O’qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun


V.Uyga vazifa: Matnni o’qib, so’zlash



Download 14,36 Mb.
bet168/176
Sana28.05.2022
Hajmi14,36 Mb.
#613849
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   176
Bog'liq
4-sinf O\'qish

V.Uyga vazifa: Matnni o’qib, so’zlash
VI.Dars yakuni. O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish.
162- 163-dars
Mavzu: Nihollarning holasi. X.To’xtaboyev.
Maqsad: a) ta’limiy: o’quvchilarga mavzu haqida tushuncha berish;
b) tarbiyaviy: tabiatga mehr uyg’otish, daraxtlarni asrashni o’rgatish;
c) rivojlantiruvchi: c) rivojlantiruvchi: bog’lanishli nutqni rivojlantirish va lug’atini boyitish.
Darsning jihozi: mavzuga mos rasmlar.
Darsning uslubi: og’zaki savol- javob.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Test sinovi.
1. Qaysi adibning asarida "mag'rur turnalar ko'kda ovozini baralla yangratmoqda. tizilgan tuya karvonidek uchmoqda" deg an tasvir bor?
A) Qudrat Hikmat B) Yusuf Xos Hojib D) Muzayyana Alaviya
2. Tinchlikni "sho'xliging", "polvonliging", "to'qliging", "sog'lomliging" deya atagan shoir kim ?
A) Umida Abduazimova B) Shukur Sa'dulla D) Rahmat Fayziy
3. "To'maris" afsonasidagi voqealar qayerda bo'lib o'tgan?
A) Oks daryosi atrofida B) Massagetlar yurtida D) A va B
4. Odami ersang demagil odami.
Onikim yo'q xalq g'amidin g'ami.
Bu hukmatli so’zlarni kim aytgan?
A) Alisher Navoiy B) Zahiriddin Bobur D) Boborahim Mashrab
5. "O'qish kitobi" bo'limlarning ketma-ketligi qaysi javobda noto'g'ri berilgan?
A) "Istiqlolim - istiqbolim". "O'zbekiston - Vatanim manim", "Oltin kuz"
B) "Oltin kuz", "Ma'naviyat - qalb quyoshi", "Xalq og'zaki ijodi"
D) "Zumrad bahor", "Kumush qish", "Hayvonot olamida"

III. Yangi mavzu bayoni.


NIHOLLARNING NOLASI
Xudoyberdi To'xtaboyev
Shaharda ko'kalamzorlashtirish oyligi bo'lib o'tgandi. Shu oylik davomida ko'chalar chekkasiga, ariqlarning bo'yiga, xiyobonlarga naq uch yuz mingga yaqin mevali va manzarali ko'chatlar o'tqazishdi.
Qiyqirishib ko'chat ekkan o'quvchilar biri ketmonini asfalt yo'lda daranglatib sudrab, biri belkurakni yelkasiga teskari qo'yib, yana bittasi bo'sh chelakni childirma qilib chalib jo'nab ketishgach, chinorlar bir-birlariga ma'noli qarab qolishdi.
Ertalab quyosh chiqishi bilan ikki yuz niholcha birdan uyg'onib yengil-yengil chayqalishib, bir-birlariga salom bergandek bo'lishdi, so'ngra tunlari qanday o'tganligini ayta boshlashdi.
— Mening tomirchalarim tuni bilan suv axtarib chiqish-di, — dedi bitta nozikkina niholcha.
— Men bo'lsam tanam-u shoxchalarim bilan shabnam so'rdim, — dedi boshqasi.
— Men yo'lda karaxt bo'lib qolgan ekanman, haliyam o'zimga kelolmayapman, — deb qo'ydi uchinchisi..
Nihollar: Bolalar suv to'la chelaklarini ko'tarib, bir-birlarini quvlashib, qiyqirishib kelib qolishar, — deb kutishdi.
Nihollar sabr-u bardoshlari zo'r, ancha-muncha qiyinchilikka parvo qilmaydigan, quyosh taftiga, suvsizlikka o'rgatilgan edi. Bir kuni quyosh haddan tashqari qizdirib yubordi, o'zi to'kayotgan mo'l-ko'l harorat evaziga niholchalarning barg-u shoxchalaridagi eng so'nggi namlikni ham so'rib ola boshladi.
Niholchalar birdaniga: — Suv!!! — deb baqirishga tushishdi. Qaddi-qomati kelishgan novcha niholcha to'satdan qo'rqib ketdi: yo'q, o'zi uchun emas! Mayda niholchalarga — ukalariga achinib ketdi. Bobokalonlari aytgan suv uchun, oziq-ovqat uchun bo'ladigan janglarning eng og'ir pallasi boshlanganga o'xshaydi. Bunday paytlarda odamlar yordamga kelishmasa, nozik niholchalarning ko'pchiligi nobud bo'lib ketishi mumkin-ku, axir! Nahotki, nahotki shunday bo'lsa! Axir ular tog' bag'ridagi sersuv, bahavo adirlarda mazza qilib o'sishayotgan edi, o'z hollariga qo'yib berishganda, bu yerlarga majburan ko'chirib kelishmaganda, qanday soz bo'lardi-ya!
— Suv!!! — degan faryod hamma yoqni qoplab ketgan-dek bo'ldi yana.
Novcha niholcha shoshib qoldi, nima qilishini, bir tomchi suvga zor bo'lib jon berayotgan nozik niholchalarga qanday yordam berishni bilmasdi u.
Ertasiga ertalab niholchalarning ko'plari uyg'onmadi, tungi shabnamga yetolmay nomozgar pallasidagi dimlikda bir-ketin nobud bo'lishgan ekan...
Qaddi-qomati kelishgan novcha niholcha bu judolikdan dahshatga tushdi-yu, lekin o'zini yo'qotmadi. «Yo'q, — deya chayqalib ketdi novcha niholcha, — men o'lmasligim kerak, men yashayman, yashayman!»
— Suv! — deb chinqirib yubordi ... Ko'chadan shoshilib mashinalar o'tib borardi. Chollar, kampirlar o'tyapti.
Yigitlar, qizlar o'tyapti. Bolalar, qizchalar o'tyapti...
Novcha niholcha hamon ajal bilan olishib yotibdi.
U kimdandir yordam kutgandek jovdirab atrofiga qaray boshladi. Meni bu yerga ekib, ketmonini asfaltda daranglatib sudrab ketgan bolalar kelib qolmasmikan deb yana bir bor ko'cha boshiga ko'z tashladi, yomg'ir tomchilaridan umidvor bo'lib, bulut bo'lmasa ham ko'kka tikilib, uzoq qotib turdi...
Qaddi-qomati kelishgan novcha niholcha asta-sekin o'zidan ketib, allaqanday sehrli xayolot nash'asi bilan mast bo'la boshladi, keyin o'sha kun — haddan tashqari qizdirib yuborgan 19 iyun kuni kunduz soat oltilarda jon berdi.
IV. Mustahkamlash.
Matnni o’quvchilarga o’qittiraman.
So’ngra savol- javob o’tkazaman.
1. Nihollar nima uchun nola chekishdi?
2. «Nola chekdi» iborasini qanday tushunasiz?
Qatorlar guruh sifatida birlashadi va topshiriq bajaradilar: So’ng o’qituvchi guruhlarga topshiriqlar beradi.
1- topshiriq: Guruhlar gullar haqida bilgan she’rlarni yod aytadilar.
Topshiriq bo’yicha o’quvchilar javoblari tekshiriladi va rag’batlantiriladi.
2- topshiriq: 1-2-3- guruhlarga o’simliklar hayoti haqidagi savollar beriladi.
Ikkala guruhga savollar kartochkalarda tarqoq holda beriladi.
3- topshiriq: gullar uchun, ya’ni gullar olamiga foydali maslahatlar berish. O’quvchilar topshiriqqa asosan o’zlari bilgan maslahatlarni boshqa guruhlarga gapirib beradilar.
Namunalar:
“ Bir guldonga xilma – xil gullarni solib qo’yish mumkin emas”. “ Qalampirgul va marvaridgul boshqa gullarning so’lishini tezlashtiradi”. “ Atirgul, chinnigul va nilufarni alohida qo’ysangiz, uzoq vaqtgacha tetikligini saqlaydi”.
“ So’ligan lolalarni tiriltirish mumkin. Buning uchun ularni yonib turgan elektr chirog’i tagiga bir muddat qo’yib olish kifoya”.
“ Xona gullarini me’yoridan ortiqcha sug’orish qurg’oqchilikdan ko’ra xavflidir. Ularga ehtiyojdan tashqari suv quymang”.
4- topshiriq: hamma guruhga krossvordni kim tezda yecha olish vazifasi topshiriladi. O’simlikning nomi kelib chiqadi.
1. Salqinga ma’nodosh so’z
2. Hasharot
3. Mehnatsevar hasharot.
4. Mehnat quroli
5.Transport
6. Qush
7. Ta’na a’zosi
8. Uy hayvoni
V.Uyga vazifa: matnni o’qib, hikoya qilib berish.
VI. Darsni yakunlash.

Download 14,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish