Print avvalgi darsimizning yakunida bir nechta kodlarni pythonda bajarib ko'rishni vazifa qilgan edik. Keling shu kodlarning natijasini ko'ramiz: print("Assalom alaykum") Copied!



Download 28,8 Kb.
bet1/3
Sana01.04.2022
Hajmi28,8 Kb.
#523303
  1   2   3
Bog'liq
print


PRINT()
Avvalgi darsimizning yakunida bir nechta kodlarni pythonda bajarib ko'rishni vazifa qilgan edik. Keling shu kodlarning natijasini ko'ramiz:
1
print("Assalom alaykum")
Copied!
Natija: Assalom alaykum
Kutilganidek, yuqoridagi kod Assalom alaykum matnini konsolda ko'rsatdi. Keling endi keyingi kodni kiritamiz:
1
print(Hayrli tong!)
Copied!
Natija: SyntaxError: invalid syntax
Bu safar esa Hayrli tong! yozuvi o'rniga, Syntax Error (sinteksda xatolik) xabari chiqdi. Xatolik qayerda?
Avval aytganimizdek, print() funktsiyasi matn yoki ifodalarni konsolga chiqarish vazifasini bajaradi. Lekin bu funktsiya to'g'ri ishlashi uchun bir nechta qoidalarga amal qilish lozim. Jumladan, agar konsolga matn chiqarmoqchi bo'lsak, matnimiz albatta qo'shtirnoq yoki (" ") yoki birtirnoq(' ') orasida yozlishi kerak. Demak Hayrli tong! so'zini konsolda chiqarish uchun to'g'ri kod:
1
print("Hayrli tong!")
Copied!
yoki
1
print('Hayrli tong!')
Copied!
bo'ladi.
Natija: Hayrli tong!
Qo'shitrnoq yoki birtirnoq ishlatishning afzalliklaridan biri, agar siz chiqarmoqchi bo'lgan matnda ikkovidan biri qatnashgan bo'lsa, print() funktsyasida ikkinchisidan foydalanasiz. Keling quyidagi misolni ko'ramiz:
1
print('Men "Dell" markasidagi noutbuk sotib oldim')
Copied!
Natija: Men "Dell" markasidagi noutbuk sotib oldim
Yuqoridagi matnda "Dell" so'zi qo'shtirnoq ichida eda. Bu matnni konsolga chiqarish uchun esa, print()funktsyasi ichida matnni birtirnoq ichiga oldik.
Agar matnni bir necha qatorga bo'lib yozish talab qilinsa, uchtalik qo'shtirnoq(""" """)yoki birtirnoqdan (''' ''')foydalanish mumkin:
1
print("""Odami ersang, demagil odami,
2
Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami""")
Copied!
Natija:
Odami ersang, demagil odami,
Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami
Qatorga bo'lishning yana bir usuli, qator so'nggida \n belgisini qo'yish.
1
print("Odami ersang, demagil odami,\nOniki, yo'q xalq g'amidin g'ami")
Copied!
Natija:
Odami ersang, demagil odami,
Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami
Yuoqridagi matnni birtirnoq orqali ham konsolga chiqarish mumkinmi? Matndagi yo'q, g'am so'zlaridagi birtirnoqlar bunga to'sqinlik qilmaydimi? Qiladi.
Buning oldini olish uchun esa matndagi birtirnoq belgisidan avval \ belgisini qo'yish lozim.
1
print('Odami ersang, demagil odami, \nOniki, yo\'q xalq g\'amidin g\'ami')
Copied!
Natija:
Odami ersang, demagil odami,
Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami
Yuqoridagi kodga e'tibor bergan bo'lsangiz "yo'q" so'zi yo\'q ko'rinishida "g'am" so'zi esa g\'am ko'rinishida yozilgan. Umuman olganda \ belgisi har qanday mahsus belgi oldidan qo'yiladi.
Agar yuqordagi kodimizda \ belgisini ishlatmaganimizda natija qanday bo'lar edi?
1
print('Odami ersang, demagil odami,\nOniki, yo'q xalq g'amidin g'ami')
Copied!
Natija: SyntaxError: invalid syntax
Keling shu o'rinda Syntax Error (sinteksda xatolik) haqida ham gaplashaylik.

Download 28,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish