330
ishtirokchisiga
aylantirish, bahs va munozaralar jarayonida o‘zining
haqliligini qattiq turib himoya qilishga o‘rgatish masalasi ko‘ndalang
bo‘lib turgan bir sharoitda yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi.
Muhokama insho uch tarkibiy qismdan iborat: a) o‘rtaga
tashlanayotgan asosiy fikrlar (kirish); b) fikrlardan to‘g‘risini dallilar
bilan asoslash; v) xulosa chiqarish (xotima).
Muhokama insho induktiv yoki deduktiv usulda qurilgan bo‘lishi
mumkin. Induktiv usulda qurilgan insholarda avval ilgari surilayotgan
fikrni asoslashga
xizmat qiladigan dalillar, isbotlar keltirilib, so‘ngra
umumiy xulosa chiqariladi. Deduktiv usulda esa umumiy xulosadan
xususiyga, umumiyning bo‘laklarini isbotlashga,
dalil va asoslar
keltirishga o‘tiladi.
Tavsifiy insholar
ham muhokama inshoning bir ko‘rinishidir.
Tavsifiy insholar o‘quvchidan o‘qigan badiiy asar, ko‘rilgan kinofilm
qahramonlari haqida shaxsiy fikr-mulohazasini
bayon etishni talab
etadi.
Muhokama inshoning yana bir turi munozara insholardir. Bunday
insholarning mavzusi ham munozara shaklida bo‘ladi. Masalan,
«Dilkash (Dilmurod, Nigina va h.k.) haqmi?», «Oybek (Sohib, Olim
va h.k.) haqiqiy do‘stmi?»
kabi mavzularda yoziladigan insholar
shunday insholar bo‘lib, o‘quvchi qo‘yilgan munozarali savolga
shaxsiy munosabatini bildiradi va o‘z
nuqtayi nazarini asoslashga
intiladi.
O‘qituvchi insho mavzusini sinf o‘quvchilarining hayotidan,
ro‘znoma va oynomalarda e’lon qilingan munozarali maqola va
xabarlardan tanlashi mumkin.
Badiiy asar yoki kinofilmga
taqriz yozish
ham
muhokama
inshoning bir ko‘rinishidir.
Taqriz
turli maqsad va vazifalarni ko‘zlaydi. O‘quvchi taqriz
orqali o‘z shaxsiy fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi,
tengqurlarining diqqatini shu badiiy asarga qaratadi. Boshqalarda shu
badiiy asarni o‘qishga qiziqish uyg‘otadi, munozarali masalalarni
o‘rtaga qo‘yadi, badiiy asarning qimmatiga baho beradi.
331
Muhokama inshoning muhim ko‘rinishlaridan
yana biri gazeta va
jurnallar uchun adabiy-badiiy maqolalar tayyorlashdir. Bu
maqolalarda o‘quvchi dilidagi muammolarni o‘rtaga tashlaydi,
boshqalarni shu masalada munosabat bildirishga da’vat etadi.
Muhokama inshoning yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rinishlari
bolaning aqliy faoliyatini charxlashga, turmushda yaxshi bilan
yomonning
mohiyatini chuqur anglashga, o‘z fikri, qarashlari,
munosabatlarini qattiq turib himoya qilishga o‘rgatadi.
Shunday qilib, insho o‘quvchining ijodiy fikrlash darajasi,
dunyoqarashi, adabiy til me’yorlarini nutqiy sharoitlarda qo‘llash
imkoniyatlarini belgilovchi asosiy tarozi toshidir.
Do'stlaringiz bilan baham: