Ona tili, 5-sinf qoidalari



Download 122,5 Kb.
bet8/20
Sana14.06.2022
Hajmi122,5 Kb.
#668085
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
Ona tili, 5-sinf qoidalari

Sifat darajalari. Muayyan bir belgining ortiq-kamligi jihatidan farqlanishi sifat darajasi deyiladi. Sifatlarda to'rtta daraja bor: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja, ozaytirma. Narsalar orasidagi belgi o'zaro taqqoslanmasa oddiy daraja deyiladi. Masalan: yuksak, uzun, hushyor, kalta. Bir narsadagi belgining boshqalariga nisbatan ortiq yoki kamligi qiyosiy daraja deyiladi. Qiyosiy daraja oddiy darajadagi sifatga -roq qo'shimchasini qo'shish bilan hosil bo'ladi. Masalan: yuksakroq, uzunroq, hushyorroq, kaltaroq. Belgining bir narsadan boshqalariga nisbatan eng ko'p ekani orttirma daraja deyiladi. Orttirma daraja eng, juda, nihoyat kabi so'zlar bilan hosil bo'ladi. Masalan: eng yuksak, juda uzun. Belgining bir narsadan boshqalariga nisbatan bir qadar kam ekani ozaytirma daraja deyiladi. Ozaytirma daraja sal, biroz, xiyla, nim kabi so'zlar bilan hosil bo'ladi. Masalan: biroz yuksak, sal uzun.
45. Son. Qancha?, necha?, nechanchi? so'roqlariga javob bo'lib, narsalarning son-sanog'ini va tartibini bildirgan so'zlarga son deyiladi. Sonlar ikkiga bo'linadi: 1) miqdor sonlar; 2) tartib sonlar. Qancha?, necha? so'roqlariga javob bo'lgan sonlar miqdor sonlar, nechanchi? so'rog'iga javob bo'lgan sonlar tartib sonlar hisoblanadi. Son gapda otga bog'lansa, aniqlovchi, fe'lga bog'lansa hol, gapning oxirida kelsa, kesim vazifasini bajaradi. Masalan: Sinfimizda yigirma besh o'quvchi bor. U olmadan beshta oldi. O'nning yarmi - besh.
46. Sonlarning yozilishi. Ikki, olti, yetti sonlariga jamlikni bildiruvchi -ov, -ala qo'shimchalari qo'shilsa, asos oxiridagi i unlisi tushib qoladi: Ikkala, oltov, yettov. Tartib sonlar arab raqam bilan yozilsa, -nchi, -inchi qo'shimchalari o'rniga chiziqcha qo'yiladi: 2002-yil, 22-dekabr, 5-sinf, 6-qavat. Tartib sonlar rim raqamlari bilan yozilsa, bu qo'shimchalar o'rniga chiziqcha qo'yilmaydi: IX sinf, XXI asr. Bir so'ziga -ta qo'shimchasi qo'shilsa, bitta deb aytiladi va yoziladi.
47. Olmosh. Ot, sifat, son va boshqa so'zlar o'rnida qo'llanilib, ularga ishora qiluvchi so'zlar olmosh hisoblanadi. Olmoshlar qaysi so'z o'rnida qo'llanilsa, o'sha so'zning so'rog'iga javob bo'ladi. Men, sen kishilik olmoshlariga qaratqich va tushum kelishigi qo'shimchalari hamda -niki qo'shimchasi qo'shilsa, bir n undoshi tushib qoladi: Men+ning-mening, sen+niki-seniki. U, bu, shu, o'sha olmoshlariga jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigi qo'shimchalari hamda -ga, -dek, -day qo'shimchalari qo'shilsa, n undoshi orttiriladi: unga, shunda, bunda, shunday.
48. Fe'l. Nima qilmoq?, nima bo'lmoq? so'roqlariga javob bo'lib, harakat-holatni bildiruvchi so'zlarga fe'l deyiladi. Fe'llar zamon, shaxs-son, bo'lishli-bo'lishsizlik ma'nolari va bu ma'nolarni ifodalovchi qo'shimchalarga ega bo'ladi. Masalan: yozmadim so'zida -ma qo'shimchasi bo'lishsizlik, -di qo'shimchasi zamon, -m qo'shimchasi esa shaxs-son ma'nolarini bildiradi.
49.
Download 122,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish