Sotiboldi kasalni o‘qitdi – bo‘lmadi, tabibga
ko‘rsatdi. Tabib qon oldi. Betobning ko‘zi tinib, boshi aylanadi-
gan bo‘lib qoldi. Baxshi o‘qidi…
» Sotiboldi nega shunday tadbirni
qo‘lladi? Kambag‘alligidanmi yoki bilimsizligidanmi? O‘quvchilar
shu savol ustida o‘ylab ko‘rishlari kerak. Gap shundaki, har qan
-
day odam o‘z saviyasi darajasiga qarab ish tutadi – uning xayoliga
kelgan dastlabki amallar – shular. Lekin gap bu o‘rinda Sotiboldi
ko‘rgan tadbirning to‘g‘ri-noto‘g‘riligida emas, balki qilgan amal
bilan erishilgan natija va uning ifoda tarzi mutanosibligi haqida.
Bemorning tabib qon olgandan keyingi holatiga o‘quvchilar diqqa
-
ti tortilishi kerak. Nega shunday bo‘ldi? Bolalar bu haqda o‘ylab
ko‘rganlari ma’qul. Ayni vaqtda, o‘qituvchi hikoya maromiga,
ohangiga tarbiyalanuvchilar diqqatini tortishi zarur. Chunon
-
chi, yuqorida keltirilgan parchada goh ko‘rilgan tadbir bir necha
so‘z yordamida bayon etiladi, natija bermaganligi esa bir og‘iz
«
bo‘lmadi
» so‘zi bilan ifodalanadi. Ko‘rilgan tadbir: «
Tabib qon
228
229
oldi
» shaklida uch so‘z bilan bildiriladi-da, uning yomon oqibati:
«
Betobning ko‘zi tinib, boshi aylanadigan bo‘lib qoldi
» tarzida
yetti so‘z yordamida ifoda etiladi. Bu shunchaki tasodifiy holat
emas. Abdulla Qahhor tasvirlash mahoratini yuksak darajada egal-
lagan, harakat va ruhiyat mutanosibligini chuqur anglagan ijodkor
sifatida atay shu ifoda yo‘sinini tanlagan. Bular hammasi savol-
topshiriqqa aylantirilib, o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan kashf
etilishi maqsadga muvofiqdir.
Bugungi o‘quvchida baxshiga o‘qitib, xipchin bilan savala-
tib, tovuq so‘yib qonlatib yurguncha kasalxonaga olib bora qolsa
bo‘lmaydimi, degan tabiiy savol tug‘ilishi mumkin. O‘qituvchi
bu «tabiiy» savolning unchalar ham tabiiy emasligini anglatish
uchun «doktorxona» haqidagi Sotiboldining tasavvuriga talaba
-
lar diqqatini qaratadi. Ular Sotiboldining iqtisodiy ahvoli og‘ir
ekanligini payqashlari, ayni vaqtda, bu haqda yozuvchi bir og‘iz
ham gapirmaganligiga e’tibor qaratishlari lozim. «Sotiboldining
iqtisodiy ahvoli nochor ekanligini qayerdan payqadingiz?» degan
savol o‘quvchilarni ziyrak torttiradi. Shundan so‘ng o‘qituvchi ayt-
masdan anglatish, ma’lumot bermay xabardor etish uchun yozuv
-
chi qanchalar mahoratli bo‘lishi lozimligi haqida, bu fazilat faqat
Qahhorgagina xosligi to‘g‘risida o‘quvchilariga tushuncha beradi.
«Yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichga uziladi» maqolining matn mazmu
-
niga sezilmaydigan darajada yedirib yuborilganligi Sotiboldi iqti-
sodiy ahvolini bir qadar namoyish etganini ham o‘quvchilar o‘z
tahlillari jarayonida anglaydilar.
Har qanday haqiqat qiyosda oydinlashadi. Shu jihatdan So-
tiboldining ahvoli nechog‘lik nochorligi xo‘jayini Abdug‘aniboy
imkoniyatlarini axborot tarzida bildirilganligiga diqqat qaratiladi.
Bu ham adibning tasvirlash mahorati qanchalar yuqori ekanini
namoyish etadi. Xo‘jayinning Sotiboldi orzu ham qilolmaydigan
«doktorxona»ga bormay, Simga ketganligi haqidagi shunchaki ax
-
borot, aslida «shunchaki» bo‘lmay odamlarning moddiy imkoni
-
yatlari o‘rtasidagi o‘tib bo‘lmas to‘siqlarni anglatadigan va shu ji-
hati bilan baxtsizning baxtsizligini yana-da bo‘rttirib ko‘rsatadigan
vo sitadir.
Muallif o‘ta «sovuqqonlik» bilan Abdug‘aniboyning qoplar
tagida qolib «
o‘ladigan
» bo‘lganda Simdagi doktorxonaga bor-
ganligi haqida xabar berganday bo‘ladi. Holbuki, Sotiboldining
229
xotini to‘g‘risida biron joyda ham «o‘ladigan» so‘zini qo‘llamaydi.
Katta imkoniyat «o‘ladigan» kasalni oyoqqa turg‘izishi mumkin
bo‘lganidek, imkoniyatsizlik, chorasizlik «
Do'stlaringiz bilan baham: |