“Animizm”
lotin tilidagi “anima”dan olingan bo'lib, ilmiy adabi-
yotlarda jon, rah ma’nosini anglatishi ta’Mdlanadi. Animizmga binoan
qadimgi ajdodlarimiz dunyodagi hamma narsaning joni bor, deb bil-
ganlar. Ibtidoiy davrda inson tana va ruhdan iborat hisoblangan. Ruh
tanani tark etganda inson o ‘ladi, deb o ‘ylashgan. Har bir narsaga bu
tushuncha tatbiq etilgan. Shuning uchun mifologiyadagi totemizm va
fetishizm hodisalariga ishonch bildirishni, ulaming mavjudligiga bo'lgan
e’tiqodiy munosabatni animizm bilan bog'lash ma’qul. Soddaroq qilib
aytganimizda, odamning totemizm va fetishizm hodisalariga ishonishi
uyg'un holatda animizmda namoyon bo'ladi. So'zning magik - mo'ji-
zaviy kuchidan foydalanib inson ruhiyatiga ta’sir etishi, uni xastalikdan
xalos etishi, tabiatiga ruhiy tetiklik bag'ishlashi animizm fazilatlari
hisoblanadi. Shuning uchun xalq baxshilari deganda baxshilik, ya’ni
shifo bag'ishlash ma’nosi saqlanib qolgan.
Hayot taraqqiy etib, asta-sekin miflar, xudolar, afsonaviy qahra-
monlar, voqea-hodisalar o'mida ilmiy kashfiyotlar paydo bo'ldi. Jum-
ladan, yeming dumaloq ekani, oy va quyoshning tutilishi, yer qimir-
lashlar zamon o'tishi bilan olimlar tomonidan ilmiy asoslandi. Shu tariqa
inson tabiat hodisalariga aralashdi. Dehqonchilik, chorvachilik sohasida
hayotiy yangiliklar ro‘y bera boshladi. Miflarda tasvirlangan qahramon-
liklar esa urf-odatlarda saqlanib qoldi. Natijada, badiiy tafakkur rivoj-
langani sari og'zaki ijodda mukammallik ustuvor o'ringa chiqdi. Xullas,
“Avesto”, “Kitobi Dada Qc'rqut”, “O'g'uznoma” kabi asarlaming yozma
nusxalari vujudga keldi.
“Avesto”ning yaratilganiga yaqin uch ming yil bo'ldi. Unda Zardusht
- otashparastlik dinining asosiy qonun-qoidalari aks etgan. Zardusht
Mazda Ahuraga murojaat qilib, dunyo, inson, koinot, haqiqatning vujud
ga kelishi haqida son-sanoqsiz savollar beradi. Kitobning bugungi kunda-
gi ahamiyati yurtimizda istiqomat qilgan ajdodlarimiz qadim zamonlarda
ham mehnat, haqiqat, ozodlik, poklikka alohida hurmat bilan qaraganlik-
lari haqida hozirgi farzandlariga xabar beradi. Xususan, yerga don ekish,
hosil yig'ish haqida shunday deyiladi: “Kimdakim bug'doy eksa, u
Ashah (haqiqat)ni ekadi. U Mazda dinini yana va yana ko'kartiradi...
Qachonki egatlarda urug' yetilsa, devlar o'rinlaridan qo'padilar.
41
Qachonki bug'doy gurkirab ko‘karsa, devlar dahshatdan titray
boshlaydilar.
Qachonki bug'doy un bo‘Isa, devlar nola chekadilar.
Qachonki bug'doy xirmonga uyulsa, devlar nobud bo‘ladilar.
Qay bir xonadonda bug'doy bosh chiqarsa, u xonadonga devlar
yaqinlasha olmaydilar.
Qay bir xonadonda bug'doy bosh chiqarsa, devlar u xonadondan
qochadilar.
Qay bir xonadonda bug'doy ombori bo'Isa, go‘yo qizdirilgan temir
devlar bo‘ynini chirmab tashlaydi”11.
Agar yuqoridagi matnni zehn bilan o ‘qisak, in
son
mehnati butun
yomonlik va fojialami daf etuvchi kuch ekani aniq seziladi. Bug'doy
so'zini xohlang aynan qabul qiling, xohlang mehnat orqali oilani qo'llash
ma’nosida tushuning, baribir har bir shaxs o ‘z oilasi hayoti, kelajagi
uchun o‘zi harakat qilishi lozimligi ta’kidlanadi. Bu nasihatga amal qilish
insonni, qon-qarindoshlarni turli yovuzliklardan asrashi devlaming
xonadondan qochishi misolida aniq ko‘rsatilgan.
“Avesto”da inson qasamining ahamiyati uning inson ekanligi bilan
bog'liqlik ham ko'rsatilgan:
Ey dunyoni yaratgan Zot!
Ey haqiqat!
Qasamlaming sanog‘i nechadir?
Ahura Mazda javob berdi:
- Mening qasamlarim oltita:
Birinchi - so‘z qasami;
Ikkinchi - qo'l qasami;
Uchinchi - qo'y qasami;
To'rtinchi - sigir qasami;
Beshinchi - odam qasami;
Oltinchi - ekin qasami; eng yaxshi, eng obod, eng serhosil zamindagi
ekin”12.
Bu qasamlaming tartibiga e’tibor bering. Birinchisi - so'z qasami. In-
sonning so'zi uning ori, uyati, g'ururi ekani qayd etilmoqda. Oxirgi qa-
sam esa inson oilasining bahosi bilan o ‘lchanmoqda. Zardusht bu qasam-
lami buzish qanday jazolanishi haqida so'raganda, Ahura Mazda javob-
11 Авесто. Тарихий-адабий ёдгорлик. - Т.: Шарк НМАК, 2001. - Б, 115.
12 Уша жойда. - Б. 117.
42
larini bayon etadi. Bu jazolami o ‘qiganingizda, etlar jimirlashib ketadi.
Qasamning buzilishi uni bergan odam uchun o ‘lim ekani aniq seziladi.
Umuman, “Avesto” bilan tanishish asaming qomusiy mazmunga ega
ekanini ko‘rsatadi. Ayrim parchalar xuddi bugungi kunda yozilgandek
tuyiladi:
“Yomon tarbiyachi o ‘z ta’limi bilan ilohiy so‘zlami teskari qiladi va
tiriklik idrokini xarob qiladi”.
“0 ‘zgalami yaxshilikka olib borgan kimsalargagina yaxshilik nasib
etadi”.
“Fikr, so‘z va amal olamidan ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amalni
tanlayman”.
“Yerga yaxshi va kuchli urug‘ sepmoq dunyodagi eng zarur qonun
hisoblanadi”.
Hatto, kitobda aytilishicha, qarz olib, qarzini bermagan odam
o ‘g‘irlik qilgan kishiga tenglashtiriladi. Olovga порок narsani tashlab
yoqish qoralanadi.
“Avesto” kitobida ezgulik olamini yaratuvchi Ahura Mazda bilan
yomonlik olami xudosi Angra Manyu (Ahriman) qarama-qarshi qo‘yil-
gan. Ular o‘rtasidagi munosabatni tasvirlash davomida Mitra, Anahita,
Kayumars, Jamshid, Gershasp kabi qahramonlar ishtirok etgan voqealar
bayon etiladi. Xullas, “Avesto” uch ming yil muqaddam yashagan ota-
bobolarimizning hayot tarzi qanday bo‘lganidan aniq va daliliy xabar
beruvchi go‘zal tarixiy-adabiy yodgorlikdir. Uning hozirgi bizga ma’lum
bo‘lgan eng qadimgi 1324 yilda ko‘chirilgan nusxasi Kopengagen
shahrida saqlanadi.
Professor N.M. Mallaevning ma’lumot berishicha, miflar haqida
yana “Bundaxishn” kitobi ham bor. “Mifologiyaga ko‘ra, Gaya Martan
(Kayumars) yer yuzida paydo bo'lgan birinchi odam bo‘lib, go‘yo u
Ahura Mazda (Hurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: ho‘-
kizdan va odamdan tashkil topgan ekan. Insoniyatning ashaddiy dush-
mani bo'lgan Ahriman Kayumarsni o‘ldiradi. Kayumars jasadining
ho‘kiz qismidan 55 xil don, 12 xil o ‘simlik, sigir va ho‘kiz, ulardan esa
272 xil foydali hayvonlar paydo bo‘ladi; odam qismidan insonning erkak
va ayoljinsi hamda metall vujudga keladi”13.
Turkiy xalqlar mifik dunyosi aks etgan tarixiy-adabiy kitoblardan biri
“Kitobi Dada Qo'rqut” hisoblanadi. Qo‘rqut ota ismi bilan ham mashhur
bo‘lgan Dada Qo‘rqut o‘z vaqtida odamlarga yaxshilik qilish, mushkul-
13 Маллаев H.M. Узбек адабиёти тарихи. Биринчи китоб. - Т.: Увдтувчи, 1976. - Б. 45.
43
larini osonlashtirishda ko‘makdosh bo‘lgan. Kelgusi hayot haqida basho-
rat qiluvchi, Alloh nazar solgan tabarruk insonlardan biri sifatida hurmat
topgan. Hazrat Alisher Navoiy “Nasoyimu-l-muhabbat” tazkirasida bu
zot haqida shunday deydi: “Qo‘rqut ota r.a.
Turk ulusi orasida shuhrati andin ortiqroqdurki, shuhratqa ehtiyoji
bo‘lg‘ay. Mashhur mundog'durki, necha o ‘zidin burunqini, necha yil
o‘zidin so‘nggi kelumi debdurlar. Ko‘p mav’izaomiz mag‘izliq so'zlari
aroda bor”14. Navoiy tomonidan aytilgan fikrdagi so‘nggi jumlaga e’tibor
qilsak, Dada Qo'rqut o ‘z hayoti davomida qilgan ishlari, ma’noli so‘zlari
bilan yurtda mashhur ekanligi ma’lum bo‘ladi. Haqiqatan ham, kitobda
katta hayot tajribasiga ega ulug‘ yoshli insonning dunyo haqidagi
xulosaviy fikrlari o ‘rin olgandek tuyiladi. “Alloh, alloh demaguncha, ish
unmaydi, Qodir Tangri bermaguncha, yer boyimaydi”, - deydi u.
“Takabburlikni Tangri sevmaydi. Pag‘a-pag‘a qor yog‘sa ham yozga
qolmaydi. Qari dushman do‘st bo‘lmaydi” kabi dono fikrlami bayon
qiladi. Dada Qo‘rqut tilga oid qiziq fikrlami ham bildiradi. Xususan:
“Ayran so‘zin duyran demadim, man Dada Qo‘rqut
Tikan so'zin so'kan demadim, man Dada Qo‘rqut”, - deydi u.
Bu o'rinda “ayron” so‘zida ayirmoq, “tikon” so‘zida esa tikmoq
ma’nosi borligiga ishora qilinmoqda. Aslida esa ayron qatiqqa yoki
suzmaga suv qo‘shishdan hosil bo'lishi, tikan esa jarohat etkazganda,
tikmasligi, balki badanni so‘kishi qayd etilmoqda. Shubhasiz, “Kitobi
Dada Qo‘rqut”ning qimmati unda berilgan 12 afsona bilan yanada ortadi.
“Bo‘g ‘ochxon”, “Tepa ko‘z”, “Emron”, “Sogrek”, “Bamsi Beyrek” kabi
afsonalarda turkiy xalqlar og'zaki ijodining dastlabki namunalari, mifik
dunyoqarashga asoslangan voqealar tasviri berilgan. Xususan, o ‘g ‘il-qizi
bor odamlar bilan farzandsizlami ajratish, otaga o‘g ‘ilni yomonlab,
otaning o ‘g‘li qotiliga aylanishini tasvirlash, qonli ko‘ylakni ko‘rsatib,
ko‘ylak egasini o ‘ldiga chiqarish, siklop (peshonasida bir ko‘zi bor alp) -
tepa ko‘zdan elni ozod qilish, qizni qo'riqlayotgan hayvonlami yengib,
qizga uylanish, turmushga chiqadigan qizni musobaqada engib, unga ega
bo‘lish kabi uzoq o'tmishga oid asarlarda tasvirlangan voqealar bilan
tanishamiz. “Kitobi Dada Qo'rqut” turkiy xalqlar mifologiyasi aks etgan
eng qadimgi mukammal kitoblardan biridir.
14 Алишер Навоий. Насойиму-л-му^аббат. Мукамал асарлар туплами. 17-том. - Т.: Фан,
2001,- Б . 421.
44
Turkiy mifologiyaga oid voqea-hodisalar tasvirlangan yana bir kitob
“0 ‘g ‘uznoma” deb ataladi. “0 ‘g‘uznoma”da voqealar bayoni qisqa-qisqa
jumlalar vositasida berilgan. Jarai 42 maktubni eslatuvchi matnning har
birida to‘qqiztadan jumla bor. Har bir jumla ifodalanayotgan voqea
haqida muhim maTumot berish vazifasini bajargan. 0 ‘g ‘uz ismli qah-
ramon bo‘lib, nomada tasvirlanishicha, oyog‘i ho‘kiznikidek baquvvat,
beli bo‘rinikidek ingichka, yag‘rini silovsinnikidek, ko'kragi ayiqnikidek
keng edi. U yilqi boqib yuradigan o ‘rmonda karkidon yashardi. Karkidon
el-yurtni azobga botirgandi. 0 ‘g ‘uz qog‘on yovuz hayvonni o'ldirish
uchun ovga chiqdi. Uni o‘ldirdi. Ko‘kdan bir nur tushdi. Uning ichida bir
qiz bor edi. 0 ‘g‘uz uni sevib qoldi, birga bo‘ldi. Kun, Oy, Yulduz ismli
farzand ko‘rdi. Keyinroq bir daraxtni ko'rdi. Uning kavagida bir qiz
o‘tirar edi. 0 ‘g ‘uz u bilan birga bo‘ldi. Ko‘k, Tog‘, Tengiz ismli farzand-
larga ega bo‘ldi. 0 ‘g‘uz o‘zini xon deb e’lon qildi. Itil daryosidan o ‘tib
ko‘p yerlami bosib oldi. Unga butun safari davomida Ko‘k bo‘ri rahna-
molik qildi. Qirg'in urushlarda qatnashdi. Hammasida g‘olib chiqdi. Bir
kun tush ko‘rdi. Tushida oltin yoy va uchta kumush o ‘q ko‘rdi. Keyin-
chalik yoyni va o‘qni farzandlariga berdi. Yurtni ularga meros qoldirdi.
Qisqacha mazmundan ma’lum bo‘lyaptiki, “0 ‘g ‘uznoma”da turkiy
xalqlar mifik dunyoqarashidagi bo‘ri, ot, ayiq totemlari, kun, oy, yulduz,
ko‘k, tog‘, dengiz, yoy, o ‘q fetishlari muhim o‘rin olgan. Nomada Ko‘k
bo‘ri 0 ‘g‘uzxonga bir necha marta yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, uni xavfdan
ogoh qiladi, unga g ‘alaba xabarini beradi. Bu bilan animizm belgilarining
“0 ‘g‘uznoma”da yetakchi ekanini dalillash mumkin.
Xullas, o ‘zbek mifik olamini alohida bir sirli olamga qiyoslash
mumkin. Unda xalqimiz, yurtimiz, tariximiz o'zining mukammal ramziy
qiyofasini namoyon etadi. Ayni chog‘da o‘zbek xalqining qadim
zamonlardan boy og‘zaki ijodga va mifik asarlarga ega boy xalq ekanini
isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |