140
141
uyg‘otishdir
», degan qarash mavjud. Siz, bo‘lajak o‘qituvchi, bun
-
ga qanday qaraysiz? Nima deb o‘ylaysiz, inson biror masalani hal
etishda o‘zini ixtiyoriy ravishda zo‘riqtirishi, yana
bunga qiziqishi
mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, o‘qituvchi buni qanday amalga
oshiradi?
4. Oddiy savol bilan muammoli savol orasida qanday tafovut
bor? Biror badiiy asar matni yuzasidan oddiy va muammoli savol
tuzing. Oradagi farqni misollar asosida sharhlab bering.
5. Adabiyot darslarini muammoli ta’lim asosida tashkil
etish
yo‘llariga e’tibor qarating. Bu jarayondagi muhimlarni ajrating.
Har biriga alohida to‘xtalib sharhlang.
6. Adabiyot darslarida muammoli ta’limdan foydalanishning
o‘ziga xos jihatlarini ajratib yozing va izohlang. Topildiqlaringizga
tayangan holda o‘zingiz tanlagan biror asar ustida muammoli ish-
lash yo‘lini tayin eting.
7. Ch
. Aytmatov qalamiga mansub «Oltovlon va yettinchi»
afsonasini o‘qing. So‘ngra uning mazmuni asosida tavsiya etil-
gan: «
Asardagi bir millatga mansub yetti o‘g‘londan ikkitasi – Ju-
hadze va Sandrolarning qay biri vatan uchun xavfliroq?
»
tarzidagi
muammoli savol ustida mulohaza yuriting. Qarashlaringizni afsona
matnidan misollar keltirgan holda asoslang.
8. X. To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» asari bilan ta-
nishing. So‘ngra asar mazmuni yuzasidan tuzilgan: «
Hoshimjon-
ning bilimsizlik tufayli qilgan shuncha qilmishlaridan xabardor
bo‘lgandan keyin ham kitobxon uni yomon ko‘rib qolmaydi. Bu
ning
sabablari haqida nima deya olasiz?
» tarzidagi muammoli savol us-
tida bir o‘quvchi bo‘lib izlaning. Qarashlaringizni ruhiyatingizda
Hoshimjonga nisbatan paydo bo‘lgan tuyg‘ularingiz asosida tahlil
qiling.
9.
Bugungi adabiyot darslaridagi muammoli vaziyatlarni
boshqarishga qo‘yiladigan talablar bilan alohida tanishing. Har
birining mohiyatiga kirishga urinib ko‘ring va izohlang. Ularni
tashkil etish borasida o‘z munosabatingizni bildiring. Fikrlaringiz
-
ni kursdoshlaringiz bilan o‘rtoqlashing.
10. Sh. Xolmirzayevning «O‘zbeklar» hikoyasini o‘qing.
So‘ngra «Sizningcha, asar qahramonlaridan qaysi birini chinakam
o‘zbek?», «Ergashvoyning gaplari, ishlari g‘ashingizni keltiryap
-
141
timi yoki yoqyaptimi? Nima uchun?», «Hikoyaning qaysi qahra
-
moni o‘z tabiati va qiliqlari bilan sizga ko‘proq ma’qul? Nega?»,
«Siz chinakam o‘zbeklik bilan chin odamlik haqida nima deya ola
-
siz?» va «Siz cho‘pon va ayoli bilan faxrlanasizmi yoki ular uchun
hijolat bo‘lasizmi yohud rahmingiz keladimi? Nega? Hasharchi tal
-
abalardan-chi?» singari mustaqil mulohaza talab qiladigan savollar
ustida o‘ylaning. Har biringiz o‘z qarashlaringizni kursdoshlarin-
giz bilan o‘rtoqlashing.
11. Said Ahmadning «Ufq» romanidan keltirilgan «Qochoq»
nomli parcha bilan tanishing. So‘ngra shu matn mazmuni
asosida
tuzilgan muammoli masala: «
Yozuvchi Tursunboyga nisbatan no
-
xolis munosabatda bo‘lgan
» –
ustida o‘ylab ko‘ring. Fikrlaringizni
birgalikda o‘rtoqlashing.
12. «Kumush o‘z xudbinligining qurboni»; «Bo‘ri polvon
yaxshi
kurashchi-yu, yomon ota»; «Egamberdi Yoqubov davr
-
ning emas, o‘z o‘jarligining qurboni»; «Humoyun uquvsiz, bilim
-
siz, noshud shahzoda. Shuning uchun ham jangda mag‘lubiyatga
uchradi» singari muammoli masalalar haqida fikrlashish uchun av
-
val bu asarlar bilan tanishing. Keyin har biri bo‘yicha birgalikda
muammoli daqiqalar tashkil eting.
13. «Abdulla Oripov ijodida muhabbat tarannumi» mavzusida
insho yozing. Bir-biringizning inshoyingizni tekshiring.
Xatolar
ustida suhbatlashing.