O’qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun


O'quv materiali. Bahor ta'rifida. Yusuf Xos Hojib



Download 14,36 Mb.
bet123/176
Sana28.05.2022
Hajmi14,36 Mb.
#613849
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   176
Bog'liq
4-sinf O\'qish

O'quv materiali. Bahor ta'rifida. Yusuf Xos Hojib
Darsning maqsadi.
1. O'quvchilarga Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodi haqida ma'lumot berish. Bahorning uyg'onish fasli ekanligi, tabiatdagi o'zgarishlar haqidagi bilimlarini boyitish.
2.Bahor faslini qadrlash va sevish hissini tarbiyalash.
3. O'quvchilarning o'qish malakalarini yanada rivojlantirish lug'atni nasim, turdosh, chin, sabo, havo so'zlari bilan boyitish. Iboralarning ma'nosini izohlash.
Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
Darsning turi. Yangi bilim beruvchi dars, ilmiy-ommabop asar-iarni o'qish darsi.
Darsning metodi. Izohli o'qish, suhbat, tarmoqlash metodi.
Darsning jihozi. Bahor fasli, tabiati tasvirlangan rasmlar, pred-met rasmlari: qushlar, gullar, hayvonlar rasmi.
Darsning borishi.
I. O'quvchilarni yangi o'rganiladigan mavzuga tayyorlash.
1. Men topishmoq aytaman. Siz uning nima haqida ekanini, javobini topasiz. lion izli yorug' nur Bulutlarni quchadi. Jarangdor ovozidan yer-u osmon ko'chadi (Chaqmoq).
— Topishmoqni topishda sizga qaysi so'zlar yordam berdi? Bu so'zlar qaysi faslini ta'riflda aytiladi?
Aqliy hujum. Bahor fasli qanday so'zlar bilan ta'riflash mumkin? O'quvchilar javobi tarmoqlash usulida har xil ranglar bilan kartonga yozib boriladi.


Tarmoqlash bahor faslining ko'rinishini eslatadigan shaklda tuziladi.


2. Bahor faslidagi tarixiy sanalar haqida suhbat. Savol: Bahor faslida qaysi bayramlar nishonlanadi? Siz qaysi bayrami juda seva-siz?
3.O'quvchilarga bahor haqida yod olgan she'ri ayttiriladi.
O'qituvchi o'quvchi bilan bo'lgan suhbatni umumlashtiradi: Bahorni yaxshi kayfiyat, niehnat qilishga ishtiyoq uyg'otadigan fasl. Shuning uchun qadimdan shoir- yozuvchilarimiz bahorni madh etib she'rlar bitgan, hikoyalar yozgan. Shunday yozuvchilarimizdan biri Yusuf Xos Hojibdir. Siz bu yozuvchi haqida oldingi darslarimizda eshitgansiz. — Eslang. Yozuvchining qaysi asaridan parchao'qigansiz? O'sha parcha nima deb nomlangan edi? Unda nima haqida hikoya qilingan edi? (Yaxshilik va yomonlik, bilimdonlik va nodonlik haqida).
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asaridan yana bir parcha o'qiymiz. O'ylang. Bu parcha qaysi mavzuda bo'lishi mumkin? Doskaga mavzu o'quv materiali yoziladi:
1. Asar bilan tanishtirish. Matnni o' qituvchi o'qib beradi. Topshiriq.: «Asarni diqqat bilan tinglang. Yusuf Xos Hojib bahorni qa-nday ta'riflar ekan?
2. Kirish suhbati. Asar nima haqda ekan? Unda nimalarning t II ta'rifi berilgan?
3. Topshiriq asosida ichida o'qish. Asarni o'qing. O'zingizga ma'nosi notanish so'zlarning izohli lug'atini tuzing.
4. Lug'at ishi.
Nasim — shabada, shamol Chechaklar — gullar
Firdavs — bog', jannat bog'i Ifor — yoqimli hid
Chin — Xitoy Mushk-anbar — xushbo'y hid
Musaffo — toza, pokiza
Navo — kuy
Sabo yeli — shamol nafasi
5. Asarni qismlarga bo'lib o'qitish. Asar 3 qismga bo'linadi. 3 o'quvchiga o'qitiladi.
2-qayta o'qitilayotganda quyidagi topshiriqlar beriladi.
1-qism yuzasidan: Yozuvchi bahorni ta'riflashda qaysi so'zlardan foydalangan?
Nasim, firdavs, oq rang, bo 'z yer, alvon rang musaffo, yashil To 'n, oq, sariq, ko 'k, qizil rangli harir yaproqchalar, yashil parda, xitoykarvoni, chechaklar, ifor. (Shu so 'zlaming ma 'nosi so'rah o'tiladi)
2-qism yuzasidan: Yozuvchi qaysi qushlarni va parrandalarni tilga oladi? G'oz, o'rdak, oqqush, qil quyruq, turka, kaklik, qora qarg'a bulbul. Shu qush va parrandalarni rasmlar ichidan ko'rsating.
3-qism yuzasidan. Yozuvchi qaysi hayvonlarning nomini tilga olgan? (Bug'u, jayron).
6. Tanlab o'qish. Topshiriqlar. — Bahor faslida daraxtlarning harakatga kelishi tasvirlangan o'rinni topib o'qing.
1. Kaklik tasviri berilgan qismni topib o'qing.
2. Qora qarg'aning ovozi nimaga o'xshatiladi? Shu misralarni topib o'qing. Yozuvchi yerni o'tlar bilan qoplanishini nimaga o'xshatadi? Shu qismni topib o'qing.
3. Turnalarning uchishi nimaga o'xshatilgan? Shu o'rinni topib o'qing.
4. Asardan jonsiz narsa jonlashtirilgan o'rinni topib o'qing. (Gullar yuz ochib, qahqaha urib kulmoqda).
5. Zerikarli qishni bahor qanday haydadi? (Bahor nafasai bilan haydadi).
6. Daraxtlarning barg yoyishi nimaga o'xshatilgan? Matndan topib o'qing-(... daraxtlar yana yashil to'n kiydi).
7. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlash.
8. Darsda o'rganilganlarni umumlashtirish va tarbiyaviy hulosa chiqarish. Siz bugungi o'qigan asarimiz orqali nimalarni bilib oldingiz? Bahor faslida tabiatda qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi? U kishilarga qanday kayfiyat bag'ishlaydi? Bahor fasli tuhfalariga qanday munosabatda bo'lyapsiz?
9. O'qituvchi: dcmak, yozuvchi Yusuf Xos Hojib bahorni ta'riflashda juda ko'p rang bildiruvchi so'zlardan, o'xshatishlardan, jonlantirish-lardan foydalangan. Siz ham uyda «Bahor - go'zal fasl» mavzusida kichik hikoya tuzing. Unda shunday so'zlardan, iboralardan foydalan-ishga harakat qiling. Bunda quyidagi rejadan foydalaning.
Reja
1. Bulut suzgan osmon.
2. Gullarga burkangan olam.
3. Qushlar navosi (chug'uri).
Asarni bir necha marta o'qing. Hikoyagizda asardagi so'zlardan ko'proq foydalanishga harakat qiling.

Download 14,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish