Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

I
I

Bu maqolda shaxsning ona yurtida yashashi va istiqomat qilishi

undan ma’lum burchni ham talab qilishi ifodalangan. Inson o ‘z yurtida 
bemalol yashashi mumkin. Ammo bu yurt omon bo‘Isa, ya’ni tinch 
bo‘Isa, erkin-ozod bo‘lsa. Yurt tinchligi, erkinligi, ozodligi esa xalqning 
o‘z yurtiga bo'lgan iymonli munosabati oqibatida vujudga keladi. Agar 
xalq og‘zaki ijodi asarlarini tahlil qilsak, Vatan mavzuiga alohida e’tibor 
berylganiga guvoh bo‘lamiz. Tarixiy ma’lumot va hujjatlar bevosita xalq
67


farzandlarining ajdodlar vasiyatiga sodiq ekanliklarini tasdiqlamoqda. 
Qayta-qayta ko‘p namunalarda vatan ozodligi, erkinligi haqidagi ta’kid- 
ning kuchayishi bejiz emas. Ko'pincha, bu maqollarda vatan va el 
tushunchasi uyg'unlashadi:
Eling omon bo Isa - sen omon.
Eling yurting bo'lmasa,
Oying, kuning bo'lmasin.
Xullas, xalq maqollarida qaysi mavzu, hayotning qaysi sohasi haqida 
fikr yuritilmasin, tanlangan muammo har tomonlama, atroflicha yoriti- 
ladi. Bulaming hammasi o'zbek xalqining asrlar davomida naqadar dono 
va aqlli ijodkor farzandlarga ega ekanini dalillaydi.
Xalq maqollarining uzoq o'tmish mahsuli ekanligi ayrim namuna- 
lami bugungi kunda tushunish oson emasligini ham izohlaydi. Ba’zan 
maqollar qatorida shundaylari ham uchraydiki, hatto umumiy fikr nima 
bilan bog liq ekanligini anglash qiyin bo‘lib qoladi. Masalan: “Bir pul 
berib yig'latdim, ming pul berib yupatdim” maqolini olaylik. Bu maqol- 
ning mohiyatini maqoldagi fikr yo'nalishi va qarshilantirish usulidan 
taxmin qilish miunkin, xolos. Ya’ni umumiy mazmunda nojo'ya qilingan 
harakat yoki tadbir oxir oqibatda insonga qo'shimcha tashvish keltirishi 
mnmkinligi haqida ogohlantirilmoqda. Sen shunday harakat qilginki, bu 
harakating yomon oqibatlarga olib kelmasin, deyilmoqda. Ammo nima 
uchun bir pul berib yig'latsa, ming pul berib ovutadi yoki yupatadi. Bu 
muammoni hal qilish uchun tarixga murojaat qilamiz. Qadim zamonlarda 
aza paytida yig‘lab beradigan maxsus odamlar bo'lgan ekan. Ularni 
“giyrandi” deb atashgan. Aslida “giyrandi” “giryandi”dan olingan bo‘lib, 
“yig'lamoq” fe’li bilan ma’nodoshdir. Uyida biror yaqin odami o'lsa, 
mayit egasi giyrandini chaqirgan. U aza davomida ma’lum haq evaziga 
yig'lab berishni bo'yniga olgan. Lekin giyrandi o'z san’atini shunday 
egallashi ham mumkin ediki, mayit egasi bu aytuvlarga, bu dod-fig'onga, 
bu nolalarga chidamasdi. Shunda u giyrandidan yig'lamaslikni iltimos 
qilgan. Giyrandi esa atayin avjga chiqqan. Natijada uni yig'idan to'x- 
tatish uchun ko'proq haq berilgan. Maqolda arzimagan haq evaziga 
yig'lovchini chaqirish, ammo uning jim bo'lishi uchun katta pul berish 
voqeasi aks etgan. Shunday qilib, maqollar mazmuni ulaming o'zi va 
tabiati kabi sirli olamga egadir.
68


Xalq og‘zaki ijodidagi maqollar janri tarixiy hayot davomida son va 
mazmun jihatdan boyish xususiyatiga ega. Ya’ni maqollar zamon o ‘tishi 
bilan iste’moldan chiqishi va ayni paytda yangi-yangi namunalari 
vujudga kelishi mumkin.
Maqollaming iste’moldan chiqishida quyidagi omillar sabab bo'ladi:
1. Tarixiy hayotning o ‘zgarishi. Ijtimoiy hayotda maqolni qo‘llash 
ehtiyojining yo‘qolishi oqibatida maqol xalq esidan chiqadi.
Omoch seni to'ydirgay,
Omboringni to'ldirgay.
Omoch ishlatish asta-sekin yo‘qola borgan sari bu maqol ham 
iste’moldan chiqqan.
2. Tarixiy so‘zlar ishtirokidagi maqollar vaqt o ‘tishi bilan yo‘qoladi.
Qoziga bersang suyar,
Bermasang - so‘yar.
3. Ayrim maqollar og‘zaki ijodning og'zakiligi belgisi ta’sirida 
yo‘qolishi ham mumkin. Bir avlod qo‘llamagan maqol o‘limga mahkum.
Xitoy xonining gazmoli ko‘p, lekin o ‘lchamay kesilmaydi.
Ba’zan maqolning bir qismi yashaydi, ikkinchisi yo‘qoladi.
Ash tatig‘i tuz jug‘rin jemes.
(Osh tuz bilan totli, lekin lagan bilan yolg‘iz tuzning o ‘zi 
yeyilmaydi).
Bu maqolning birinchi qismi hozir ham bor, ammo ikkinchi qismni 
biz tasavvur ham qilmaymiz.
Yuqoridagi sabablar maqolning yo‘qolishiga olib keladi. Ayni paytda 
maqollarimiz namunalarining boyish manbalari ham yo‘q emas. Ular 
quyidagilardan iborat:
1. 
Ijtimoiy hayotdagi o'zgarishlar natijasida yangi maqollar vujudga 
keladi. Masalan, 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng “Vatanni 
sevmoq iymondandir” hikmatli so‘zini qo‘llash ommalashdi. Dastlab, bu 
maqolsifat jumla Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq”
69


kitobida Muhammad Payg'ambarimiz (s.a.v.) hadisi ekani aytilgan edi. 
Ammo bu hikmatli so‘z xalqimiz orasida ko‘p qo‘llanmagan. 
Mustaqillikdan so‘ng eng ommayiy maqolga aylanib ketdi.
2. Xalq maqollarining yangi-yangi namunalari xalqlar o ‘rtasidagi 
iqtisodiy, ijtimoiy aloqalaming rivojlanishi natijasida paydo bo‘ldi. 
“Olma og'ochidan olisga tushmas” maqoli “Яблока от яблони далеко 
не 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish