Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

Chon
baxshi bilan tasodifan birin- 
chi uchrashgan paytlarida undan mashina to‘xtagan joyning nomini so‘ra- 
ganlarida, baxshi “Qora buloq” qishlog‘ining ta’rifini qiyomiga yetkazib 
aytib bergan ekan. Hodi og‘a shu zahoti notanish Choriga: “Sen baxshi- 
misan?” - deb savol bergan ekanlar. Bu tanishuv keyinchalik bir necha 
yillik ijodiy hamkorlikka aylangani sir emas. Folklor ekspeditsiyalari 
paytlarida talabalarimiz qo‘shiqchilaming o‘ylamagan tarzda qo‘shiq 
to‘qib yuborganliklarini havas bilan eslashadi. Xalqimiz og’zaki 
ijodining bebaho go‘zal janri askiyani-ku improvizatsiyasiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Mashhur askiyabozlar Yusuf qiziq, Erka qori, G ‘anijon 
Toshmatov, Qayum askiyaboz, Ubaydulla Abdullayev, Ma’ruf Rahimov 
kabilaming ijodi to‘liq improvizatsiya hisobiga gullagan.
Xullas, xalq og‘zaki ijodidagi og‘zakilik xususiyati asrlar davomida 
millatimiz tajribasidan o ‘tgan va muhim ahamiyatga ega belgi sifatida 
baholanishi mumkin.
30


.Tamoalik. 
Jamoalik deganda, muayyan ish jarayonining bir guruh 
odamlar ishtirokida birgalikda bajarilishi nazarda tutiladi. Xalqimizda 
hashar uyushtirish an’anasi bor. Bu an’anaga binoan bir-ikki kunda xo‘- 
jalik imoratlarining asosi jamoa bo‘lib qurib bitkazilgan. Bugungi kunda 
yurtimiz aholisi turli bayramlar munosabati bilan hasharga chiqadi va 
mahalla jamg'armalariga qilingan ish hisobidan mablag‘ o‘tkazadilar. 
Xullas, jamoa bo‘lib imorat qurish, hashar o ‘tkazib joylami tartibga so- 
lish, ekin ekish, hosil yig‘ish mumkin. Ammo san’at asarini hashar yo‘li 
bilan yaratib bo‘lmaydi. To‘g ‘ri, tarixda ikki, ba’zan uch kishi bo‘lib 
san’at asari yaratilgan holatlar bo‘Igan. Lekin buning uchun hammuallif 
shaxslar bir-birlariga ruhan, ma’nan, dunyoqarash jihatdan о 4a yaqin 
edilar. Xo‘sh, u holda xalq dostonlari, ertaklari, qo‘shiq va boshqa janr 
asarlarini qanday qilib jamoa ijodi mahsuli deyishimiz mumkin. Gap 
shundaki, xalq og‘zaki ijodi asarlari, u asar qaysi janrda ekanidan qat’i 
nazar, bitta shaxs tomonidan yaratiladi. U shaxs, shubhasiz, badiiy ijod 
qilish, so‘z san’atiga oid asar yaratish iqtidoriga ega bo‘lgan. Ammo 
vaziyat taqozosi bilan bu odamning asar yaratgani hujjatlashtirilmagan. 
Yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsak, hujjatlashtirishning hojati ham 
bo‘lmagan. Asar muallifining o ‘zi buni xohlamagan. Qolaversa, og‘zaki 
asami qanday qilib rasmiylashtirish masalasi o‘ylab ham ko'rilmagan. 
Natijada, doston, ertak, qo'shiqlar yaratilavergan, bironta odam bu asami 
men yaratdim, deb da’vo qilmagan. Ustiga ustak asar og'zaki bo‘lgani 
uchun tinglovchilar orasidagi iqtidorli yurtdoshlar uni zudlik bilan qayta 
ijro etganlar. Bu ijro ikkinchi, uchinchi shaxslar iqtidoriga ko‘ra qator 
o'zgarishlarga duch kelgan va badiiy jihatdan yo mukammallashgan, yo 
zaiflashgan. Ayni paytda, mazkur namunaning xalq ijodi qatoridan o ‘rin 
olishi uchun xizmat qilgan. Birinchi muallif esa o ‘zi yaratgan namunani 
yurtdoshlari tomonidan ijro etilganini bilib faxrlangan. Biz, o ‘zbeklar, 
ajdodlarimiz orasida shunday oliyhimmat insonlar borligidan g ‘ururlani- 
shimiz va ulardan o ‘mak olishimiz kerak. Shunday qilib, bugungi kunda 
milliy qadriyatlarimizning munosib tarkibiy qismi hisoblangan xalq 
og‘zaki ijodi xazinasi vujudga kelgan.
Og‘zaki ijod asarining badiiy jihatdan mukammallashib borishida, 
hatto yangi-yangi asarlaming paydo bo‘lishida oddiy tinglovchi omma- 
sining bavosita ishtirok etishini ham nazarda tutish kerak. Mirzo Ulug‘- 
bek nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy universitetida 2009 yilda 0 ‘zbekiston 
xalq baxshisi Qahhor baxshi bilan Jumalistika va 0 ‘zbek filologiyasi 
fakultetlari talabalarining uchrashuvida dostondan parcha aytayotgan
31


baxshi to‘satdan voqea tizimiga tinglovchilami qo‘shib yubordi. Muhimi, 
bu yangilikni hamma tabiiy hoi deb qabul qildi. Aslida tinglovchi bax- 
shiga hurmatini izhor etishi" oqibatida yangi-yangi misralaming tug'ili- 
shiga sabab bo‘lgan edi.
Ko‘p yillik tajribamiz natijasi o'laroq yana bir masalaga diqqa- 
tingizni qaratmoqchimiz. Awalgi sahifalarda qayd etganimizdek, matn 
an’anasida doimiy ravishda qolip shaklida qo'llanadigan parchalar, tasvir 
vositalari bor. Ertakchi, dostonchi, qo'shiqchi ijro davomida ulardan foy- 
dalanadi. Yaratilgan asar yangi bo‘lsa-da, unda ana shu an’anaviy o'rinlar 
saqlanib qoladi. Natijada, o ‘z-o‘zidan yangi doston to‘qigan baxshi 
birinchi marta aytgan dostonini to‘liq ravishda o'ziniki deb ayta olmaydi. 
Chunki u yaratgan asar an’anaviylik belgisi bilan awalgi namunalardan 
jiddiy ozuqlangan bo'ladi. Demak, jamoalik xalq og‘zaki ijodining 
yaratilishi nuqtai nazaridan qadimiyligi asosida vujudga kelgan xususiyat 
ekan. Eng muhimi, jamoalik deganda, o ‘tmishda ijod qilish iqtidoriga ega 
yakka shaxs - ajdodlarimiz xizmatini unutmasligimiz lozim.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish