Ona tili o‘qitish metodiкasi


Ona tilidan ta’lim metodini tanlash



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

 
Ona tilidan ta’lim metodini tanlash. 
Ona tili mashg‘ulotlarida 
o‘quvchi faoliyati o‘z-o‘zidan faollashmaydi, albatta. U, birinchi 
navbatda, o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri tanlangan metodga bog‘liq. 
To‘g‘ri tanlangan metod uni rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Ona tili ta’limning mazmuni muhim va yetakchi omil sanaladi.
Chunki samaradorlik avvalo o‘quvchilarga
«Nimani o‘qitish?»
masalasi bilan chambarchas bog‘liq. Ona tili ta’limidan o‘quvchilar
egallashi lozim bo‘lgan zaruriy bilimlar hamda shu bilimlarga
muvofiq keladigan malaka va ko‘nikmalar tizimi to‘g‘ri belgilan-
sagina
«Qanday o‘qitishi kerak?»
degan savolga javob topish 
mumkin. Demak, samaradorlik avvalo ana shu ikki omil bilan
bevosita aloqadordir. 
«Nimani o‘qitish?»
va
«Qanday o‘qitish kerak?»
bir
jarayonning ikki qirrasidir. Bular shu darajada bir-biri bilan
bog‘langanki, biri ikkinchisiz hech qanday samara ko‘rsatmaydi. 
Ona tili ta’limning samaradorligi, birinchidan, ta’lim
mazmuni, ya’ni shu fandan o‘quvchilarga beriladigan zaruriy 
bilim, malaka va ko‘nikmalar tizimi bilan bog‘liq bo‘lsa,
ikkinchidan, ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni joriy
etish, o‘quvchilarning ona tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi,
bilish ehtiyojini yuzaga keltiradigan vositalar bilan cham-
barchas bog‘langan. 
Ona tili ta’limning samaradorligini ta’minlovchi muhim
vositalardan biri o‘qitish metodini to‘g‘ri tanlanishidir. Ona tili
darslarida o‘qituvchi ko‘proq o‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq
metodlarga murojaat qiladi. Chunki o‘quv materialini tushuntirib
berish yoki o‘quvchi duch keladigan tushuncha, ta’rif va
qoidalar atrofida suhbat o‘tkazish bilan o‘rgatib bo‘lmaydi. Ona 
tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi ta’lim jarayonining subyekti, ya’ni 
faol ishlovchisiga aylanib, har bir o‘quv topshirig‘ini aqliy faoliyat 


83
«chig‘irig‘i»dan o‘tkazgan taqdirdagina o‘quv materiallarni 
o‘zlashtirish jarayoni ancha yengil kechadi va dars mashg‘ulotlarining 
samaradorligi ta’minlanadi. O‘qitishning amaliy metodlariga tayangan 
o‘qituvchi o‘quv topshiriqlarini bajarish jarayonida o‘quvchining 
faolligini to‘g‘ri uyushtira oladi va uning muvaffaqiyatli kechishini
ta’minlaydi. 
O‘quvchilariga ona tilidan bilimlarni tayyor holda bayon
qilish serunum metod sanalmaydi. Chunki bilimlar o‘qituvchi 
tomonidan tayyor holda berilar ekan, o‘quvchi shu jarayonning
ishtirokchisiga, tinglovchisiga va faqat andazaga qarab harakat
qiluvchiga aylanib qoladi.
К
uzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ona tili o‘qituvchilari ta’lim 
metodlarini tanlashda juda ko‘p qiyinchiliklarga duch keladilar. Ayrim 
o‘qituvchilar ma’lum bir metodga ortiqcha baho berib, ikkinchisini 
e’tibordan chetda qoldiradilar; ba’zilari har bir metoddan bir shingil 
olishga urinadilar. O‘qituvchilarning ko‘pchilik qismi ta’lim metodini 
tasodifiy tanlaydilar. 
O‘qituvchi ta’lim metodini tanlashda quyidagilarga amal qilishi 
lozim: 
1. Tanlanayotgan metodning o‘rganiladigan til materiali mazmu-
niga muvofiq kelishi, mavzuning murakkablik darajasi, o‘rga-
nilayotgan o‘quv materiali yuzasidan o‘quvchilarda ayrim tushuncha-
larning mavjudligi, o‘quv materialining hajmi ta’lim metodini 
tanlashga ta’sir ko‘rsatadi. Mavzu o‘quvchilarning o‘quv 
imkoniyatiga muvofiq kelib, ular shu o‘rganilayotgan til hodisasi 
yuzasidan oldingi sinflardan ma’lum bir tushunchalarga ega bo‘lsalar, 
qayta xotiralashga asoslangan metodlar bilan bir qatorda, muammoli 
o‘qitish metodidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
Mavzu hajm jihatidan katta va murakkab bo‘lsa, tushuntirish-
namoyish etish metodini muammoli ta’lim metodi bilan qo‘shib olib 
borish maqsadga muvofiqdir. 
2. Tanlanayotgan metod ona tili ta’limining asosiy maqsadi va 
o‘rganilishi ko‘zda tutilgan mavzuning xususiy maqsadiga muvofiq 
kelishi shart. 


84
Ona tili darsida yangi mavzu o‘rganiladigan bo‘lsa, o‘tilganlarni 
xotirada tiklash orqali o‘quvchilardan ijodiylikni talab qiladigan 
topshiriqlarga ko‘proq e’tibor beriladi. 
3. Tanlanayotgan metod o‘quvchilarning o‘zlashtirishini, mus-
taqil ishlash darajasini, yosh va shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga 
olishi lozim. O‘quvchilarning real o‘quv imkoniyatlaridan kelib 
chiqib, bir vaqtning o‘zida bir necha metoddan foydalansa bo‘ladi. 
Masalan, o‘quvchilar tomonidan bilimlarni mustaqil egallash jara-
yonida o‘zlashtirishi bo‘sh o‘quvchilar uchun qayta xotiralash va 
qisman izlanuvchanlik metodlaridan foydalansak, o‘zlashtirish 
darajasi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar uchun ko‘proq izlanuvchanlik 
metoddaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Tanlanadigan metod o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga ham 
bog‘liq. Bolalarning yoshi ulg‘aygan sari til materiallari ustida 
mustaqil ishlash darajasi ham ortib boradi. Quyi sinflarda o‘quvchi 
o‘z-o‘zini nazorat qilishda ancha qiynalsa, 7–8 - sinflarga borib
ularning o‘z faoliyatini o‘zi nazorat qilishi ortadi. Shuning uchun 5–6- 
sinflarda o‘quv topshiriqlarini bajarish uchun ko‘p hollarda namuna 
ko‘rsatishga zaruriyat sezilsa, 7–8 - sinflarda ularda ijodiy faoliyat 
ko‘rsatish imkoniyatlari ancha kengayadi va izlanuvchanlikka 
asoslangan metodlarga tez-tez murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. 
4. Ona tili darsida qo‘llaniladigan metod mavzulararo, 
bo‘limlararo va fanlararo bog‘lanishlarni ham hisobga olishi lozim. 
Chunonchi, «Jarangli va jarangsiz undoshlar» mavzusi o‘rganilar 
ekan, o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida ham jarangli va jarangsiz tovush 
juftlari ustida ish olib boradilar, har bir so‘zga ma’nodosh, uyadosh va 
qarama-qarshi ma’noli so‘zlar izlaydilar. Bunday holatlarda bilimlarni 
xotirada tiklash izlanuvchanlik metodlari bilan qo‘shiladi. 
O‘quvchilarning orfografik, orfoepik va punktuatsion malakalari 
ustida ishlash ma’lum bir bo‘lim doirasida cheklanmaydi. Bu 
malakalar deyarli har bir ona tili mashg‘ulotida takomillashtiriladi. 
Qo‘llaniladigan metod ona tili darslari zimmasiga yuklatilgan bu
vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiladi. 


85
5. Ta’lim metodi ona tilidan beriladigan bilimlarning manbaiga 
ham bog‘liq. Agar o‘quvchi bilimlarni o‘qituvchining jonli so‘zidan 
oladigan bo‘lsa, tushuntirish-namoyish etish metodi o‘quvchilarning 
mustaqil izlanishi bilan qo‘shiladi, agar bilim berilgan topshiriqlarni 
bajarish asosida o‘rganiladigan bo‘lsa, asosan, o‘quvchi faoliyati bilan 
bog‘liq metodlarga murojaat qilinadi. 
Darslikda o‘quv materialining induktiv yoki deduktiv usulda 
berilganligi ham ta’lim metodini tanlashga ta’sir ko‘rsatadi. O‘quv 
materiali induktiv usulda berilgan bo‘lsa, o‘quvchilarning faollik
darajasi yuqori bo‘ladi. 
Tanlanayotgan metod o‘quv materialini o‘rganish uchun ajratilgan 
vaqt va o‘qituvchining imkoniyatlariga ham muvofiq kelishi lozim. 
Mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt oz bo‘lsa, o‘quvchilarning 
izlanishiga asoslangan metodlarni qo‘llash imkoniyatlari ancha 
chegaralanadi. Bunday hollarda o‘qituvchining bayoni evristik suhbat 
bilan qo‘shilgan holda amalga oshiriladi. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish