87
ONA TILIDAN O‘QUV ISHLARINI TASH
К
IL ETISH VA
O‘T
К
AZISH SHA
К
LLARI
Tayanch tushunchalar:
Dars, mashg‘ulot, o‘quv materiali, ta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi maqsadlar, didaktik talablar, ona tili darslarining
tarkibiy qismlari: takrorlash, yangi bilim berish, bilimlarni ko‘nikma
va malakaga aylantirish, o‘rganilganlarni mustahkamlash va darsni
xulosalash, uyga vazifa berish; amaliy ishlar: xotiralash,
tayyorlovchi xotirlash, umumlashtiruvchi xotirlash, yangi bilim hosil
qilish, tatbiq; ta’limiy darslar, nazorat darslari, xatolar ustida ishlash
darslari, noan’anaviy darslar.
Dars shakllari haqida umumiy ma’lumot.
Dars shakli deganda
u yoki bu fandan o‘quv ishini uyushtirish va o‘tkazish shakli
tushuniladi. Dars inson tafakkurining mahsuli bo‘lgan bilimni,
fan va
texnika, ma’naviyat va ma’rifat, san’at va adabiyot yutuqlarini,
Vatanimiz tarixi hamda xalqimizning milliy madaniyatini yoshlarga
singdirishning asosiy shaklidir. O‘quv ishini tashkil etishda
«o‘quvchi–o‘quv materiali–o‘quvchi» munosabatlari muhim o‘rin
egallaydi.
O‘quvchi ta’lim jarayonining subyekti–faol ishlovchisidir. Buning
ma’nosi shuki, mashg‘ulot jarayonida asosiy ishni o‘quvchining o‘zi
bajaradi.
U til hodisalarini kuzatadi, taqqoslaydi, guruhlaydi,
umumlashtiradi, qoida va ta’riflar chiqaradi, ularni amaliy faoliyatda
tadbiq etadi.
O‘qituvchi ta’lim
jarayonining tashkilotchisi, boshqaruvchisi
sanaladi. U o‘quvchi faoliyatini tashkil etadi, uning bilim olishi, bu
bilimlarning ko‘nikma hamda malakaga aylanishiga rahbarlik qiladi.
O‘quv materiali o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘zaro
bog‘laydi, o‘qituvchining vazifasi bu materialni eng oson va qulay
yo‘l bilan o‘quvchiga berish, o‘quvchining
vazifasi esa uni oson va
qulay yo‘l bilan qabul qilish hamda amaliy faoliyatda tadbiq etishdan
iboratdir.
88
Dars–o‘quvchining ijodiy jarayoni. Bu jarayonda o‘quvchilarning
ijodiy faoliyati rivojlantirilsa, ular berilgan vazifalarni qiynalmasdan
bajaradilar. O‘quvchilar topshiriqlarning bajarish sirlarini o‘rganib
borgan sari ularda ijodiy fikr yuritish qobiliyati shakllanib boradi.
Ona tilidan o‘quvchilarni zaruriy bilim, ko‘nikma
va malakalar
bilan qurollantirishning shakllari ko‘p.
Dars–o‘quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. Bundan
tashqari, fakultativ mashg‘ulotlar,sinfdan tashqari mashg‘ulotlar,
o‘quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash, mustaqil ish, matbuot va
ommaviy
axborot vositalari, sayohatlar o‘quv ishlarini tashkil
etishning muhim shakllari sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: