Og'zaki
ijodimizda ajdodlarimiz bu san’atlaming go‘zal namunalarini
yaratib bo‘lganlar. Sifadash, o'xshatish, istiora, mubolag'a, ifirot, intoq,
iyhom, alliteratsiya kabi badiiy tasvir vositalarining bitmas-tuganmas
boyligi og‘zaki ijodimiz namunalariga asrlar davomida fayz bag'ishlab
turibdi. Qahramonning yillab, oylab emas, soatlab katta bo‘lishi, go‘zal
qizning o ‘n to‘rt kunlik oyga o ‘xshatilishi kabi o ‘nlab san’atlar o ‘z
vaqtida ijodiy kashfiyotlar darajasida qabul qilingan bo‘lsa-da, endilikda
ular an’anaviy vositalar hisoblanadi. Xalq yaratgan asarlardagi odamning
qushga aylanishi (transfiguratsiya)ni, mo‘jizaviy narsalami, hayvonlar-
ning inson tilida gapirishini, ilon, bo‘ri, ayiqlaming asar qahramoniga
homiylik qilishini ham matn an’anasi sifatida baholash mumkin. Ma’lum
bo‘ladiki, xalq og‘zaki ijodidagi matn an’anasi har bir asaming yarati-
lishida bosh mezonga aylanadi va yozma adabiyotdan tubdan farq qiladi.
Og'zaki ijod asarlarini tadqiq etishda folklorshunos olim folklor namu-
nasida o‘z ifodasini topgan bu fazilatlaming mohiyatini his qilishi, tipo-
logik ahamiyatini aniqlashi, qiyosiy tahlil usuli bilan o‘zi o‘rganayotgan
asarga yondashishi muhim ahamiyatga egadir.
Qg‘zakilik. Xalq og‘zaki ijodining ikkinchi muhim jihati uning og‘-
zaki yaratilishidadir. Jahon folklorshunoslik ilmida oddiy haqiqat sifatida
takrorlanadigan eng muhim fikrlardan biri folkloming og‘zaki yaratilishi
va og‘zaki yashashi hisoblanadi. Chunki butun dunyodagi xalqlaming
og‘zaki ijodi shu yo‘singa bo'ysunadi va shu qonuniyat asosida yarati
ladi, yashaydi. Haqiqatan ham, o‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi hamma
janrlaming inson mhiga, ongiga, tabiatiga ta’siri, ko‘pincha, uning
27
og‘zaM ijrosi bilan belgilanadi. Hatto shunday janrlar ham borki, ulaming
yozma, qolaversa, nashr qilingan matnini o'qish mazkur asar haqida
haqiqiy tasawur hosil qUmaydi. Xususan, askiya, latifa, tez aytish,
topishmoq kabi janrlarni ma’lum bir muhitdagi asar ijrosi ta’siri, ularni
jonli vaziyatda eshitish, shu holat ishtirokchisi sifatida his etish bilan
uning matnini yakka holda o'qish o ‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor.
Bir qarashda matn jihatdan farqsiz bo‘lib ko‘ringan dostonlar ijrosida
ham tabiiy ijro vaziyati bilan yozma matnni o ‘qish o'rtasida katta farq
seziladi. Bu farq baxshilaming dostonni aytayotganlarida aniq ko‘rinadi.
0 ‘zbekiston televideniyesi va radiosi orqali bir necha marta xalq
baxshilari ishtirokida suhbat va ko'rsatuv uyushtirilgan bo‘Isa, ulaming
birontasi traktsiz, repetitsiyasiz amalga oshmagan. Ma’lum bo‘lishicha,
baxshi oddiy tinglovchilar o‘rtasida o‘zini erkin his qilar ekan. Mikrofon
taqdim etilishi zahoti, telekameraning fokusi baxshiga qaratilgani zamon
ijrochi ruhiy holatida o ‘zgarish ro‘y berar ekan. Bu holat hatto mashhur
Bola baxshi, Qodir sozchi, Boltaboy baxshi, Chori baxshi ijrosida ham
ko‘zga aniq tashlangan. Demak, og'zaki ijro, ijro bo‘lganda ham tabiiy
holatdagi ijro asar fayzida alohida o ‘ringa ega.
Keyingi yillarda mutaxassis ertakchilar bilan muomala qilish imkoni
bo'lmagani sababli bu janming og'zaki ijrosi va matnni o ‘qish o ‘rtasidagi
keskin farq haqida biror asosli fikr bildirishga ojizmiz. Ammo og'zaki
ijrodagi tovush tovlanishi, ayrim so‘z!arga beriladigan mantiqiy urg'u,
ijrochining xatti-harakatlari nazarda tutilsa, og‘zaki ijodning og'zaki
ijrodagi afzalligi baribir aniq namoyon bo‘laveradi. Xullas, to‘liq ishonch
bilan aytish mumkinki, xalq og'zaki ijodi asarlarini og'zaki ijroda eshi
tish mazkur asaming matnini o'qishdan afzal hisoblanadi. Og'zaki ijro
folklor asarining yaratilishi, yashashida ikki oqibatni taqozo etadi. Birin-
chidan, og'zaki ijro yozma adabiyotda kuzatilganidek, jiddiy mas'uli-
yatdan xoli bo'ladi: yozma adabiyot vakili ijod qilayotgan asariga to'liq
mas’ul hisoblanadi. Og'zaki ijroda esa bunday munosabat aynan asar
og'zaki ijro etilayotgani uchun nisbatan zaiflashadi. Xalq latifalarida
muayyan ijtimoiy hayotda ro'y bergan va berayotgan hodisalar keskin
satirik tarzda tanqid qilinishi mumkin. Ammo yaratuvchi shaxsining
mavhumligi - anonimligi eng ashaddiy tanqidiy latifalarda ham “emish”
shiori ostida asaming yashashini ta’minlayveradi. Og'zaki ijro ayni
paytda asaming ommalashuvida ham ijobiy ahamiyat kasb etadi. Chunki
har bir ertak, doston, maqol, topishmoq, latifa ijro etilgani zahoti tinglov
chilar orasidagi ma’lum iqtidorga ega shaxs tomonidan qayta hikoya
28
qilinishi mumkin. Qayta hikoya qilayotgan ijrochi esa asami og‘zaki
eshitgani va og‘zaki ijro etayotgani uchun har bir so‘z, jumlani o'zga-
rishsiz takrorlash lozimligidan o‘zini xoli hisoblaydi. Natijada, asaming
mazmuni, g'oyasi, qahramonlari tavsifi asosan saqlangani bilan yangi
ijrochi o ‘z asarida shaxsiy hayotiy kuzatishlarini, tajribalar xulosasini
ifodalash imkoniga ega bo‘ladi. “Alpomish” dostonini Fozil Yo'ldosh
qahramonli aytgan, Ergash shoir muhabbadi aytgan kabi mashhur
mulohazalar bevosita og'zakilik fazilatlaridan hisoblanishi mumkin.
Ammo, ikkinchidan, og'zaki ijro asari yozib olinmagani taqdirda oxir
pirovard o'limga mahkum etilish ehtimoli bor. Uzoq o'tmishda milla-
timiz baxtiga yozib qo'yilgan o'nlab asarlar taqdiri fikrimiyni tasdiqlaydi.
Oqilona fikr yuritib faraz qilaylik. Gerodot, Polien kabi mashhur tarix-
chilar To'maris, Shiroq haqida ma’lumot bermaganlarida, bu rivoyat biz-
gacha etib kelarmidi?! Mahmud Koshg'ariy hazratlari tomonidan meros
qilib qoldirilgan “Devonu lug‘oti-t-turk” asarida 300 ga yaqin go'zal
maqollar yozib qoldirilgan. Ular orasida “Osh totug'i tuz”, “Kishi alasi
ichtin, yilqi alasi tashtin” kabi bugungi kunda hali foydalanilayotgan va
“Tulki o'z uyasiga qarab hursa, qo'tir bo'ladi”, “Yayov oti - choriq,
kuchi - oziq” kabi unutilgan maqollar ham bor. Devondagi ko'pgina ma-
qollaming ma’nosi saqlangan, ammo ular tarkibidagi so'zlar o'zgargan.
Xullas, zamonlar o'tishi bilan millat tilida ro'y bergan o'zgarishlar,
ijtimoiy, maishiy hayotdagi yangiliklar, ayniqsa, og'zaki ijod namuna-
larini yoddan biladigan insonlaming vafot etishlari oqibatida ko'p ajoyib
asarlar yashashdan to'xtashi tabiiy bir holdir. Ayniqsa, XX asrimizning
o'rtalarida xalq og'zaki ijodiga bo'lgan munosabat sovugani oqibatida bir
qator ajoyib asarlar yo'qolib ketdi va ularni qayta tiklash mumkin
bo'lmay qoldi.
O'nlab asarlaming yuzlab variantlari haqida gapirmasa ham bo'ladi.
Ayniqsa, ertak va dostonlarda og'zakilikning salbiy tomoni alohida
ko'zga tashlanadi. To'g'ri, bu janrlardagi ijrochi tomonidan yo'l-yo'lakay
kiritilgan ahamiyatsiz, ya’ni asar syujetiga ta’sir etmaydigan yangiliklar
variant nusxasini bermaydi. Ammo iqtidorli ertakchi yoki baxshi tinglov-
chilaming qizg'in e’tiboridan ilhomlanib ba’zan qolipga tushgan asar
matniga ahamiyatli o'zgarishlar kiritishi mumkinligini ham esdan chiqar-
maslik lozim. Chori baxshi, Qahhor baxshi Qodir o'g'li ijrosida bu holat
ko'p ro'y bergan. Muayyan vaziyat fayzidan ilhomlangan baxshilar
yangidan-yangi epizodlami, voqea bayonlarini ijro etilayotgan dostonga
singdirib ketishgan. Fozil Yo'ldosh o'g'li, Ergash Jumanbulbul o'g'li,
29
Islom shoir, Po‘lkan shoirlarda bunday vaziyatlar hamisha takrorlangani
uchun xoh ijobiy, xoh salbiy ma’noda paydo bo‘lgan variant ijro tugagani
zahoti yo‘q bo‘lishi ham tabiiy bir hoi hisoblanishi ajab emas.
Albatta, og‘zakilik haqida fikr yuritganda, xalq asarlariga jon ato etib
turuvchi improvizatsiya - badihago'ylikni unutish mumkin emas. Impro-
vizatsiya hamisha ijroga shukuh, fayz bag‘ishlagan. Qirq yildan ortiq
vaqt mobaynida xalq og‘zaki ijodi fanidan ma’raza qilish davomidagi
tajriba shuni ko‘rsatadiki, oliy o ‘quv yurtida dars beruvchi ustoz, o‘rta
ta’limda mashg‘ulot o'tkazuvchi o ‘qituvchi nutqiga tinglovchilar kay-
fiyati doimiy ta’sirini o‘tkazar ekan. Ilhom kelgan paytda oddiy mavzuni
o‘quvchilarga tushuntirish jarayonida qiziq-qiziq fikrlar bostirib keladi,
keyinchalik esa bu fikrlar maqolalarga aylanadi. G ‘ulom Karimov,
Subutoy Dolimov, Muhammadnodir Saidov, Ozod Sharafiddinov tajriba-
sida bu holatning muttasil davom etganiga sanoqsiz ravishda guvoh
bo‘lganmiz. Aynan shunday vaziyat iste'dodli qo'shiqchilar, laparchilar,
askiyabozlar, lofchilar, topishmoq aytuvchilar, ertakchilar va baxshilar
hayotida ham ro‘y beradi. Improvizatsiya ijrochining ilhomiga bog‘liq.
Mashhur Sulton kampiming qozoq oqiniga tog‘ning yoshini bilmoqchi
bo‘lsang, og‘zini ochib, tishini ko‘r qabilidagi javoblari, baxshilaming
tanish tinglovchilar fazilatlari, yoki kamchiliklari haqida doston ijrosi
davomida hikoya qilib ketishlari ijro fayziga fayz qo‘shgan. Tinglovchi-
laming hayqiriqlari ostida ijro etilayotgan doston o ‘chmas taassurotlar
qoldirgan. Ustoz Hodi Zarif bo‘lajak
Do'stlaringiz bilan baham: |