Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi


(c) yu “dol” (0  Muddati hijratdin о ‘tub mohu sol. Baytda keltirilgan uch harf ifodalagan raqamlar qo‘shilsa  (a*



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

(c)
yu “dol” (0 
Muddati hijratdin о ‘tub mohu sol.
Baytda keltirilgan uch harf ifodalagan raqamlar qo‘shilsa 
(a*
- 800 + с - 
8 + j - 4), 812 chiqadi. Demak, doston hijriy 812 (milodiy 1409) yilda 
yozilgan ekan.
Shunday qilib, chiston, muammo, tarix janrlaridagi boshqotirgich 
vaziyati xalq og‘zaki ijodidagi topishmoqlar bilan mushtaraklikni belgi- 
laydi. Topishmoqlarda ham, yozma adabiyotdagi uchta janrda ham inson- 
ni o ‘ylashga, qiyoslashga, izlashga chorlovchi fazilat namoyon bo‘ladi.
Savol va topshiriqlar:
1. Topishmoq lam ing maqollarga о ‘xshash va farqli jihatlarini
aniqlang.
2. Topishmoqlarning ja n r xususiyatlarini sanang va izohlang.
3. Topishmoqlarning hayot bilan munosabati haqida so ‘zlang,
ulam ing tarbiyaviy ahamiyatini toping.
4. Topishmoqlarda qanday badiiy tasvir vositalari qo'llanadi?
88


5. 
Yozma 
adabiyotdagi 
chiston, 
muammo, 
tarix janrlarini
topishmoqlar bilan taqqoslang.
Adabiyotlar:
1. Имомов К., Мирзаев Т., Саримсоков Б., Сафаров О. Узбек 
халд огзаки поэтик ижоди. - Т.: Укитувчи, 1990. - Б. 100-109.
2. Хусайнова 3. Узбек топишмокпари. - Т.: Фан, 1966.
3. Хусайнова 3. Топишмогугар / Узбек фольклори очерклари. 1- 
жилд. - Т.: Фан, 1988. - Б. 98-128.
4. Кравцов Н.И., Лазутин С.Г. Русское устное народное твор­
чество. - Москва: Высшая школа, 1977. - С. 86-95.
5. Х,омидий X,-. Абдуллаева Ш., Иброх,имова С. Адабиётшу- 
нослик терминлари лугати (иккинчи нашри). - Т.: Укитувчи, 1970. -
Б. 5-6,119,218.
ASKIYA
Askiya haqida fikr yuritishdan avval uning mohiyati haqida qisqacha 
mulohaza bildirish joiz. Askiya aytish qanchalar murakkab bo‘lsa, uni 
tushunish ham oson emas. Chunki askiyachi aytgan askiyada nozik so‘z 
o ‘yini qo‘llaniladi. So‘z o'yinini tushunish esa uni o'ylab topishdek qiyin. 
So‘z o ‘yinida uni o ‘ylab topgan odamning fikrlash usulini qo‘llash lozim 
bo'ladi. Shu bois askiya paytida kimdir kuladi, kimdir gap nima to‘g ‘ri- 
sida borayotganini anglay olmay garang bo‘lib turaveradi. Askiya janri- 
ning bosh maqsadi, uning mohiyati so‘z o‘yini vositasida kulgi hosil qilishdir.
Kichik bir misolga murojaat qilaylik. Kunlardan bir kun dutorchi 
qizlar ansambli ishtirokchisi Sanobar Karimova musiqa mashqi o ‘tka- 
ziladigan xonaga hammadan avval kelibdi. Ustozi G ‘anijon Toshmatov- 
dan «Qizlar kelishmadimi?» - deb so‘rabdi. Tabiatan askiyachi G ‘anijon 
aka shu zahoti iliq tabassum bilan: «Kelishgani kelishdi», - deb javob 
beribdi. Mana shu ikki so‘zda askiyadagi eng muhim xususiyat aks etgan. 
Birinchidan, G ‘anijon aka Sanobarxon savolidagi «kelishgan» so‘zidan 
juda unumli foydalangan. Javob ikki so‘zdan iborat bo'lgani holda har 
ikki so‘z shaklan bir xil ko‘rinishda. Ikkinchidan, birinchi so‘zning o ‘zi 
ikki ma’noni ifodalamoqda. Ya’ni «kelgan odam kelgan hisoblanadi, kel­
gan odam kelgan-da», degan ma’no ifodalangan. Uchinchidan, «kelishgan»
89


so'zining ko'plik qo'shimchasi bilan bitta Sanobarxonga nisbatan qo‘l- 
lanilishiga ajablanish kerak emas. Chunki Farg‘ona vodiysida bitta shaxs- 
ga nisbatan ko'plikda fikr bildirish odat hisoblanadi. To‘rtinchidan, «kelishgan» 
so‘zi bu o ‘rinda «kelgan» ma’nosidan tashqari qaddi-qomatida nuqsoni 
yo‘q odam, o‘zbeklarda «kelishgan qiz», «kelishgan yigit», «kelishgan 
odam» so‘z birikmasida qollanganidek ma’noni ifodalamoqda. Ya’ni 
G'anijon aka qizning savoliga ajoyib lutf bilan javob bermoqda. Keyingi 
so‘z «kelishdi» esa Andijon shevasida ko'plikni yakka shaxsga qollash 
mumkinligidan foydalanilgan holda so‘z turkumidan fe’l ma’nosini 
bildirmoqda. Sanobarxonning soddagina savoliga ustoz mohirona javob 
topdi. Ayni chog‘da aw al xonaga kirgan shogirdga uning «kelishgan»ligi
- xushbichim, qaddi-qomati chiroyli ekani ta’kidlandi va ayni paytda, 
savol beruvchiga qarab «yo‘q» so‘zi ham qo‘llanmadi. Bu o ‘rinda katta 
avlod vakillarimizning, umuman, savol beruvchi shaxsga nisbatan javob 
berishda «yo‘q» so‘zini qo‘llashdan o'zlarini saqlashga uringanlarini ham 
ta’kidlash o‘rinlidir. «Kelishgani kelishdi»dagi so‘zlar ma’nosini to'liq 
bilmagan odam uchun javobning o ‘zi tushunarsiz bo‘lishi mumkin. 
Ammo so'zlaming haqiqiy fikr ifodalash imkoniyatini his qilgan o ‘zbek 
ustoz javobidan benazir lazzat oladi. 0 ‘zbek tili imkoniyatiga qoyil 
qoladi. Ustozning so‘z qo‘llash mahoratiga tahsinlar o ‘qiydi.
Askiya jahondagi bironta xalq og‘zaki ijodida uchramaydigan, 
so'zdan so‘z hosil qilish, so‘z jilosidan to‘liq foydalanish, so‘z o'yiniga 
asoslangan janrdir. Boshqa xalqlarda bu janming uchramasligini esa, 
asosan, o ‘zbek tilidagi so‘z boyligi bilan izohlash maqsadga muvofiqdir. 
Xususan, maqol, topishmoq, ertak, qo‘shiq, doston janrlari jahon xalqlari 
ijodida aynan yoki bir oz o ‘zgargan holda uchraydi, ammo olimlar shu 
kungacha askiyaning boshqa xalqlarda mavjudligini aniqlamaganlar. 
To‘g ‘ri, ba’zi paytlarda latifalarda askiyaga o'xshash vaziyatlar uchrashi 
mumkin (пешка ходит e 2 - e 4; он ходит едва; едва - shaxmat o ‘yi- 
nidagi eng kichik sipoh e 2 xonasidan e 4 ga yuradi, biz nazarda tutgan 
odam esa zo‘rg‘a-zo‘rg‘a yuradi). Ammo muayyan xususiyatlarga ega 
alohida janr sifatida uchramaydi.
«Askiya» so'zining asosi arab tilidagi «zakiy»dan olingan bo‘lib, sof 
fikrli, o ‘tkir zehnli, zakiy - nozik tabiat bilan fikr yuritish ma’nolarini 
anglatadi. «Azkiyo» esa ko'plik shakldir. Fikrimizcha, «к» jarangsiz 
undosh tovushi ta’sirida «z» jaranglisi jarangsizlashib «s»ga aylangan 
bo‘lishi mumkin.
90


Bu janming ilk tadqiqotchisi Rasul Muhammadiev shunday yozadi: 
«Hozirjavoblik - askiyaning eng muhim sharti, chunki biror taraf o‘z 
vaqtida chuqur ma’noli, kuchli javob qaytara olmasa (pauza bo‘lsa), kulgi 
pasayadi, demak, raqibning fikrida kuchsizlik sezilib qoladi»27.
Askiya san’atini ilmiy o ‘rgangan olim Rasul Muhammadiev o ‘zbek- 
laming askiya aytishi qadim zamonlardan boshlanganini qayd etgan. 
Xususan, XV asrda yashagan shoir Zayniddin Vosifiy o ‘z xotiralarida 
Hirot shahrida Mirsarbarahna, Burhoniy Gung, Hasan Voiz, Said 
G ‘iyosiddin, Sharfiy, Halil Sahhob, Muhammad Badaxshiy kabi o ‘tkir 
so‘z ustalari borligini aytib o ‘tgan. Hunarmandchilik rivojlangani sari 
askiya ham keng ommalashdi. Ayniqsa, bo‘z, atlas to‘qiydigan kosiblar 
qo‘l va oyoqlari muttasil harakatda bo‘lgani bois yo qo‘shiq, ashula 
aytishgan, yo askiya bilan ko‘ngilni ovutishgan. Bu jihatdan Farg‘ona 
vodiysi aholisi alohida ajralib turgan. Yusufjon qiziq Shakaijonov, 
Mamayunus Tillaboev, Erka qori Karimov, Amin buva, G ‘anijon 
Toshmatov, Tursun buva Aminov, Abdulhay Mahsum kabi mashhur so‘z 
ustalari askiya san’atini rivojlantirishda munosib hissa qo‘shdilar. Xalq 
hofizlari Jo‘raxon Sultonov, Rasulqori Mamadaliev, Shoqosim, Shoolim, 
Shoakbar Shojalilovlar, Orif Qosimov, Orif Alimahsumov va o ‘nlab 
xonandalar to‘ylarda ajoyib askiyaboz sifatida ham mashhur edilar. 
Yurtimizda Mustaqillik, Navro‘z, Hosil bayramlari munosabati bilan 
o ‘tkaziladigan 
ommaviy 
yig‘inlarda 
askiya 
tomoshalarga 
fayz 
bag'ishlamoqda. Shuningdek, ulfatlarning gap-gashtaklarida, turli yig‘in- 
larida, ziyofat ustida askiya aytish odati ham esdan chiqqan emas.
Askiya san’atining asosini badiiy adabiyotdagi iyhom deb ataluvchi 
badiiy tasvir vositasi tashkil etadi. Iyhom arab tilida «shubhaga solish» 
degan ma’noni bildiradi. Bu san’atga binoan shaklan bir xil so‘zlaming 
turli ma’noda qo‘llanishi orqali fikr ifodalash san’ati nazarda tutiladi: 
Zahiriddin Muhammad Bobuming «Qaro zulfing» g‘azalidagi ikkinchi 
baytda:
Labing bag‘rimni qon qildi, ko‘zimdan qon ravon qildi,
Nega holim yamon qildi, men andin bir so‘rorim bor.
misralari bor. Undagi «so‘rorim bor» so'zlarida iyhom san’ati qo‘llangan. 
Chunki bu so‘z tashqi ifodasiga ko‘ra “so‘ramoq” ma’nosini beradi. 
Ya’ni sening labing bag‘rimni qon qilgani, ko‘zimdan qon oqizgani sa-
27 Мухаммадиев P. Аския. - Т., 1962. - Б. 7.
91


babini so‘ramoqchiman, demoqchi. Ammo bu so‘zning yashirin ma’nosi 
ham yo‘q emas. Unga ko'ra «so'rorim» so‘zi endi «so'rmoq» - o'pmoq 
ma’nosini ifodalamoqda. Shunday qilib, iyhom san’atini bir so'zning ikki 
ma’noni bir vaqtning o'zida ifodalash mohiyati tashkil etadi.
Omonim so'zlar badiiy adabiyotda keng qo'llanadi. Mumtoz shoirlar 
ijodidagi tuyuq janrida bir shakldagi so'z uch o'rinda uch ma’noni 
ifodalaydi. Og'zaki ijodda ham Ergash Jumanbulbul quyidagi to'rtlikni 
«Ravshan» dostonida keltirgan:
Qo'lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,
Yaxshilik qil bolam, yomonlikni ot.
Nasihatim yodingda tut farzandim,
Yolg'iz yursa, chang chiqarmas yolg'iz ot.
Yuqoridagi to'rtlikda e’tiborimizni «ot» so'zi o'ziga qaratadi. Bu so'z 
bir o'rinda «ism», ikkinchi o'rinda «otmoq» - fe’l, uchinchi o'rinda xal- 
qimiz sevib minadigan ot ma’nosini anglatadi. Bu misolda xalq baxshisi 
tajnis san’atini qo'llagan. Chunki omonim so'zlaming she’rda turli ma’no 
anglatib o'zaro qofiyalanishi tajnis deb ataladi. Askiyada esa ko'proq 
iyhom san’atidagi so'z o'yini yetakchilik qiladi. Ba’zan bu san’at shu 
qadar murakkablashib ketadiki, uni aytilgani zahoti anglab olish ham 
qiyin bo'ladi. Masalan, Rasul Muhammadiev 1962 yilda e’lon qilgan 
«Askiya» kitobida quyidagi matnni keltiradi:
«Qodirjon aka:
- Ikromiddin, bu yoqqa qarang, bizga pishirishingiz bitta osh, qovoq 
ham solasiz-a!
Ikromiddin:
- Qodiijon aka, sizlardaqa aziz mehmonlarga atab har xil ovqat 
qilganmiz: bu sho'rva, osh qovoqda.
Amin buva:
- Mulla Ikrom, Qodiijon akadan tashvish qilmang, bu kishiga 
oshqovoqdan olinsa bo'ldi.
Qodirjon aka:
- Amin buva, ajoyib xushfe’l odamsiz-da, indamay olaverasiz: oshga 
qovoq solinmaydi, deb.
Amin buva:
- Siz ham indamay tushiraversangiz-a, qovoqdan osh yaxshi, deb.
Qodirjon aka:
92


- Siz ham indamay tushiraversangiz-a, oshdan qovoq yaxshi, deb.
Amin buva:
- Siz ham indamay tushiraversangiz-a, qovoq oshmi, osh qovoqmi,
deb.
Ikromiddin:
-... bir oz u yoq-bu yoqdan gaplashib o'tiringlar, boshqa ovqat 
qilaman: qovoq-siz!
Endi askiyada qayta-qayta takrorlangan «qovoq» so‘ziga diqqat 
qilamiz. Avvalo, «qovoq» so‘zining ma’nolarini ko‘rib chiqaylik. 
Birinchidan, palak otib o ‘sadigan poliz o ‘simligi. Dddnchidan, shu 
o‘simlik qobig‘idan tayyorlangan idish. Unga, odatda, sut, ovqat solib 
saqlanadi. Uchinchidan, odamning qoshi ostidagi ko‘z kosasini qoplovchi 
teri. Askiya matnida uchta ma’noning hammasi faol ishtirok etadi. 
Qodiijonning birinchi jumlasida oshga qovoq solish haqida gapiriladi. 
Ammo mehmonlarga jahl chiqqan holda, ya’ni qovoq solib ovqat qilish 
yaxshi emasligi, shundan so‘ng «osh qovoqda» deyilganda, oshning 
qovoq po‘stidan yasalgan idishga solingani aytilmoqda. Askiyaning 
oxirgi jumlasi alohida ahamiyatga ega. Unda «qovoqsiz» so‘zi bor. Bir 
qarashda ovqatga qovoq solmayman ma’nosi ifodalanadi. Ammo 
askiyachi bu so‘zni shunday talaffuz qiladiki, oqibatda, askiya boshlagan 
odam befahm, ya’ni “qovoq” nomi bilan atalib qoladi. Natijada 
askiyadagi har bir «qovoq» so‘zini qo‘llashda yangi ma’no, fikriy 
tovlanish aks etishi oqibatida atrofdagi tinglovchilarga kulgi bag‘ishlaydi.
Kulgi hosil qilishning yana bir usuli askiyabozlaming laqablari bilan 
bog‘liq so‘z o‘yinlaridir. Haqiqiy mohir askiyabozlar raqiblarining 
laqablarini askiya matniga shunday singdirib yuborishar ediki, faqat 
askiyani nozik tushunadigan tinglovchigina uning ma’nosiga fikr qilib 
etib borar edi.
Mashhur hofiz Mamayunus (laqabi kal) poezdda ketishayotganda 
do‘sti Erka qorini (ko‘zi ojiz) askiyaga tortar ekan, qori akaning ko‘zi 
ojizligiga shama qilib:
- Turing, qori aka! Ko‘r otga (kurortga) keldingiz! - deydi. Erka qori 
yostiqdan boshini ko‘tarar ekan, shoshib-pishib kupe derazasidan tash- 
qariga qaragan bo‘ldi-da, darhol yuzini Mamayunus aka tomon burib:
-Hovliqmay qoling, Mamayunus! Sho‘rtepa-ku! - dedi.
Matnni tahlil qilishda tinglovchi «ko‘r ot», «sho‘rtepa» so‘zlarining 
ma’nosini shu zahoti zakiylik bilan ko'zi ojiz, kal ma’nolarida tushunib 
etmasa, askiyaning butun mohiyati 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish