(c)
yu “dol” (0
Muddati hijratdin о ‘tub mohu sol.
Baytda keltirilgan uch harf ifodalagan raqamlar qo‘shilsa
(a*
- 800 + с -
8 + j - 4), 812 chiqadi. Demak, doston hijriy 812 (milodiy 1409) yilda
yozilgan ekan.
Shunday qilib, chiston, muammo, tarix janrlaridagi boshqotirgich
vaziyati xalq og‘zaki ijodidagi topishmoqlar bilan mushtaraklikni belgi-
laydi. Topishmoqlarda ham, yozma adabiyotdagi uchta janrda ham inson-
ni o ‘ylashga, qiyoslashga, izlashga chorlovchi fazilat namoyon bo‘ladi.
Savol va topshiriqlar:
1. Topishmoq lam ing maqollarga о ‘xshash va farqli jihatlarini
aniqlang.
2. Topishmoqlarning ja n r xususiyatlarini sanang va izohlang.
3. Topishmoqlarning hayot bilan munosabati haqida so ‘zlang,
ulam ing tarbiyaviy ahamiyatini toping.
4. Topishmoqlarda qanday badiiy tasvir vositalari qo'llanadi?
88
5.
Yozma
adabiyotdagi
chiston,
muammo,
tarix janrlarini
topishmoqlar bilan taqqoslang.
Adabiyotlar:
1. Имомов К., Мирзаев Т., Саримсоков Б., Сафаров О. Узбек
халд огзаки поэтик ижоди. - Т.: Укитувчи, 1990. - Б. 100-109.
2. Хусайнова 3. Узбек топишмокпари. - Т.: Фан, 1966.
3. Хусайнова 3. Топишмогугар / Узбек фольклори очерклари. 1-
жилд. - Т.: Фан, 1988. - Б. 98-128.
4. Кравцов Н.И., Лазутин С.Г. Русское устное народное твор
чество. - Москва: Высшая школа, 1977. - С. 86-95.
5. Х,омидий X,-. Абдуллаева Ш., Иброх,имова С. Адабиётшу-
нослик терминлари лугати (иккинчи нашри). - Т.: Укитувчи, 1970. -
Б. 5-6,119,218.
ASKIYA
Askiya haqida fikr yuritishdan avval uning mohiyati haqida qisqacha
mulohaza bildirish joiz. Askiya aytish qanchalar murakkab bo‘lsa, uni
tushunish ham oson emas. Chunki askiyachi aytgan askiyada nozik so‘z
o ‘yini qo‘llaniladi. So‘z o'yinini tushunish esa uni o'ylab topishdek qiyin.
So‘z o ‘yinida uni o ‘ylab topgan odamning fikrlash usulini qo‘llash lozim
bo'ladi. Shu bois askiya paytida kimdir kuladi, kimdir gap nima to‘g ‘ri-
sida borayotganini anglay olmay garang bo‘lib turaveradi. Askiya janri-
ning bosh maqsadi, uning mohiyati so‘z o‘yini vositasida kulgi hosil qilishdir.
Kichik bir misolga murojaat qilaylik. Kunlardan bir kun dutorchi
qizlar ansambli ishtirokchisi Sanobar Karimova musiqa mashqi o ‘tka-
ziladigan xonaga hammadan avval kelibdi. Ustozi G ‘anijon Toshmatov-
dan «Qizlar kelishmadimi?» - deb so‘rabdi. Tabiatan askiyachi G ‘anijon
aka shu zahoti iliq tabassum bilan: «Kelishgani kelishdi», - deb javob
beribdi. Mana shu ikki so‘zda askiyadagi eng muhim xususiyat aks etgan.
Birinchidan, G ‘anijon aka Sanobarxon savolidagi «kelishgan» so‘zidan
juda unumli foydalangan. Javob ikki so‘zdan iborat bo'lgani holda har
ikki so‘z shaklan bir xil ko‘rinishda. Ikkinchidan, birinchi so‘zning o ‘zi
ikki ma’noni ifodalamoqda. Ya’ni «kelgan odam kelgan hisoblanadi, kel
gan odam kelgan-da», degan ma’no ifodalangan. Uchinchidan, «kelishgan»
89
so'zining ko'plik qo'shimchasi bilan bitta Sanobarxonga nisbatan qo‘l-
lanilishiga ajablanish kerak emas. Chunki Farg‘ona vodiysida bitta shaxs-
ga nisbatan ko'plikda fikr bildirish odat hisoblanadi. To‘rtinchidan, «kelishgan»
so‘zi bu o ‘rinda «kelgan» ma’nosidan tashqari qaddi-qomatida nuqsoni
yo‘q odam, o‘zbeklarda «kelishgan qiz», «kelishgan yigit», «kelishgan
odam» so‘z birikmasida qollanganidek ma’noni ifodalamoqda. Ya’ni
G'anijon aka qizning savoliga ajoyib lutf bilan javob bermoqda. Keyingi
so‘z «kelishdi» esa Andijon shevasida ko'plikni yakka shaxsga qollash
mumkinligidan foydalanilgan holda so‘z turkumidan fe’l ma’nosini
bildirmoqda. Sanobarxonning soddagina savoliga ustoz mohirona javob
topdi. Ayni chog‘da aw al xonaga kirgan shogirdga uning «kelishgan»ligi
- xushbichim, qaddi-qomati chiroyli ekani ta’kidlandi va ayni paytda,
savol beruvchiga qarab «yo‘q» so‘zi ham qo‘llanmadi. Bu o ‘rinda katta
avlod vakillarimizning, umuman, savol beruvchi shaxsga nisbatan javob
berishda «yo‘q» so‘zini qo‘llashdan o'zlarini saqlashga uringanlarini ham
ta’kidlash o‘rinlidir. «Kelishgani kelishdi»dagi so‘zlar ma’nosini to'liq
bilmagan odam uchun javobning o ‘zi tushunarsiz bo‘lishi mumkin.
Ammo so'zlaming haqiqiy fikr ifodalash imkoniyatini his qilgan o ‘zbek
ustoz javobidan benazir lazzat oladi. 0 ‘zbek tili imkoniyatiga qoyil
qoladi. Ustozning so‘z qo‘llash mahoratiga tahsinlar o ‘qiydi.
Askiya jahondagi bironta xalq og‘zaki ijodida uchramaydigan,
so'zdan so‘z hosil qilish, so‘z jilosidan to‘liq foydalanish, so‘z o'yiniga
asoslangan janrdir. Boshqa xalqlarda bu janming uchramasligini esa,
asosan, o ‘zbek tilidagi so‘z boyligi bilan izohlash maqsadga muvofiqdir.
Xususan, maqol, topishmoq, ertak, qo‘shiq, doston janrlari jahon xalqlari
ijodida aynan yoki bir oz o ‘zgargan holda uchraydi, ammo olimlar shu
kungacha askiyaning boshqa xalqlarda mavjudligini aniqlamaganlar.
To‘g ‘ri, ba’zi paytlarda latifalarda askiyaga o'xshash vaziyatlar uchrashi
mumkin (пешка ходит e 2 - e 4; он ходит едва; едва - shaxmat o ‘yi-
nidagi eng kichik sipoh e 2 xonasidan e 4 ga yuradi, biz nazarda tutgan
odam esa zo‘rg‘a-zo‘rg‘a yuradi). Ammo muayyan xususiyatlarga ega
alohida janr sifatida uchramaydi.
«Askiya» so'zining asosi arab tilidagi «zakiy»dan olingan bo‘lib, sof
fikrli, o ‘tkir zehnli, zakiy - nozik tabiat bilan fikr yuritish ma’nolarini
anglatadi. «Azkiyo» esa ko'plik shakldir. Fikrimizcha, «к» jarangsiz
undosh tovushi ta’sirida «z» jaranglisi jarangsizlashib «s»ga aylangan
bo‘lishi mumkin.
90
Bu janming ilk tadqiqotchisi Rasul Muhammadiev shunday yozadi:
«Hozirjavoblik - askiyaning eng muhim sharti, chunki biror taraf o‘z
vaqtida chuqur ma’noli, kuchli javob qaytara olmasa (pauza bo‘lsa), kulgi
pasayadi, demak, raqibning fikrida kuchsizlik sezilib qoladi»27.
Askiya san’atini ilmiy o ‘rgangan olim Rasul Muhammadiev o ‘zbek-
laming askiya aytishi qadim zamonlardan boshlanganini qayd etgan.
Xususan, XV asrda yashagan shoir Zayniddin Vosifiy o ‘z xotiralarida
Hirot shahrida Mirsarbarahna, Burhoniy Gung, Hasan Voiz, Said
G ‘iyosiddin, Sharfiy, Halil Sahhob, Muhammad Badaxshiy kabi o ‘tkir
so‘z ustalari borligini aytib o ‘tgan. Hunarmandchilik rivojlangani sari
askiya ham keng ommalashdi. Ayniqsa, bo‘z, atlas to‘qiydigan kosiblar
qo‘l va oyoqlari muttasil harakatda bo‘lgani bois yo qo‘shiq, ashula
aytishgan, yo askiya bilan ko‘ngilni ovutishgan. Bu jihatdan Farg‘ona
vodiysi aholisi alohida ajralib turgan. Yusufjon qiziq Shakaijonov,
Mamayunus Tillaboev, Erka qori Karimov, Amin buva, G ‘anijon
Toshmatov, Tursun buva Aminov, Abdulhay Mahsum kabi mashhur so‘z
ustalari askiya san’atini rivojlantirishda munosib hissa qo‘shdilar. Xalq
hofizlari Jo‘raxon Sultonov, Rasulqori Mamadaliev, Shoqosim, Shoolim,
Shoakbar Shojalilovlar, Orif Qosimov, Orif Alimahsumov va o ‘nlab
xonandalar to‘ylarda ajoyib askiyaboz sifatida ham mashhur edilar.
Yurtimizda Mustaqillik, Navro‘z, Hosil bayramlari munosabati bilan
o ‘tkaziladigan
ommaviy
yig‘inlarda
askiya
tomoshalarga
fayz
bag'ishlamoqda. Shuningdek, ulfatlarning gap-gashtaklarida, turli yig‘in-
larida, ziyofat ustida askiya aytish odati ham esdan chiqqan emas.
Askiya san’atining asosini badiiy adabiyotdagi iyhom deb ataluvchi
badiiy tasvir vositasi tashkil etadi. Iyhom arab tilida «shubhaga solish»
degan ma’noni bildiradi. Bu san’atga binoan shaklan bir xil so‘zlaming
turli ma’noda qo‘llanishi orqali fikr ifodalash san’ati nazarda tutiladi:
Zahiriddin Muhammad Bobuming «Qaro zulfing» g‘azalidagi ikkinchi
baytda:
Labing bag‘rimni qon qildi, ko‘zimdan qon ravon qildi,
Nega holim yamon qildi, men andin bir so‘rorim bor.
misralari bor. Undagi «so‘rorim bor» so'zlarida iyhom san’ati qo‘llangan.
Chunki bu so‘z tashqi ifodasiga ko‘ra “so‘ramoq” ma’nosini beradi.
Ya’ni sening labing bag‘rimni qon qilgani, ko‘zimdan qon oqizgani sa-
27 Мухаммадиев P. Аския. - Т., 1962. - Б. 7.
91
babini so‘ramoqchiman, demoqchi. Ammo bu so‘zning yashirin ma’nosi
ham yo‘q emas. Unga ko'ra «so'rorim» so‘zi endi «so'rmoq» - o'pmoq
ma’nosini ifodalamoqda. Shunday qilib, iyhom san’atini bir so'zning ikki
ma’noni bir vaqtning o'zida ifodalash mohiyati tashkil etadi.
Omonim so'zlar badiiy adabiyotda keng qo'llanadi. Mumtoz shoirlar
ijodidagi tuyuq janrida bir shakldagi so'z uch o'rinda uch ma’noni
ifodalaydi. Og'zaki ijodda ham Ergash Jumanbulbul quyidagi to'rtlikni
«Ravshan» dostonida keltirgan:
Qo'lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,
Yaxshilik qil bolam, yomonlikni ot.
Nasihatim yodingda tut farzandim,
Yolg'iz yursa, chang chiqarmas yolg'iz ot.
Yuqoridagi to'rtlikda e’tiborimizni «ot» so'zi o'ziga qaratadi. Bu so'z
bir o'rinda «ism», ikkinchi o'rinda «otmoq» - fe’l, uchinchi o'rinda xal-
qimiz sevib minadigan ot ma’nosini anglatadi. Bu misolda xalq baxshisi
tajnis san’atini qo'llagan. Chunki omonim so'zlaming she’rda turli ma’no
anglatib o'zaro qofiyalanishi tajnis deb ataladi. Askiyada esa ko'proq
iyhom san’atidagi so'z o'yini yetakchilik qiladi. Ba’zan bu san’at shu
qadar murakkablashib ketadiki, uni aytilgani zahoti anglab olish ham
qiyin bo'ladi. Masalan, Rasul Muhammadiev 1962 yilda e’lon qilgan
«Askiya» kitobida quyidagi matnni keltiradi:
«Qodirjon aka:
- Ikromiddin, bu yoqqa qarang, bizga pishirishingiz bitta osh, qovoq
ham solasiz-a!
Ikromiddin:
- Qodiijon aka, sizlardaqa aziz mehmonlarga atab har xil ovqat
qilganmiz: bu sho'rva, osh qovoqda.
Amin buva:
- Mulla Ikrom, Qodiijon akadan tashvish qilmang, bu kishiga
oshqovoqdan olinsa bo'ldi.
Qodirjon aka:
- Amin buva, ajoyib xushfe’l odamsiz-da, indamay olaverasiz: oshga
qovoq solinmaydi, deb.
Amin buva:
- Siz ham indamay tushiraversangiz-a, qovoqdan osh yaxshi, deb.
Qodirjon aka:
92
- Siz ham indamay tushiraversangiz-a, oshdan qovoq yaxshi, deb.
Amin buva:
- Siz ham indamay tushiraversangiz-a, qovoq oshmi, osh qovoqmi,
deb.
Ikromiddin:
-... bir oz u yoq-bu yoqdan gaplashib o'tiringlar, boshqa ovqat
qilaman: qovoq-siz!
Endi askiyada qayta-qayta takrorlangan «qovoq» so‘ziga diqqat
qilamiz. Avvalo, «qovoq» so‘zining ma’nolarini ko‘rib chiqaylik.
Birinchidan, palak otib o ‘sadigan poliz o ‘simligi. Dddnchidan, shu
o‘simlik qobig‘idan tayyorlangan idish. Unga, odatda, sut, ovqat solib
saqlanadi. Uchinchidan, odamning qoshi ostidagi ko‘z kosasini qoplovchi
teri. Askiya matnida uchta ma’noning hammasi faol ishtirok etadi.
Qodiijonning birinchi jumlasida oshga qovoq solish haqida gapiriladi.
Ammo mehmonlarga jahl chiqqan holda, ya’ni qovoq solib ovqat qilish
yaxshi emasligi, shundan so‘ng «osh qovoqda» deyilganda, oshning
qovoq po‘stidan yasalgan idishga solingani aytilmoqda. Askiyaning
oxirgi jumlasi alohida ahamiyatga ega. Unda «qovoqsiz» so‘zi bor. Bir
qarashda ovqatga qovoq solmayman ma’nosi ifodalanadi. Ammo
askiyachi bu so‘zni shunday talaffuz qiladiki, oqibatda, askiya boshlagan
odam befahm, ya’ni “qovoq” nomi bilan atalib qoladi. Natijada
askiyadagi har bir «qovoq» so‘zini qo‘llashda yangi ma’no, fikriy
tovlanish aks etishi oqibatida atrofdagi tinglovchilarga kulgi bag‘ishlaydi.
Kulgi hosil qilishning yana bir usuli askiyabozlaming laqablari bilan
bog‘liq so‘z o‘yinlaridir. Haqiqiy mohir askiyabozlar raqiblarining
laqablarini askiya matniga shunday singdirib yuborishar ediki, faqat
askiyani nozik tushunadigan tinglovchigina uning ma’nosiga fikr qilib
etib borar edi.
Mashhur hofiz Mamayunus (laqabi kal) poezdda ketishayotganda
do‘sti Erka qorini (ko‘zi ojiz) askiyaga tortar ekan, qori akaning ko‘zi
ojizligiga shama qilib:
- Turing, qori aka! Ko‘r otga (kurortga) keldingiz! - deydi. Erka qori
yostiqdan boshini ko‘tarar ekan, shoshib-pishib kupe derazasidan tash-
qariga qaragan bo‘ldi-da, darhol yuzini Mamayunus aka tomon burib:
-Hovliqmay qoling, Mamayunus! Sho‘rtepa-ku! - dedi.
Matnni tahlil qilishda tinglovchi «ko‘r ot», «sho‘rtepa» so‘zlarining
ma’nosini shu zahoti zakiylik bilan ko'zi ojiz, kal ma’nolarida tushunib
etmasa, askiyaning butun mohiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |