91
qirrasi, xususiyati tamoman boshqa bir bo‘limda o‘rganiladi.
Chunonchi, bog‘lovchilar, ularning ma’nolari
va guruhlari
morfologiya bobida o‘rganilsa, so‘zlarni va gaplarni bir - biriga
bog‘lanishi sintaksis bobida ko‘rib chiqiladi. Demak, sintaksisni
o‘rganishda, bog‘lovchilar haqida egallangan bilim, ko‘nikma va
malakalarni o‘quvchi xotirasida tiklash ehtiyoji tug‘iladi.
Tayyorlovchi xotirlash yangi bilimlarni egallash uchun asos vazifasini
o‘taydi.
2. Umumlashtiruvchi xotirlash (takrorlash).
Til sathlari o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan yaxlit tizim bo‘lsa ham, bu zanjirning har bir bo‘g‘ini
nisbatan mustaqil tizimchadir va uning har bir bo‘g‘ini alohida -
alohida mavzular sifatida o‘rganiladi. Chunonchi, bog‘lovchilarning
o‘zi 5-6 mashg‘ulotga bo‘linib, turlarga ajratilib o‘rganiladi va
mashg‘ulotlarning oxirida umumlashtiruvchi xotirlash ishlari
bajarilishi lozim. Umumlashtiruvchi xotirlash ishlari tilning uzluksiz
tizimidagi ma’lum bir tizimchalar haqida yaxlit, to‘liq ma’lumot hosil
qilish uchun zarurdir va yakunlovchi sinov ishlari (yozma ish,
yakuniy
baho chiqarish, imtihon va h.k.) bajarilishi shart.
Yangi bilim hosil qilish.
Amaliy ishning bu turi tahliliy
(induktiv) ta’lim usulining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilar
bu jarayonda avvalgi bilimlariga tayangan holda hodisalarni tahlil
etadilar, ko‘rsatilgan yo‘llar asosida bu hodisalarni (mustaqil yoki
o‘qituvchi yordamida) guruhlarga ajratadilar, saralaydilar va
xususiylikdan umumiylikni topishga kirishadilar.
Bunday amaliy
ishlar yangi bilim hosil qilishning asosiy usulidir.
Tatbiq.
Tatbiqiy amaliy ishlar o‘quvchilarni mashg‘ulotda olgan
bilimlarini amalda qo‘llay bilish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi va
rivojlantiruvchi mashqlardir. Bunday mashqlar mohiyatan ikki turli
bo‘ladi:
1) qisman ijodiy mashqlar;
2) ijodiy mashqlar.
Qisman ijodiy mashqlar o‘rganilgan til
hodisalarini qisman yangi
sharoitda tadbiq etishni talab etadigan amaliy ishlardir. Bunday amaliy
ishlarning tarkibida ma’lum darajada izlanish, ijodiy faoliyat
92
ko‘rsatish ehtiyoji bor. Mashq shartidagi ayrim ko‘rsatmalar,
o‘qituvchi beradigan tavsiyalar yoki uning rahbarligida o‘quvchilar
bilan uyushtiriladigan o‘zaro suhbat amaliy ishni qisman ijodiy qilib
qo‘yadi.
Ijodiy mashqlar esa o‘rganilgan til
hodisalarini tamomila yangi
sharoitda ijodiy qo‘llashni talab etadigan amaliy ishlardir. Mashq
shartidagi noma’lumni izlab topish o‘quvchidan ijodiy izlanishni
talab etadi. Yangi o‘rganiladigan til hodisalarini mustaqil ravishda
guruhlarga ajratish, berilgan matnning til xususiyatlarini
tahlil qilish
orqali ma’lum bir yangi xulosaga kelish, o‘qilgan badiiy asarga yoki
kinofilmga taqriz yozish, uslub talabidan kelib chiqib matn yaratish
kabi ishlar amaliy ishlarning bu turiga kiradi. Ayniqsa,
matn yaratash
egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarning so‘nggi natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: