O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

ADABIY TA’LIMDA ERKIN TARBIYA 
TEXNOLOGIYASINING O‘RNI
Reja:
1. Erkin tarbiya tushunchasi va uning mohiyati.
2. Erkin tarbiyaga qaratilgan texnologiyaning erkin, ijodkor 
shaxsni tarbiyalashi.
3. Erkin tarbiya talablariga tayangan holda adabiyot darslari 
tashkil et
ish.
Milliy pedagogika ilmi va amaliyotida shaxs ijodiy potensi-
alini ongli ravishda o‘zining rivojlanishiga qaratish tendensiyasi 
hukmronlik qilmoqda. Erkin, ijodkor shaxsni tarbiyalash g‘oyasiga 
pedagoglar va faylasuflar hamma zamonlarda katta e’tibor qarat
-
ganlar. Pedagogika ilmida erkin tarbiya konsepsiyasi bola ning hay-
oti, axloqi va faoliyatiga har xil cheklovlar qo‘yish va unga hokim
-
lik qilishga qarshi turadi. Erkin tarbiya tarafdorlari ning ideali bola 
rivojlanishi va qobiliyatiga cheklov yoki taqiqlar qo‘ymaslikdan 
iborat bo‘lgan. G‘arbda bu fenomen M. Monten, M. Montes
-
sori, J. J. Russo, Rossiyada L. N. Tolstoy, V. A. Suxomlinskiy, 
Sh. A. Amonashvili, K. N. Ventsel singari pedagoglar tomonidan 
o‘rganilgan
87

Erkin tarbiya tushunchasi shaxsning o‘zligini anglashi, o‘z-
o‘zini rivojlantirishi shaklida Sokrat falsafasida ham markaziy 
g‘oyalardan biri bo‘lgan. U ta’lim-tarbiyada o‘quvchi erkinligi 
masalasiga bolaning o‘zligini anglashi, unda faollikni uyg‘otish 
va oshirish usuli deb qaragan. Bu g‘oya Monten pedagogikasida 
ham o‘z aksini topgan. Har ikkisi ham o‘quvchilarini o‘zlarining 
hamkorlari deb bilishgan. Sokrat: «
Men hech qachon hech kim
-
ning o‘qituvchisi bo‘lmaganman. Lekin kimdir mening suhbatimga 
moyil bo‘lsa, bunga hech qachon monelik qilmaganman
», degan 
ekan
88
. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi Sokratning nazarida ham jis-
moniiy, ham ruhiy barkamol shaxsni shakllantirishdir. O‘quvchi 
o‘zining kamoloti uchun intilsagina bu maqsad amalga oshishi 
mumkin. 
Mishel de Monten esa o‘zining «Tajribalar» nomli kitobida: 
«
Bolaga tayyor haqiqatlarni hali ularning mohiyatini bilmaydigan 
87
https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия.
88
Нерсесянц В. С. Сократ. – Москва: «Наука», 1977. 151с
.


203
vaqtidan uqtira boshlaydilar. Haqiqatlar haqida boshqalarning 
bilganlariga asoslanib xulosa chiqarish mumkin emas
», – deb yoz-
gan edi
89
.
Mariya Montessorining erkin tarbiyaga qaratilgan texnologiya-
si pedagogning har bir bolaga individual yondashuviga asoslangan. 
Uning fikricha, har bir o‘quvchi o‘quv materiali va shug‘ullanish 
uchun zarur bo‘lgan vaqtni o‘zi tanlaydi, ya’ni o‘zi istagan mavzu 
bo‘yicha qancha xohlasa shuncha (joniga tekkunicha yoki charcha
-
gunicha) shug‘ullanaveradi. Bu jarayonda u o‘z xususiy ritmi va 
yo‘nalishida tabiiy ravishda rivojlanib boradi. Montessori bolaga 
avtoritar ta’sir ko‘rsatishga qarshi bo‘lgan. U o‘z amaliy faoli-
yatida xotira hisobidan ishlashdan ko‘ra bola shaxsi uchun zarur 
bo‘lgan muammolar ustida mulohaza yuritishga imkon beradigan 
ta’limiy muhitni yaratishga harakat qilgan. Bunda bola o‘ziga qan-
day vaziyat qulay bo‘lsa shuni tanlashiga imkon berilgan. Montes-
sori o‘z kuzatishlarida urg‘u bergan narsalardan biri: «
Agar bola 
o‘zining e’tiborsizligi bilan stulni turtib yuborsa, u shovqin bilan 
polga ag‘anaydi va bolaga uning bee’tiborligini namoyish etadi. 
Agar stol-stullar polga qotirilgan bo‘lsa, bola o‘zidagi shoshqa-
loqlik va beparvolikni payqamagan bo‘lardi. Ma’lum bo‘ladiki, 
bola o‘z faoliyatini to‘g‘ri boshqara bilganida stul shovqin-su
-

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish