Boy bo‘ruling xotini Kuntug‘mish cho‘rilarini xizmat qilish uchun
Boysarinikiga jo ‘natadi. Boysarining xotini cho'rilarni urishga buyuradi.
Aka-uka o‘rtasidagi bosh kelishmovchilik shu lavhadan boshlanadi. Said-
murod Panoh o‘g ‘li variantida esa zakotni to‘g‘ridanto‘g ‘ri Boybo‘lining
o ‘zi o'ylab topadi. Bir qarashda bu farqlaming alohida muhim ahamiyati
yo'qdek tuyiladi. Aslini olganda, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li ijrosida “Alpomish”
dostonida aks etgan davlatchilik jarayoni asosli ravishda o ‘z ifodasini
topgan. Hakimbek bo‘lg‘usi davlatning paydo bo'lishida yetakchi vazifa
ni bajardi, Boysun-Qo‘ng‘irotda
zakotni joriy qildi, bu qarorga qarshi
chiqqan Boysarini keyinchalik Qalmoqdan qaytarib keldi va yurtini birlash-
tirishga erishdi. Oxir oqibatda o ‘zining davlat boshlig'i sifatidagi hurma-
tiga sazovor bo‘ldi. Fozil shoir “Alpomish”ni qahramonli:Ergash shoir mu-
habbatli aytgan, deyishda ham variant tushunchasini qayd etish mumkin.
Variantlilik maqollarda ham uchrab turadi. “Yaqindagi qo‘shnidan
uzoqdagi qarindosh yaxshi” yoki “Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi
qo‘shni yaxshi” maqoli vaziyatga ko‘ra aytilaveradi.
Ayni chog‘da, Xorazm dostonchiligida variantlilik
tushunchasining
mavjud emasligini ham qayd etish zarur. Xorazm baxshilari xalq kitoblari
“Oshiq G ‘arib va Shohsanam”, “Sayyod va Hamro” kabilami yod olib dos
ton kuylaydilar. Baxshi yakka o ‘zi doston aytishi ham ko‘p uchramaydi.
Asosan, jo ‘rovoz bilan birga ijro etiladi. Ikki kishining birgalikda kuylashi
esa doston so‘zlarini bir xil aytishni taqozo etadi. Qashqadaryo va Surxon-
daryodagi baxshilar o ‘z ijrolariga yo‘l-yo‘lakay o‘zgarish kiritib badiha-
go‘ylik - improvizatsiyadan foydalanishlari mumkin bo‘lgan bir paytda
Xorazm dostonlari ijrochilarida bunday imkoniyat yo‘q. U holda Xorazm
baxshilarining mahorat darajasi qanday baholanadi, degan savol tug'iladi.
Bu dostonchilikda mahorat, avvalo, asar matniga to‘la
amal qilish, soz
chalish, ovoz, aktyorlik san’atidan foydalanishga bog‘liq hisoblanadi.
Yozma adabiyotda ham variant tushunchasi bor. Lekin bu tushuncha
juda tor ma’noda qo'llanadi. Chunki biror romanning varianti haqida gap
aytish uchun bir yozuvchining o ‘zi asami boshqa-boshqa nusxalarda
yozib chiqishi kerak. Xususan, badiiy adabiyotda Said Ahmadning “Ufq”
romani “Sharq yulduzi” jumali variantida va alohida kitob ko‘rinishida
nashr ettirilgani ma’lum. Shuningdek, Yoqub Yakvalxo‘jayevning “Qay-
tar dunyo” romanining “YoshHk” jumali va kitob varianti borligi ma’lum.
Versiva
ham variantlilikning bir ko‘rinishidir. Faqat variantlilik tor
ma’noda, versiyalilik keng ma’noda tushuniladi. Asar nomi bir xil bo‘Isa,
undagi voqealar tizimi bir-biriga yaqin bo‘Isa,
qahramonlar xatti-haraka-
33
tida muayyan o'xshashlik saqlansa, variantUlik; asaming umumiy maz-
munida qandaydir
umumiylikka ishora sezilsa, versiya vujudga keladi.
Masalan, “Alpomish” dostonining o ‘zbek xalqi doirasida 30 ga yaqin
varianti bor. Ammo bu dostonning Oltoy, Qipchoq, 0 ‘g ‘uz versiyalari
mavjudki, u versiyalar bilan tanishganimizda
ayrim lavha va voqealarda
umumiylikdan boshqa o'hshashlikka duch kelmaymiz. “Tohir va Zuhra”
dostonining qozoqlarda “Qo‘zi Ko‘rpesh va Bayan Suluv” versiyasi bor.
Xullas, variant deganda, asar sujeti va kompozitsiyasidagi qisman
farqlar borligi, versiya deganda, bir asaming katta o'zgarishlar
bilan bir
necha xalqlar og‘zaki ijodidagi alohida-alohida nusxalari tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: