar A. N. Leontev va S. L. Rubinshteyn-
lar tomonidan ishlab chiqilgan. «Motiv – «predmetga yo‘naltirilgan
ehtiyoj» ma’nosini anglatadi. Motivni ko‘pincha maqsad va ehtiyoj
bilan bir narsa deb tushunishadi. Ammo, ehtiyoj o‘z mazmun-mo-
hiyati bilan qiyinchiliklarni bartaraf etish istagi, maqsad esa ehti
-
yojlarini qondiruvchi bir qator maqsadlarni ongli ravishda tanlash
natijasidir. Masalan, chanqoq – tuyg‘u, organizmning ehtiyoji;
chanqoqni qondirish istagi – maqsad, chanqoqni qondiruvchi suv
esa – motiv. Ya’ni, motiv – (suv) resurs, chanqoq – tuyg‘u, ehtiyoj
esa – chanqoqni qondirish zarurati. Shu ma’noda motiv va moti
-
vatsiya tushunchalari bir-biridan farqlanadi
109
.
Motivatsiyaning tashqi, ichki, ijobiy, salbiy va qat’iy moti
-
vatsiya singari turlari mavjud. Tashqi motivatsiya ma’lum faoliyat-
ga yo‘naltirilmagan, ammo subyekt bilan u yoki bu darajada bog‘liq
bo‘lgan motivatsiyadir. Masalan, tashqi motivatsiyani adabiyot
bilan bog‘lab, badiiy asarlar mazmuni haqida umumiy tasavvurga
ega bo‘lish, deb tushunish mumkin. Ichki motivatsiya esa ma’lum
faoliyat mazmuniga yo‘naltirilgan motivatsiyadir. Ya’ni, konkret
biror badiiy asar tahliliga, uning mohiyatiga kirishga yo‘naltirilgan
motivatsiyani ichki motivatsiya deyish o‘rinli bo‘ladi. Ijobiy mo
-
tivatsiya ijobiy stimulga asoslangan, salbiy motivatsiya esa salbiy
stimulga tayangan bo‘ladi. Masalan, o‘quvchi adabiyot darslarida
yaxshi baho olish uchun uy vazifalarini bajarsa, ijobiy, yomon baho
olmaslik uchungina topshiriqni bajarishi salbiy motivatsiyadir. In
-
sonning qat’iy talablariga asoslangan, qo‘shimcha mustahkamlash
-
ni talab qilmaydigan motivatsiya esa qat’iy motivatsiya deyiladi.
108
https://ru.wikipedia.org/wiki.
Википедия
.
Свободная
энциклопедия
.
109
https://ru.wikipedia.org/wiki.
Википедия
.
Свободная
энциклопедия
.
221
Adabiyot darslarida o‘quvchini ilm olishga yo‘naltiruvchi mo
-
tivatsiyalardan bittasi – o‘qituvchining ishonchi. O‘quvchi qalbida
o‘qishga intiltiruvchi ichki ehtiyoj hissini shakllantirish uchun
ada biyot darslarida zarur sharoit, imkoniyat vujudga keltirilmog‘i
lozim. Bu sharoitning yuzaga kelishi va uning o‘quvchi tomoni
-
dan anglab olinishi bola shaxsining rivojlanishiga zamin tayyor-
laydi. Badiiy asarni o‘qishga bo‘lgan motivatsiyani shakllanti-
rish o‘quvchiga tayyor bilimlarni berish emas, balki uni ixtiyoriy
motivlar, maqsadlar hamda avvalgi tajribalar asosida faoliyat
ko‘rsatadigan, maqsadga erishish yo‘lida aqliy zo‘riqishga un-
daydigan holatga solishdan iboratdir. Har bir o‘quvchini boriday
qabul qila oladigan tajribali o‘qituvchi har bitta bolaning ta’lim
motivatsiyasini hamisha xayolida tutadi. Ba’zan amaliyotda o‘quv
ishlarining samaradorligi, o‘quvchilar o‘zlashtirishi motivatsiyasiz
baholanib, bolalarning bilimiga ularning bilishga bo‘lgan ehtiyoji-
dan ajratilgan holda qaraladi.
Adabiyot darslarida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash aso
-
sida bilim olishlarini ta’minlash va bilim olishga motivatsiya
uyg‘otishda ta’lim maqsadini to‘g‘ri belgilash muhim ahamiyat
kasb etadi. Adabiyot metodikasi ilmi har bir adabiyot darsi oldiga
tarbiyaviy, ta’limiy, yo‘naltiruvchi va rivojlantiruvchi maqsadlar
qo‘yilishi lozimligini ko‘zda tutadi. Bu xil maqsadlar to‘g‘ri belgi-
lab olinsa, dars jarayoni shu asosda tashkil etilsa, o‘quvchilarning
ma’nan sog‘lomlashuvi uchun ulkan imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
Afsuski, dars jarayonida o‘qituvchining diqqat markazida
o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini ta’minlash emas, balki o‘z
faoliyatini tashkillashtirish turadi. O‘qituvchi, avvalo, zamonaviy
adabiyot darslarini to‘g‘ri, mustaqil tafakkur va faoliyatga asoslan-
gan holda tashkil qilishning shartlari nimadan iborat ekanini aniq-
lab olishi zarur.
Xulosa qilib aytganda, adabiyot darslarini samarali tashkil
tishda har qanday mavzuga nisbatan o‘quvchilarda ichki moti
-
vatsiya uyg‘otish va asar ustida ishlashni mana shu ichki ehtiyojni
qondirish niyatida tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
222
223
Do'stlaringiz bilan baham: |