Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

Savol va topshiriqlar:
1 .0 ‘zbek tili va adabiyoti o'qituvchisi, jum alist nima uchun xalq
og‘zaki ijodi haqida ma’lumotga ega bo ‘lishi kerak?
2. Nima uchun xalq og'zaki ijodini badiiy adabiyotning ilk
namunalari deb baholaymiz?
3. Folklor atamasiga izoh bering.
14


4. Sinkretik janr deganda nimani tushunasiz?
5. San’at asari qanday fazilatlarga ega bo'lishi lozim?
6. Xalq og'zaki ijodi
-
so‘z san’ati ekanini qanday belgilar
dalillaydi?
Adabiyotlar:
1. Каримов И.А. Узбекистан буюк келажак сари. - Т.: 
Узбекистан, 1998. - Б. 5-66.
2. Каримов И.А. Баркамол авлод - Узбекистан таравдиётининг 
пойдевори. - Т.: Шарк; НМАК, 1997.
3. Karimov Islom. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Т.: 
Ma’naviyat, 2008.
4. Имомов К., Мирзаев Т., Саримсоков Б., Сафаров О. Узбек 
халк огзаки поэтик ижоди. - Т.: Укитувчи, 1990.
15


XALQ OG ‘ZAKI IJO D I VA QADRIYATLAM 
DAVLAT MAQOMIDA
Ma’naviyat qadim zamonlardan inson dunyoqarashini, xatti-hara- 
katini, jamiyatda tutgan o'mini, xalqqa, vatanga, atrofidagi odaxnlarga 
bo‘lgan munosabatini boshqaruvchi omil hisoblanadi. Ma’naviy qash- 
shoq kimsa hayotda ro'y berayotgan voqealarga loqayd bo'ladi. Loqayd- 
lik esa tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib keladi. Ma’naviy qashshoq odam 
uchun Vatan, xalq, oila kabi muqaddas tushunchalar yot. Shuning uchun 
keksa avlod, avvalo, farzandning ma’naviy dunyosini shakllantirish cho- 
rasini rejalashtirgan. Aslini olganda, xalq dostonlari, ertaklari, qo'shiq- 
lari, maqollari va boshqa o'nlab janrdagi asarlar yosh avlodning ma’navi- 
yatini boyitish, uni haqiqiy inson darajasiga yetishini ta’minlash maqsa- 
dini nazarda tutgan holda yaratilgan. O'tgan asrgacha bugungi kundagi 
matbuot, o'quv dargohlari, madaniyat markazlari, radio, televideniye, 
internet kabi ta’lim, ma’rifat tizimi bo'lmagan. Bu vazifalami bajarish, 
asosan, xalq og'zaki ijodi zimmasiga yuklatilgan. Natijada, xalq og'zaki 
ijodi xalq pedagogikasi zaminini tashkil etgan. Odatda, xalqning musta- 
qilligi, uning ravnaqi badiiy adabiyot bilan uzviy bog'lanadi. Og'zaki 
ijod esa, badiiy adabiyotning ajralmas qismidir. Shuning uchun xalq usti- 
dan hukm yuritishga harakat qilgan hokimiyat, avvalo, uning adabiyotini 
boshqarishga uringan. Sobiq sho'ro tuzumi sharoitida xalq bayrami -
Navro'z, “Alpomish”, “Ravshan” dostonlarimiz taqiqga uchragan. Folk­
lor ekspeditsiyasiga xalq og'zaki ijodi asarlarini yozib olish maqsadida 
chiqqanimizda, islom diniga oid asarlami yozib olish ma’qul ko'rilmas 
edi. Bu harakadaming hammasi og'zaki adabiyotimizni yo'q qilish 
niyatini amalga oshirish choralari edi, xolos.
1991-yil 1-sentyabrda O'zbekiston mustaqil respublika deb e'lon 
qilindi. Yurtimiz ijtimoiy hayotidagi bu o'zgarishni o'zbek xalqi o'nlab 
yillar davomida orziqib kutgan edi. Mustaqilligimizning dastlabki kun- 
laridanoq davlatimiz o'tmish qadriyatlami qaytadan tiklash, odamlar 
qalbida tutqunlikda yotgan madaniy merosimizga keng yo'l ochish
16


iyosatini amalga oshirdi. Dunyo ilmi taraqqiyotiga munosib hissa 
|&‘shgan buyuk allomalarimiz nomlari, ulaming kashfiyotlari haqidagi 
|fa’lumotlar qatori turli munosabatlar bilan urf-odatlar, rasm-msumlar 
lain tilga olina boshlandi. Bu tadbirlar har bir o ‘zbek qalbida milliy 
ffurur tuyg‘usini uyg'otish maqsadini nazarda tutdi.
Aslida, o‘zbeklammg dunyoda ilg‘or, benazir madaniyatga ega 
bo'lgan xalq ekanligini tasdiqlovchi fikrlar mustabid tuzum paytida ham 
aytilgan. Ammo bunday hur gaplaming mualliflari qatag'on qilingan 
edilar. Ulaming ko‘pchiligi sirU vaziyatlarda hayotdan ko‘z yumdilar. 
Fitrat, Cho‘lpon, Qodiriy, Otajon Hoshim, Sulaymon X o‘ja va boshqalar 
esa o'ylab topilgan yolg'on jinoyatlarda ayblanib otildilar. Ayrimlari -
Usmon Nosir, keyinchalik Mirtemir, Maqsud Shayxzoda, Said Ahmad, 
Shukrullo, Shuhrat kabilar uzoq muddatga qamoqqa olindilar. Ammo 
trkinlikni, o ‘trnishdagi xalq allomalarining kashfiyotlarini targ'ib etuvchi 
asarlar tizimi murakkab vaziyatda ham to'xtab qolmadi. XX asming 60- 
70-yillari adabiy hayotiga yosh ijodkorlar sifatida kirib kelgan Erkin 
Vohidov, Abdulla Oripov kabi shoirlar “0 ‘zbegim”, “0 ‘zbekiston” kabi 
poetik asarlar yaratdilarki, bu davrda yashagan yurtdoshlarimiz 0 ‘zbekis- 
ton qadimdan ilm-ma’rifat, kashfiyotlar va qadriyatlar yurti ekaniga 
komil ishonch bildira boshladilar. Xalqimizning haqiqiy farzandlari sa’y- 
harakati bilan “Xalq og‘zaki ijodi” turkumida “Alpomish” dostoni, 
Ergash Jumanbulbul, Fozil shoir, Po‘lkan, Islom shoir, Bola baxshi ijro 
etgan epos namunalari, xalq qo'shiqlari, ertaklari, askiya, latifa, 
topishmoqlaming nashr qilinishi nur ustiga nur bo‘ldi.
Shuningdek, o‘tgan asming 50-yillarida Ibrohim Mo‘minov, Vohid 
Zohidov, Hodi Zarif kabi taniqli ziyolilar turli sabab va vajlar bilan 
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘oti-t-turk” (Solih Mutallibov), 
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (Qayum Karimov), Navoiyning 
“Xamsa”, Bobuming “Bobumoma” (Parso Shamsiyev) kabi bir qator 
asarlarini nashrga tayyorladilar va chop etdilar. Qizig'i shundaki, bizning 
olimlarimiz mumtoz adabiyot namunalaridan sobiq sho‘ro tuzumi siyo- 
satiga mos kelmaydigan o'rinlami atayin keskin tanqid qilishar, boylar va 
yo‘qsillar madaniyati haqida siyosatbop gaplami topishar, ammo 
asarlami to‘liq nashr qilishdek oliy niyatlariga ham erishar edilar.
Tabiiyki, “Sobiq sho‘ro tuzumi davrida bevosita xalq orasida hukm- 
ron siyosatni tanqid qiluvchi xalq og'zaki ijodi asarlari yaratilmadimi?” - 
degan savol tug'iladi. Gap shundaki, xalq og‘zaki ijodi asarlari yozib 
olinmasa, ulaming ommalashuvi uchun sharoit bo'lmasa, vaqt o‘tishi
17


bilan bu asarlar o‘z-o‘zidan g ‘oyib bo'ladi: aytuvchining yodidan 
ko‘tariladi, taqdir taqozosi bilan aytuvchi vafot etadi va hokazo. Ulami 
yozib olish esa hamisha ham amalga oshavermaydi. Bugungi kunda o ‘sha 
paytda dohiy deb tan olingan tarixiy shaxslar haqida o ‘nlab latifalar 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish