O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan


Adabiyot darslarida muammoli vaziyat yaratishning o‘ziga



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Adabiyot darslarida muammoli vaziyat yaratishning o‘ziga 
xos xususiyatlari.
Adabiyotning inson shaxsi shakllantirilishiga 
ta’siri bebaho ekanini alohida ta’kidlash shart emas. Gap shundaki, 
badiiy asarlarning mazmuni bevosita inson hayotining mohiyati 
bo‘lmish o‘zaro ijtimoiy munosabatlar, inson faoliyatining yutuq, 
mag‘lubiyat, parvoz va qulashlari bilan bog‘liq. Tarbiyalanuvchi
-
lar hayotdan o‘z o‘rnini izlar ekan, adabiyot darslaridan o‘ziga ke-
rakli ma’naviy saboqni olishlari mumkin.
Yangilangan pedagogik tafakkur sharoitida adabiy ta’lim 
ma’naviyatli odam tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Maktab adabiyot 
darslarida badiiy asarlar tahlil qilinar, adabiy qahramonlarning 
shaxsi, xatti-harakatlari muhokamaga tortilar, o‘quvchi odam va 
olam sirlarini o‘rganar, asar muallifi hamda adabiy qahramonlar 
timsolida insonni kashf etar ekan, bu bilan bola o‘zligini anglash-
ga yuz tutadi. Allohning go‘zal va betakror yaratig‘i bo‘lmish o‘z 
shaxsini, siyratini o‘rgana boradi. 
Asar matni yuzasidan qo‘yilgan savol-topshiriqlar 
o‘quvchilarning faqat bu masalalarni hal qilganlaridagina emas, 
balki muammoga javob topolmay qolganlarida ham foydali bo‘ladi. 
Agar o‘quvchilar muammo yechimini topishsa, ular matndagi 
qonuniy aloqalarni oson tushungan bo‘lishadi. Aks holda esa, 
qo‘yilgan masala izlanishlar jarayonida hal etiladi, o‘zlashtirish 
ham boshqacharoq, o‘ziga xos bo‘ladi. O‘quvchilar materialni 


129
o‘zlashtirish uchun ongli va faol ishlaydilar, ularda muammo
-
ni mustaqil ravishda yangicha yo‘llar bilan yechish istagi paydo 
bo‘ladi.
Badiiy asarning muammoli tahlilidagi yana bir muhim jihat 
asar ustida ishlash bilan o‘quvchi badiiy tafakkurining rivojlanishi 
orasidagi bog‘liqlikdir. Asar syujeti, undagi xarakterli muammolar, 
adibning uslubi haqida mulohaza yuritish jarayonida o‘quvchining 
badiiy tafakkuri rivojlanishi va kamol topishi zarur. Masala shun-
dan iboratki, o‘quvchilar ma’lum asar, yozuvchi, janr, obraz va 
yo‘nalishning badiiy mantig‘ini anglab yetishi kerak. Ma’lumki, in-
son o‘zga bir odamdagi o‘ziga xush kelgan biror sifat yoki fazilatni 
o‘zlashtirishni istasa, o‘sha narsa uning tabiatiga o‘tadi. Adabiyot 
o‘qituvchisi mana shu haqiqatni hisobga olib ish yuritishi kerak. 
Masalan, 6-sinfda P. Qodirovning «Avlodlar dovoni» romanidan 
olingan «Nizomning tantiligi» nomli parcha o‘rganish uchun beril
-
gan
51
. Mana shu parcha ustida ishlash mobaynida o‘qituvchi Nizom 
va Humoyunning shaxsiga daxldor bo‘lgan birorta ham detalning 
o‘quvchilar nazaridan chetda qolishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 
Qahramonlarning har bir xatti-harakati, so‘zi, ko‘nglidan kech
-
gan tuyg‘ulari, fikrlari, ruhiyatidagi chizgilarga o‘quvchilarning 
e’tibori tortilishi lozim. Shu tariqa o‘quvchilarda ular intiladigan 
ideal shaxslarni yaratish mumkin. Ideallar esa yoshlarni kamolot 
sari yetaklaydi.
Asar muallifi yoki qahramonning shaxsiy sifatlari, tuyg‘ulari, 
shodlik va iztiroblarining o‘quvchilar tomonidan ilg‘anishiga im
-
kon yaratish uchun ularning diqqatini ayni shunga qaratadigan 
savol-topshiriqni o‘rtaga tashlashi kerak. Masalan, «Matndan 
Ra’noning iztiroblari ifodalangan o‘rinlarni qayta o‘qing va buning 
sabablari haqida fikringizni ayting», yoki «Bo‘ri polvonning davra
-
da Nasim polvonni ko‘rgandagi hayajoni sabablari haqida nima 
deya olasiz?», yoxud «Tog‘ay Murodning Bo‘ri polvon tilidan ayt
-
gan chinakam erkak va asl ayol haqidagi fikrlariga tayanib uning 
shaxsi haqida o‘ylab ko‘ring» va hk. Asar qahramoni yoki muallifi 
shaxsiga xos sifatlar o‘quvchi tomonidan anglashilganda u o‘ziga 
ham shu nazar bilan qaray boshlaydi. Orada tabiiy bog‘liqlik paydo 
bo‘ladi va bu aloqa bola shaxsining shakllanishiga xizmat qiladi. 
51
Ahmedov S., Qosimov B., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot. 6-sinf uchun 
darslik. – T.: Ma’naviyat, 2009
; – 
243 – 268-betlar.


130
131
Darslarda adabiy muammolarni hal etish o‘quvchini shaxs si
-
fatida namoyon etib, uning individual xususiyatlarini ochib beradi. 
Shunday qilib, adabiyot o‘qitishda o‘quvchilarni mustaqil fikrlash
-
ga o‘rgatish har bir o‘quvchi bilan individual shug‘ullana bilishni 
talab qiladi. Topshiriqlar individuallashgani sari o‘quvchilarning 
mustaqil mulohaza yuritishdagi imkoniyatlari kengaya boradi. 
Adabiy ta’lim amaliyotini yuqorida talab qilingandek tash-
kil etishda, shubhasiz, muammoli ta’limning o‘rni katta. Maktab 
ada biy ta’limidagi muammoli vaziyatlar masalasi zamirida ham, 
barcha o‘quv fanlaridagidek, o‘quvchiga ko‘proq bilim berish, 
bilimlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirishga ichki ehtiyoj va qizi
-
qishni uyg‘otish, bilim olish jarayonida erkinlik berish asosida 
dars samaradorligini ta’minlash va malakali mutaxassis tayyorlash 
maqsadiga qaratilgan. Jumladan, V. 
Maransman
52
, D. Sladkova
53
,
T. Kudryavsev
54
, N. Kudryashov
55
, M. Lesoxina
56
, L. Ayzerman
57
va boshqalar adabiyot darslarida muammoli ta’limdan foydalanish-
da biror mavzuni imkon qadar chuqurroq tushunishni ta’minlash va 
ta’lim jarayoni faollashishiga erishishni nazarda tutishgan. 
Aytish kerakki, boshqa o‘quv predmetlari uchun muammoli 
ta’limni xuddi shu maqsadda tatbiq etish bugun ham yetarli bo‘lishi 
mumkin. Lekin adabiyot darslarida muammoli ta’lim ma’naviyat 
shakllantirishga, o‘quvchi shaxsida o‘zlikni kashf qilishga, ichki 
«men»ni anglashga, ulardan barkamol odam tarbiyalashga xizmat 
qilishga yo‘naltirilishi shart. 
Adabiyot darslarida tashkil qilingan muammoli vaziyatlarda 
o‘quvchilarning mustaqil mulohaza yuritishi va adabiy asarlarni 
baholashi asosida ta’lim samaradorligini oshirish, o‘qitishda ta’lim 
52
Маранцман В.
Г., Черкасова Т.
В. Проблемное изучение литературного 
произведения в школе.
– 
Москва: «Просвещение», 1977.
53
Сладкова Д.
А. Проблемное преподавание литературы в старшых классах 
средней школы.
– 
Казань: Казанский университет, 1967.
54
Кудрявцев В.
Т. Внедрение принципа проблемности в обучении.
– 
Москва, «Высшая школа», 1968.
55
Кудряшов Н.
И. Взаимосвязь методов обучения на уроках литературы.
– 
Москва: «Просвещение», 1981. 
56
Лесохина Л.
Н. О проблемности урока литературы. // Литература в школе, 
1965 № 6.
57
Айзерман А.
С. Современный урок литературы и проблемное преподавание.
– 
Москва: «Просвещение», 1969.


131
metodlarining xilma-xilligiga erishishdan ta
shqari, o‘quvchilarning 
ongli faolligini oshirish, ularda shaxslik sifatlarini shakllantirish 
singari ma’naviy maqsadlar ham yotadi. Shu bilan birga, darsda 
ham, sinfdan tashqari ishlarda ham o‘quvchilarda mustaqil fikrlash
-
ni tarbiyalovchi, ularda badiiy asarni anglash, so‘zdan ta’sirlanish 
ko‘nikmasini shakllantiruvchi maxsus ta’lim usullaridan foydala
-
nish lozim. Chunki mustaqil fikrlash shaxs shakllanishining bosh 
mezonidir. Adabiy asarlar ustida ishlashda, u badiiy tahlil shaklida 
bo‘ladimi, muammoli tarzda amalga oshiriladimi, o‘quvchilarda 
hissiyot va tafakkur tarkib toptirish birinchi, adabiyotga doir bilim 
berish ikkinchi o‘rinda bo‘lishi kerak.
Badiiy asarlar ustida muammoli ishlash o‘zida adabiy asar ta-
biatiga mos xususiyatlarni, uning umumiy va doimiy qonuniyat-
larini ham, auditoriyaning sinfdan sinfga, yildan yilga o‘tish bilan 
o‘zgaradigan xususiy jihatlarini ham qamrab oladi. Yuqori sinflar, 
adabiyot darslaridagi muammoli vaziyatlarda o‘quvchilarning 
diqqati, qiziqishi faqat qahramonlar shaxsi bilan chegaralanib 
qolmay, muallifga ham qaratilishi, o‘quvchi adibning fikrlari 
yo‘nalishiga ham nazar tashlashi hamisha o‘qituvchining diqqat 
markazida bo‘lmog‘i lozim.
Adabiyot o‘qitish tizimiga muammoli ta’limni olib kirish 
yo‘llari haqida gapirishdan oldin, muammoli adabiy ta’lim, didak-
tik muammo, muammoli savol, muammoli vaziyat tushunchalariga 
aniqlik kiritib olish zarur bo‘ladi.
Adabiyot darslarida o‘quvchilar o‘zlashtirishlari lozim 
bo‘lgan bilimlarni o‘zlarining kuchi, tafakkuri, bilimi va mehna-
ti bilan o‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida bolalar oldiga 
muammo qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladigan o‘qitish jarayo-
nini 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish