III. Yangi mavzu bayoni.
YAXSHI BO'LDI
Nosir Fozilov
Ko'cha yuziga katta, dang'illama uy tushgan-u, hali bitmagan edi. Ko'chadan o'tganlar: «Yaxshi uy bo'lar-kan-u...» deyishar, uning ko'pdan beri chala yotganini ko'rib: «Biroq ko'chaning husnini buzib turgani yomon bo'libdi-da», deb achinardilar.
Bilmasangiz bilib oling, ko'cha husnini buzib turgan bu uy Husanlarniki edi.
Mana, bugun uyning kam-ko'stini tuzatish uchun ha-sharchilar kelishgan. Ular orasida kechagina Husanning o'zi borib chaqirib kelgan Iso bobo ham bor. Iso bobo shu qishloqda imorat ustasi. U kamgap, o'nta gapirganingda zo'rg'a bitta og'iz ochib javob qaytaradi. Hushi kelib tursa, juda sergap bo'lib ketadigan odati ham bor. Boshqa hasharchilar tomda o'zlari bilan o'zlari ovora. Ular deyarli yoshlar edi. Nima ham bo'ldi-yu, hasharchilar o'z o'g'illarini maqtay ketishdi. Biri o'g'lini odobli desa, biri o'g'lini qo'rqmas, kuchli deb maqtar edi. Ba'zan ular tomdan:
-Nima deysiz, Iso bobo, shundaymi? — deyishsa, Iso bobo hech mulohazaga bormay, ensasi qotib:
__ Shunday! — deb qo'ya qolardi.
— Mening o'g'lim axir bir ishning boshini tutadi-da, — dedi Husanning dadasi, — qo'lidan kitob tushmaydi, o'qigani-o'qigan. Nima deysiz, Iso bobo?
Iso bobo shu mahal narvonda turib, uyning bo'g'otini tuzatayotgan edi. Bitta g'isht kerak bo'lib qoldi: narvondan tushib, engashib zo'rg'a oldi. Olib chi-qib, o'rniga yaxshilab qo'ydi. Shundan keyingina javob berdi: — Shunday!
U yana bir nima demoqchi bo'lib og'zini juftladi-yu, aytmoqchi bo'lgan gapini ichiga yutdi...
Shu payt Husan o'z o'rtoqlari Safar, G'ani bilan ko'chadan kirib keldi. Safar bilan G'ani ustalarga salom berishdi. Husan bo'lsa hech narsa demay, qo'ltig'ida qandaydir bir kitob bilan uyga kirib ketdi.
Shu mahal Iso boboga yana g'isht kerak bo'lib qoldi. U pastga tushmoqchi bo'layotganda Safar payqab qolib, bitta g'ishtni ko'tardi:
— Tushmay qo'ya qoling, bobo, mana, oling. Yana kerakmi?
Ha, barakalla, o'g'lim, baraka top, katta yigit bo'l...
Husan uydan chiqib, G'anining oldiga keldi. Ikkalasi ham tomdagi ustalarning ishini tomosha qilishardi.
— Iso bobo, gapimiz chala qoldi-ku, shunday qilibi o'g'ilchalarning qaysi biri yaxshi bola bo'ladi? — dedi tomdagi hasharchilardan biri.
Iso bobo indamadi.
— Qaysinisi bo'lardi, ko'rib turibsan-ku, mana bunisi yaxshi-da, — dedi hasharchilardan biri pildirab g'isht tashiyotgan Safarni ko'rsatib. — Bobosiga yordam berayotgan o'g'il yaxshi bo'lmay, belini ushlab, tomosha qilib turgan o'g'il yaxshi bo'larmidi?..
IV. Mustahkamlash.
Matn mazmuni yuzasidan savol- javob o’tkazaman.
1. Husanning dadasi o'g'li to'g'risida Iso boboga nima uqtirdi?
2. Iso bobo Safarni nima uchun maqtadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |