Pedagogika ham psixologiya tarawɪnɪń 1-kurs talabasɪ Begmuratova Shyrinniń



Download 23,38 Kb.
bet1/5
Sana27.06.2022
Hajmi23,38 Kb.
#708265
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Uzbek t



Qaraqalpaqstan Respublikasɪ Nokis Mámleketlik Pedagogikalɪq institutɪnɪń
Pedagogika ham psixologiya tarawɪnɪń
1-kurs talabasɪ
Begmuratova Shyrinniń
Ózbek tili paninen
jumɪsɪ

Tema: Kitob mutolaasi
Koʻpchilik, afsuski, kitob oʻqishni bilmaydi va koʻp kishilar nima uchun oʻqiyotganini tuzukroq tushunib ham yetmaydilar. Baʼzilar buni savodli boʻlishning qiyin, biroq yagona yoʻli, deb biladi. Ularning fikricha, har qanday kitob kishini “oʻqimishli” qila oladi. Boshqa birovlar uchun esa oʻqish, bu – dam olish, shunchaki vaqtni oʻtkazish va ularga nimani (maqola, roman, sheʼr, xabar va hokazo) oʻqish baribir, zerikarli boʻlmasa bas. Shunchaki dam olish, vaqt oʻtkazishni istagan va “oʻqimishli” boʻlish haqidagina qaygʻuradigan oʻquvchi kitobdagi dilni poklovchi, kishini ruhlantiruvchi qandaydir nomaʼlum bir kuchni sezadi. Biroq bu kuchni u aniq tasavvur etolmaydi va baholay ham olmaydi. Bunday kitobxon tibbiyotdan mutlaqo bexabar bemorga oʻxshaydi, yaʼni aynan qaysi dori kerakligini anglamasdan, har bir qutichadagidan tatib koʻra boshlaydi. Aslida, mutolaa borasida ham har bir kishi oʻzi uchun zarur, yangi kuch hamda ruhiy taʼsir baxsh eta oladigan kitoblarnigina topa bilishi maqbul emasmikin?
Albatta, biz mualliflarga odamlar koʻp mutolaa qilishlari yoqadi. Muallifning kitobxonlar haddan tashqari koʻp kitob oʻqishlariga eʼtibor qaratishi u qadar toʻgʻri emas. Chunki mingta loqayd oʻquvchidan oʻnta yaxshi kitobxon afzal. Shu bois, bemalol taʼkidlayman, hamma joyda haddan tashqari koʻp mutolaa qilishadi va bu – adabiyot uchun obroʻ emas, balki ziyon keltiradi, xolos. Kitob mustaqil boʻlmagan kishilarni yana ham maʼnaviy zaiflashtirish uchun yozilmaydi, bundan tashqari, undan baʼzan noqobil odamlarga arzon-garov manzara hamda osongina oʻzgartirilgan hayotni koʻrsatish uchun ham foydalanishadi. Kitoblar insonni hayotga yoʻllagandagina, unga xizmat qilgandagina foydali. Agar kitob oʻquvchiga oz boʻlsa-da, kuch-gʻayrat, shijoat, maʼnaviy poklik baxsh etmasa, mutolaa uchun sarf etilgan har bir soat behuda va besamar qolaveradi.
Shunchaki oʻqish, bu – diqqatni toʻplashga majbur etuvchi mashgʻulot va ovunish uchungina oʻqish, oʻz-oʻzini aldash. Loqayd kishilar uchun, umuman, biror narsadan ovunishning hojati yoʻq. Aksincha, ular hamma joyda diqqat-eʼtiborli boʻlishlari, qayerda nima ish bilan shugʻullanishmasin, nima haqda fikr yuritishlaridan qatʼi nazar, oʻzlarini butun vujudlari bilan voqealar girdobida his etmoqlari zarur.
Hayot qisqa, uning poyonida hech kimdan oʻqilgan kitoblar soni soʻralmaydi. Foydasi yoʻq ekan, oʻqishga vaqt sarflash aqllilik belgisi emas, aksincha, koni ziyon emasmikin? Men bu oʻrinda faqat yomon kitoblarni emas, avvalambor “sifatli mutolaa”ni nazarda tutayapman. Hayotda bosgan har bir qadaming kabi oʻqishdan ham biron natija kutiladi. Mutolaadan yangi kuch-gʻayrat olmoq uchun avval kuch sarf etmoq, yanada yaxshi tushunmoq uchun oldin oʻzingni “yoʻqotmoq” kerak.
Agar har bir oʻqilgan kitob quvonch va alam, shijoat hamda ruhiy tazarru olib kelmasa, jahon adabiyoti tarixini bilishdan maʼno yoʻq. Fikr-mulohaza qilmasdan oʻqish – xushmanzara tabiat qoʻynida koʻzni bogʻlab yurmoq demak. Biz oʻzimizni va turmushimizni unutish uchun emas, balki hayot jilovini yanada ongliroq ravishda anglash uchun oʻqishimiz kerak. Kitobga dimogʻdor oʻqituvchiga qaragan qoʻrqoq oʻquvchi singari emas, balki eng baland choʻqqini zabt etmoqqa shaylangan shiddatkor alpinist kabi yondashmoq talab etiladi.
Ruhiyatimizning tabiiy, tugʻma ehtiyoji – tur, xil, namunalarni aniqlab olish va ular asosida butun insoniyatni tur-turga ajratib chiqishni taqozo etadi. Teofrast[1] “Xarakterlar”idan tortib, to ajdodlarimiz va ota-bobolarimizning toʻrt mizoj toʻgʻrisidagi tushunchalari (inson tabiatiga xos xususiyatlar) va eng zamonaviy psixologiyaga qadar, mana shu ehtiyoj turlangan tartibda muntazam namoyon boʻlib, sezilib turadi. Qolaversa, har qanday kishi ham atrofidagi odamlarni yoshligida oʻzi uchun muhim xarakterlar bilan oʻzaro oʻxshashligiga qarab, koʻpincha gʻayrishuuriy bir tarzda guruhlarga boʻlib chiqishi tabiiy. Bunday boʻlinishlar, qanchalik jozibali va yoqimli boʻlmasin, sof shaxsiy tajribaga yoki qandaydir ilmiy tipologiyaga asoslanishidan qatʼi nazar, har qanday odamda ham har qaysi turga xos xususiyat, belgilar va oʻta qarama-qarshi xarakterlar hamda mizojlar, bir-biri bilan oʻzaro almashinib turadigan holatlar yangligʻ, har bir alohida shaxsda uchrashi mumkinligini taʼkidlab, tajribaning yangi kesimini belgilab olish baʼzan oʻrinli va samarali boʻlishi mumkin.

Download 23,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish