154
155
darsligida M. Yusuf haqida berilgan hasbi hol ham uning hayotiy
faoliyatini ochib berishga qaratilgan. Lekin bu bilan o‘quvchi
uning shaxsi haqida mukammal ma’lumotga ega bo‘lolmaydi.
Darsda o‘qituvchi tomonidan shoir shaxsi bilan bog‘liq bir qator
qo‘shimcha ma’lumotlarning taqdim etilishi o‘quvchiga uning
asarlarini to‘laroq anglash, chuqurroq tahlil qilish imkonini
beradi. Bunday qo‘shimcha ma’lumotlar uchun o‘qituvchi
«Kiyikso‘qmoqdagi yo‘lovchi» kitobiga
murojaat qilishi ham
mumkin
74
. Milliy tarbiyashunoslikda: «
Millatning ulug‘lari o‘z
shaxsi bilan o‘sib kelayot
gan avlod ma’naviyati shakllanishi
va rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi
» degan qarash mavjud.
Yosh avlod ulug‘lar shaxsi ko‘magida o‘z-o‘zini tarbiyalashi
uchun ularning shaxsiga xos sifatlarni bilishi, ulardan ta’sirlanishi,
hayratlanishi va bahra olishi kerak.
Ulug‘lardagi o‘quvchini hayratga solgan, uni ta’sirlantirgan,
havasini uyg‘otgan sifatlar unga asta-sekinlik bilan «yuqa» bosh-
laydi. Hayrat va havas ta’sirida shoir yoki yozuvchi shaxsidagi
o‘quvchi tuyg‘ularini junbushga keltirgan fazilatlar hech qan
-
day tashqi zo‘riqishlarsiz, pand-nasihatlarsiz o‘quvchi shuuridan,
ruhiyatidan joy ola boshlaydi. Adiblarning
bunday fazilatlarini
o‘quvchilarga ochib berish adabiyot o‘qituvchisining vazifasi hi
-
soblanadi.
Shoir Muhammad Yusufning shaxsi ham, avvalo, uning asar-
larida o‘z ifodasini topgan. O‘qituvchi har qanday muallifning
«men»i bilan bog‘liq sifatlarni uning
yozganlaridan topa bilishi,
adabiy ta’lim uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z topildiqlarini
o‘quvchilari bilan bo‘lishmay, ularni o‘quvchilarning o‘zlari kashf
etishlariga imkon yaratishi uning o‘qituvchilik mahorati namunasi
-
dir. Shu ma’noda, avval shoirning shaxsi berkitilgan asarlari kichik
guruhlardagi o‘quvchilarga taqsimlab beriladi:
Osoyishta o‘tmadi biror kunim,
Talashib, tortishib tolmadim.
«Og‘irroq bo‘l inim, siporoq bo‘l inim…»
Men o‘z bilganimdan qolmadim.
74
Q.Yo‘ldosh., Q. Husanboyeva, M. Yo‘ldosheva. Kiyikso‘qmoqdagi yo‘lovchi.
Monografiya. – T.: O‘zMЭ, 2014; 192 b.
155
Quvroq bo‘l deyishdi, yolg‘on ham kerak,
Jindek xushomad ham. Quloq solmadim.
Oqni oppoq ko‘rdim,
qorani qora,
Men o‘z bilganimdan qolmadim.
Ko‘nglim sezar, endi bu yog‘i ayon,
Do‘stlarim… do‘stlarim, baxtli bolaman:
Yo Toshkentda eng zo‘r shoir bo‘laman,
Yo uyimga ketib, ariq bo‘yida
Yalpizga suyanib o‘lib qolaman!
«Mehrim qattiq bo‘ldi…»
O‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligiga asoslangan bunday
darslarda kichik sheriklar shoir shaxsiyatidagi fazilatlarni to‘laroq
his qilishlari uchun katta yoshli hamkor o‘z qarashlari-yu xulo
-
salarini o‘quvchilarga uqtirish yo‘lidan bormay,
shoirning mis
-
ralarga tizilgan o‘zligini quyidagi shaklda savol-topshiriqlarga
aylantirmog‘i talab etiladi: «Birinchi to‘rtlikka e’tibor qarating:
undan shoir
ning shaxsiga xos qanday sifatlarni ilg‘ash mumkin?
«
Do'stlaringiz bilan baham: