O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

kogne-
tiv yo‘nalish
, bilish jarayoni, deyish mumkin.
O‘quvchilarga yilqilarning hikoyada qo‘llanilgan turlari haqi
-
da ma’lumot berilgach, ularning e’tibori Joning so‘zlariga tayanib, 
yovvoyi otlarning xususiyatlarini ochishga qaratiladi. Ularning 
o‘ziga xos jihatlarini o‘quvchilar hikoya matnidan kelib chiqib ay
-
tadilar, albatta. O‘qituvchi: «Hamon yovvoyi otlardan hech qanday 
foyda yo‘q ekan, Jo nima uchun bu otni tutishga ishqiboz bo‘lib 
qoldi?» degan savolni o‘rtaga tashlashi mumkin. Bu savolga javob 
berishda o‘quvchilar Joning oddiygina kambag‘al galachi ekani, 
osongina boyib ketish haqidagi xom xayollari borligi va Qora 
yo‘rg‘a unga baxt keltirishiga ishnonishini ma’lum qiladilar.
«Yovvoyi yo‘rg‘aning fermerlarning qo‘lga o‘rgatilgan bay-
tallarini ergashtirib ketishining sababi nimada deb o‘ylaysiz?» 
savoli o‘quvchilarni anchagina o‘ylantirishi mumkin. Chunki 
hikoyada unga tayyor javob aytilmagan. Hikoyadagi: «
Toy baytal-
larni gir aylanib, ularga homiylik qilar, ayni vaqtda hech qayoq
-
qa ketgani qo‘ymasdi
», «
Shunda, birdan qora toychoqning qahri 
keldi
» jumlalaridan ham ko‘rinib turibdiki, yovvoyi yo‘rg‘ada 
hokimlik tuyg‘usi bor. Bu tuyg‘u egasi hamisha atrofiga o‘ziga 
bo‘ysunadiganlarni to‘plashni yoqtiradi. Bundaylar yolg‘izlikni 
xushlamaydi. Qolaversa, xonakilashtirilgan baytallar yuvosh, ye-
tovga yuradigan jonivorlar bo‘lgani uchun ham yo‘rg‘aning iroda
-
siga osongina bo‘ysungan bo‘lsalar kerak. Yovvoyi yilqilar gala 
bo‘lib yashashgan va bitta kuchli ayg‘ir o‘ziga bo‘ysunadigan bir 
qancha baytallarni bir uyurga birlashtirib, ularni boshqargan va 
boshqa ayg‘irlarni yaqinlatmagan.
O‘quvchilarning diqqati hikoya matnidagi: «
Ko‘zimga yo‘rg‘a 
otlarning oti, dashtlarda chopib yurgan jamiki otlarning sarasi 
105
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildlik. 4-j. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklope-
diyasi, 2006. 1-j. 144-b.
106
O‘sha asar, 245-b.
107
O‘sha asar, 60-b.


217
bo‘lib ko‘rindi, shunday noyob jonivorni nobud qilib, bir to‘da 
masalliqqa aylantirishga ko‘nglim bormadi», «…men uning gap
-
laridan zavq oldim, zo‘r quvonch bilan qora yo‘rg‘aning chiroyi 
va qudrati haqida xayol surib qoldim. Yo‘q, qandaydir bir bay-
talni deb shunday yo‘rg‘aning yaltiroq terisiga dog‘ tushirgim 
kelmadi!
» tarzidagi tasvirlarga qaratiladi. Ushbu fikrlar egasining 
boshqalarga o‘xshamaydigan odamligi ko‘rinib turibdi. Bu yigit, 
garchi ov ishqibozi bo‘lsada, moddiy manfaatdan ko‘ra ma’naviy 
zavqni, yo‘rg‘aning xatti-harakatlaridan, uning o‘zini tutishi, bay-
tallarni bilgichlik bilan boshqarishini kuzatishdan olinadigan ruhiy 
lazzatni ustun qo‘yadi 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish