Ona tili o‘qitish metodiкasi


Qayta xotiralashga asoslangan metodlar



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

Qayta xotiralashga asoslangan metodlar. 
Mazkur metod 
o‘quvchi oldida muayyan bir qiyinchilik yaratmaydi va u tayyor o‘quv 
materiali bilan ish ko‘radi. O‘rganilgan til hodisalarini xotirada 
tiklash, topshiriqni to‘laligicha muayyan andaza yoki namunaga qarab 
bajarish kabi topshiriqlar shunday topshiriqlar sirasiga kiradi. 
Ona tili mashg‘ulotlarida bajariladigan bir qator ish turlari, 
jumladan, ko‘chirib yozish, izohli yozuv, saylanma diktant, muayyan 
andazaga qarab bajariladigan fonetik, leksik, morfologik, sintaktik 
tahlillar, berilgan she’riy matn mazmunini nasriy yo‘l bilan bayon 
qilish kabi topshiriqlar o‘quvchilardan bilimlarni xotirada tiklashni 
talab etadi. 
Qisman izlanuvchanlik metodi. 
Qisman izlanuvchanlik metodi 
tarkibida qayta xotiralash asosiy o‘rinni egallaydi. Chunki o‘quvchi 
ona tilidan egallangan bilimlarga tayanmay turib, uni yangi sharoitda 
qo‘llay olmaydi. 
Ona tili mashg‘ulotlarida bajariladigan qator mustaqil ish turlari: 
a) nuqtalar o‘rniga zarur harflar, kelishik qo‘shimchalari, so‘zlarni 
topib qo‘yish; b) ma’lum bir so‘zni uning ma’nodoshi, uyadoshi, 
qarama - qarshi ma’noli so‘z bilan almashtirish; v) berilgan gaplar 
yoki matnning mazmunini saqlagan holda shaklini o‘zgartirish;
g) berilgan tayanch so‘zlar yoki so‘z birikmalaridan foydalanib, gaplar 
yoki matnlar tuzish o‘quvchilardan qisman izlanishni talab etadi. 
Chunki bu topshiriqlarni bajarish jarayonida o‘quvchi ma’lum 
darajada yordam oladi. Berilgan so‘zlar, so‘z birikmalari va gaplar 
o‘quvchiga topshiriqni bajarishi uchun ko‘maklashadi. 
Izlanishga asoslangan metodlar. 
Izlanish til materiallarini ijodiy 
faoliyat ko‘rsatish yo‘li bilan o‘rganish demakdir. Shubhasiz, o‘quv-


81
chi ona tili mashg‘ulotlarida ma’lum bir yangilik kashf yetmaydi
balki berilgan ma’lumot mazmunini ijodiy yo‘l bilan o‘rganadi. Bu 
metod o‘quvchidan oldin o‘rganilganlarni tamoman yangi sharoitda 
qo‘llashni talab etadi. Ona tili mashg‘ulotlarida yoziladigan insholar, 
o‘qilgan badiiy asarga taqriz yozish, maqola yozish, ilmiy ma’ruzalar 
tayyorlash o‘quvchidan hech qanday andaza yoki tashqi yordam 
olmasdan bajariladigan asosiy ishlardir. 
Shunday qilib, ona tili darslarida izlanishga asoslangan metodlar-
dan foydalanish, birinchidan, o‘quvchilarning til hodisalariga qiziqi-
shini kuchaytiradi, ikkinchidan, til hodisalarini mustaqil tahlil qilishga 
o‘rgatish orqali ularda ijodiylik rivojlanib boradi. 
Professor B. To‘xliyev ta’lim metodlarini quyidagicha tasnif 
qiladi: 
1. Tayyor bilimlar bilan qurollantirish metodi: 
– darslik va o‘quv qo‘llanmalarga asoslanish;
 
– ko‘rgazmali didaktik vositalarga asoslanish (audio-video kasse-
talar, muayyan mavzudagi magnitofon yozuvlari, ona tilidan slayd-
jadvallar, o‘quv kompyuter disketlari, dars mavzularini yoritish uchun 
mo‘ljallangan o‘quv rasmlari, portret, peyzaj (rang-tasvir), tayyor 
badiiy-ramziy, ma’rifiy matnlar). 
2. Yo‘naltiruvchi ta’lim metodi. O‘quvchi faoliyatini bosqichli, 
sistemali yo‘naltiruvchi (yozma va og‘zaki) topshiriqlar asosida 
jadallashtirish. 
3. Muammoli ta’lim metodi.
4. Ongli - verbal - kognitiv ta’lim metodi. 
Yuqoridagi ta’lim metodlariga asoslangan holda o‘quvchi 
faoliyatini quyidagicha tasniflaydi: 
1. Ongli kuzatish va xotirada saqlash metodi. 
2. Yo‘naltiruvchi topshiriqlar yordamida izlanish va xulosalar 
chiqarish, bahs va munozara metodi. 
3. Muammoni yyechishga qaratilgan, maqsadli ijodiy faoliyat 
metodi.
4. Mustaqil va ijodiy izlanish orqali kashf qilish (matn yaratish) 
metodi. 


82
Bu metodlar yordamida o‘quvchilar o‘zi egallagan bilim, 
ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi, amaliy-ijodiy tatbiq bilan 
shug‘ullanadi. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish