Mehmonlarni sabrsizlik bilan kutayotgan- dek shaqir-shaqir qaynamoqda



Download 171,25 Kb.
bet1/4
Sana22.06.2021
Hajmi171,25 Kb.
#73357
  1   2   3   4
Bog'liq
tomaris


Cho‘l bahor kelinchagi oyog‘i ostiga chechaklar bilan bezalgan yashil poyandozini yoyib tashla- gan. To‘rg‘aylar havoda pirillab ko‘klamga madhi- ya o'qimoqda. Rango-rang kapalaklar chechaklar- ning xushbo^ hididan mast./

Allaqanday uzun oyoqli qushlar o'tlar orasida dumlarini likillatib, katta-katta bosib yuradi, toshbaqalar burishib ketgan xunuk bo'yinlari- ni o‘tlarga cho'zadi, qo‘ng‘izlar esa orqalariga qarab yurib, tezakdan yasagan qumaloqlarini allaqayoqqa yumalatadi. Qizg‘ish-qo‘ng‘ir bir ilon o‘t orasidan o‘rmalab kelib, atrofni tomosha qilayotgandek qaqqayib qolgan yumronqoziqqa tashlanadi, qushlarga o‘xshab chirqillab turgan kaltakesaklar qoVqib ketib oyoqlari bilan qum- loq yerni ikki yonlariga chiqarib, tuproq ostiga yashirinadi. Ba’zan ovullar yaqinidan kolcraklari oppoq saygbqlar gala-gala bo lib chopib o'tadi, yer gumburlab ketadi.

rOrol dengizining janubidagi shu bepoyon chollarning sohibi bolgan ko‘chmanchi massa- getlar^elin kutmoqda. Ulaming qarorgohi bayram tusini olgan. Har yer-har yerga gulxan qalangan, kiyik va qo'y go'shti pishayotgan mis qozonlar go “у о mehmonlarni sabrsizlik bilan kutayotgan- dek shaqir-shaqir qaynamoqda.

Qabila boshligi To‘maris o‘g‘li Siparangizni shak1 urug'idan Zarina degan bir qizga uylantir- moqda. Massagetlar kelinni olib keladigan meh­monlarni kutib olish taraddudida^

Yoshlar mehmonlarga joy hozirlamoqda, ayol- lar ovqat pishirmoqda, yangalar o‘tov xizmatini o'taydigan uzun soyabon aravalarni bezatmoqda...

Charchab gulxan yonida o‘tirgan yoshlar uzoq- dan ot choptirib kelayotgan choparni ко‘rib, o‘rin- laridan sakrab turib ketdilar.

  • Kelin... kelin kelayotir, - deb baqirdi u harsillab. - Qariyalar oldinda... darhol kutib olinglar.

Chopar sakrab egardan tushdi-yu, otini qoziqqa boglab, bir chekkadagi katta gulxan yaqinidagi chollar oldiga borib o‘tirdi.

Butun qarorgoh oyoqqa qalqib, aziz meh­monlarni kutishga hozirlandi. Oradan ko‘p o'tmay uzoqda uchi ingichka namat qalpoq kiygan otliqlar ko'rindi. Massaget yoshlari shaklarga peshvoz chiqib:

  • Xush kelibsizlar, qo‘noqlar, poyqadamlar- ingizga hasanot, - dedilar va otlarini jilovidan ushlab, egardan tushishlariga yordam berdilar.

Shaklar otdan tushib, massaget qariyalari bilan ko'rishganlaridan keyin atrofi soyabon aravalar bilan qurshalgan sayhon joyga, guldor namatlar ustiga chordana qurib o'tirdilar. Mezbonlar qo“y terisidan qilingan supralarda pishirilgan go‘sht, meshlarda qimiz keltira boshladilar.

Kun botgandan keyin kelin va uning dugo- nalari tushgan uzun soyabon aravalar yetib keldi. Har yer-har yerga qalangan gulxanlarning olovi gurullab, osmonni yoritib yubordi, ashulalarning avji falakka ko'tarildi. Kelin bilan kelgan qizlar va yigitlarning yallasi, bolalarning qiy-chuvi, xursandlikdan terisiga sig'may qolgan kishilar- ning shovqiniga qo‘shilib ketdi. Osmon baravar ko‘tarilgan gulxanlarning yorug'ida o'yin-kulgi, ziyofat boshlandi.

Л/aqt allamahal bolganda kuyov bilan kelinni ular uchun belgilangan soyabon aravaga chiqa- rish oldidan kurashtirib ko'rishdr,

Bo'ychan, bug'doyrang, sochlari tim qora, ko‘zlari chaqnab turgan Zarina o‘zining sahroyi go'zalligi bilan boshqa ayollardan ajralib turardi. U gulxanlar yorug'ida davra qurib o‘tirgan yig- it-qizlarga bir qarab oldi-da, juda obro'li kam- pirlar va chollar qurshovida savlat tokib o'tirgan To'marisga ta’zim qildi, so'ngra qarshisida kurash- ga shaylanib turgan cho'zinchoq yuzli, ko'zlari katta-katta Siparangizga tikildi. Qiz sochlarini ro£molcha bilan mahkam tang'ib, belini kamar bilan boglab olgan edi. U bexosdan kelib, yigitni belidan oldi-da, chirpirak qilib uloqtirib yubordi, yigit ancha yergacha gandiraklab borib tizzalab

qoldi. Kelin tomondan kelgan yigit-qizlar xursand bolib qiyqirib yubordilar.

"’fCelin bilan kuyov asta payt poylab, bir-birlarin- ing atrofida anchagacha aylanib yurishdi. Zarina epchillik bilan Siparangizga chang solib uni chalib yubordi, yigit yonboshi bilan qattiq yiqildi-yu, lekin orqasi yerga tegmadi, darhol sakrab turib yana olisha ketdi.

Bir-birlarini yiqita olmagandan keyin ular o'zla- rini sovutish uchun aylanib yurishdi. Siparangiz tetiklangandan keyin to'satdan qizning o‘ng qoliga yopishdi-yu, bir siltab tortib, xipcha belidan mah- kam qisganicha ko‘kragiga kotarib oldi. Qiz chap tomonga tashlaydi, deb moljallab turgan edi, yigit uning ko'nglidagi gapni anglaganday, tizzasi bilan qayirib, o‘ng tomonga tashladi. Shu mahalgacha nafaslari ichlariga tushib ketgan kuyov tomon yigitlari qiyqirib yubordilar. Qizning yag‘rini yerga tekkan edi, u qizarib-bo‘zarib o‘rnidan turgach, yangalar «Yarash-yarash», - deb baqirib, kelin bilan kuyovni aravaga chiqarib qo'ydilatv-

Ertasi kuni tongotar paytida havo aynib, qum bo'roni boshlandi. Hamma jonivorlar sahrodan kelgan qum uyurmalaridan o‘zlarini saqlash uchun in-inlariga berkindi, chol huvullab qoldi. Qum to‘zonidan osmon qorong'ilashdi, ko‘ch- manchilar aravalarining hammayog'ini berkitib oldilar. Bo'ron bir soat davom etdi, so'ngra qanday bexosdan boshlangan bolsa, shunday tez tindi. Soyabon aravalaming oldi ochildi, odamlar namat ustiga yoyilgan qumlarni qoqib tushira boshladi- lar. To‘rg‘aylar hech narsa bolmagandek yana chuldirab qo'shiqlarini aytishga kirishdi. Oftob

yana jilmayib, chol kelinchagi ustidan yana oltin tangalar socha boshladi. Bahor naqqoshi yana qoliga motyqalamini olib, tabiat qo^niga zebo naqshlar sola boshladi.

'’0‘g‘li bilan keliniga qarab To'marisning se- vinchi ichiga sig'mas edi. Biroq oyning o‘n beshi yorug' bo'lsa, o‘n beshi qorong‘i, deb bekorga aytmaganlar. Baxt osmonida bir parcha bulut paydo bo‘lib, cho‘1 malikasining yuragini g‘ash qila boshladi. Mamlakat chegarasidan kelgan choparlar uning huzuriga Eron shohining elchisi kelayotganidan darak bergan edilar.

Kayxisravning1 elchisi o‘z mulozimlari bilan O'kuzning2 o‘ng qirg‘og‘iga o‘tib, ikki kun yo‘l yurgandan keyin To‘mans huzuriga yetib keldi^j-U otini sekin yurgizib, ustiga oq namat qoplangan katta soyabon arava oldida to'xtatdi. Shu payt egniga yarg'oq teridan kamzul kiygan, kamariga qilich va o‘q-yoy osgan namat qalpoqli bir pahla- von yigit kelib, otning jilovidan ushladi va elchi egardan tushguncha bir qoli bilan oltin uzangini ushlab turdi. Xuddi o‘sha yigitga o'xshab qurol- langan ikki ayol arava yoniga sholcha solib, ta’zim qilganlaricha qotib qoldilar. Yoshi qirqlarga borib qolgan, chiroylikkina bir ayol aravaning orqasi- dagi pardani ko‘tardi-da, belidagi oltin kamarga taqilgan qilichini avaylab ushlagan holda palos ustiga sakrab tushdi. Bu ayol massagetlar malika- si To'maris edi. Yarqiroq mis bolta ushlagan ikki qiz uning ikki yoniga kelib turdi. Elchi To'marisni ko'rgach, ikki qo'lini yerga qo^ib, yer o‘pdi-yu, o'rnidan turib ta’zim qildi:



  • Shahanshohi Eron alo hazratlari sen ulug‘ malikaga behad salom va sovg'alar yubordilar, - dedi u baland ovoz bilan. - Senga sog‘liq, tuman boylik va uzoq umr tilab qoldilar.

U tumtaroqli so‘zlar bilan To'marisni qutlug'lar ekan, mulozimlari tillado'z chopon va harir koyiaklar tugilgan zarbof bo‘g‘chani malika oyog'i ostiga qoldilar.

To'maris sovg'alar uchun minnatdorchilik bildi- rib, Eron shohining soglig‘ini so'radi va elchining yolda qanday kelganini surishtirdi, so‘ngra shol- cha ustiga tashlangan yolbars terisiga o‘tirishni taklif qildi. Elchi va uning mulozimlari ham qator qilib solingan po'staklar ustiga o'tirdilar. Oradan ko‘p o'tmay, mezbonlar ular oldiga charm supra yozib, pishirilgan qoty go'shti, baliq, g‘oz, o'rdak kabob keltirib qoldilar. Elchi bilan yonma-yon o‘tirib, uni gapga solayotgan To'maris ovqatga manzirat qildi.

Elchi ovqat yeb otirar ekan, doimiy ovul va sha- harlari bolmagan massagetlaming qo^ va yilqilar orasida juda ibtidoiy hayot kechirishiga, ayollar- ning erkaklardek qurollanganiga, malikaning oddiy odamlar qatorida o'tirishiga hayron qolar va uning turmushini semaqsh koshonalarda, zeb-ziynat ichida yashovchi Eron shohining hayoti bilan solishtirardi: «Shuyam malika boldi-yu, - deb o“ylardi u. - 0‘z fuqarolari bilan yonma-yon o‘tirib ovqat yeydi, sochlari о‘sib yelkasiga tush- gan yilqichilar qo‘l cho'zib, uning oldidan yogliq go‘shtni olib yeydilar, na ostida oltin taxti bor va na boshida toji. Ayollaming erkaklar bilan yon­ma-yon оЧтЬ, bir-birlariga gap otib, go'sht chay- nashlarini qarang. Bu xotinlaming erlari rashk nima ekanini bilmasalar kerak. Tavba, ayol kishi ham qurol taqadimi? Bularda na qul bor va na xizmatkor, hammalari topganlarini o'rtada baham ko'radilar. Yowoyi xalq-da! Qul bolishdan boshqa narsaga yaramaydi bular!»

. iCayxisrav elchisini yuborayotganda unga: «Agar To'marisni xotin qilib olsam, uning fuqarosi o‘z- o‘zidan menga qaram bo lib qoladi, urushib o‘ti- rishga hojat qolmaydi. Sening vazifang, mening shu rejamni ro^yobga chiqarishga yordam berish- dan iboratdir, tushundingmi?» - degan edj*^ Elchi hozir o‘z podshohining topshirig'ini ba- jarish uchun butun ayyorligini ishga solar, ti- lyoglamalik qilib, To‘marisni maqtab ko‘klarga ko'tarar edi:



  • Olamda shu mahalgacha hech bir zaifa shun- day ulug‘ mamlakatga hukmdor bolmagan, yer yuzi sendek adolatli malikani ko'rmagan, - derdi u kekirdagini cho'zib. - Oftob tangrisLsenga ham husn beribdur, ham shon-shavkat. 'Agar sen o‘z taqdiringni bizning shahanshoh taqdiri bilan boglasang, dunyoda hech bir podshoh bizga bas kelolmaydur, - shu zayldagi tumtaroqli gaplardan keyin o‘z maqsadini ochiq bayon etdi^- Men yolg'iz elchi emas, sovchi ham bo lib keldim. Shahansho- hi olam senga g'oyibona oshiq bolganlar.

To'maris ovqat yeyishdan to'xtab qoldi.

  • Ne deding? Sovchi bo lib?

U Eron shohining qanday niyatda ekanini endi tushunib olgan edi.

  • Ha, sovchi bo lib, - takrorladi elchi bosh egib.

  • Ering olganiga bir yildan oshdi, hali yoshsan, go'zalsan. Faqat shahanshohi olam Kayxisrav kabi ulug‘ hukmdorga munosib qalliqdursan.

  • Nima, uning xotinlari olib, o‘zi so'qqabosh bo lib qoldimi?

  • Yo‘q, xotinlarining hammasi sog‘-salomat. U1 kishiga turmushga chiqsang, sen bosh xotin, barcha xotinlari sening cho'ring boladilar.

To'maris qoshlarini chimirib, o“yga toldi. Agar u shohning sovg'alarini va taklifini qabul qilsa, xalqining boshiga qanday kunlar kelishini ko‘z oldiga keltirib, dahshatga tushdi.

-/Shahanshoh menga emas, mening yurtimga, boyligimga oshiq bolgandir, - dedi To'maris za- harxanda qilib. - Men emas, shu serbaraka yurtim unga kerak bolib qolgan. Siz, elchi janoblari, o‘z tojdoringizga borib ayting: men uning taklifini qat’iyan rad etaman. Men unga qalliq bolishni, o‘z elimni unga qul qilib topshirishni istamayman.



  • Shahanshohning takliflariga rad javob berish- dan awal sarkardalar va ulug‘ oqsoqollaringning maslahatini olishing, oyiashib ko'rishing kerak edi, - dedi elchi To'marisning o‘ng-solida o'tirgan namat qalpoqli, yarg‘oq teridan kamzul kiygan kishilarga istehzo aralash nazar tashlarkan.

  • Bu to‘g‘rida о у lab bosh qotirib ko'rish kerak,

  • dedi urug‘ oqsoqollaridan biri. - Yurtimizning ulug‘i rost gapni aytdi. Hukmdoringga bor «u yurt malikasi senga xotin, ulusi qul bolishni istamas emish», deb ayt. Agar shahanshoh bizga mehmon bo‘lib kelsa, yaxshilab ziyofat qilamiz, oyog‘iga qirq qo‘chqor soVamiz. Ammo qilich bilan kelsa, bari askarlarini qirib tashlab, ular- ning qonini o‘ziga ichiramiz^

  • Ulug‘ shahanshohi Eronning sha’nilariga yarashmaydigan gap boldi, - dedi elchi bo‘g‘riqib ketib. U qattiqroq bir gap aytmoqchi edi-yu, ammo g'azab bilan tikilib turgan chehralarni ко‘rib, tilini tishlab qoldi, - ulug‘ tojdor meni yaxshi niyat bi­lan yuborgan edilar. Sizlar, ulug‘ shahanshohning ezgu niyatlarini payqamadingiz. Buning oqibati siz uchun xayrli bolmas.

  • Agar elchi bolmaganingizda, shul gapni ayt- gan og'zingizni qum bilan toldirar edim. Qayerda ekanligingizni unutmang, janob! Orqa-o‘ngingizga qarab gapiring. Shahanshohi Eronning niyati biz­ga malum boldi, - dedi hamon jahldan tushma- gan To‘maris. - Boshimizdan zar sochganlaringda ham biz erkinlikni qullikka alishtirmaymiz.

Dasturxon atrofida 0‘tirganlar:

  • Rost gap! Vatandosh ayollarimizning gapi bunday boladi, - deb To'marisning so'zini ma’qul- ladilar.

Shu payt uzoqdan ot dupuri va yigit-qizlarning qiyqirigl eshitilib qoldi. Elchi xavotirlanib, chang- to‘zon ko‘tarilgan tomonga qaradi.

  • Qo‘rqmang, о‘glim Siparangiz o‘z qayligl va do'stlari bilan shikordan qaytib kelayotir, - deb elchini tinchlantirdi To'maris. - Yaxshiki boyagi gaplaringizni о‘glim eshitmadi, yo‘qsa, teringizga somon tiqqan bolur edi! Qiziqqon, g‘ayratli yigit u.

Bir lahzadan so‘ng chol shamolidan yuzlari biroz qoraygan, ko'zlari chaqnagan, qora sochli uch chiroyli qiz bilan uch barvasta yigit otlari- dan sakrab tushdilar va To'marisning oldiga ikki oq quyruq kiyikni keltirib qo'ydilar. Qizlarning ham, yigitlarning ham bellarida o‘q-yoy va sa- doqlarida o'qlari bor edi.

Elchi o'midan turib, yuzlari cho'zinchoq, ko'zlari katta, novchadan kelgan Siparangizga ta’zim qildi va tumtaroqli so‘zlar bilan o'zining kimligini elon qilib, uning sogliglni so'radi. Siparangiz u bilan so'rashib bolgandan keyin, qayligl bilan elchining sol tomoniga, yolbars terisi ustiga o‘tirdi.

Toy kuni Siparangizdan yiqilgani uchun unga itoatgoy bolib qolgan Zarina erining yonida odob saqlab, uning so'zlariga quloq solib olirar, undan oldin gap boshlashga o‘ziga ep ko'rmas edi.

Siparangiz elchining yolda qanday kelgan- ligini so'radi, elchining batafsil hikoyasini ting- lagandan keyin takallufsizlik bilan Eron sha- hanshohining boyligi, uning qancha mulozim ham qullari, necha xotini borligi va hokazolarni surishtira boshladi. Elchi xinaga bo^algan so- qolini siypab kulimsirarkan, savollarga batafsil javob berib, shohning saroyidagi urf-odatlar bilan uni tanishtirdi. Yoshlar Eron shohining ko‘z ko'rmagan, quloq eshitmagan zeb-ziynat ichida yashashi, ichkilik bazmlari to‘g‘risidagi hikoyasini zavq bilan tinglab o'tirdilar.



  • Shahanshoh ziyofatiga taklif etilgan zardo'z choponli a’yon-amaldorlar, harir kiyim kiygan mehmonlar; begona yurt elchilari awal oltin taxt ustida o'tirgan shohi olamga ta’zim qilib, o'zlariga ko'rsatilgan yerga o'tiradurlar. Etaklarini qayirib olgan epchil bakovullar osh tortar ekan, bellariga qirqtadan qo‘ng‘iroq taqqan yosh soqiylar ularga oltin piyolalarda sharob tutadilar. Bir tarafda sozandalar...

Elchining gapiga diqqat bilan quloq solib otir- gan bir yigit uning so'zini oxirigacha tinglab:

  • Siz sharob degan so'zni ishlatdingiz, bu nima, bizga tushuntirib bering, - dedi.

  • Sharob uzum suvidan tayyorlanadigan ajoyib ichimlik, o‘zi xushta’m, bir kosa urib olsangiz, vaqtingiz chog‘ bo lib, kulaverasiz.

  • Ajoyib narsa ekan, - dedi boyagi yigit solaka- yini oqizib.

To'maris qovoglni solib o'tirar, yoshlar elchi­ning hikoyasini zavq bilan tinglayotganiga g‘ashi kelardi.Siparangiz To'marisning avzoyiga qarab, o‘zi yo'qligida onasining kayfini buzgan bir gap o'tganini payqadi.

Ertasiga u nima bolganini so'rab-surishtirib bilib oldi. U shohning taklifini onasi qat’iyan rad etganini eshitib, xursand bolgan bolsa-da, bi- roq elchiga nisbatan qattiq chora ко‘rilmaganiga hayron qoldi.



  • Elchining quloq-bumini kesib jo'natish kerak,

  • dedi u qat’iy qilib.

  • Bunday qilish yaramaydi. Elchida ayb yo‘q. U o‘z quloglga quyib qo^ilgan gaplarni gapirdi,


14




xolos; Yaxshisi, keltirgan sovg‘a-salomini qoliga berib jo'natamiz, shuning o‘zi shohga tarsaki bolib tushadi, - dedi To'marisy

II

4/Iarg‘iyona ni, So‘g‘diya ni ishg‘ol qilgan Kay- xisrav o‘z qo‘shini bilan Okuzning chap qirg‘og‘iga kelib chodir qurgan edi. U To‘maris huzuridan qaytib kelgan elchisining ma’ruzasini tinglab, makr-hiyla bilan massagetlarni asorat zanjiriga tushirish mumkin emasligini payqadi va qurol kuchi bilan ularni itoatga keltirishga ahd qilcjj/

Oradan ko‘p o‘tmay, To‘marisning ayg‘oqchi- lari, Kayxisravning katta qo‘shini 0‘kuzdan o'tish taraddudida, eroniylar yog‘och va qamishlardan sollar yasamoqdalar, deb darak topib keldilar. To'maris jang ko'rgan dono chollar, ayollarni chaqirib kengash o‘tkazdi. Chollardan biri dar- hol o‘q-yoy bilan qurollangan merganlarni daryo bo^iga yuborib, ko'prik qurayotgan eroniylarni o‘qqa tutishni, o‘ng qirg‘oqqa o‘tishlariga imkon bermaslikni maslahat berdi. Siparangiz bu tak- lifga qarshi chiqdi:

g


  • Bunday qilsak xorazmiylar, Yaksartning naryog‘idagi shaklar nima deydilar, bilasizmi?

Massagetlar eroniylar bilan to‘qnashishdan qo'rqib, ulami daiyodan o‘tkazmadilar, uzoqdan ulami o‘qqa tutib, ko'priklarini, sollarini buzib tashladilar, deb ayyuhannos uradilar. Bundan so'ng biz nima degan odam bolamiz, qanday qilib bosh ko'tarib yurgaymiz. Yaxshisi, eroniy- larga elchi yuborib, biz ko'prik qurib, daryoning bu betiga o'tishingizga to'sqinlik qilmaymiz, o‘tib olganingizdan keyin siz bilan jang qilishga tayyormiz, deyishimiz kerak.

  • Gapning o‘g‘il bolasi mana bundoq boladi,

  • deb uning so'zini quwatladi yoshroq bir yigit.

To'maris ham jangovar massaget elining obro'sini saqlab qolish maqsadida o'glining gapini ma’qullab, cholning taklifini rad etdi.

Shundan so‘ng Amuning o‘ng qirg‘og‘idagi be- poyon cholistonda bir-biridan dahshatli voqealar yuz bera boshladi. Jangovar yigitlarning tantiligi ularga juda qimmatga tushib ketdi.

Kayxisrav o'zining otliqlari va og'ir qurolli piyo- dalari bilan daiyodan monesiz olib otgach, darhol massagetlar ustiga yurish boshladi, lekin bir hafta yursa ham ularni uchratolmadi. Ko'chmanchi- larning eroniylarni bepoyon chollar ichiga olib kirib, ulami suvsiz, oziq-ovqatsiz qoldirib, tor-mor qilish niyatida ekanliklari malum bolib qoldi^Yoz boshlanib, kunlar isib ketgan, maysalar qovjirab, sarg‘ayib qolgan edi.

Kayxisrav kengash chaqirib, tajribali chollar- ning maslahatini eshitmoqchi boldi.



  • Baliq daiyoda o'zini qanday sezsa, bu la’nati ко ‘chmanchilar ham shu suvsiz chollarda o'zlari-

ni shunday sezadilar, - dedi keksa jangchilardan bin. - Chol-biyobon ulaming o‘z bag'rida o'stirgan mehribon onasi, biz uchun esa о‘gay onadan bat- tar. Massagetlar qayerda buloq, qayerda quduq bor, yaxshi biladilar...

  • Xo‘sh, ularni tor-mor qilmoq uchun qanday choralar ko‘rishni tavsiya etasiz? - dedi ipak cho- dirning to'rida o'tirgan Kayxisrav noxushlanib. Uning egnida podsholik alomati bolgan to‘q qizil kimxob chopon, qolida javohirlar bilan bezalgan aso, bir mulozim uzun yelpiglch bilan tinmay yelpib turardi.

  • Ularni tor-mor qilmoq uchun shunday bir nayrang ishlatmoq kerak. Qo‘shinimizni uchga bo lib, bir qismini orqada qoldirsak va ulami oziq- ovqat, sharob-non bilan mol-kol ta’min etsak... Qolgan ikki qism bilan yurishni davom ettirsak.

Eron shohi ko'pni ko'rgan keksa jangchining makr-hiyladan iborat bolgan rejasini zavq bilan tinglab o'tirdi. «Soddadil massagetlar daiyodan otishimizga monelik qilmay, mardlik ko‘rsatdi-yu, bizlar hiyla ishlatib, nomardlik qilamizmi?» - de- gan fikr ko'nglining ko'chasiga ham kelmasdi. Iroq va Misrni, 0‘rta Osiyoning janubiy qismini qurol va oltin, makr-hiyla bilan bosib olib, buyuk Eron davlatini barpo etgan bu shuhratparast shoh maqsadiga erishish yolida har qanaqa nomard- liklardan tap tortmasdir

U askarning uchdan ikki qismini Ьгай-ф*К&1- garilab ketdi, orqaroqda qolgan jang^hilari^ddi ziyofatga tayyorlanayotganday qurib, yer o'choqlar qaziy boshladilar.'I*^^




Download 171,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish