Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

to‘qilganim,
qo‘shiqlarda 
maqtalayotgan
kolxozlar, besh yilliklaming asl 
qiyofasi tanqid qilinganini e'tirof etish mumkin, xolos. Jumladan, o ‘z 
paytida Otajon Hoshim tomonidan yozib olingan qo‘shiqlarda kolxoz 
tuzumiga, hamma ekin maydonlariga faqat paxta ekish siyosatiga salbiy 
munosabat bildirilgan qo‘shiqlar borligi haqidagi xotiralar mavjud, xolos. 
Afsuski, taqdir taqozosi, turli sabablar bilan bu yozuvlar yo‘qolgan.
Mustaqillik, umuman, xalq qadriyatlariga, xususan, xalq og‘zaki 
ijodiga boigan munosabatda keskin ijobiy o ‘zgarish yasadi. Preziden- 
timiz Islom Karimovning “0 ‘zbekiston buyuk kelajak sari” asaridagi 
“Mustaqil 0 ‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari” 
deb atalgan bo‘limida: “0 ‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning 
yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanadi”, - deyilgan. “Bu negizlar: 
-umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 
-insonning o ‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 
-vatanparvarlik”2 - deb belgilab qo‘yilgan.
Yuqorida qayd etilgan to‘rt negizning har biri yo bevosita, yo 
bavosita xalq og‘zaki ijodi, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ma’naviy 
boyligi - pand, o ‘gitlari, el-yurt qadrini e'zozlash, millatimiz g ‘ururini 
himoya qilishdek oliy tuyg‘ular bilan bog‘lanadi. Haqiqatan ham, 
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, avvalo, milliy qadriyatlarga sadoqat 
mezoni bilan o ‘lchanadi. Zero o ‘z qadrini bilmagan farzand o ‘zganing 
qadriga etmaydi. Xalqimiz og‘zaki ijodidagi asarlarda esa aynan ana shu 
g‘oya o ‘z ifodasini topgan.
“0 ‘zbekiston buyuk kelajak sari” asarida ilgari surilgan fikrlar 
izchillik bilan hayotga tatbiq etila boshlandi. Xalq yurtboshi tomonidan 
aytilgan har bir mulohaza bevosita davlat siyosati sifatida ro‘yobga 
chiqishiga ishondi. Bunday rejalar esa xalq og‘zaki ijodi ham davlat 
maqomiga ega ekanini tasdiqlaydi.
Kadrlar tayyorlash “milliy dasturi”ga muvofiq 0 ‘zbekiston maorifi 
sohasida yangi bir tizim sifatida vujudga kelgan Akademik litseylarda 
yarim yil davomida “0 ‘zbek xalq og'zaki ijodi” nomli maxsus kurs o‘tish 
rejalashtirildi. Kasb-hunar kollejlarida ham dars soatlari ajratildi. To‘g ‘ri,

Каримов И.А. Узбекистан буюк келажак сари. - Т.: Узбекистан, 1998. - Б. 56.
18


umumta’lim maktablarida ham xalq og‘zaki ijodi haqida ma’lumot 
beriladi. Ammo bu ma’lumot 5-9-sinflarda har yili 2-4 soat hajmda 
bo‘lib, bir safar о ‘qitilgan mavzu kelgusi yilgacha o‘quvchi yodidan 
ko‘tariladi. Oliy o ‘quv yurtlarida esa xalq og‘zaki ijodi darslari faqat 
filologiya, 0 ‘zbek tili va adabiyoti, Jumalistika fakultetlarida mavjud. 
Hozirgi vaziyatda o ‘rta ma’lumotga ega har bir yosh yigit-qiz uchun 
og‘zaki ijodimiz merosidan bahramand bo'lish imkoni yaratildi.
Keyingi yillarda davlat tomonidan xalq qadriyatlariga e’tibor berilishi 
natijasida og‘zaki ijod durdonalariga bo‘lgan qiziqish ancha jonlandi. 
Farg'ona, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, 
Jizzax viloyadariga uyushtirilgan ekspeditsiyalar materiallari ayrim folk- 
lorshunoslar bildirgan xalq og‘zaki ijodida tanazzul jarayoni boshlangani 
haqidagi fikrlarning u qadar to‘g ‘ri bo‘lmay qolganini tasdiqlamoqda. 
Ayniqsa, 2009, 2010-yillarda Toshkent viloyatining Angren, Qashqadaryo 
viloyatining Yakkabog1, Chiroqchi tumanlariga, Shahrisabz shahri qish- 
loqlariga qilingan safarlar doston, qo'shiq, ertak, topishmoq, о ‘lan janr- 
larida yozib olingan matnlarga boy bo‘ldi.
1998-yilda Fozil Yo‘ldosh ijro etgan “Alpomish” dostonining to‘liq 
matni “Sharq” nashriyot - matbaa konsemi Bosh tahririyati tomonidan 
nashr ettirildi. Agar dostonning 1928-yilda Mahmud Zarifov yozib olga- 
nini, shu paytgacha faqat turli qisqartirishlar bilan nashr etib kelinganini 
nazarda tutsak, mazkur kitob biz uchun ne qadar aziz ekani ma’lum 
bo‘ladi.
1999-yil 9-noyabr kuni esa “Alpomish”ning ming yillik to‘yi nishon- 
landi. Bu tantanada so‘zga chiqqan yurtboshimiz Islom Karimov dos­
tonning millatimiz g ‘ururini tarbiyalashdagi ahamiyatini alohida ehtirosli 
so‘zlar bilan izhor etdi:
“Alpomish” - o ‘zbekning o ‘zligini namoyon etadigan, mard va tanti 
xalqimizning yurak-yuragidan chiqqan, ota-bobolarimiz avlodlardan 
avlodlarga o‘tkazib kelayotgan qahramonlik qo‘shig‘idir”3.
Nutqda dostonning xalq tarixiga oid ma’lumotlarga boy ekani, yosh 
avlodni tarbiyalashda juda muhim ahamiyati haqida fikr yuritiladi. 
Yurtimiz boshlig‘ining dostonga nisbatan hurmati quyidagi jumlada o‘z 
ifodasini topgan: “Aslida xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas 
bir doston bo‘lsa, “Alpomish” ana shu dostonning shohbaytidir”4.
3 Каримов И. "Алпомищ " достонининг 1000 йиллигига багишлакган тантанали маросимда 
сузлаган нутц. 
II
Халк сузи, - 1999. - 9 ноябрь.
4 Уша нутк.
19


Xalq og'zaki ijodiga bu qadar yuqori baho berishning chuqur ildizi 
bor. 1997-yil 29-avgust kuni 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XI 
sessiyasida Islom Karimbv mamlakat kelajagini belgilovchi “Barkamol 
avlod - 0 ‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” - deb atalgan nutq 
so‘zladi. Mazkur nutqda shunday fikr beriladi: “Chor Rossiyasining 
Turkiston o'lkasidagi general-gubematori M.Skobelev: “Millatni yo‘q 
qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini 
yo‘q qilsang bas, tez orada o ‘zi tanazzulga uchraydi”, - deb aytgan gapini 
eslashning o ‘zi kifoya qiladi”5.
Ma’lum bo‘ladiki, madaniyat, san’at, til xalqning xalq sifatida ravnaq 
topishining bosh omili ekan. Xalq ijodi esa madaniyat, san’at, tilning 
asosini tashkil etuvchi tarkibiy qismdir.
Shuning uchun ham 1997-yilda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respub­
likasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “Ma’naviy-axloqiy tarbiya 
va ma’rifiy ishlar” alohida bo‘lim sifatida tasdiqlanishi bejiz emas. Unda 
yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy 
madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadri­
yatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari 
ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi ta’kidlanadi.
Bugungi kunda esa mustaqil o‘zbek xalqi madaniy hayotida qator 
yangiliklar ro‘y bermoqda. Jumladan, “0 ‘zbekiston xalq baxshisi” unvo- 
nining ta’sis etilishi, “Boysun bahori” bayramlarining o ‘tkazilishi o ‘zbek 
xalqi o ‘tmishi bilan bugungi kunini bog‘lovchi o ‘ziga xos ko‘prik bo‘lib 
xizmat qilmoqda.
2008-yilda “Ma’naviyat” nashriyoti Islom Karimovning “Yuksak 
ma’naviyat - yengilmas kuch” deb atalgan kitobini nashrdan chiqardi. 
Avvalo, aytish kerakki, kitobxon asaming boshidan oxirigacha xalq 
qadriyatlari, o ‘tmish madaniyat, tarix haqidagi chuqur ilmiy mulohazalar 
bilan tanishadi. Ayniqsa, muallifning xalq og‘zaki ijodiga bo'lgan 
hurmati har bir sahifada aniq ifodalanib turadi:
“Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi 
toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi 
kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘l- 
yozmalar... bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir”6.
5 Каримов И. Баркамол авлод - Узбекистан таравдиётининг пойдевори. - Т.: 1997. - Б. 5.
6
Karimov Islom. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Т.: Ma’naviyat, 2008. - B . 31.
20


Shuningdek, mazkur asarda yurtboshimiz “Alpomish” dostoni haqida 
pangi fikrlami bayon etar ekan, ibratli xulosaga keladi: “Demak, xalqimiz 
lo r ekan, - deydi u, - “Alpomish” dostoni ham barhayot”7. 
t>, Muallif turli mavzular yo'nalishida o'z mulohazalarini izhor qilar 
Ikan, ulaming yanada tushunarli bo‘lishi uchun “Bilagi zo‘r bimi, bilimi 
pto'r mingni yiqar”, “Qush uyasida ko‘rganini qilar”, “Mahalla - ham ota, 
ham ona”, “Tilga e’tibor - elga e’tibor”, “Uyat - o'limdan qattiq”, “Kuch
- adolatda” kabi maqol va buyuk ajdodlarimizning dono so'zlaridan 
foydalangan. Natijada, bu namunalar yurtboshimizning avvalgi nutq va 
ftsarlaridan o ‘rin olgan “Vatanni sevmoq iymondandir”, “milliy o ‘zlik”, 
“xalq boshiga tushgan xavf’, “mudhish voqealar oldida holva bo‘lib 
qolish”, “chalamullalar”, “ishingiz bitsa, bo'lgani” kabi xalqona ibora va 
hikmatli fikrlar qatorini to'ldiradi.
Xullas, xalqimiz og‘zaki ijodining davlat maqomida e'zozlanishini 
0 ‘zbekistonning mustaqillikka erishishining ijobiy natijasi sifatida 
|baholash mumkin. Yurtimiz barkamol avlodini xalq og'zaki ijodidan 
mukammal ma’lumotga ega bo‘lmagan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Chunki og'zaki ijod dostonlarida vatanga xiyonat qilgandan ko'ra o'limni 
afzal bilgan Ravshan, butun harakatini parchalangan yurtini birlash- 
tirishga bag'ishlagan Alpomish, o'z Vatanini ichki va tashqi dushman- 
lardan himoya qilgan G o'ro'g'li, oilasini muqaddas bilgan Kuntug'mish 
madh etiladi. 0 ‘zbekning butun fazilati, falsafasi, donoligi, dunyoqarashi, 
oliy himmatliligi, turli hayotiy vaziyatlarga munosabati maqollarda aks 
etgan. Insondagi mehnatga muhabbat, ishq tuyg'ulari qo'shiqlarda eng 
oliy ichki kechinmalar sifatida ifodalangan. Ertaklarda xalqimizning eng 
oliy orzu-havaslari namoyon bo'ladi. Ular bilan tanishgan yosh avlod 
o'zbek uchun vatan, xalq, oila, mehnat, ilm, g'urur naqadar muqaddas 
tushunchalar ekanini anglab etadi.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish