138
139
Tursunboyga achinish hissi bo‘lishi mumkin. Uning shunday ho
-
latga tushib qolishiga sabab bo‘lgan jihatlar haqida fikrlashiladi.
Biri ota-onani ayblaydi, ikkinchisi Tursunboyning o‘zini, uchin
-
chisi urushni. Lekin darsda o‘qituvchi tomonidan yozuvchiga
munosabat bildirish, shu lavhaning romanga kiritilishi ahamiyati,
adibning Tursunboyga munosabati haqidagi fikrlar o‘rtaga tashla
n-
ganda o‘quvchilar salmoqli fikrlar aytolmasliklari ham mumkin. Bu
sinfdagi muhit, o‘quvchilarning
bilimdonligi darajasi, ma’naviy-
axloqiy saviyasi bilan bog‘liq holat. Qolaversa, bunday vaziyatni
o‘quvchilarning bahs-munozara darslarida qanchalik ko‘p qatnash
-
gani bilan ham asoslash mumkin.
O‘quvchilarning bir qismi darsda yetarlicha «ochilmay» qolishi
ham ta’lim amaliyotida uchrab turadigan hol. O‘quvchilardan har
qanday holatda ham fikrlarini asoslashga harakat qilish talab qili
-
na
di. Ayrimlar buning uddasidan chiqolmaydilar. Asoslanmagan
fikrni aytish muammoli dars uchun maqsad emas. O‘quvchilar o‘z
fikrini aytib, xulosasini chiqargandan so‘ng asar matni yuzasidan
darslikda taqdim etilgan savol-topshiriqlarni o‘rtaga tashlab, matn
ustida ishlashni davom ettirish mumkin.
Maktabda bunday darslar-
ni ko‘proq tashkil etish ta’lim jarayonida o‘quvchilar faolligini
oshiradi, ularda zarur bilim, ko‘nikma va malakalarning shaklla-
nishiga
imkon yaratadi, kutilgan maqsadga erishishni tezlashtiradi.
Bundan tashqari:
– Abdulla Qodiriyning 9-sinf darsligida berilgan «O‘tgan
kunlar» romani asosida
«Kumush o‘z xudbinligining qurboni»;
– Tog‘ay Murodning 6-sinf darsligida taqdim etilgan «Yul-
duzlar mangu yonadi» qissasi yuzasidan «Bo‘ri polvon yaxshi
kurashchi-yu, yomon ota»;
– Odil Yoqubovning 6-sinf
darsligida taqdim etilgan
«Muzqaymoq» hikoyasi asosida «Egamberdi Yoqubov davrning
emas, o‘z
o‘jarligining qurboni»;
– Pirimqul Qodirovning 6-sinf darsligida berilgan «Avlod-
lar dovoni» romani asosida «Humoyun uquvsiz, bilimsiz, noshud
shahzoda. Shuning uchun ham jangda mag‘lubiyatga uchradi»
singari o‘quvchilarda darhol qarshi munosabat uyg‘otadigan,
ularni
muvozanatdan chiqaradigan, tuyg‘ularini junbushga kelti
-
radigan, qahramonlar himoyasiga otilib chiqishga yo‘naltiradigan
muammoli savol-topshiriqlarni tavsiya etish mumkin.
139
Umuman, shuni aytish mumkinki, inson ma’naviyatining
sog‘lomlashuvi uning fikrlari va xatti-harakati tozarishida
aks etadi.
Shuni anglagan holda o‘quvchilarni ta’limning dastlabki bosqichi
-
dan to‘g‘ri tarbiyalashga erishmoq lozim. To‘g‘ri tarbiya – tarbi-
yalanuvchida tabiatan mavjud bo‘lgan sifatlarni uyg‘otish va ular
-
ning
rivojlanishi, ma’lum maqsad sari yo‘nalishiga ko‘maklashish,
shu jarayonga monand ravishda bilim hamda tarbiya berishdan
iborat. Adabiyot o‘qitish jarayonida beriladigan tarbiyada hissi-
yot, badiiylik va samimiylik o‘zaro uyg‘unlikda bo‘ladi. Badiiy-
lik o‘quvchida bilim, ko‘nikma, malaka shakllantirish bilan birga
unga hayotning rangi, ohangi, mohiyatini ochib beradi.
Tarbiya
jarayonidagi hissiyot va samimiyat esa, tarbiyaviy tadbirlar ning
ta’sirchanligini ta’minlaydi. Bolalarni bilimdon qilish yo‘lida
beriladigan bilimlar ham hissiyot bilan sug‘orilgandagina ularning
ruhiyatiga kirib, chuqur o‘rnashadi.
Nimanidir yoqlash yoki unga qarshi kurashis
h uchun
kishi
ko‘nglida unga nisbatan munosabat bo‘lishi kerak. Mana shu mu-
nosabat hissiyot hisoblanadi. Buning uchun yaratilajak yangilikni
sevish kerak. Mana shu sevgi ham hissiyot sanaladi. Xullas, his-
siyotga qorishgan
faoliyatgina kishini kurashga, intilishga, izla-
nishga undaydi.
Xulosa qilib aytganda, adabiy ta’limning
har bosqichida
muammoli ta’limdan foydalanish shakllanib kelayotgan shaxsning
ma’naviy kamolini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: