Muqimiy
M uqimiy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Aminxo’ja Mirzaxo’ja o’g’li) (1850 — Qo’qon —1903.25.5) — shoir va mutafakkir. O’zbek demo-kratik adabiyoti asoschilaridan. Otasi toshkentlik, onasi Oyshabibi xo’jandlik bo’lib, Qo’qonda yashaganlar. M. boshlang’ich ma’lumotni mahallasidagi maktabda olgan. Onasi Muhammad Aminxo’jada she’riyatga havas uyg’otgan. M. Qo’qondagi Nodira bino qildirgan "Moxlar oyim" madrasasida, so’ng Buxoro madrasalaridan birida o’qigan (1864—65; 1875—76). 1876 yilda Qo’qonga qaytgach, yer qurilishi mahkamasida mirzalik qilgan faoliyati vaqtda amaldorlarning qallobliklarini befarq kuzata olmasdan "Tanobchilar" satirasini yozgan. 70-yillar oxirlarida Qo’qonga qaytgan va ijod bilan shug’ullangan. Otasi vafotidan so’ng moddiy ahvoli og’irlashgach, "Hazrat" madrasasining kichik bir hujrasiga ko’chib o’tgan (1885), butun umri qashshoklikda kechgan. Bir necha bor Toshkentga sa-yohat qilgan (1887—88, 1892), Toshkentdagi yangiliklar bilan tanishgan. Tosh-kent madaniy va adabiy hayotini chuqur o’rgangan. Almaiy, Nodim kabi ilg’or ruxdagi ijodkorlar bilan aloqa bog’lab, ijodiy hamkorlik qilgan. M. yashab ijod etgan davr adabiy hayoti murakkab edi. Bunday muhit M. ijodiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik unsurlari, san’atpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin tezda bu xil an’analardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar bilan qaradi. Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan o’rgandi, ular g’azallariga muhammaslar bog’ladi. Jomiyni o’ziga ustoz bildi. O’zbek, fors mumtoz shoirlari an’-analarini davom ettirdi. O’zbek adabiyotida demokratik yo’nalishning vujudga kelishi va shakllanishi M. nomi bilan bog’liq. U boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilg’or fikrli shoirlar o’zbek adabiyeti tarixida yangi sahifa ochdilar. M. lirikasi chuqur optimizm bilan sug’orilgan, qayotiylik ushbu lirikaning asosiy va yetakchi xususiyatlaridan. M. real muhabbatni, insonni kuylagan. She’rlarining tub mohiyatini inson kechinmalari, sevinch va alamlari, istak va armonlari, kurashlari tashkil etgan. Ularda do’stlik, sadoqat, samimiyat, vafodorlik, sabot va matonat ulug’langan va bular orqali shoir kishilarda yaxshi xususiyatlarni tarbiyalashga intilgan. Adolatli va baxtli zamonni orzu qilgan, shunday kunlar kelishiga ishongan ("Kelur oxir seni ham yo’qlag’udek bir zamon yaxshi" va boshqalar). Hasrat, shikoyat, norozilik motivlari mavjud bo’lgan she’rlarida ham kelajakka ishonch, farovon hayot haqidagi orzu-ideallari aks etgan.
M . dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit o’rtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidiy yo’nalishni maydonga keltirgan. Bu uning xdjviyotida ko’proq aks etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga bo’linadi. Satiralarida chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylarning kirdikorlari ochib tashlangan ("Tanobchilar" va boshqalar)- "Saylov", "Dar mazammati zamona" va boshqalarda o’lkaga kirib kelayotgan kapitalistik va g’ayriaxloqiy munosabatlar hamda ularning oqibatlari ko’rsatilgan. Ba’zan, o’sha davrdagi hukmron qarashlarga ergashib, Dukchi eshon haqida ham hajviy asarlar yozgan ("Hajvi halifai Mingtepa").
Ot, arava, loy, pashsha, bezgak kabi mavzularda 30 ga yaqin hajviy asar yaratgan. Ularda shoir turmushning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimoiy ongdagi nuqsonlar ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, harobalikni zaharxandalik bilan tasvirlagan ("Devonamen", "Ko’samen" "Hayron qildi loy", "Pash-shalar", "Shikoyati bezak" va boshqalar). Boshqa bir qator hajviyalarida jamiyat hayotidagi o’zgarishlarga yangicha munosabat aks etgan ("Ta’rifi pech", "Aroba qursin", "Loy" va boshqalar).
M. o’zbek adabiyoti ga ishchilar mavzu-ini olib kirdi, tiplar galereyasini yaratdi ("Maskovchi boy ta’rifida", "Voqeai Viktor" va boshqalar). Turli shahar va qishloqlarga qilgan sayohatlari ta-assurotlari asosida 4 qismli "Sayohatnoma" asarini yozdi. Asar yengil, o’ynoqi vaznda yozilgan, 4 misrali bandlardan tashkil topgan. Unda xalqturmushining og’irligi, qishloklarning vayronaligi realistik tasvirlangan. Shoir yaxshilikni ma’qullab, go’zallikni madh etgan, kamchiliklar ustidan kulib, tanbeh bergan, yovuzlikni, turli illatlarni tanqid qilgan. M.ning nasr va nazmdagi maktublari epistolyar adabiyot namunasi hisoblanadi. 10 she’riy, 20 ga yaqin nasriy maktublari saqlangan. She’rlari qo’lyozmalar, bayozlar, 20-asr boshlarida litografiyada nashr qilingan kitoblar, Toshkent va Peterburgda bosilgan vaqtli matbuot sahifalarida bizgacha yetib kelgan.
M . ijodini o’rganish, asarlarini to’plash va nashr ettirish u hayot davridayoq boshlangan. Dastlab Ostroumov "Devoni Muqimiy" to’plamini (T., 1907) nashr qilgan, so’ng 1910,1912 yillarda "Devoni Muqimiy maa hajviyot" nomi bilan asarlari to’plami bosilgan. Keyingi davrlarda G’. G’ulom, Oybek, X,. Zarifov, H. Yoqubov, H. Razzoqov, G’. Karimov, A. Xayitmetov va boshqa M. ijodini tadqiq etganlar. She’rlaridan namunalar chet tillarga tarjima qilingan. Qo’qonda uy-muzeyi tashkil etilgan. Farg’ona viloyatidagi shaharcha, Toshkent ko’chalaridan biri, O’zbek davlat musiqali drama teatri M. nomi bilan ataladi. Shoir haqida Sobir Abdulla "Mavlono Muqimiy" romani va "Muqimiy" dramasini yaratgan. M.ning aksariyat g’azallari ashulaga aylangan.
Muqimiy (1850—1903) - milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri.
M uqimiy lirik shoir. Muhabbat mavzusi uning lirikasida asosiy o’rin tutadi. «Oshiq bo’libman», «Ayrilmasun», «O’zim har joydaman», «Aqlu hush uchdi boshimdin…» kabi she’rlari bunga misol.
Shoir ijodida satira va hajv ham katta o’rin egallaydi . «Tanobchilar», «To’y», «Saylov», «Moskovchi boy ta’rifida», «Hajvi Viktor boy», «Voqeai Viktor» kabi asarlarida Muqimiy o’z zamonasining ijtimoiy illatlarini keskin tanqid ostiga oladi.
Shuningdek, Muqimiy milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotida ma’lum g’oyaviy va badiiy xususiyatlarga ega bo’lgan«Sayohatnoma» janrini boshlab bergan.
Muqimiy qoldirgan adabiy merosning katta bir qismini lirik g`azallar,murabba va muxammaslar tashkil etadi.Oz adabiy faoliyatini g`azallardan boshlagan shoir umrining oxirigacha,qariyib 35-40 yil davomida tinimsiz va barakali ijod etib,bu davr o`zbek poeziyasining rivojiga jiddiy hissa qo`shdi.
Muqimiy ham bir qalam ahllari kabi,ma’lum ijodiy evolyutsiyani o`z boshidan kechirgan.Uning salmoqdor lirik merosida taqlidiy mashqlar ekani sezilib turgan,mazmunan sayoz,badiiy jihatdan esa hali etilmagan ayrim g`azallarning ham uchrashi, siqalangan(ayrim g`azallarning ham uchrashi) asrlar davomida qolipga tushgan «tayyor» obrazlarning qayta-qayta qo`llangan toshbehlarning (ra’no kad», «Sarv kad»v.b.mavjudligi shundan darak beradi.Muqimiy «uchradi nogoh»-39 bet (As.tup.1tom,1960).
Lekin Muqimiy asta-sekin taqlidchilik,shogird-lik davrini orqada qoldirib,mustaqil mushohada qilish davriga-izlanish,qidirish bosqichiga o`tdi.Shoir lirikasining ham g`oyaviy, ham badiiy kamolatga erishuvida,xalqchil va xaqqoniy bo`lishida x.o.i.bilan bir qatorda ko`p asrlik she’riyatimizdagi eng yaxshi an’analarning ahamiyati katta bo`ldi.Muqimiy o`tmish o`zbek,fors-tojik va ozarbayjon klassiklari gazetalaridan ko`p baharamand bo`ldi,ulardan ijodiy o`rgandi.
Muqimiyning fors-tojik adabiyotining ulug` namoyandasi Abdurahmon Jomiyni o`ziga ustoz sifatida tanlashi ham shu Sharq poeziyasini maroq bilan o`rgangan davrlariga to`g`ri keladi.Shoirning she’riy merosi ichida Jomiyga bag`ishlab yozilgan bir necha she’rlar uchraydi.Shogirdning ustoziga muhabbatini, sadoqatini,ixlosini ifodalovchi,ayniqsa, «Mekuni e ne»radifli muxammasi xarakterlidir.273-bet
Muqimiy lirikasining markazida muhabbat tematikasi turadi.Faqat klassik adabiyotimizda yoxud Sharq poeziyasidagina emas,balki jahon adabiyotida ham juda eski,ammo hamma vaqt yosh,abadiy barhayot bo`lgan bu tema ko`p ishlangan va unda qanchadan-qancha shox asarlar yaratilgandir.Bu tema ulug` A.Navoiyga XU asrda qanday bitmas-tuganmas ma’nolar bag`ishlagan bo`lsa,oradan qariyib 5 asr o`tgandan keyin ham Muqimiyga shunday ilhom manbai bo`lib xizmat qildi.Bu tasodifiy emas,albatta.Chunki,adabiyotning asosiy ob’ekti insondir.Insonni muhabbatsiz tasavvur qilish mumkin emas,muhabbat inson ma’naviy hayotining ajralmas qismidir.
Muhabbat haqida qo`shiq to`qish hayotni kuylash demakdir.Shu ma’noda Muqimiy lirikasi chuqur hayotiy lirikadir.Shoir lirikasining zo`r sotsial qiymatini ham uning hayotiyligi-ta’min etadi.Chunki islom ruhoniylari diniy fonatizmni,tarki dunyochilikni, mistikani targ`ib qilib,jamiyatda pessimizm urug`larini sochib turgan bir paytda hayot to`g`risida kuylash,muhabbatni tarannum qilish katta ijtimoiy qiymatga ega bo`lgan zo`r jasorat edi.
Bu davrdagi diniy-mistik adabiyotning yirik vakillaridan biri Yusuf Saremiy:
Bu muammodir tiriklik uzlukingdin urmo dam,
Bu jahon oynadek asrorini xayronidur
San tumon etma, «baks bor?»deb,jahon ayvonida,
Bil yaqin avvalda foniy erdi,oxir foniydur!»
Deb jamiyatda «odam-yo`qlik»ni, «foniylik»ni targ`ib qilib turgan bir paytda,butun hokim ideologiya din, oxirat,toat-ibodat haqida jar solib turgan va odamlarni xilvatga,tarki dunyochilikka chaqirib turgan bir paytda Muqimiyning:
Navbahor ochildi gullar,sabza bo`ldi bog`lar.
Suhbat aylaylik kelinglar,jo`ralar o`rtoqlar!
Kabi xitob bilan chiqishi zulmat sukunati qoplangan kechada urilgan bong taassurotini tug`dirar va gangigan boshlarda hushyorlik yaratar edi.
Muqimiy muhabbat temasida ko`p dilrabo she’rlar yozdi.Ularda insoniy kechinmaning turli holatlari tasvir qilinadi.Muqimiy ba’zan shunday zo`r ijodiy mahorat ko`rsatadiki,so`z san’atining namunasi bo`lgan bu she’rlarni o`qiganda,kishining qo`z o`ngida jonlimanzara,sehrli rassom qalami bilan chizilgan ajoyib lavha namoyon bo`ladi.Shoir xayolida yaratilgan lavha jonli va qonli hayot manzarasiga aylanib ketadi.Chunonchi «Yolg`iz» radifli g`azal shunday san’at mo`jizalaridan biri bo`lib,u rassom uchun ham,haykaltorosh uchun ham tayyor materialdir.
Banogoh uchradi,ot o`ynatib bir dilrabo yolg`iz,
Rikobiga surib ko`z,qo`l ochib duo yolg`iz. . .
100 bet
Bu she’rda tasvir qilingan manzara o`zining realligi va jonliligi bilan kishini o`ziga maftun etadi: ot o`ynatib kelayotgan go`zal –mahbuba,ot uzangisiga ko`zini surib,go`zal haqiga duo qiluvchi oshiq.Bu manzarada Sharq adabiyotiga xos qanchadan-qancha romantika va insoniy his tuyg`u bor.
Muqimiy lirikasida xastni sevishga hayotdan zavqlanishga chaqirib,turmushning ozod va baxtiyor bo`lishini orzu qilish asosiy va etakchi motivni tashkil qiladi.Lirik qahramondagi bu ulug` niyatlarni amalga oshirish,turmushni farovon qilish va quvnoq qilish ikki yoqlama zulm hukmronlik qilgan adolatsiz,mudxish kalonial tuzum sharoitida mumkin emas edi.Shoir istaklari bilan hukmron muhit o`rtasidagi bu qarama-qarshilik uning poeziyasida hasrat,nolish,shikoyat motivlarini tug`dirdi.
«Toleim»,(145-bet), «Ohkim holimni so`rmas» (282-bet), «Intizor o`lturg`usi» (284-bet), «Dog`men» (307-bet), «Maktubot»(102-bet) P-tom.
Shuni aytish kerakki,shoir poeziyasidagi alam,hasrat va shikoyat motivlari umidsizlik belgisi bo`lmay,balki lirik qahramondagi zo`r orzular,ulug` g`oyalar va ularning amalga oshishiga bo`lgan zo`r umid natijasida tug`ilgan motivlar edi.Mavjud tuzumdan qanoatlanmagan va o`z yuksak g`oyalarini amalga oshirish uchun turmushda hali etarli ijtimoiy zamin topa olmagan Muqimiy istiqbolga qarab intiladi va o`ziga o`zi:
Kelur oxir seni ham yo`qlagudek bir zamon yaxshi,-
Deb xitob qiladi. . . Kelajakda yaxshi zamonlardan darak beruvchi bu satrda Muqimiy poeziyasining eng kuchli tomoni,shoir lirik qahramonining asl qiyofasi yaqqol ko`rinib turadi.. .
Adabiyotimiz tarixida Muqimiy o`z murabba’lari bilan mashhur.Shoir murabba’lari uning ko`pchilik g`azal va muxammaslari kabi,o`zbek xalq kuylariga moslab yozilgan.Ehtimol ularning ba’zilari maxsus ashula uchun atab yozilgandir.
Bizga Muqimiy murabba’laridan 21 tasi ma’lum bo`lib,ular o`zining g`oyaviy va badiiy xususiyatlari bilan alohida diqqatga sazovordir.Ularning deyarli hammasi ishqiy temada yozilgan.Mazmunan tugallangan, shakllangan kam-ko`stsiz yozilgan ko`p murabba’larning bir namunasi sifatida «Ko`nglum sandadur» murabba’sini olaylik: (243-bet)
Ko`rinib turibdiki,unda muhabbat kechinmalari tasvirlanadi.Lekin shoirning ustaligi,mahorati shundaki,kichik hajmdagi she’rda muhabbatning butun bir sarguzashti,tarixi:muhabbatning tug`ilishi,boshidan kechgan kunlar, amal-hasratlari,shodliklari va nihoyat, uning taqdiri ko`rstiladi.
Keltirgan bu bandalar mazmunidan ko`rinib turibdiki,she’rning ma’lum va aniq muqadimmasi va xotimasi (1-va 7-bandlar) bor.Mahbubani ko`rib oshiq bo`lgan va uning visoliga erisholmay ,ertayu kech hijron o`tida yongan oshiq duogo`y bo`lib turish bilan qanoatlanishga majbur.
Do'stlaringiz bilan baham: |