Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

naflaeT”ning 
tarjimasi. Bugungi kunda bu maqolning kelib chiqishi 
bizni deyarli qiziqtirmaydi.
3. Yangi maqollaming paydo bo‘lishi allomalar, dono adiblar aytgan 
hikmatli so‘zlar bilan bog‘liq bo'ladi. Tarixda biz Yusuf Xos Hojib, 
Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy ijodi bilan tanishar ekanmiz, aforizm 
deb atalmish muallifi aniq dono va hikmatli so'zlarga duch kelamiz. “Oz- 
oz o'rganib dono bo'lur, qatra-qatra yig'ilib daryo bo'lur” kabi misollar 
shular jumlasidandir.
Maqollar o‘z va ko'chma ma’nolarga ega bo'lishi bilan yana ham 
diqqatga sazovordir. “Yomon xotin olguncha, bo'ydoq yurgan yax- 
shiroq”, “Qizi borning nozi bor”, “Quda bo'lguncha, ko‘p sinash, quda 
bo'lgach, ko‘p siylash” kabi maqollar o ‘z ma’nosida qo'llanadi. Ayrim 
maqollar faqat ko‘chma ma’noda qo'llanadi. “Shamol bo'lmasa, daraxt- 
ning uchi qimirlamas”, “Egrining omochi yerga botmas”, “0 ‘tin ayirgan 
bolta maydonda qolar” kabi maqollar bilan tanishganimizda, ko'chma 
ma’no yashiringanini his qilamiz. Bir qarashda “Shamol bo'lmasa, 
daraxtning uchi qimirlamas” maqoli o‘z ma’nosida ham qoMlanadigandek 
tuyiladi. Ammo bu hikmatli so'zni hech kim o ‘z ma’nosida deyarli 
qo'llamaydi. Aslida, hayotda uchrab turadigan turli mish-mishlaming rost 
ekanligini ta’kidlash maqsadida bu maqolni esga olish odat tusiga kirgan. 
“Tuhmatchining omochi yerga botmas” maqolida bir oz g'alati fikr ilgari 
surilgandek tuyiladi. Omochning yerga botmasligi bilan tuhmatchining 
qanday aloqasi bo‘Hshi mumkin, degan mulohaza paydo bo'ladi. Ammo 
aynan shu o'rinda “omoch” deganda, bevosita yer haydashda foydalani- 
ladigan asbob emas, balki tuhmatning natijasi nazarda tutiladi. “Yer” 
so'zi iymonli, rostgo'y odamga nisbatan qo'llangan. Ya’ni tuhmatchining 
tuhmati rostgo'y va pokiza odamga hech qanday salbiy ta’sir ko'rsata 
olmasligi ta’kidlanmoqda. Binobarin, maqol matni bilan tanishganda, 
yoki uni eshitganda, qanday maqsadni nazarda tutib qo'llanganiga e’tibor 
berishimiz lozim. Aks holda aytilgan maqolning asl ma’nosini tushunmay 
qolishimiz mumkin.
70


Xalq og'zaki ijodi asarlarini o ‘rganish ulami yozib olishdan bosh- 
lanadi. Asaming yozib olinishi esa folklorshunoslik fanining shakl- 
lanishidan darak beradi. Bu jihatdan qaraganda, o ‘zbek folkloreshunos- 
ligidagi dastlabki harakat XI asrga taalluqlidir. XI asrda Mahmud 
Koshg'ariy “Devonu lug‘oti-t-turk” asariga (1074) maqollar, qo‘shiqlar, 
rivoyat, afsona va boshqa janrga mansub asarlami kiritdi. Hech ikkilan- 
may aytish mumkinki, dala sharoitida olim yozib olgan ijod namunala- 
rida bevosita bizning ajdodlarimiz ham ishtirok etgan. Mahmud Koshg'a- 
riy otalar so‘zini eslamoq ma’nosida, awalroa aytganimizdek, “sav” ata- 
masini keltiradi. Keyinchalik Alisher Navoiy maqoldan misol keltiradi va 
“masal” atamasidan foydalanadi. Filologiya fanlari doktori, professor 
X.G.Ko‘r-o‘g‘li Safaviylar davri (XV-XVI asr)da turkiy maqollar to‘p- 
langani, ammo bu majmuaning yo‘qolgani haqida ma’lumot bergan. 
0 ‘zbek tilidagi hikmatli so‘zlar to‘plamini 1923 yilda “0 ‘zbekcha otalar 
so‘zi” (to‘plovchi va tuzuvchi Mullo Bekjon Rahmon o ‘g ‘li) deb nom- 
lashgan bo'lsalar, 1926 yilda “0 ‘zbek maqollari” (to'plovchi va tuzuvchi 
Sherali Ro‘zi) deb atashdi. Shu paytdan “maqol” atamasi janr sifatida 
keng o ‘rin oldi, deyish mumkin. Shundan keyin B.Karimov, SH.Rizo, 
0 ‘.Azimov, Holmatov, H.Zarif, M.Afzalov, S.Ibrohimov, S.Xudoyberganov, 
R-Jumaniyozov, M.Ahmadboyeva, E.Siddiqov, T.Mirzayev, K.Imomov, 
GMahongirov, S.Qosimov, Z.Husainova, B.Sarimsoqov, A.Musaqulov, 
M Jo'rayev kabi o ‘nlab olim va ziyolilar xalq maqollarini to‘plash va 
o ‘rganishda faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, 1987, 1988 yillarda ikki jild- 
dan iborat “0 ‘zbek xalq maqollari” kitoblarining nashr ettirilishini bu 
sohadagi alohida voqea sifatida ta’kidlash mumkin.
Xalq maqollarining badiiy jihatdan mukammalligi taniqli olimlar va 
shoir, yozuvchilar tomonidan tan olingan. Bu jihatdan maqollar so‘z 
san’atining oliy namunasi sifatida baholanishga loyiq. Hajm jihatdan ki- 
chikligi, mazmunan serma’noligi, mavzu jihatdan hayotiyligi maqollar- 
ning asrlar davomida og‘izdan og‘izga o ‘tib yashashini ta’minlagan omil- 
lardir. San’at asari qimmatini belgilovchi eng talabchan sinov vaqt hisob­
lanadi. Ayniqsa, vaqt sinovi talabiga og‘zaki asaming javob berishi o ‘ta 
muhimdir. Har qancha tashviqotlarga qaramay sho‘ro tuzumida kolxoz 
afzalligi maqtalgan maqollaming umri qisqa bo‘ldi. Sho‘ro tuzumi 
haqidagi maqtov dostonlar ham yaratilgani zahoti esdan chiqib ketdi. 
Haqiqiy maqollaming shakllanishi uzoq davmi qamraydi, ammo badiiy 
mukammal va hayot tajribasi aks etgan maqolning umri boqiy bo‘ladi. 
“Qonni qon bilan yuvib bo‘lmas” maqolini Mahmud Koshg‘ariy “Qanig*
71


qan bilan jumas” tarzda keltirgan. Bu maqol olim qalamiga tushguniga 
qadar necha asrlar yashaganini faqat taxmin qilish mumkin. Ko‘rinib 
turibdiki, maqollaming badiiy mukammalligi ulaming hayotiyligini, 
umrboqiyligini izohlar ekan. Ayni chog'da badiiy go'zallikning bevosita 
so‘z tanlash, tasvir vositalaridan unumli foydalanish jihatlari ham bor. 
Ulaming ayrimlarini esga olib o‘tamiz:
1. Qarshilantirish (tazod).
“Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘”.
Bu maqolda “yaxshi”, “yomon”; “bog‘”, “dog1” so‘z!ari qarama-qarshi 
ma’nolami bildiradi va shu bilan birga “bog‘” - “dog‘” so'zlari chiroyli 
qofiyani ta’minlaydi.
2. Tovushdoshlik (alliteratsiya, assonans).
“Boy boyga boqar, suv soyga oqar”.
Maqolda “B”, “Y”, “R”, “S” kabi undosh tovushlar alliteratsiya - undosh 
tovushlar uyg‘unligini, “O”, “A”lar esa assonans - unli tovushlar 
o‘xshashligini ko‘rsatadi va maqol ta’sirchanligini oshiradi.
3. Metafora - ko'chim (istiora).
“Otning yag‘iri toyga qolar”.
Bu maqolda “ot” so‘zidan qarindosh-urug‘chilikdagi katta avlod 
vakilining ramzi sifatida foydalanilgan. Odatda mahallada biror odamga 
baho berish lozim bo‘Isa, birinchi navbatda, u shaxsning ota-onasi esga 
olinadi. Katta avlod tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchilik shu zahoti far- 
zandga ko‘chiriladi. Natijada, inson hayoti davomidagi har bir xatti-hara- 
kat mahalladoshlar, qarindoshlar tomonidan nazoratda ekani anglashiladi. 
Maqol mazmunan har bir inson yoshidan qat’i nazar kelajakda ota, ona 
bo‘lishni orzu qilsa, keyingi avlodiga “yag‘iri”ni qoldirmasligi kerak, 
degan ma’no anglashiladi va katta, yosh avlod tarbiyasining muayyan 
to‘g‘ri tizimda bo'lishi uchun asos tayyorlanadi. Maqolda istiora san’ati 
etakchilik qiladi.
“Et bilan timoqni ajratib bo‘lmas” maqolidagi “et” va “timoq” 
so‘zlari qarindosh-urug‘; ota-bola; aka-uka ma’nolarini bildiradi. Bu 
misolda sinekdoxa san’ati ham bor. Ya’ni butunning tarkibiy qismi orqali 
yaxlit narsa ifodalangan.
4. Sifatlash.
“Bug'doy noning bo‘lmasin, bug'doy so‘zing bo‘lsin”.
Maqolda insonlar o'rtasidagi munosabat faqat moddiy narsa bilan emas, 
shirin muomala bilan qadrlanishi qayd qilinmoqda. “Bug‘doy non”, 
“bug'doy so‘z” birikmasida sifatlash san’ati qo‘llangan.
72


5. Jonlantirish (tashxis).
“0 ‘tin ayirgan bolta maydonda qolar”.
Bu maqolda odamlami toifalarga: pulli-pulsiz, атаШ-arnalsiz, 
foydali-foydasizga ajratib muomala qilish o ‘sha shaxsning xalqdan 
ajralib qolishiga sabab bo'lishi aks etgan. Dddnchidan, biror muammoni 
hal qilishda faol ishtirok etgan odam, ko'pincha, ish bitganidan so‘ng 
esdan chiqishi ifodalangan. Ya’ni o ‘tin yorgan bolta ish bitganidan so‘ng 
o'sha joyda qolishiga qiyoslangan.
Xullas, maqollar badiiyati ulaming yaratilishi ustida avlod-avlod 
millat vakillarimizning ijod qilish saviyasi qanchalar yuqori bo'lganidan 
darak beradi.
Yozma adabiyot vakillari asarlarida xalq maqollari og'zaki va yozma 
adabiyot ijodiy hamkorligining ko'prigi darajasida muhimdir. Har bir 
ijodkor mumtoz adabiyot davrida bo'ladimi, hozirgi zamonda bo'ladimi, 
xalq vakili hisoblanadi. U iqtidorli shaxs, awalo, o'zbekning tarbiyasida 
voyaga etadi. Xalq bilan birga yashaydi, millat vakili mentalitetini 
o'zlashtiradi. Shu bilan birga ijodida asarlarini o'qiyotgan ommaga 
o'zining xalq vakili ekanini uqtirmoqchi ham bo'ladi. Bu maqsadni 
amalga oshirishda maqol eng samarali omil sifatida xizmat qiladi.
Yozma adabiyotda maqollardan foydalanishning uch ko'rinishi 
mavjud:
1. Xalq maqoli aynan keltiriladi.
Alisher Navoiydan Muqimiygacha, Cho'lpondan O'tkir Hoshimov- 
gacha o'z asarlarida fikmi ixcham va tushunarli ifodalash maqsadida 
maqol matnidan aynan foydalanganlar.
“Masaldurkim, uyqu o'limdir” (Alisher Navoiy).
“Otning o'limi, itning bayrami” (Abdulla Qahhor).
2. Maqoldagi ayrim so'zlar o'zgaradi, т а ’no saqlanadi.
“Otalarda bir so'z bor, eshit og'ajon,
Bosgan izidan qaytmas, о 'Isa ham arslon” (Hamza).
Bu misralarda shoir “Arslon izidan qaytmas, yigit so'zidan” 
maqolidan ijodiy foydalangan.
73


3. 
Shoir biror fikmi maqoldagi ma’nodan foydalanib ifolaydi. Bir 
qarashda bu fikr mustaqildek ko‘rinadi. Fikr yuritsak, adibning xalq 
maqollaridagi ma’noni o‘ziga xos boshqa so‘zlar bilan ifolaganini 
anglaymiz. Masalan, Alisher Navoiy g ‘azallaridan birida “0 ‘lturur mah- 
ramni sulton ganji pinhon aylagach”, - degan misra bor. Unda xo'jayin, 
sulton, hokim xazinasini yashirishni mahramiga, ya’ni eng yaqin xizmat- 
larini bajaruvchi xizmatkoriga buyurishi, xazina biror erga ko'milganidan 
so‘ng ortiqcha guvohdan qutulish uchun uni o'ldirishi aytilgan.
Ehtimol, shoir zamonasida aynan shunday maqol bo'lgandir. Ammo 
biz bu maqolning borligidan bexabarmiz. Lekin undagi ma’no bugungi 
kunda mavjud va biz avvalroq esga olgan “0 ‘tin ayirgan bolta maydonda 
qolar” yoki “Ishim bitdi, eshagim loydan o ‘tdi” kabi maqollar mazmunini 
ifodalaydi.
Ba’zan mumtoz shoirlar g ‘azaldagi baytlaming har birida biror ma- 
qolni misol qilib ham keltirgan hollar uchraydi. Xususan, XIV-XV asrlar- 
da yashagan taniqli shoir Lutfiyning quyidagi g‘azaliga e’tibor bering:
Ayoqingg‘a tushar har lahza gesu,
Masaldurkim: “Chiroq tubi qorong‘u”.
Tutarmen ko‘zki ko‘rsam orazingni 
Ki, derlar: “Oqqon oriqqa oqar suv”.
Yuzingni tuttum ortuq oyu kundin,
“Kishining ko‘zidur ore torozu”.
Ko‘zung qonimdin iymonmas, ajabdur 
Ki, “Qo‘rqar qaydakim qon ko‘rsa hindu”.
Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat 
Ki, ayturlar: “Tilaganni tilogu”.
Bu g‘azalda ajoyib so‘z sohibi mavlono Lutfiy o ‘zining ma’shu- 
qasiga bo'lgan ko'ngil izhorini so‘z marvaridlaridan tizilgan marjondek 
ifodalay olgan. G'azalning mazmuni go‘zal va mo'jaz doston ma’nosini 
beradi:
Ayoqingg'a tushar har lahza gesu,
Masaldurkim: “Chiroq tubi qorong'u”.
74


Baytda yoming qaddi tik shamga o ‘xshatilmoqda. Shamning yonayotgan 
pilikdan pastki qismi qorong‘i bo'ladi. Yoming yuzi yonayotgan shamga 
qiyoslanmoqda. Uning sochi shu qadar uzunki, yuzi yomq, pastki qismi 
qbrong‘i ko‘rinadi.
Tutarmen ko‘zki ko'rsam orazingni 
Ki, derlar: “Oqqon oriqqa oqar suv”.
Shoir o ‘zini bir paytlar suv oqqan ariqqa o ‘xshatadi. U oqqan ariqqa 
suv oqishini kutib umid qilmoqda: ko‘z tutib yoming visoliga etmoqchi. 
Ma’shuqaning oshiq huzuriga kelishi oshiq uchun qaqrab yotgan ariqdan 
yana suv oqishiga tenglashtirilmoqda.
Yuzingni tuttum ortuq oyu kundin,
“Kishining ko‘zidur ore torozu”.
Xalqda odamning ko‘zini toroziga o‘xshatish haqida maqol bor. 
Mening ko‘zim taroziga o ‘xshagani uchun bir pallasida oy va quyosh 
bo‘lsa, ikkinchi pallada ma’shuqa. Ma’shuqamning yuzini ortiq ko‘r- 
ganim uchun tarozi pallasining shu tomoni bosib turibdi. Oy va quyosh 
esa ikkinchi pallaga joylashgan va ma’shuqa go‘zalligiga chidash bermay 
osmonga uchib ketgan.
Ko‘zung qonimdin iymonmas, ajabdur,
Ki, “Qo‘rqar qaydakim qon ko‘rsa hindu”.
Mumtoz adabiyotda ma’shuqaning ko‘zi va xolini qoraligi uchun 
hindga o ‘xshatish an’anasi bor. Bu o ‘rinda shoir yorining ko‘zini hindga 
o ‘xshatmoqda. Hind qondan qo‘rqadi, degan tushuncha bor. Ammo men 
ajablanamanki, sening ko‘zing hind bo‘lsa ham ko‘z yoshlarimning 
qondek oqishidan qo‘rqmayapti. Agar qo‘rqqanida edi, rahm qilardi, men 
vaslingga etar edim va ko‘z yoshlarim to ‘xtar edi.
Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat 
Ki, ayturlar: “Tilaganni tilogu”.
75


Mazkur bayt g‘azalda ifodalangan hamma orzu-istaklaming xulosasi 
hisoblanadi. Unda shoir o ‘z ma’shuqasidan oxirgi marta muruvvat, lutf 
qilishni so'ramoqda. Men odamlar “Tilagan tilagiga etadi” deganlaridek, 
senga vaslingga etish uchun iltijo qilaman va agar odamlaming gapida 
haqiqat bo‘lsa, maqsadimga etaman, deb umid bildiraman, demoqchi.
Ma’lum boladiki, bir jihatdan, maqollar shoir mahoratining 
namoyon bo‘lishi uchun ajoyib vositaga aylangan. Ikkinchi jihatdan, 
g‘azal vositasida biz XIV-XV asrlarda xalq orasida mashhur bo‘lgan 
maqollar matni bilan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqdamiz.
Ayrim iqtidorli yozuvchilar badiiy asarlarida qahramon nutqida qo‘l- 
lagan maqol orqali ulaming dunyoqarashi, fe’li haqida kitobxonda tasav- 
vur hosil qilishga erishganlar. Misol uchun Abdulla Qodiriy o ‘zining 
“0 ‘tkan kunlar” romanida Yusufbek hoji nutqida “Zo‘ri behuda miyon 
meshikanad” (tojik maqoli: ortiqcha zo‘riqsang, belingni sindirasan), xiz- 
matkor ayol To‘ybeka nutqida “Teng tengi bilan, tezak qopi bilan” 
maqolini keltiradi. Maqollami qo‘llashdanoq Yusufbek hojining ilmli, 
fors tilini biluvchi ziyoli ekani, Mirzakarim qutidor xizmatkorining esa 
sodda, ilm ko‘rmagan, bor gapni lo‘nda va aniq aytishga o‘rgangan ayol 
ekani seziladi. Xullas, xalq maqollari yozma adabiyot vakillari tomo­
nidan ulaming iqtidorini namoyon qilishga yordam bergan. Folklorshu- 
noslikda bunday foydalanishlar folklorizm deb yuritiladi.
Xalq maqoUari shakl va mazmun jihatdan matallarga yaqin janr 
hisoblanadi. Matallar ham ixcham matnga ega ekanligi bilan maqolga 
o ‘xshaydi. Matal, odatda, notiq nutqi tarkibiy qismini tashkil etadi, ammo 
mustaqil qo‘llanganda tugal fikr anglatmaydi. Masalan, xalqimizda “Yax­
shi gap bilan ilon inidan, yomon gap bilan qilich qinidan chiqar” degan 
maqol bor. Agar maqolning yarim matnini “Falonchi ilon inidan chiqa- 
digan qilib gapirdi” tarzida qo‘llasak, biz matal aytgan bo'lamiz va 
“Falonchi yaxShi gapirdi” ma’nosini bildiramiz. Chunki “ilon inidan 
chiqadigan” so‘z birikmasi alohida aytilsa, mustaqil ma’no anglatmaydi. 
Ma’lum bo‘ladiki, matal shaxs nutqini go‘zallashtirish uchun xizmat qilar 
ekan, xolos. Maqol esa mataldan mustaqil ma’no ifodalay olish 
xususiyati bilan farqlanadi.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish