Mamayunus akaning mahoratini ham, Erka qorining topqirligini ham
baholay olmaydi.
Askiya tarkibida kichik turlar mavjud. Ulaming eng ommalashgani
payrov, qolganlari gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz; o‘xshatdim, qofiya,
total, bo'lasizmi, rabbiya, afsona, safsata kabi nomlar bilan ataladi.
Payrovda askiyabozlar tinglovchilar auditoriyasining kasbi, hududi,
mahalliy sharoit xususiyatlariga ko‘ra o'zaro kelishib mavzu tanlashadi.
Mavzular dehqonchilik, kosiblik, o ‘qituvchilik,
badiiy asarlar, maqollar,
paxta, imorat, tabobat va boshqa yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. Ammo
bir mavzu tanlandimi, boshlanishidan oxirigacha izchillik bilan davom
etishi shart. Masalan, uchastka - imorat qurish payrovi chek olishdan
boshlanadi. Keyin imoratning loyihasi tuziladi, devorlar uchun yer qazi-
ladi, fundament (poydevor)
quyiladi, to‘sin tashlashadi, paxsa qilinadi
yoki g ‘isht teriladi, eshik, deraza, darvoza o ‘matiladi, suvaladi, tom qoqi-
ladi, suv, gaz, chiroq o ‘tkaziladi, bo‘yaladi va hokazo ishlaming hammasi
bajariladi. Hammasiga usta ishlatiladi. Bozordan qurilish ashyolari sotib
olinadi. Xullas, imorat qurish: boshidan ichiga kirib joylashguniga qadar
bo‘lgan jarayon aks etadi. Muhimi, har bir bajariladigan ish askiya
asosida ichakuzdi kulgilar jo ‘rligida amalga oshiriladi. Askiyabozlaming
mahorati qurilishning ipidan ignasigacha bilishdan tashqari ularni bayon
qilishni so‘z o ‘yini bilan uyg'un olib borish
va tinglovchilami muttasil
kuldirish bilan belgilanadi.
Askiyaning boshqa turlarida ham askiyachilar bir-birlarining izzat
nafsini haqorat qilmagan holda tinglovchilami kuldirish bilan o ‘z maho-
ratlarini namoyish qiladilar.
Kulgi uyg‘otish usullarining hammasi askiyabozlar tomonidan foyda-
lanilgan. Ulardan biri so‘z talaffuzini atayin buzib aytish hisoblangan.
Masalan, avvalgi misolda kurort so‘zi «ko‘r ot» tarzida aytilgan.
Shuningdek «kishmish» - kishimish, ya’ni kimdir; karbyurator - kal
biladir; ruscha «kurit» o'zbekcha talaffuz bilan «ko‘r it» tarzida talaffuz
qilingan. Ko‘pincha, mevalaming nomlari ismlar urg‘usi bilan aytilgan.
Masalan, uzumlar: Hasayni - Hasan,
Husayni - Husan, Qora chillaki -
Qoravoy; qovunlar: Asati - Asadboy, Doniyor - Doniyor, Shakar palak -
Shakarbek, Mirzacho‘1 - Mirzayo‘ldosh va h.k.
Ayrim mutaxassislar askiya matnini tahlil qilishda ko‘proq e’tibomi
askiyachilaming so‘z qo‘llash mahoratiga qaratadilar. Bu - to‘g ‘ri.
Ammo tajriba askiya matnini jonli ijrodan ajragan holda tahlil qilish u
qadar ma’qul emasligini tasdiqlaydi. Askiyabozning mahorati, avvalo,
94
tinglovchilar oldida namoyon bo'ladi. Askiya badiiy adabiyotning drama
jinsiga mansub janr hisoblanadi.
Binobarin, askiyani o ‘tkazish bahosi
uning yozma matni bilan emas, jonli ijrosi bilan belgilanadi. Shuning
uchun askiya haqida fikr yuritganda, askiyabozlaming mavzuni to‘g ‘ri
tanlagani, uni izchil ravishda mantiqiy yakunga etkaza olgani, badi-
hago‘ylik mahoratini
qay darajada ishga solgani, tinglovchilaming
maqtoviga sazovor bo‘lgani bilan baholash ma’qul hisoblanadi.
Askiya yuzasidan ma’lumot berishda bir masalani esdan chiqar-
maslik lozim. Gap shundaki, askiya tabiatida pomografiya - uyatli ma’no
ifodalash xususiyati bor. Aytish kerakki, umuman, xalq og'zaki ijodidagi
deyarli hamma janrlarda uyatli tushunchalami pardali tasvirlash odatini
inkor qilib bo‘lmaydi. Ayrim qo‘shiqlarda, topishmoqlarda, latifalarda,
dostonlar va ertaklarda ba’zan ijrochilar tinglovchi
auditoriyasini yanada
qizdirish, e’tiborni o ‘ta jalb qilish, kulgi darajasini ko‘tarish maqsadida
bu usuldan foydalanganlar. Ammo odob chegarasi ulaming juda erkin
so‘z ishlatish va harakatlariga yo‘l qo'ymagan. Shu bilan birga askiya
ijrosida iyhom san’atidan foydalangan holda pomografik ma’noli askiya
matnini qo'llash tajribada ko‘proq namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham
askiya erkaklar o ‘rtasida aytilganda, ayollaming
davrada qatnashishi
ma’qul sanalmagan. Folklorshunoslikda ayollar o'rtasida alohida aski-
yalar bo‘lib turgani haqida ham ma’lumotlar bor.
Shunday qilib, askiya o ‘zbek xalq og‘zaki ijodining so‘z o ‘yini aso-
sida shakllangan va ommalashgan o ‘ziga xos janri sifatida baholanishi
mumkin. Askiya jozibasi asrlar davomida ota-bobolarimiz e’tiborini jalb
etib kelgan. Uning taraqqiyotiga bugungi kunda Jo‘raxon aka PoMatov,
Bahodir
Shokirov,
Ne'matjon Toshmatov,
Akromjon Anvarov,
Mansurjon Oxunov, Sodiqjon Hasanov, Muhammadsiddiq Miryayev,
Ubaydulla
Abdullaev, Ma’m f Rahimov, Jaloliddin Rahimov, Hotamjon
Hakimjonov, Hotamjon Teshaboev kabi so‘z san’atkorlari munosib hissa
qo‘shib kelmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: