63
Savol va topshiriqlar:
1. Afsonalar haqidagi m a ’lum otlam i o'qing va mustaqil ravishda
ulaming ja n r xususiyatlarini aniqlang.
2. Afsonalaming mavzuga ko'ra turlarini к о ‘rsatib bering va o ‘z
fikringizni isbotlang.
3. Rivoyatlar bilan afsonalaming fa rq li jihatlarini izohlang.
4. Mahalliy joylardagi aholidan afsona, rivoyatlarni yozib oling.
Adabiyotlar:
1. Имомов К., Мирзаев Т., Саримсоков Б., Сафаров О. Узбек халк огзаки
поэтик ижоди. - Т.: Укитувчи, 1990. - Б. 174-186.
2. Имомов К.. Узбек халк огзаки прозаси. - Т.: Фан, 1981.
3. Умаров С. Ривоят ва хаёт. - Т.: Фан, 1988.
4. Жураев М., Шомусаров Ш. Узбек мифологияси ва араб фольклори. -
Т.: Фан, 2001. - Б. 48-133.
5. Жураев М., Нарзикулова М. Миф, фольклор ва адабиёт. - Т.: Алишер
Навоий номидаги Узбекистан Миллий кутубхонаси нашриёти, 2006.
6. Сафаров О. Фольклор - бебах,о хазина. - Т.: Мухдррир, 2010. - Б. 13-46.
7. Ипак йули афсоналари. - Т.: Фан, 1993.
8. Асотирлар ва ривоятлар. I китоб. - Т.: 1990.
MAQOLLAR
Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi
umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so'zlarga
aytiladi. Maqol o ‘zbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda
poslovitsa, arablarda (jonli so'zlashuvda) naql, turklarda ata so‘zi atamasi
bilan yuritiladi. Maqol atamasi arabcha [J
j ] -
qavlun - gapirmoq, aytmoq
so'zidan olingan.
Maqollarda so‘z qimmati alohida yorqin ifodalanadi. Chunki maqol-
lardagi so'zlami boshqasi bilan almashtirish, biron so‘z qo‘shish mumkin
emas. Ular milliy til tarkibida qoliplashgan holda namoyon bo'ladi. Bu
janr dunyodagi hamma xalqlar og‘zaki ijodida bor bo‘lib, hajm, shakl,
yaratilishi maqsadiga ko‘ra mushtarak hisoblanadi. Hatto nomlanishida
ham yaqinlik aniq seziladi. Jumladan, arablarda “qavlun” - gap, so‘z
ma’nosini ifodalasa, tojiklarning “zarbulmasal” atamalarida misol
keltirish, ruslar “poslovitsa”sida so‘zlar bilan fikmi ifodalash, turklardagi
64
“ota so‘zi”da esa ajdodlar fikrini eslash ma’nosi yetakchi. Mahmud
Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida ham “sav” atamasi otalar
so‘zini eslash tarzida keltirilgan.
Xullas, maqol atamasi umumiy mazmun jihatdan “so‘z” tushunchasi
bilan bogianadi. Dunyodagi hamma xalqlar og‘zaki ijodida maqollar-
chalik shaklan va mazmunan o ‘zaro yaqin janr deyarli yo‘q. Masalan,
ruscha “Шило в мешке не утаишь” (bigizni qopda yashirib bo‘lmas) -
o ‘zbekcha “Oyni etak bilan yopib bo‘lmas”; inglizlarda “East and West,
home is best” (Sharqmi, G'arbmi, uying eng yaxshisi) - o ‘zbekcha “O lz
uying, o ‘lan to'shaging”; V’yetnamda “Рисовал дракона, получился
червяк” (Ajdar suratini ishlagandim, chuvalchang chiqdi) - o‘zbekcha
“Men dedim o ‘ttiz - Alloh dedi to‘qqiz”, osetinlarda “Его и в сени не
пускают, а он лезет в комнату” - o ‘zbekcha “0 ‘ziga yeng bo‘lmagan,
o'zgaga en bo‘lmas”; tatarlarda “Tovuq tuxum qo‘ymasdan, egasi jo ‘ja
sotmoqchi” - o ‘zbekcha “Jo'jani kuzda sana”; ruslarda “На чужой стра
не и весна не красна” (o'zga yurtda bahor go‘zal emas) - o‘zbekcha “0 ‘zga
yurtda shoh bo'lguncha, o ‘z yurtingda gado bo‘l” ma’nolarini ifodalaydi.
Folklorshunos olimlar maqollar va matallami o'rganuvchi sohani
paremiologiya deb atashadi. Paremiya - yunoncha chuqur ma’noli gap,
hikmatli so‘z, ibora, maqol, matal ma’nosini beradi.
Maqollaming janr xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Maqollaming hajmi qisqa va cheklangan.
2. Maqollar mazmunan serko‘lam va chuqur ma’noni ifodalaydi.
3. Xalq maqollari shaklan she’riy va nasriy bo'ladi. Ammo nasriy
maqollar ham she’riy misralami eslatadi. Masalan: Ko‘za kunda emas,
kunida sinadi.
4. Maqollarda hayotiy voqea-hodisa haqida qat’iy hukm ifolanadi.
Bu hukm musbat yoki manfiy mazmunda aks etadi.
5. Maqol shaxs hayotidagi xususiy vaziyatni xalq, omma, hayot
nuqtai nazardan umumlashtiradi.
6. Maqol matni tilshunoslikda shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi.
Xalq maqollari tarixi o'nlab asrlar bilan oMchanadi. 0 ‘rxun-Enasoy
bitiglarida “Oriq va semiz buqani (birov) tezagidan bilsa, birov oriq va
I
semiz buqani ajrata olmaydi”, “Yupqa qalin bo‘Isa, tor-mor qiladigan
?
bahodir emish, ingichka yo‘g‘on bo‘Isa, uzadigan bahodir emish” kabi
maqolni eslatuvchi parchalami o'qiymiz.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida o ‘nlab hikmatli
so‘zlami uchratamiz:
65
“Yesa, ichsa oxir bari och to‘yar,
Ko‘zi och ochligin o ‘lganda qo‘yar”.
“Kishiga chiroydir uyat-andisha,
U asrar nojo‘ya ishdan hamisha”.
Aynan shunga o ‘xshash fikr Ahmad Yassaviy she’rida shunday
keladi: “A1 hayoyu minal iymon” - Rasul aytdi”, ya’ni hadisdan olingan
parcha: “Hayo iymondan nishonadur”, - deyiladi. Ahmad Yugnakiy
“Hibatu-l-haqoyiq” dostonida “Vale kiysang atlas, unutma bo‘zing”
misrasini yozadi. Bu misra “Boy bo‘lsang, chorig'ingni unutma”, “Ayoz,
ko'rgan kuningni unutma, Xom chorig'ingni quritma” hikmatli so‘zlariga
mos keladi.
Mahmud Koshg'ariy “Devonu lug‘oti-t-turk” tadqiqotida dala safar-
larida yozib olgan 268 maqol matnini keltirgan. Bu namunalar qatorida
biroz o‘zgarish bilan yashayotgan quyidagilami uchratamiz: “Otug‘
uzguch birla o ‘churmas” - 0 ‘t alanga bilan o'chirilmas; “Tog* toqqa
qavushmas, kishi kishiga qavushar” - “Tog‘ tog‘ bilan uchrashmas, odam
odam bilan uchrashar”. Ayni paytda “Ot tesa, ag‘iz kuymas” - o ‘t degan
bilan og‘iz kuymaydi; “Tulki o ‘z iniga ursa, uzuz o ‘lur” - tulki o ‘z iniga
qarab hursa, qo‘tir bo'ladi kabilar bugungi kunda unutilgan. Ular o ‘miga
“Holva degan bilan og‘iz chuchimas”, “Vataniga tosh otgan vatangado
bo'ladi” degan maqollar ham bor.
Xalq maqollarining mazmun ko‘lami inson hayotining turli soha-
larini qamraydi. Inson hayotidagi voqea-hodisalaming cheki yo‘q ekan,
maqollar mazmuni chegarasini ham o ‘lchab bo‘lmaydi. Maishiy hayot-
dagi kichik bir e’tiborga arzimaydigandek ko‘rinuvchi lavhadan tortib
chuqur falsafiy mushohada ifodasigacha maqollar mazmunida o ‘z aksini
topgan. Agar “Uyga palos yarashur, xotinga libos” maqoli maishiy hayot
ga taalluqli bo‘lsa, “Yozda miyang qaynasa, qishda qozoning qaynar”
maqolida vaqtni bekor o ‘tkazmaslik, aql bilan ish ko‘rish insonga hayot
imkonini yaratishi qayd etiladi, “Vaqting ketdi - naqding ketdi” maqolida
esa falsafiy mazmun ifodalangan bo‘lib, inson taqdirida Vaqt tushuncha-
sining qanchalar muhim ekanligi ta’kidlangan.
Maqollarni tasnif qilishning bir turida mazmun etakchi hisoblanadi.
Unga ko'ra Vatan, mehnat, xalq, ilm-hunar, mardlik, mehmon, tadbir-
korlik, muhabbat va vafo, yaxshi so'z - jami 30 ga yaqin mavzular qayd
etilgan. Ammo bu mavzulami yana ko'paytirish ham, kamaytirish ham
66
mumkin. Muhimi, mazmun yetakchi bo'lgan tasnifda masalani har to-
monlama ifodalashga urinish aniq seziladi.
“Bulbul chamanni sevar,
Odam - vatanni”.
Mazkur maqolda inson ruhiy olamida Vatan tushunchasining aha-
miyati qayd etilgan. Maqoldagi Vatan so‘zida faqat muayyan hudud,
manzil, o ‘rin-joy, tabiat aks etgan, desak yanglish bo'ladi. Bu so‘z ma’no
jihatdan ajdodlar ruhi, ma’naviy meros obidalari, qadriyatlar, millat
birligi, mentalitet xususiyatlari bilan uyg‘unlashadi. Bulbul chamanda
qanchalar yayrasa, inson o ‘z vatanida shunchalar erkin his qiladi. Bul-
bulni bog'larsiz, gulzorsiz, chamansiz tasavvur etib bo‘lmaganidek,
odamni o ‘z ona diyorisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu maqolni aytga-
nimiz zahoti Zokirjon Furqatning chet ellardagi azobini ta’riflab o‘z
vatanini sog‘ingam yodga tushadi:
“G'amingda kecha - tong otg‘uncha yig'lar,
Tong otg‘och, dag‘i kun botquncha yig‘lar”.
Vatan haqidagi maqollarda qiyoslash, taqqos yetakchidir:
Kishi yurtida shoh bo‘lguncha,
0 ‘z yurtingda gado bo‘l.
Ma’lum bo‘ladiki, bu maqol avvalgi namunadagi mazmunni chuqur-
lashliradi. Moddiy ta’minotdan ko‘ra ma’naviy ehtiyoj muhimroq ekani
ifodalanadi. Tajribasiz odam hayotdagi hamma muammoni iqtisod bilan
o‘lchaydi. Uning uchun turmush to‘kinligi har qanday tushunchadan af-
zaldek tuyiladi. Lekin Boburdek shoh o ‘z diyorini eslab azoblanganidan
xulosa chiqarsak, maqoldagi fikming qanchalar aniq va ibratli tarzda
berilgani ma’lum bo‘ladi.
Endi boshqa bir maqolga murojaat qilaylik:
Ona yurting omon bo‘lsa,
Rangi-ro‘ying somon bo‘lmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |