O’qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun


-dars Mavzu: Sahiy. Muhammad Avfiy



Download 14,36 Mb.
bet102/176
Sana28.05.2022
Hajmi14,36 Mb.
#613849
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   176
Bog'liq
4-sinf O\'qish

95-dars
Mavzu: Sahiy. Muhammad Avfiy


Darsning maqsadlari:
Ta'limiy maqsad: “Saxiy” hikoyasi haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: kasbga qiziqish uyg‘otish
Rivojlantiruvchi maqsad: matnni reja asosida hikoya qilish malakasini rivojlantirish.
Darsning jihozi: mavzuga mos rasmlar, tarqatmalar.
Darsning uslubi: izohli o’qish
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
O’tilgan mavzu yuzasidan savol- javob o’tkazaman:
Hikoyat kimlar haqida ekan?
Ular qanday kun kechirishar edi?
O'g'il otaga qanday hurmat ko'rsatdi?
Ota-o'g'il nima sababdan yo'lovchilarning malomatiga - gap so'ziga qoldi?
Otasi o'g'liga xafa bo'lib nima dedi?
III. Yangi mavzu bayoni.
SAXIY
Muhammad Avfiy
Hotamtoydan: O‘zingizdan ham saxiyroq odamni uch-ratganmisiz? - deb so‘rabdilar.
Hotamtoy:
- Ha, ko'rganman, - deb javob beribdi.
- Qayerda ko'rgansiz?
- Cho'lda ketayotganimda uzoqdan ko'zimga ikki xonadan iborat ko‘rimsizgina bir kulba, kulbaning oldida boglab qo‘yilgan bir echki ko rindi. U yerga yetib borganimda ot dukurini eshitib, ichkaridan bir mo‘ysafid menga peshvoz chiqdi va otdan tushishimga yordam qil-di. Birozdan keyin uning o‘g‘li kelib ochiq chehra bilansalomlashib, hol-ahvol so'radi. Mo‘ysafid ogliga qarab:
- Bolam, o‘sha echkini so'yib taom hozirla, mehmonni ziyofat qilish kerak, - dedi.
O‘g‘li:
- Ijozat bering, avvalborib otin terib kelay, - dedi.
Mo'ysafid:
- Sen cho‘lga borib, o‘tin olib kelguningcha vaqt ketadi. Mehmonni och olib o'tirish odobdan emas, - dedi.
Mo‘ysafidning ikkita nayzasi bor ekan. O'sha nayzasini tizzasiga bir urib sindirdi. Echkini so'ydi va bir-pasda ovqat tayyorlab dasturxonga olib kelib qo'ydi.
Uyning u yoq-bu yog'iga razm solib qaradim. Uning butun bor-yo‘g‘i shu nayzagina ekan. Uni ham meh-monning poyqadamiga ishlatdi.
Choldan so'radim:
- Meni taniysizmi?
Chol:
- Yo‘q, tanimayman, - dedi.
- Men Hotamtoy bo‘laman, saroyimga keling, bu qilgan yaxshiliklaringizning hissasini chiqaray, - dedim.
Bunga javoban chol:
- Biz mehmondan ziyofat pul olmaymiz, - dedi va hech qanday hadya qabul qilmadi.
Men mana shu mo'ysafidni o'zimdan saxiyroq deb bilaman.

1. Hotamtoy mo'ysafid bilan nima haqida suhbatlashdi?


2. Hotamtoyni mehmon qilgan mo'ysafidni nima uchun saxiy deb atash mumkin?



Download 14,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish