“Daraxt
ustida langar” (anjir), “Soy ichida saksonboy” (burga), “Tog‘
ustida o ‘rmon bor” (soch) kabi namunalami nasriy topishmoqlar qatoriga
qo‘shamiz.
83
“Uzun-uzun o ‘z keldi,
Uzun bo‘yli qiz keldi.
Qoshi qaltirab keldi,
Ko‘zi yaltirab keldi” (Yomg‘ir).
yoki
“Uzun-uzun iz ketdi,
Uzun bo‘yli qiz ketdi.
Toshga tegdi tarq etdi,
Sirg‘alari yarq etdi” (Suv)
kabi namunalami she'riy topishmoqlar deymiz.
Ma’lumki, hayotda biz munosabatda bo‘lgan har bir narsa-predmet
juda ko‘p xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ulaming rangi, ko‘rinishi, vazifasi,
vazni turlichadir. Shuning uchun har bir narsa haqida bir nechta
topishmoq to‘qish mumkin. Ayni paytda bir narsa haqidagi topishmoqda
ifodalangan belgilar boshqa narsada ham mavjudligi uchun javob ham bir
xil ho‘lmasligi mumkin. Masalan, topishmoqlar to‘plamida oddiy bir
tomchi haqida 14 ta namuna keltirilgan. Agar bittasida “Tumshuqsiz
chumchuq muz teshar” deyilsa, ikkinchisida “Jingila sichqon yer qazir”
deyiladi, uchinchisida esa “0 ‘tmas pichoq yer kavlar” deyiladi. Lekin
ulaming hammasida bir tomchi suv haqida fikr yuritiladi. Suv haqida esa
19 ta topishmoq keltirilgan. Ba’zan bir narsaning xususiyatlari birma-bir
sanab o ‘tiladi va jumboqning oson topilishi ta’minlanadi:
“Ko‘l emas, daryo emas,
Ichida muzlaydi suv.
Jazirama yozda ham,
Issiq o'tkazmaydi u.
Usti boshi temirdan,
Shundan joyi to‘rdan” (muzlatgich).
Bunday topishmoqlami narsa haqida to‘qilgan hikoya deyishimiz
mumkin. Chunki ta’rifda har bir belgi va xususiyat erinmay bayon etiladi.
Yuqorida qayd qilganimizdek, bitta topishmoqning bir nechta javobi bo‘-
lishi ham mumkin. Masalan, “Uzun terak, ichi g‘ovak”. Bu topishmoqqa
qamish, mo‘ri, miltiq javoblarini berish xato bo‘lmaydi. Yoki: “Tepdim,
tepdim, terakka chiqdim”ning javobi narvon va egarlangan otga chiqish
bilan javob berish mumkin.
84
Xalq orasida yashab kelayotgan topishmoqlar bir jumboqli va ko‘p
jumboqli bo‘lishi mumkin. Avvalroq misol qilib keltirgan suv, jiyda,
shamol, tanbur haqidagi topishmoqlar bir jumbog‘li hisoblanadi. She'riy
misralar soni bu o ‘rinda alohida ahamiyat kasb etmaydi: 6 misradan ibo
rat topishmoqning javobi muzlatgich edi. Ammo shunday topishmoqlar
ham borki, ularga javob berish uchun ikki va undan ortiq narsalami
eslashga to‘g ‘ri keladi:
- Tog‘da talaymonni ko‘rdim,
- Suvda sulaymonni ko‘rdim.
- Tuzsiz pishgan oshni ko‘rdim,
- Yumalab yotgan toshni ko‘rdim.
Bu topishmoqdagi to‘rt misrada to‘rtta narsa berilgan. Birinchisida bo‘ri,
ikkinchisida baliq, uchinchisida sumalak, to‘rtinchisida toshbaqa so‘zlari
yashiringan. Olima Zubayda Husainova ba’zan topishmoqlarda arifmetik
raqamlar sonini topish talab qilinishini yozadi. Masalan: “Bir to‘da g‘oz
uchib borar ekan. Bir g ‘oz ro‘baro‘ kelib: “Ey yuz g‘oz, sog‘-salomat
bormisiz”, - debdi. Shunda ulardan biri aytibdi: “Biz yuz g ‘oz emasmiz,
yana bir miqdori g ‘oz bo‘lsa, yana bizning yarmimiz miqdori va
yarmimizning yarxni bo‘Isa, u vaqtda sen qo‘shilsang, yuz g ‘oz bo‘-
lamiz”, - debdi. Havodagi g ‘oz qancha edi?
Javobi: 36 (36+36+18+9+1)=10026.
Xalq og'zaki ijodidagi topishmoqlar badiiy jihatdan ham so‘z san’ati
hisoblangan adabiyotda qo‘llangan juda ko‘p san’atlarga boy. Bu san’at-
laming topishmoqda uchraydigan eng ommaviysi istioradir. Oyna - ko‘z,
ilon - soch, qizil toychoq - til kabi o‘nlab misollarda istiora san’ati kelgan.
Yozma adabiyotda talmeh san’ati mashhur. Xususan, Alisher Navoiy
g ‘azallarida shunday bayt bor:
Ko‘p o ‘qudim Vomiqu, Farhodu, Majnun qissasin,
0 ‘z ishimdin bul ajabroq dostone topmadim .
Baytdagi Vomiq, Farhod, Majnun ismlari talmeh san’atiga misol bo‘ladi.
Ya’ni shoir o ‘z his-tuyg‘ularining oddiy emasligini ta’kidlash uchun ishq
yo‘lida iztirob chekkan oshiqlar ramziga aylangan qahramonlaming ism-
larini misol qilib ko‘rsatadi. “Talmeh” so‘zining ma’nosi “qaratmoq”dir.
26 Хусайнова 3. Узбек топишмоклари. - Т.: Фан, 1966. - Б. 29.
85
Topishmoqlarda ham ana shunday ismlar uchraydi. Taxmin qilish
mumkinki, bu ismli odamlar bir vaqtlar mashhur bo'lganlar, lekin vaqt
o‘tishi bilan asta-asta xalq xotirasidan o ‘chganlar:
Sariboy akam ichkari,
Soqollari tashqari (sabzi, makkajo‘xori).
Shuningdek, “Tokchama-tokcha, Samatjon boyvachcha” (sichqon),
“Osmoni resmon, Mulla Abdurahmon - beustixon” (bit) kabi misollarda
ham ismlar uchraydi.
Topishmoqlarda tazod (qarshilantirish) san’ati namunalaridan ham
foydalanilgan:
Osh ichida tosh,
Tosh ichida osh (sumalak, toshbaqa, yong‘oq).
Bu matnda hatto qofiya san’atining murakkab turi tarsi’ (misralardagi
hamma so‘zlaming qofiyalanib kelishi) ham o ‘rin olgan.
Badiiy adabiyotdagi jonlantirish (tashxis) san’ati topishmoqlaming
asosiy tasvir vositalaridan biri hisoblanadi.
Qoraboy otdan tushdi,
Bolalari yugurishdi (qozon, tovoq, kosa).
Ikki singil,
Og‘ir - engil (tarozi).
Ba’zan jonlantirishning gapirtirish (intoq) usuli ham uchraydi:
Zuv etdi bildingmi,
Zuvillab ketdi bildingmi?
Ko‘lankasi kumushdan,
Kulib ketdi bildingmi? (miltiq, o‘qi)
Bunday misollar xalq topishmoqlarining haqiqiy so‘z san’ati
namunasi ekanini qayta-qayta dalillaydigan omillardir.
Yuqoridagi sahifalarda topishmoqlaming xalq ertaklari, dostonlari
bilan aloqasi haqida ma’lumot bergan edik. Topishmoqlar ayni paytda
86
maqollar, qo‘shiqlar bilan ham yaqin munosabatda shakllangan. “Bo‘rining
og‘zi yesa ham qon, yemasa ham qon” maqoli topishmoq o ‘mida ham
kelishi mumkin va uning javobi yog* xumcha, kadi bo‘ladi. “Asaldan
shirin, zahardan achchiq” (til) topishmog‘i esa “Shirin so‘z - shakar,
achchiq so‘z - zahar” tarzda takrorlanadi.
Z.Husainova o‘zining topishmoqlar haqidagi tadqiqotida
G‘oq-g‘oq-g‘oq,
Dumog'im choq,
Suvda suzib yuraman,
Ko‘p kayflar suraman (g‘oz)
topishmog‘i bolalar qo‘shiqlari sifatida ham aytilishini ko‘rsatib o ‘tadi.
Xalq topishmoqlari maqollar kabi yozma adabiyot vakillari ijodiga
ham o ‘z ta’sirini o ‘tkazgan deyish mumkin. Topishmoqlaming yaralishi
maqsadidagi “0 ‘yla, izla, top” tamoyili yozma adabiyotdagi lug‘z
(chiston), muammo va tarix janrlarida yetakchi hisoblanadi. Xususan,
Alisher Navoiy bir chiston (lug‘z)ida shunday yozadi:
Ne sho‘x erurki, ulus ko‘ngli ichra savdosi
Aning yuzidagi xatlar kabi muqarrardur.
Kumushdurur taniyu himmati aning lekin
0 ‘n ikki o ‘z tanidek vajh ila muqarrardur.
Ishida ul o ‘n ikki har birisidur dinor
Ki, adl sikkasidin yuzlarida zevardur.
Magarki angladi xumsul muborak asrorin
Ki, soni bu adad o ‘lmish, agarchi yuz mardur.
Gadog‘a xumsidin ar saltanatdumr, ne ajab
Qachonki beklik aning mb’idin mussardur.
Chistonda el ko‘ngliga savdo (aqldan ozish) soluvchi, yuzida tahrir
qilingan muhri bor narsa nima, deb savol qo‘yilgan. Bu savolning javobi
“Tanga” bo'ladi. Ya’ni shoir narsaning belgilarini sanagan va javob to-
pishni so‘ramoqda. Uvaysiyning “Anor”, “Qaychi” chistonlari mashhur.
87
Muammo janrida shoir bayt yozadi, baytda muayyan amallami
bajarish iozimligi ko‘rsatiladi. Agar ana shu amallar to‘g‘ri bajarilsa, ism
vujudga keladi. Masalan, Alisher Navoiy baytini keltiraylik:
Bu gulshan ichraki yo‘qtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshiliq bila ot.
Baytning ikkinchi misrasidagi “saodat” so'zidan “ot” olinsa (chiqsa
yaxshiliq bila ot), “Sa’d” ismi hosil bo‘ladi.
Mumtoz adabiyotimizda oliy sarkardalaming g ‘alabalari, katta
qurilishlaming yakunlanishi, oliy martabali odamlar oilasida farzandning
tug'ilishi yoki mashhur olim - allomalaming vafot etishi munosabati
bilan shoirlik iqtidori bor adiblar “tarix” yozganlar. Tarixni tashkil
etuvchi har bir so‘z tarkibidagi harflar alohida raqamlami bildirgan.
Bunday tizim ilmda abjad deb atalgan. Abjad hisobining asosini arab
alifbosi tashkil etgan bo‘lib, alif - 1, bo - 2, jim - 3, dol - 4, ho - 5, vov - 6
raqamlarini ifodalagan. Oxirgi harflar zod - 800, zo - 900 va g‘ayn - 1000
raqamlarini anglatgan. Masalan: Durbek “Yusuf va Zulayho” dostonining
yozilgan yilini abjad hisobi bilan quyidagi baytda bergan:
“Zod” ( ( » edi tarix taqi “he”
Do'stlaringiz bilan baham: |