152
153
ti-harakatlarining alohida turidirki, u o‘zlashtirish obyektini,
bilim
faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta’minlaydi.
Hamkorlikdagi o‘quv faoliyatining maqsadi o‘zlashtiriladigan
faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat hamda muloqot-
ning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi faoli-
yatning mahsuli o‘quvchilarda ilgari surilgan yangi g‘oyalar va
o‘zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog‘liq maqsadlar
hamda sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining
yuzaga kelishidir.
Pedagogik psixologiya fanida hamkorlikning quyidagi sakkiz-
ta shakli mavjud:
1) faoliyatga
kirishish;
2) o‘qituvchi bilan o‘quvchi hamkorlikda bajaradigan mustaqil
harakatlar;
3) o‘qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o‘quvchini jalb
etadi;
4) taqlid harakatlari (o‘qituvchidan ibrat olgan o‘quvchi ana
shu namuna asosida harakat qiladi);
5) madad harakatlari (o‘qituvchi o‘quvchiga oraliq maqsadni
va unga erishish usullarini tanlashda yordam beradi hamda oxirgi
natijani nazorat qiladi);
6) o‘z-o‘zini boshqarish harakatlari (o‘qituvchi faqat umumiy
maqsadni ko‘rsatishda va oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi);
7) o‘z-o‘zini ko‘rsatuvchi harakatlar;
8) o‘z-o‘zini uyushtiruvchi harakatlar
71
.
Hamkorlik faoliyatini takomil bosqichiga o‘tish
jarayonida
o‘zaro ta’sir o‘tkazish harakatini baholashdan o‘z-o‘zini baholash
darajasiga ko‘tarilishi sodir bo‘ladi. Ushbu jarayon hamkorlik di-
namikasidan dalolat beradigan eng muhim omil vazifasini o‘taydi.
Hamkorlik pedagogikasini novator-pedagoglar pedagogik ja-
rayon ishtirokchilari (o‘qituvchi va o‘quvchilar) o‘rtasida insonpar
-
varlik tamoyiliga asoslangan o‘zaro munosabatlari tashkil etishini
ta’kidlab o‘tadilar. Hamkorlik pedagogikasining kontseptual qoi-
dalari bir qator psixolog va pedagog olimlarning qarashlarida ifoda
etilgan. Pedagogik hamkorlik g‘oyalari bugungi kunda pedagogik
texnologiyalar mazmuniga singdirilgan.
71
Азимов
Э
.
Г
.,
Щукин
А
.
Н
.
Новый
словарь
методических
терминов
и
по
-
нятий
(
теория
и
практика
обучения
языкам). – Москва
: «
ИКАР», 2009. – С. 134.
153
Adabiy ta’limda o
‘qituvchi va o‘quvchilarning
birgalikdagi
faoliyatini tashkil etishga qaratilgan dars namunasi sifatida ham-
korlarning har ikkalasiga ham shoir sifatida yaxshi tanish bo‘lgan
M. Yusufning shaxsini kashf etish mashg‘ulotini keltirish mumkin.
Ayonki, inson Muhammad Yusufni hamkorlarning har ikkalasi
ham yaxshi bilmaydi. Bu dars nafaqat o‘quvchi uchun qiziqarli,
balki o‘qituvchining o‘zi uchun ham ma’lum yangiliklarni kashf
etish imkonini beradi. Uni bilish uchun
birgalikda shoir asarlari
mohiyatiga kirish taqozo etiladi.
Muhammad Yusuf ijodidan namunalar umumiy o‘rta
ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun yaratilgan «Adabiyot»
darsligida berilgan bo‘lib, dasturda ularni o‘rganish uchun ikki
soat belgilangan. Darslikda shoirning «Vatan», «Mehr qolur»,
«Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor» va «Biz baxtli bo‘lamiz»
she’rlari o‘rin olgan
72
. Ularning dasturiy talqini quyidagicha:
«
Do'stlaringiz bilan baham: