124-dars
Mavzu: Yaxshidan bog’ qoladi.
Darsning maqsadi: mavzu haqida ma'lumot berish.
2. O'quvchilarda o'z hayotlarida yuz beradigan muhim va qiziqarli voqeaiar haqida hikoyachalar yozishga rag'bat uyg'otish.
3. Ajdodlarini eslash va ularning mehnatini qadrlash ruhida tarbiyalash. Ularning ongiga yaxshilik, ezgulik kabi fazilatlari singdirish.
4. O'quvchilarning o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish va bog'lanishli nutqini o'stirish.
Darsning turi. Yangi bilim beruvchi, hikoya o'qish darsi.
Dars metodi. Suhbat, mustaqil ish, tarmoqlash metodi.
Dars jihozi. O'rikzor bog'dagi mehnat tasvirlangan rasmlar, yozuvchi portreti.
Darsning borishi.
I. O'rganilgan «Fasllar ko'rki» she'ri yuzasidan o'quvchilar bilimini aniqlash va mustahkamlash
2. yangi mavzu bayoni.
YAXSHIDAN BOG‘ QOLADI
Ko'klam kunlarining birida Sulton Husayn saroyda yolg'iz o'tiraverib, zerikib ketibdi. Ancha vaqtdan beri Mir Alisherdan darak bo'lmadi, borib holidan bir xabar olib kelay deb, do'sti yashaydigan mahallaga yo'l olibdi.
Borib qarasa, Mir Alisher yeng shimarib bog'ida ishlayotgan ekan. Buni ko'rgan Sulton Husayn otidan tushib, do'sti bilan so'rashgach:
Hormang, do'stim! Nega shoirlar majlisida ko'rinmay qoldingiz desam, bog'bonlikni pesh qilibsiz-da! - debdi.
Mir Alisher ham belbog'i bilan peshanasidagi terini artar ekan:
- Ko'klam kelsa ko'chat ek, degan ekan mashoyix-lar. Shu bog'dagi qurigan olmalarning o'rniga uch-to'rt tup yong'oq ekayapman, - deb javob beribdi.
- Ey do‘stim-ey, qarigan chog'ingizda bog' qi-lishning sizga nima keragi bor, axir? Siz bilan men yoshimizni yashab, oshimizni oshagan bo'lsak, bu yong'oqlaringiz qachon hosilga kiradi-yu, siz qachonmevasidan yeysiz? Oxir umringizda mana shu bog'dagi mevalarning boriga qanoat qilib, soya-salqinda tinchginag'azal bitib o'tiravermaysizmi?
- Do‘stim, yaxshidan bog1 qoladi, degan naqlni eshitganmisiz? Men bu ko'chatlarni o‘zim uchun emas, mana shu mahallamiz ko‘chalarini changitib yurgan bolakaylar, balkim ularning ham bolalari uchun ekayap-man. Bir kun kelib, shu ko‘chatlaming har biri azim daraxt bo'ladi. Hosil bera boshlaydi. Shunda odamlar uning mevasidan totib «Bu bog1 Mir Alisherdan qol-gan!» - deyishadi. Shuning o‘zi menga har qanday ne’matdan lazzatliroqdur, - deb javob beribdi.
Bu gaplarni eshitgan Sulton Husayn Mir Alisherning saxovatiga qoyil qolib, unga hamyon tola tilla chiqaribberibdi. Mir Alisher tillaga qarab turib:
- Ana ko‘rdingizmi, do‘stim! Ekayotgan ko'chatlarim hozirdanoq hosil bera boshladi, - deya kulib qo'yibdi.
Sulton Husayn Mir Alisherning hozirjavobligiga yana bir bor qoyil qolgan ekan.
3. Mustahkamlash.
1. Mir Alisher va Sulton Husayn o'rtasidagi suhbatni rollarga bolib, rivoyatni ifodali o‘qing.
2. Mir Alisherning ko‘chatlarni nima niyatda ekayotganini aniqlang.
4. Uyga vazifa: Matnni o’qib, so’zlash
Do'stlaringiz bilan baham: |