Savol va topshiriqlar:
I.
Xalq maqollarining ja n r xususiyatlarini sanang, ulaming har
birini izohlab, misollar bilan dalillang.
76
2. M aqollam ing yo'qolib ketishi uchun qanday sabablarbor?
3. X alq maqollarining boyish manbalariga izoh bering.
4. M aqollam ing badiiy mukammalligi haqida qanday mulohazalarga
egasiz. Maqollardan misol keltiring, badiiy san ’atlam iko'rsating.
5. M aqol tarixi haqida qanday m a ’lumotlarga egasiz?
6. Yozma adabiyot vakillarining maqollardan foydalanish usullari
haqida nimalar bilasiz? Bironta roman yoki hikoya misolida fikringizni
isbotlang.
7.
M aqollar qanday xususiyati bilan mataldanfarqlanadi.
8. Lutfiyning m aqollar tizimidan tashkil topgan g'azalini yodlang,
maqollarga izoh bering.
Adabiyotlar:
1. Имомов К., Мирзаев Т., Саримсоков Б., Сафаров О. Узбек
халк огзаки поэтик ижоди. - Т.: Укдгувчи, 1990. - Б. 91-99.
2. Саримсоков Б, Маколлар / Узбек фольклори очерклари. 1-
жилд. - Т.: Фан, 1988. - Б. 85-98.
3. Узбек халк маколари. - Т.: Фан, 1978.
4. Шомаксудов Ш., Шорахмедов Ш. Х^псматнома. - Т., 1990. - Б.
44.
5. Сафаров О. Халк ганжига мехр / Фольклор - бебах,о хазина. -
Т.:
М у х д р р и р ” ,
2010, 285-298-бетлар.
6. Лутфий. Fазаллар / Узбек адабиёти. 4 жилдлик. 1-жилд. - Т.,
1959.- Б . 441.
TOPISHMOQLAR
Topishmoqlar hajmi va shakliga ko‘ra maqollarga o ‘xshaydi. Ba’zan
mazmuniga ko‘ra ham yaqinlik seziladi. Ammo yaratilish maqsadi bosh
qa hisoblanadi. Jamming nomlanishiga e ’tibor bering. “Top” so‘zining
talaffuz etilishidanoq o ‘yla, axtar, solishtir, izla ma’nolari yetakchilik
qiladi. Unga “ish” qo‘shimchasi qo‘shilganda, vazifa aniqlashadi. “-moq”
harakat nomi qo‘shimchasidan keyin “qo'lingdan kelsa”, “eplasang”,
“uddalay olsang” tushunchalari ifodalanadi. Mahmud Koshg‘ariy
topishmoqni qadimda “tabzug1” deyishganini qayd etadi. “Tabzug‘uq
77
tabuzdim” (Men undan bir topishmoqni so'radim) jumlasini keltiradi. Bu
ma’lumot topishmoqning tarixi qadimga borib taqalishini ko‘rsatadi.
Topishmoqlaming quyidagi janr xususiyatlari bor:
1. Hajm jihatdan qisqa va ixcham.
2. Shaklan she'riy, nasriy ko‘rinishga ega.
3. Yaratilish maqsadida matnda yashiringan narsani topish vazifasi
qo‘yiladi.
4. Mazmunida hayvonot, o ‘simlik, koinot, maishiy hayotdagi narsa-
laming xususiyatlari yashirin tarzda ifodalanadi, uni topishga da’vat
etiladi.
5. Topilishi lozim bo'lgan narsa, ko'pincha, bitta, ba’zan ikki va
undan ortiq miqdorga ega bo'ladi.
6. Topishmoqlarda qo'llangan asosiy badiiy san’at istiora (metafora)
hisoblanadi.
Topishmoqlarda topilishi lozim bo'lgan narsaning shakli, hajmi,
rangi, vazifasi va shu kabi xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi, ammo
bu belgilar istiora san’atidan foydalanilgan holda boshqa narsa bilan
bog'lanadi. Masalan:
Qopcha,
Qopcha ichida uncha,
Uncha ichida ustuncha.
Bu matnda yashiringan narsaning uchta belgisi uchta istiora
vositasida berilgan. Demak, uning shakli qopga, ichidagi qismi unga
o'xshatilmoqda. Faqat un o'rtasida ustuni ham bor ekan. Topishmoqni
topayotgan odam matnda jiyda haqida gap ketayotganini topsa, fikriy
musobaqada enggan bo'ladi. Ko'pincha, yashiringan narsaning faqat
ko'rinishi, xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi, lekin hech narsaning
nomi qayd etilmaydi. Bunday vaziyatlarda izlovchi shaxs faqat o'zi
bilgan narsalarga xos belgilami eslab yechimni topishi mumkin.
Og'zi ola alomat,
Ichi qizil qiyomat,
Suv sepsam, quruq chiqar,
Yo alhazar, salomat.
78
Bu topishmoqda “alomat”, “qiyomat”, “salomat” so‘zlari asosan
qofiya hosil qilish uchun keltirilganini bilishimiz kerak. Endi yashiringan
narsaning og‘zi borligiga, bu og'izning ko‘rinishi ola ekaniga, ichi
qizilligiga, uning ichida suv sepiladigan narsa bo‘lishiga diqqat qilamiz.
Suv sepsagu u narsa quruq chiqsa, demak “qizil qiyomat” olov bo‘lishi
mumkin. Shundan so‘ng nimaning ichida olov bo‘lishini esga olamiz. Va
yashiringan narsa tandir ekanini topamiz. Ammo baribir topishmoqning
javobini topish oson emas. Topishmoqni topish uchun uning yaratilishida
muallif bo‘lgan noma’lum shaxsdek fikr yuritish usulini izlash kerak.
Agar har bir topishmoqning zaminida muayyan fikriy kashfiyot yotishini
nazarda tutsak, uni topadigan shaxs ham aynan shu yangilikni boshqa
yo‘l bilan kashf qilishi kerak bo‘ladi. Binobarin, u ham muallif hayot
tajribasiga, kuzatish nuqtai nazariga, fikr yuritish yo‘nalishiga ega
bo‘lishi lozimligi sabab juda murakkab tarzda mulohaza yuritish
jarayonini boshidan kechiradi.
Topishmoqlardagi savollar tizimi xususiyadami sanash tarzda
amalga oshirilar ekan, hayratomuz qarama-qarshi mulohazalarga duch
kelamiz. Masalan: “Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar”, “U yoqqa o ‘tdim -
bildingmi, bu yoqqa o ‘tdim - bildingmi, Oq quvrayning boshini, chertib
o'tdim - bildingmi?” topishmoqlarida hayron qolishga majbur qiladigan
muammolar juda ko‘pga o'xshaydi. Xususan, bizni qanday qilib qo‘l
bo‘lmasa, oyoq bo'lmasa eshik ochish mumkin, axir eshik o ‘zi nima
bilan ochiladi? - degan savol o‘ylantiradi. Ikkinchi namunada esa nahotki
u yoqdan bu yoqqa o ‘tgan narsani men sezmasligim mumkin? U narsaga
oq quvray - cho‘l-dashtda o ‘sadigan yowoyi o ‘tning nima aloqasi bor?
Yoki nega chertadi, uzmaydi yoki boshqa narsa qilmaydi, - degan
savollar qiynaydi. Bu savollarga javob topish uchun biz savol bergan
odamning fikr yuritish usulidan foydalanishimiz lozim bo'ladi.
Shundagina har ikki savolning javobi shamol ekanini topamiz. Ammo
masalaning og‘irligi shundaki, ba’zi topishmoqlarda bayon qilingan
ta’rifdan foydalanib qanday yo'nalishda mulohaza yuritish lozimligini
aniqlay olmaymiz. Quyidagi matnga diqqat qiling:
Bir yarim quyon,
Uch tulki,
To'qqiz sigir,
Besh echki,
0 ‘n ikki tuya,
0 ‘n yilqi.
79
Bu topishmoqda odamning xayolini raqamlar egallaydi. Nega quyon
bir yarim yoki tuya o ‘n ikki bo'lishi kerak, deb o ‘ylaymiz. Keyin raqam-
lami qo'shib biror natijaga -erishmoqchi bo‘lamiz. Aslini olganda esa,
muammo oyni aniqlash bilan echiladi. Ya’ni quyon bir yarim, tulki uch,
sigir to'qqiz, echki besh, tuya o ‘n ikki, yilqi o ‘n oyda tug‘adi. Biz chorva,
mol boqish bilan shug'ullangan bo‘lsak, topishmoqni topish osonroq
kechadi. Juda bo‘lmaganda qayd qilingan hayvonlaming necha oyda
tug‘ishini bilib olamiz.
Topishmoqning paydo bo‘lishi haqida folklorshunoslikda aniq daliliy
ma’lumotlar yo‘q. Ayrim olimlar uning qadimiy ekanini qayd qiladilar.
Ammo maqollar namunalari ko'plab keltirilgan “Devonu lug'otit turk”
asarida “tabzug1” so‘zi uchragani holda topishmoq matni yo‘q. Topish-
moq hajman, shaklan maqolga o‘xshaganligi uchun bu ikki janming
vujudga kelish vaqti ham bir xil bo‘lishi kerak, degan taxmin bildirilgan.
Biz ham shu fikrga qo‘shilamiz. Ayni chog‘da quyidagi ikki holatga
diqqatingizni qaratmoqchimiz.
1. Ayoz ertagida Ayoz bir cholni yo'lda uchratib:
- Ota, uzoq yo‘lni yaqin qilib ketaylik, - deydi. Bir ozdan keyin:
- Ota, ot bo'lmasa ham toy minib ketaylik, - deydi. Ammo bu safar
ham chol indamaydi. Cholning qizi keyinroq otasiga Ayozning avval
gaplashib ketaylik deganini, keyingi murojaatida cholga hassa yasab
bermoqchi bo‘lganini tushuntiradi.
Qiz otasiga ikki pul berib uch xil yeydigan narsa olib kelishini
iltimos qiladi. Arzimagan pulga uch xil yeydigan ovqatni yana Ayoz
topib beradi. Bu narsa handalak bo‘lib chiqadi. Handalakning etini qiz
bilan chol, po‘chog‘ini echki, urug‘ini tovuq eydi.
Qiz qo‘shni kampirdan chuchvarani zich joylab, ustiga yog‘ quyib,
patir bilan yopib Ayozga olib borib berishni iltimos qiladi. Shunda
kampir Ayozga: “Havo qorong'i, yulduz zich, oy butun”, - deyishi kerak
edi. Ammo kampir yo‘lda chuchvara va patirdan eydi, yog‘dan ichadi,
ammo qiz buyurgan gapni aniq aytadi. Yuborilgan narsalami yegan Ayoz
kampirga: “Havo yorug\ yulduzlar siyrak, oy yarimta”, - ekan deng, -
deydi. Ayozning javobidan qiz yo'lda kampiming dasturxondagi
narsalardan yeganini anglaydi24.
2. “Oychinor” dostonida yosh Oychinorga uylanmoqchi bolgan
Nazarboydan qiz qalin evaziga “0 ‘nta qo‘zi, yigirmata bo‘ri, o ‘ttizta
arslon, qirqta qoplon, ellikta ayg‘ir, oltmish beshta axta, saksonta sarka,
24 Аёз. Эртак / Олтин олма. - Т., 1966. - Б. 67-69.
80
to'qsonta taxta...” so‘raydi. Bo‘ri, arslon, qoplonni topishga qurbi
yetmagan boy doston qahramonlaridan biri Boburdan yordam so‘raydi.
Nazarboy Boburga bir beva xotinga uylanmoqchi ekanini aytadi. Shunda
Bobur boyning gaplarini mulohaza qilib, unga yolg‘on gapirganini,
uylanmoqchi bo'lgan ayoli beva emas, qiz ekanini aytadi. 0 ‘z fikrini
isbotlash uchun yigit o ‘n yoshida qo'ziday, yigirmada bo‘riday, o ‘ttizida
arslonday, qirqda qoplonday, elligida ayg‘irday, oltmish beshda axtaday,
saksonida sarkaday, to‘qsonida taxtaday bo'lishini misollar bilan
isbotlaydi. Shundan keyin Nazarboy cholligini ham, qiz bola Oychinorga
uylanmoqchi bo‘lganini ham tan oladi25.
Yuqoridagi ikki misol topishmoqlaming paydo bo'lishi haqidagi
taxminlarga ma’lum darajada aniqlik kiritadi. Aytmoqchimizki, topish
moqlar dastlab ertak, doston yoki yana qaysidir janrlar tarkibida vujudga
kelgan. Keyinroq ana shu janr tarkibidan ajralib chiqib, alohida - mus
taqil asarlar sifatida xalq og‘zaki ijodidan o‘rin olgan bo‘lishi mumkin.
Matnlardagi istiora san’ati qo‘llangan toy, oy, yulduz, qo‘zi, bo‘ri,
qoplon kabilar jumboqli muammoni yechuvchi vosita sifatida foyda-
lanilgan. Muhimi shundaki, ertak va dostondagi topishmoqnamo fikrlar
keyinchalik alohida janr bo‘lib yashay boshlaganda ham ulaming yarati-
lishida asos vazifasini bajargan. Xususan, biron topishmoqning yaratilishi
uchun topilishi lozim bo'lgan narsa - predmetlaming xususiyatlari yetak-
chi ma’lumot beruvchi omil bo‘lgan.
Topishmoqlaming yaratilishida topilishi lozim bo‘lgan narsa bir
qator xususiyatlari bilan boshqa narsaga o ‘xshatiladi. Bu xususiyatlami
quyidagicha belgilash mumkin bo‘ladi:
1.
Yashiringan narsaning tashqi qiyofasi. Uning hajmi, shakli,
ko‘rinishi asos qilib olinadi.
Uzun terak yiqildi,
Uchi mening qo‘limda.
Zag‘izg‘oni sayradi,
Sochi mening qo‘limda.
Demak, topilishi lozim bo‘lgan narsa daraxtdan yasalar ekan. Uning
bo‘yi ham balandgina terakni eslatadi. “Zag‘izg‘oni sayradi”, ma’lum
bo‘ldiki, undan ovoz chiqadi. “Sochi mening qo‘limda” deyilgandan
25 Ойчинор. Достон (айтувчи Кодир Рахимов, ёзиб олиб нашрга тайёрловчи Абдумумин
Каххоров) / Ойсулув. - Т., 1984. - Б. 43-44.
81
sochni eslatuvchi narsa ham uning tarkibiy qismini tashkil etadi. Na-
tijada, topishmoqni topish uchun biz uning yog'ochdan yasalganini,
bo‘yi-basti borligini, ovoz chiqishini, uning simi borligini bilib oldik.
Ozgina fikr yuritsak, narsaning musiqa asbobi ekanini, xususan, tanbur,
dutor, rubob, g ‘ijjak haqida gap ketayotganini anglaymiz.
2. Topishmoq matnida rang haqida ma’lumot beriladi. “Ko‘k kosani
to‘ntardim”, “Ko‘k sandig‘im ochildi, ichidan zar sochildi” topishmoq-
larida osmon, quyosh haqida fikr yuritilmoqda.
“Qora uyda ming chiroq, uyni yoritmas” (Tunda osmondagi
yulduzlar).
“Qora tuyam qochyapti, qumolog‘in sochyapti” (Qora bulut va do‘l).
3. Topmoqchi bo'lgan narsamizning tuzilishi, tarkibi yuzasidan
ma’lumot beriladi:
“Oltindir,
Bu tolning o ‘n ikki shoxi bor.
Har shoxida to‘rttadan uya bor,
Har uyada ettitadan tuxum bor.
Har tuxumning yarmi qoradir, ko‘rsang,
Yarmi oppoqdir topgan bo‘lsang” (Yil, o‘n ikki oy, hafta, kun,
kecha, kunduz).
“Tom ustida bir palak,
Unda o ‘n ikki handalak,
0 ‘n birini yesa bo'lar,
Birini yemay, bo'lar halak” (Yil, o ‘n ikki oy, bir oy ro‘za).
4. Narsaning bajaradigan vazifasi ta’riflanadi. Hayotdagi asosiy
belgisi harakat misolida bayon etiladi:
“Lip etadi kirib ketadi,
Chiqazolmay esing ketadi” (Tikan).
Kunga qarab tolmaydi,
Kxmdan ko‘zin olmaydi” (Kungaboqar).
5. Yashiringan narsaning qiyofasi, alohida belgisi qiyoslanadi:
82
“Ustidagi ko‘ylagi,
Xuddi qog‘ozga o‘xshar.
To‘g ‘rasang, jahli chiqib,
Ko‘zingni darrov yoshlar” (Piyoz).
Topishmoqlarda bir narsaning bir emas, bir nechta belgilari, ikkinchi
narsaga taqqoslanishi ham mumkin. Masalan: “Yer ostida oltin qoziq”
topishmog‘ida sabzining shaklan qoziqqa o‘xshashi, uning rangi oltinni
eslatishi va yer ostida o ‘sishi uyg‘un tarzda qayd etilgan. Bunday
topishmoqlami topish nisbatan osonroq amalga oshadi. Yana bir xil
topishmoqlarda inkor qiluvchi ma’no yetakchi bo‘ladi:
“Xo‘ppa semiz,
Tukiyo‘q.
Terisi qalin,
Tuki yo‘q”
yoki
“Qoni bor,
Joni yo‘q” (Tarvuz).
Odatda, topishmoqlar xalq hayotining hamma sohalarini egallagani
bilan ham diqqatga sazovor. Maishiy hayotdagi, ijtimoiy muhitdagi
munosabatlar topishmoq mavzularida o ‘z ifodasini topadi. Ko‘rpa, qulf,
qozondan tortib qozi, sudxo‘rlaming kirdikorlarigacha topishmoqlarda
aks etishi mumkin. Xalq topishmoqlarini mukammal o ‘rgangan Zubayda
Husainova 1981-yilda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nash-
riyoti tomonidan e’lon qilingan “Topishmoqlar” kitobidagi matnlami
tartiblashtirishda ulami yirik ikki guruhga ajratadi: “An’anaviy topish
moqlar” va “Yangi topishmoqlar”. Birinchi gumhda Osmon, er, suv;
tabiat hodisalari, yil fasli va mavsum; odam, uning a’zolari va xislatlari -
jami 21 mavzu jamlanadi. Yangi topishmoqlarda elektrotexnika, radio-
texnika, maktab va o ‘quv qurollari - jami 9 mavzu jamlangan. Ma’lum
bo‘ladiki, topishmoqlarda aks etmagan mavzuning o ‘zi yo‘q ekan.
Topishmoqlar shaklan nasriy va she'riy bo‘lishi haqida aytgan edik.
Do'stlaringiz bilan baham: |