SINOV DARSLARI TEXNOLOGIYASINING ADABIY
TA’LIMDAGI AHAMIYATI
Reja:
1. Nazorat ishlari va ularning turlari.
2. Nazorat ishlarini to‘g‘ri tashkil etishda o‘qituvchining roli.
3. O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini nazorat qilish, tek-
shirish va adolatli baholashda izchillik, mantiqiy tartibga amal qil-
ish.
4. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qi
l-
ish yo‘llari.
O‘quvchilarning bilimlarni qanchalik o‘zlashtirganliklari da
-
rajasini, ulardan turli vaziyatlarda amaliyotda foydalana olish im-
koniyatlarini nazorat qilib borish ta’lim jarayonidagi asosiy ish
turlaridan biridir. Darslarda shakllanitilgan zaruriy ko‘nikmalarni
muntazam ravishda nazorat qilib borish orqali tarbiyalanuvchi
-
lar faoliyatiga ma’lum tuzatishlar kiritish, ta’limda va bilimlarni
o‘zlashtirish asnosida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida
bartaraf etish hamda har bir alohida shaxsning ta’lim dasturidagi
bilimlarni o‘zlashtirishida muvaffaqiyatlarga erishish ta’minlanadi.
Tarbiyalanuvchilarning adabiyot bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim
-
larini, ma’naviyatining sog‘lomlashuvini muntazam nazorat qilish,
yutuqlar, xato va kamchiliklarni hisobga olib borish o‘qituvchiga
o‘qitish natijalari hamda adabiy ta’lim vazifalarining bajarilganlik
darajasi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini beradi.
Ta’lim ishtirokchilarining bilimini nazorat qilish maqsadi va
buning ahamiyatini nazarda tutgan holda bunday tekshiruvlar-
ning har xil usullaridan foydalaniladi. Nazorat ishlarining asosiy
maqsadi ta’limning keyingi bosqichiga o‘quvchilarning tayyorlik
darajasini aniqlashdir. Muntazam ravishda olib boriladigan nazorat
ishlari o‘qituvchiga o‘quvchilarning darslarda o‘zlashtirgan bilim
-
larini kuzatib borish, u yoki bu bo‘limlar yakunlanganida yoki cho
-
rak oxirida yakuniy natijalarni baholash imkonini yaratadi. Nazorat
ishlarining quyidagi turlari mavjud:
doimiy nazorat –
o‘qituvchiga o‘quvchilarning yangi mavzu
-
larni o‘zlashtirishga tayyorlik darajasini aniqlash imkonini beradi;
avvaldan o‘tkaziladigan nazorat ishlari –
o‘quvchilarning
avvalgi darslarda o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalariga ehtiyoj
195
seziladigan har qanday yangi masalaning muhokamasiga o‘tishdan
oldin amalga oshiriladi. Bunday nazorat ishlarining o‘quv yili ning
boshlanishida, har chorak boshida o‘tkazilishi katta ahamiyat kasb
etadi. O‘quvchi uzoq muddat ta’lim amaliyotidan yiroqlashganda
nimalarnidir unitishi tabiiy. Avvaldan o‘tkaziladigan nazorat ishlari
o‘quvchilarning xotirasida pardalanib qolgan bilimlarini yuzaga
chiqarib, ularni faollashtiradi. O‘qituvchi ta’lim jarayonini yo‘lga
qo‘yish va uni samarali tashkil etish uchun, avvalo, darslarda
o‘zlashtirilgan qaysi masalalarni takrorlash muhim ekanligini,
qanday individual topshiriqlar oradagi uzilishlarni bartaraf
etishi mumkinligini oldindan aniqlab olishi talab etiladi. Bunday
nazorat ishlarining eng samarali usullaridan biri o‘quvchilarning
mustaqil ravishda bajaradigan yozma ishlaridir. Bunday nazorat
mazmunidagi yozma ishlar hajman uncha katta bo‘lmasligi,
darsning 5 – 15 daqiqasiga (bajariladigan ish mazmunidan kelib
chiqib) rejalashtirilishi maqsadga muvofiqdir. Dastlabki kunlarda
tashkil etilgan bunday ishlar keyingi darslarning maqsad va
vazifalarini belgilab olish, o‘tilgan mavzularning qaysi birini
takrorlash va mustahkamlash zarurligini aniqlash uchun ilkinchi
darslarning bir nechtasi mobaynida amalga oshirilishi mumkin.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarning bilimlarni puxta
o‘zlashtirishlari uchun zarur bo‘lgan har xil metod va usullardan
foydalanadi. O‘quv materialining qanchalar tushunilganligi va
o‘zlashtirilganligini bilish, keyingi mavzular ustida ishlashga o‘tish
yoki o‘tmaslikni aniqlash uchun doimiy ravishda nazorat ishlari
olib boriladi. Nazorat ishlarining to‘g‘ri tashkil etilishi ta’lim ja-
rayonining samaradorligi asosidir.
O‘qituvchining pedagogik mahorati darajasini o‘quvchilarning
bilimlarni o‘zlashtirishi qanday kechayotganini qanchalik bili
-
shi va his qilishi ham belgilaydi. Nazorat ishlarining maqsadi –
o‘quvchilarning nozik joyidan tutish, uning sha’niga tegish, kam
-
chiliklarini yuziga solish, kamsitish emas, balki ta’limning yuqori
samaradorligini ta’minlashdan iborat.
Ta’lim tarixida o‘quvchilarning bilimini nazorat qilish va
ularni baholashda bir qator xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani
kuzatiladi. Bunga sabab shuki, o‘qituvchilarning ko‘pchiligi tar
-
biyalanuvchilarning bilimini nazorat qilish va ularni baholash
metodlari, usullari borasida ma’lum bilimga ega emaslar. Bu hol
196
197
o‘quvchilarning bil
imini baholashga yuzaki yondashuvni keltirib
chiqaradi.
Ta’lim amaliyotida bugungacha ham o‘quvchilarning bi-
lim, ko‘nikma va malakalari besh balli tizim asosida bahola-
nadi. Lekin ko‘pchilik o‘qituvchilarning o‘zlari bilim, ko‘nikma
va malaka nima ekanligi haqida aniq tushunchaga ega emaslar.
O‘qituvchilarning bu borada zarur bilim va ko‘nikmalarga yetarli
darajada ega bo‘lmaganliklari sabab o‘quvchilar bilimini baholash-
ning test shakli ham, yuz ballik turi ham ta’lim amaliyotida kutil-
gan natijani bermadi.
Dunyo ta’lim tizimida o‘quvchilar bilimini test va yuz ballik ba
-
holash mezonlari asosida tashkil etilganing sababi shundaki, ruhan
sog‘lom bo‘lgan har bir bolaning qalbida nimagadir qiziqish, nima-
largadir moyillik bor. Ta’lim jarayonida har bir bolani o‘z qobili-
yati, qiziqishlari va eng asosiysi, uning imkoniyati darajasida mu-
nosib baholashda yomon baho bilan o‘quvchining bilishga bo‘lgan
qiziqishini so‘ndirmaslik, ruhiyatini cho‘ktirmaslik, nafsoniyatiga
tegmaslik, g‘ururini toptamaslik yetakchilik qilmog‘i shart. Milliy
ta’lim tizimi bu borada, ya’ni o‘quvchilar bilimini baholashda ke
-
chagi jamiyatdan qolgan illatlardan qutulib ketolmayapti. Ta’lim
jarayonining katta yoshli ishtirokchilari bu kamchiliklarni o‘z kas
-
biy mahoratlarining qashshoqligi va o‘quvchilar bilimini baholash
borasidagi bilimsizliklari tufayli ushlab turibdilar. O‘quvchilar bi
-
limini baholashda yangicha mezonlar va o‘zgacha yondashuvlar
borasida ma’lum tasavvur, bilim va ko‘nikmalar egallangandan
keyingina bu kamchiliklar bartaraf etilishi mumkin.
Zamonaviy pedagogikada «baho», «nazorat», «tekshiruv»
singari tushunchalar ustuvor ahamiyat kasb etmaydi. Umumiy
nazorat deyilganda – o‘quvchilarning bilganlarini yuzaga chiqa
-
rish, o‘zlashtirilganlarni ma’lum mezonlar asosida o‘lchash va
bilim hamda ko‘nikmalarni baholash nazarda tutiladi. Bugungi
tarbiyashunoslikda «tekshirish» tushunchasi zamirida bilimlarni
o‘zlashtirilganlik darajasi, hajmi va sifatini nazorat qilishning bir
qismi nazarda tutiladi. «Nazorat» tushunchasi mohiyatan jara-
yonni baholashni, baho esa natijani anglatadi. «Baho» o‘quvchini
ma’naviy to‘kislik sari intilishga yo‘naltirish hamda uning shax-
siga ijobiy ta’sir ko‘rsatish omilidir.
O‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirganligi darajasini diagnoz-
lash va nazorat qilishda xolislik, tizimlilik, ko‘rsatmalilik muhim
197
tamoyillardan hisoblanadi. Xolislik – o‘qituvchining ta’lim oluvchi
-
lar bilimini baholashda ularning barchasi bilan do‘stona munosa
-
batini nazarda tutadi. O‘quvchilar bilimini baholashdagi tizimlilik
ta moyilida – didaktik jarayonlarning barcha bosqichlarida nazorat
-
ning metod, shakl va usullaridan kompleks tarza foydalana bilish
tu shuniladi. Ko‘rsatmalilik tamoyilida esa barcha o‘quvchilarning
bilimlarini baholashda bir xil mezonlarga asoslanish va baholashni
ochiq namoyish qilgan holda amalga oshirish nazarda tutiladi.
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini diagnozlash, nazorat
qilish, tekshirish va baholashda ularni o‘zlashtirish qanday izchil
-
likda amalga oshirilgan bo‘lsa o‘sha mantiqiy tartibga amal qilish
muhim sanaladi.
O‘quvchilarning bilimlarini tekshirish tizimi quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
•
o‘quv yilining boshida o‘quvchilar bilimdonligining dast
-
labki darajasi aniqlanadi;
•
o‘zlashtirilgan har bir mavzuning o‘zlashtirilganligi daraja-
sini aniqlash uchun doimiy nazorat uyushtiriladi;
•
qayta tekshiruv – xuddi doimiy nazorat ishlari singari mav-
zular misolida bilimlarni mustahkamlash maqsadida amalga oshi-
riladi;
•
oraliq nazorat – ma’lum ruknlar bo‘yicha bilimlarning
o‘zlashtirilganlik sifati va umumlashmalar qila olish darajasini di-
agnozlash maqsadida o‘tkaziladi;
•
yakuniy nazorat va bilimlarni hisoblash ishlari ta’lim oxi rida
amalga oshiriladi;
•
kompleks nazoratlar esa o‘zlashtirilgan bilimlarni ma’lum
amaliy-muammoli masalalarni hal etishda qo‘llay bilish qobiliyati-
ni nazorat qilishni nazarda tutadi
85
.
Nazorat ishlarining uch asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |