204
205
di
», – degan ekan
91
. Russo bolaning erkiga daxl qilmaslikni, uni
hech narsaga majburlamaslikni taklif qilgani holda, tarbiyalanuv-
chiga nisbatan qat’iyatli va talabchan bo‘lishni unutmaslikni,
ayni zamonda, har qanday injiqliklarini qondiravermaslikni ham
ta’kidlaydi. U odamni o‘z ixtiyori bilan yaxshiliklarga yo‘naltirish
shu ishni kuch bilan qilishga majburlashdan ko‘ra yaxshiroq deb
hisoblaydi.
L. N. Tolstoy ta’lim mazmuni va maktabning ichki tuzilishi
-
ni o‘quvchilarning xohishlari asosida amalga oshirish, bilimlarni
ixtiyoriy tarzda o‘rganish kutilgan samarani berishini ta’kidlaydi.
Uning fikricha, bola xohlagan narsasini, xohlagancha eslab qoladi.
Bolani tarbiyalash, unda qandaydir axloqiy fazilatlarni shakllanti-
rishga urinishni Tolstoy kattalar tomonidan bolaga o‘tkaziladigan
zug‘um deb biladi. Uningcha, tarbiya bolada mavjud bo‘lgan axlo
-
qiy fazilatlarga maksimal darajada uyg‘un bo‘lmog‘i lozim, xolos.
Ortiqcha hech qanday zo‘riqishlarga hojat yo‘q
92
.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, erkin tarbiya g‘oyasi za-
mirida tabiat, jamiyat va madaniyat singari faktorlar mavjud. Bu
uchlikning markazida erkin shaxs turadi. Ta’lim jarayonida erkin
tarbiya tamoyillariga tayanilganda pedagog va o‘quvchi, o‘quvchi
va o‘quvchi orasidagi muloqot jarayoni tenglik asosiga ega bo‘ladi.
O‘quvchi olam va odamni kuzatishga, ularni o‘rganishga, kuzat
-
ganlariga tayangan
holda mulohaza yuritish, taqqoslash, baholash
o‘zi xulosalar chiqarishga ixtiyoriy kirishadi, to‘g‘rirog‘i erkin tar
-
biya asosiga qurilgan ta’lim jarayoni uni shunga yo‘naltiradi.
Rus pedagogi K. N.Ventsel ham ta’limda erkin
tarbiyani
targ‘ib qilgan. Uning fikricha, axloqiy fazilatlar o‘quvchilarning
«miyasiga joylab qo‘yish» bilan emas, balki bolada ma’naviy sifat-
larga ixtiyoriy moyillik uyg‘otish yo‘li
bilan singdirilishi lozim
93
.
Venttselning fikricha, erkin tarbiya tamoyillariga tayan
-
gan pedagog
hech qachon asabiylashmaydi, biror narsadan xafa
bo‘lmaydi, o‘z hissiyotlarini boshqara biladi, o‘ziga ishonadi, o‘z
egotsentrizmini yenga oladi, o‘zgalarga va ularning fikriga sabrli
91
Руссо Ж. Ж. «Эмиль или o воспитании». – Москва: 1995. – С. 62.
92
https://ru.wikipedia.org/wiki.
Википедия
.
Свободная
энциклопедия
.
93
Венцель К. Н. Теория свободного воспитания и идеальный детский сад.
Антология гуманной педагогики. – Москва. 1999. – С. 30.
205
bo‘ladi, o‘z
agressiyasini
ushlab turishga o‘rganadi, o‘quvchilarni
xolis baholaydi, bolalardagi qo‘rquv, bezovtalik hamda asabiy
zo‘riqishlarni kamaytiradi.
V. A. Suxomlinskiyning pedagogik qarashlari zamirida ham
erkin tarbiyaning belgilarini ko‘rish mumkin: bolalarga ishonish;
nomajburiy ta’lim; hech qanday jazolarsiz tarbiyalash; kattalar va
bolalar hamkorligi; ijodiy mehnat va axloqiy erkinlik; bolaga tur
-
mush tarzi, xatti-harakati va o‘zini qanday tutish ixtiyorini berish;
o‘zi tanlagan narsalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olish va ho
-
kazo
94
.
Suxomlinskiyning bu prinsiplarini amalda rus
pedagoglari
Sh. A. Amonashvili, N. Ilin va boshqalar, o‘zbek pedagoglari M.
Abdurasulov, A. Boyirbekova, K. Qodirovalar
faoliyatida kuzatish
mumkin
95
.
Taniqli fransuz pedagogi – gumanist S. Frene: «
Do'stlaringiz bilan baham: