168-dars
Nazorat ishi.
Mavzu: Matnni tez o’qish . Nazorat ishi
Maqsad: a) o’quvchilarning tez va ravon o’qish texnikasini tekshirish
b) o’quvchilarda vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish;
d) o’qish texnikasini rivojlantirish.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish.
II. O’tilgan mavzu yuzasidan savol- javob o’tkazish.
Uyga berilgan mavzuni takrorlab, o’quvchilar bilan qisqacha savol- javob o’tkazaman.
III. Nazoratning maqsadini aytish.
Mavzu sinfdan tashqari matndan olinadi.
O’quvchilarga matnni o’qish texnikasi tushuntiriladi.
O’quvchilar yakka-yakka matnni bir daqiqa davomida o’qishadi. O’qigan so’zlar miqdori sanab, o’quvchi bilimi baholanadi.
IV. Mustahkamlash
O’quvchilar o’qishi, qo’yilgan ballar tahlil qilib, izohlanadi.
V. Uyga vazifa: takrorlash, tez o’qishni mashq qilish.
169-170-dars
Mavzu: Takrorlash.
Maqsad: 1. O'quvchilarning «Yoz — o'tadi soz» bo'limini o'tishda egallagan bilim va ko'nikmalarini aniqlash hamda mustahkamlash. She'rlarni yoddan ifodali o'qish, hikoyalarning mazmunini gapirib berish malakasini oshirish.
2. O'quvchilarni bo'sh vaqtdan unumli foydalanishga odatlantirish.
3. O'quvchilarning test topshiriqlari ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini takomillashtirish.
Darsning turi. Mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi. Savol-javob, test
Darsning jihozi. Sinf bolaning yoz faslidagi hayoti, tabiat ko'rinishlariga oid rasmlar va o'quvchilar tayyorlagan materiallar bilan sinf jihozlanadi.
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Test sinovi. Test o’quvchilarga kartochka tariqasida tarqatiladi va o’quvchilar navbat bilan javob berdailar:
TINCHLIK NIMA?
1. Gul bo'lib, daraxt bo'lib,
O'sib boradi tinchlik... Bu parcha qaysi she'rdan olingan?
A) "Tinchlik nima?" B) "Fasllar ko'rki" D) "Bahor"
2. Kimlar "urushga choh qazishar"?
A) Yaxshilar B) Yomonlar D) Ba'zi kishilar
TO'MARIS
1.'To'maris qaysi qabila malikasi edi?
A) Massaget B) Sak D) Mo'g'ul
2. To'marisning o'g'li kim edi?
A) Kurush B) Sparganiz D) Artabaz
3. "Sen meninq guyoshimni so'ndirdinq. Yaqona farzandimdan judo etdinq. Mayli men seni kechiraman, ortiqcha gon to'kilishini istamayman". Bu nutq kimga tegishli?
A) Kurush B) To'maris D) Sparganiz
4. "To'maris" afsonasining salbiy qahramonlarini ko'rsating.
A) To'maris, Kurush B) Kurush, Krez D) Sparganiz, Artabaz
NAJMIDDIN KUBRO
1. "Qonga qon, jonga jon" degan vatanparvar klm?
A) Beruniy B) Najmiddin Kubro D) Ibn Sino
2. Najmiddin Kubroning vatani qayer?
A) Buxoro B) Xorazm D) Samarqand
3. Najmiddin Kubro kimlarga qarshi kurashda shahid bo'lgan?
A) Mo'g'ullarga qarshi B) Arablarga qarshi D) Greklarga qarshi
Do'stlaringiz bilan baham: |