Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

An’anavivlik 
xalq og‘zaki ijodining xos xususiyatlari qatorida 
asosiy belgi sifatida ulaming har biriga bildirilishi mumkin bo'lgan 
munosib bahoni inkor etmagan holda, avvalgidek jamoalikni emas, 
an’anaviylikni ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Chunki butun dunyo 
xalqlari ijodida bo‘lganidek, o ‘zbeklarda ham og‘zaki ijod asarlarining 
yaratilishi va ijrosi asrlar davomida shakllangan va bugungi kungacha 
davom etib kelayotgan an’analarga suyanadi.
Xalq og'zaki ijodidagi an’anaviylikni uch yo‘nalishda tahlil qilish 
lozim. Birinchidan, ming yillardan buyon maqoldan topishmoqqacha, 
qo'shiqdan dostonlargacha bo'lgan asarlar og'zaki an’anada yaratil- 
moqda, og'zaki tarzda yashab kelmoqda. Ikkinchidan, folklor asarla­
rining ijrosi ijro qilinish vaziyati (to'y va boshqa vaziyatlar) va ijro usuli 
jihatidan an’anaga ega. Uchinchidan, an’anaviylik og'zaki asarlaming 
matnida namoyon bo'ladi.
Avvalo, an’ana so'zining ma’nosi bilan tanishaylik. Bu so'zga 
o'zbek tilining izohli lug'atida: “Hayotda qaror topgan (topayotgan) 
udum, urf-odat va boshqa amallar”8 deb ta’rif berilgan. Agar ta’rifni to'y 
yoki boshqa yig'inlami o'tkazish tartibiga tatbiq qilsak, mazkur tadbimi 
uyushtirish qoidalari tushuniladi. Biror og'zaki ijod namunasining ijro
8 Узбек тилининг гоохли лугати. Беш жилдлик. 1-жилд. - Т.: Узбекистан давлат энцикло­
педиям! Давлат илмий нашриёти, 2006. - Б. 89.
24


gilinishini nazarda tutsak, uni amalga oshirishdagi muhit, vaziyat, ijro 
psulini tasavvur qilamiz. Ijro an’anasi deganda, dastlab, uning maro- 
Ptnlarga aloqasi bor yoki yo‘qligi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Xusu- 
|an, “Yor-yor”, “Kelin salom”lar to ‘yda, marsiyalar azada aytilsa, lirik 
qo'shiqlar, loflar, latifalar hayotda vujudga kelgan oddiy vaziyatda 
aytilishi mumkin. Topishmoqlami, filologiya fanlari nomzodi Z.Husainova 
Jtabar berishiga ko‘ra, qadimgi zamonlarda, asosan, to'ylarda aytish odati 
feqlangan bo‘Isa, hozirgi kunda topishmoq aytish musobaqasini sinfda, 
flam olish paytlarida, ba’zan yo‘l-yo‘lakay o ‘tkazish mumkin bo'lmoqda. 
Shuningdek, o ‘tgan asming o'rtalarigacha maxsus ertakchilar ertak aytish 
uchun tinglovchilami tayyorlab olganlar, ijroning ko'ngilli chiqishi 
uchun alohida joy, turli narsalar (isiriq, tuz, kul, sochiq, suv, non va 
bokazolar)ni shaylab qo'yar edilar. Bugun esa bobo bolasini ovutish 
Uchun istagan paytda ertak aytib beraveradi. Mashhur professional 
ertakchilar esa yo‘q hisobida. Ijro an’anasi deganda, doston aytish haqida 
fllohida to‘xtash zarur bo‘ladi. Fozil Yo‘ldosh o ‘g‘li, Ergash Jumanbulbul 
o‘g ‘li, Po‘lkan, Islom shoirlar an’anasi bugungi kunda ham Shoberdi 
baxshi, Shomurod baxshi, Qahhor baxshi ijrosida to‘liq saqlangan. 
Doston ijrosidagi do'mbirada kuy chalish, terma aytish, she'riy parcha- 
laming mazmuni, bo‘g ‘in soniga qarab kuy tanlash hozir ham bor. 
Masalan, Chori baxshi hayotligida huzuriga tez-tez borar edik. Ammo 
biron marta terma aytmay doston boshlaganini ko‘rmaganmiz.
Xorazm dostonchiligidagi an’ana ham deyarli to‘liq saqlangan. 
Xorazm baxshilari dostonni ijro etishdan avval, albatta, “Aliqambar” 
kuyini tinglovchilarga chalib beradilar. Shundan so‘ng doston aytish bosh- 
lanadi. Agar Qashqadaryo, Surxondaryo va shu hududlar atrofidagi bax­
shilar do‘mbira jo ‘rligida bo‘g‘izda doston aytsalar, Gurlan, Xiva, Urganch 
atrofidagi baxshilar jo ‘rovozlikda ochiq ovoz bilan doston ijro etadilar. 
Aytmoqchimizki, xalq og‘zaki ijodi asarlarini ijro etish an’anasi, umuman 
olganda, yurtimiz viloyatlarida, asosan, avvalgi ko‘rinishda yashab kel- 
moqda. Folklor ekspeditsiyasi paytida qo‘shiq aytadigan momolardan mar­
siya matnini yozib ololmaganmiz. Ular irim qilib, bevaqt qo‘ni-qo‘shni- 
laming qo'shiq aytilayotgan joyga sarosimada yig‘ilishlarini istamaganlar 
va marsiya aytishdan voz kechganlar. Bu holat bugun ham saqlanib qolga- 
niga bir necha marta guvoh bo‘ldik. Shunday qilib, og'zaki ijod asarlarining 
ijro an’anasi haU qayta-qayta o‘rganishni talab qiladigan soha hisoblanadi.
An’anaviylikdagi matn an’anasi ijrodan ancha murakkab. Chunki 
xalq og‘zaki ijodida asaming to‘liq mohiyati uning matnida namoyon
25


bo'ladi. Asardan nazarda tutilgan g‘oya, mazmun, obraz xususiyatlari, 
kompozitsiya unsurlari: bayon, portret, dialog, monolog; badiiy tasvir 
vositalari - bulaming hammasi xalq ijodi qoidalariga suyangan holda, 
an’anaviylik tamoyiliga asoslangan tarzda so‘z vositasida namoyon 
bo'ladi. Ehtimol, shuning uchun ham matn an’anasi ijronikidan ko'ra 
murakkab tizimga ega.
Xalq og'zaki ijodidagi matn an’anasining o'zini ham ikki yo'nalishga 
ajratish mumkin. Birinchidan, har bir asarning janr xususiyadarini belgi- 
lovchi an’anaviylik (hajm, shakl, mazmun) bo‘Isa, ikkinchidan, badiiy 
tasvir vositalari - badiiy san’atlarda namoyon bo'ladigan an’anaviylik.
Xalq og'zaki ijodidagi matn an’anasi har bir janrga mansub asarlarda 
namoyon bo'ladi. Xususan, maqollardagi hajm cheklanganligi, mazmun 
ko'lamining kengligi, qo'shiqlaming lirik mohiyati, ertaklar hajmining 
muayyan o'lchov bilan belgilanmagani (ulaming mazmun va tasnif turiga 
ko'ra bir-ikki sahifadan, ellik-oltmish sahifagacha borishi), doston hajmi­
ning cheklanmagani, latifalardagi voqeani qisqa muddatda aytib ulgurish 
qoidasi va hokazolaming hammasi matn an’anasi bilan bog'liqdir. 
Shuningdek, ertaklaming “Bir bor ekan, bir yo'q ekan...’’dan boshlanib, 
“...murodu maqsadiga yetibdi” bilan tugallanishi, tez aytishda ma’lum 
tovushlar talaffuziga e'tibor berilishi, termalaming ko'proq “Nima 
aytay?”, “Kunlarim” mavzulariga bag'ishlanishi ham matn an’anasiga 
aloqador. Bulardan tashqari ertaklardagi “To'ng'ich botir yo'lida 
ketaversin, gapni kenjasidan eshiting”, “Y o'l yuribdi, yo'l yuribdi, yo'l 
yursa ham mo'l yuribdi”; dostonlardagi:
“Xudo qilgan ishga banda ko'nadi,
Bedov minib, endi, beklar jo'nadi”.
“Davlat qo'nsa gar chibinning boshiga,
Semurg' qushlar salom berar qoshiga”
kabi qolip gap va misralaming ertakdan ertakka, dostondan dostonga 
ko'chib o'tishi ham bevosita matn an’anasi bilan bog'lanadi. Ayniqsa, 
dostonlardagi “Qayga borasan?”, “Qaydan bo'lasan?” mazmunidagi epik 
klishe - qoliplar, ot egarlash, ot yugurishi, jang Iavhalaridagi misralaming 
aynan, deyarli o'zgarishsiz takrorlanishini matn an’anasining ta’siri 
sifatida baholash mumkin. Shu o'rinda ta’kidlab o'tish joizki, tinglov­
chilar talabi bilan ertakchi yoki baxshi biror yangi asami o'zicha ijod
26


qilib yaratganda ham matn an’anasidagi yuqorida qayd etilgan qoliplar- 
dan o ‘mi bilan foydalanishga majbur bo'ladi. Oqibatda, xalq og‘zaki 
ijodida vujudga kelgan har qanday yangi namuna ham matn an’anasidan 
chetda yaratilmaydi. Bu esa yangi asarga yaratuvchi va ijrochining 
mutlaq mualliflik qilish imkonini cheklaydi.
Matn an’anasidagi ikkinchi yo‘nalish xalq og‘zaki ijodidagi o ‘ziga 
xos badiiy san’atlar majmuasi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, badiiy ada- 
biyotda badiiy vositalaming takrorlanmas о‘mi bor. Bu vositalar ma’­
naviy va lafziy san’atlardan tashkil topadi va so‘z san’ati namunasiga 
joziba bag‘ishlaydi. Yozma adabiyot vakillari lirik va epik asarlarda 
o‘zlarining mahoratlarini badiiy san’atlami kashf etishda ham namoyish 
etadilar. Xalq og‘zaki ijodida ham alohida iqtidorga ega ijrochi о‘mi 
kelganda bu sohada ijod qilish imkonidan foydalanadi. Ammo aksari 
hollarda ijrochining kashfiyot izlab o ‘zini qiynashiga hojat yo‘q. Chunki 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish