Ona tili o‘qitish metodiкasi



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

Ona tili darslari

o‘quv ishlarini tashkil etishning asosiy 
shakli. 
O‘quvchi ona tilidan zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarni 
asosan dars orqali oladi. 
Dars–bir xil sinfdagi o‘quvchilar bilan qat’iy rejim va jadval 
asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulot turi. 
«Dars» va «mashg‘ulot» tushunchalari garchand bir - biriga yaqin 
bo‘lsa-da, ammo ular bir ma’noni ifodalamaydi. Mashg‘ulot–darsga 
qaraganda keng tushuncha. Agar dars belgilangan qat’iy jadval 
asosida va qat’iy vaqt ichida o‘tkazilsa, mashg‘ulot dars bilan bir 
qatorda o‘quvchilar bilan birga yoki yakkama-yakka holda 
o‘tkaziladigan ta’limiy ishlarni ham o‘z ichiga oladi. 
Maktab tarixida dars o‘qitishning ishonchli va qulay usuli bo‘lib, 
u davr sinovlaridan o‘tgan va o‘zini to‘la oqlagan. Bu usulning 
qulayligi shundaki, o‘quvchilar jamoa bo‘lib o‘qiydilar va bir 
vaqtning o‘zida sinfdagi barcha o‘quvchilarni zaruriy bilim, ko‘nikma 
va malakalar bilan qurollantirish imkoniyati tug‘iladi. 
Ona tili darsi o‘quvchilarni nutq ko‘nikmalari bilan 
qurollantirishning asosiy vositasidir. 
Darsga ajratilgan vaqt 45 daqiqani tashkil etadi. Ona tili darslari 
oldiga muayyan talablar qo‘yiladi. Bu talablar ona tili darsining 
maqsadiga bog‘liq. Ma’lumki, boshqa o‘quv fanlari singari ona tili 
mashg‘ulotlari ham ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi 
maqsadlarni ko‘zlaydi. 


89
Darsning ta’limiy maqsadi o‘rganilayotgan til hodisasi yuzasidan 
o‘quvchilarda puxta bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish, uni 
amaliy nutqiy faoliyatda qo‘llash kabilarni talab etsa, tarbiyaviy 
maqsad shu til hodisasi orqali bolalarda milliy tilga muhabbat, uni 
puxta egallashga kuchli ishtiyoq, milliy qadriyatlar, an’analar, urf - 
odatlar ruhida tarbiyalashni asosiy talab darajasiga ko‘taradi. 
Rivojlantiruvchi maqsad o‘quvchilarni mustaqil xulosalar 
chiqarish, yuzaga kelgan o‘quv qiyinchiliklarini mustaqil ravishda 
yengish, o‘zida qat’iylik, o‘z nuqtayi nazarini himoya qilishga 
o‘rgatishni talab qiladi. 
К
eyingi yillarda ayrim maktablarda darslar 30 daqiqalik shaklda 
ham o‘tkazilmoqda. 
Ona tili mashg‘ulotlari oldiga quyidagi didaktik talablar qo‘yiladi: 
DTS talablari doirasida: 
– o‘quvchilar nutqini o‘stirish, imlo savodxonligini oshirish, 
talaffuz me’yorlarini shakllantirish va rivojlantirish, ifodali o‘qish 
uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish; 
– ta’lim prinsiplariga qat’iy amal qilish, dars metodlari, vositalari 
va usullarini to‘g‘ri belgilash; 
– ta’lim, tarbiya va rivojlanishning uyg‘unligini ta’minlash; 
– qayta xotiralash, qisman ijodiy va to‘liq ijodiy topshiriqlar 
o‘rtasida mutanosiblikni tanlash; ijodiy fikrlashga undaydigan o‘quv 
topshiriqlariga keng o‘rin ajratish
– bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilishda o‘quvchilar yoshi, 
o‘qish imkoniyatlari va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish