Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

o ‘z
qadrini yo‘qotadi. Natijada,
93


Mamayunus akaning mahoratini ham, Erka qorining topqirligini ham 
baholay olmaydi.
Askiya tarkibida kichik turlar mavjud. Ulaming eng ommalashgani 
payrov, qolganlari gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz; o‘xshatdim, qofiya, 
total, bo'lasizmi, rabbiya, afsona, safsata kabi nomlar bilan ataladi.
Payrovda askiyabozlar tinglovchilar auditoriyasining kasbi, hududi, 
mahalliy sharoit xususiyatlariga ko‘ra o'zaro kelishib mavzu tanlashadi. 
Mavzular dehqonchilik, kosiblik, o ‘qituvchilik, badiiy asarlar, maqollar, 
paxta, imorat, tabobat va boshqa yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. Ammo 
bir mavzu tanlandimi, boshlanishidan oxirigacha izchillik bilan davom 
etishi shart. Masalan, uchastka - imorat qurish payrovi chek olishdan 
boshlanadi. Keyin imoratning loyihasi tuziladi, devorlar uchun yer qazi- 
ladi, fundament (poydevor) quyiladi, to‘sin tashlashadi, paxsa qilinadi 
yoki g ‘isht teriladi, eshik, deraza, darvoza o ‘matiladi, suvaladi, tom qoqi- 
ladi, suv, gaz, chiroq o ‘tkaziladi, bo‘yaladi va hokazo ishlaming hammasi 
bajariladi. Hammasiga usta ishlatiladi. Bozordan qurilish ashyolari sotib 
olinadi. Xullas, imorat qurish: boshidan ichiga kirib joylashguniga qadar 
bo‘lgan jarayon aks etadi. Muhimi, har bir bajariladigan ish askiya 
asosida ichakuzdi kulgilar jo ‘rligida amalga oshiriladi. Askiyabozlaming 
mahorati qurilishning ipidan ignasigacha bilishdan tashqari ularni bayon 
qilishni so‘z o ‘yini bilan uyg'un olib borish va tinglovchilami muttasil 
kuldirish bilan belgilanadi.
Askiyaning boshqa turlarida ham askiyachilar bir-birlarining izzat 
nafsini haqorat qilmagan holda tinglovchilami kuldirish bilan o ‘z maho- 
ratlarini namoyish qiladilar.
Kulgi uyg‘otish usullarining hammasi askiyabozlar tomonidan foyda- 
lanilgan. Ulardan biri so‘z talaffuzini atayin buzib aytish hisoblangan. 
Masalan, avvalgi misolda kurort so‘zi «ko‘r ot» tarzida aytilgan. 
Shuningdek «kishmish» - kishimish, ya’ni kimdir; karbyurator - kal 
biladir; ruscha «kurit» o'zbekcha talaffuz bilan «ko‘r it» tarzida talaffuz 
qilingan. Ko‘pincha, mevalaming nomlari ismlar urg‘usi bilan aytilgan. 
Masalan, uzumlar: Hasayni - Hasan, Husayni - Husan, Qora chillaki - 
Qoravoy; qovunlar: Asati - Asadboy, Doniyor - Doniyor, Shakar palak - 
Shakarbek, Mirzacho‘1 - Mirzayo‘ldosh va h.k.
Ayrim mutaxassislar askiya matnini tahlil qilishda ko‘proq e’tibomi 
askiyachilaming so‘z qo‘llash mahoratiga qaratadilar. Bu - to‘g ‘ri. 
Ammo tajriba askiya matnini jonli ijrodan ajragan holda tahlil qilish u 
qadar ma’qul emasligini tasdiqlaydi. Askiyabozning mahorati, avvalo,
94


tinglovchilar oldida namoyon bo'ladi. Askiya badiiy adabiyotning drama 
jinsiga mansub janr hisoblanadi. Binobarin, askiyani o ‘tkazish bahosi 
uning yozma matni bilan emas, jonli ijrosi bilan belgilanadi. Shuning 
uchun askiya haqida fikr yuritganda, askiyabozlaming mavzuni to‘g ‘ri 
tanlagani, uni izchil ravishda mantiqiy yakunga etkaza olgani, badi- 
hago‘ylik mahoratini qay darajada ishga solgani, tinglovchilaming 
maqtoviga sazovor bo‘lgani bilan baholash ma’qul hisoblanadi.
Askiya yuzasidan ma’lumot berishda bir masalani esdan chiqar- 
maslik lozim. Gap shundaki, askiya tabiatida pomografiya - uyatli ma’no 
ifodalash xususiyati bor. Aytish kerakki, umuman, xalq og'zaki ijodidagi 
deyarli hamma janrlarda uyatli tushunchalami pardali tasvirlash odatini 
inkor qilib bo‘lmaydi. Ayrim qo‘shiqlarda, topishmoqlarda, latifalarda, 
dostonlar va ertaklarda ba’zan ijrochilar tinglovchi auditoriyasini yanada 
qizdirish, e’tiborni o ‘ta jalb qilish, kulgi darajasini ko‘tarish maqsadida 
bu usuldan foydalanganlar. Ammo odob chegarasi ulaming juda erkin 
so‘z ishlatish va harakatlariga yo‘l qo'ymagan. Shu bilan birga askiya 
ijrosida iyhom san’atidan foydalangan holda pomografik ma’noli askiya 
matnini qo'llash tajribada ko‘proq namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham 
askiya erkaklar o ‘rtasida aytilganda, ayollaming davrada qatnashishi 
ma’qul sanalmagan. Folklorshunoslikda ayollar o'rtasida alohida aski- 
yalar bo‘lib turgani haqida ham ma’lumotlar bor.
Shunday qilib, askiya o ‘zbek xalq og‘zaki ijodining so‘z o ‘yini aso- 
sida shakllangan va ommalashgan o ‘ziga xos janri sifatida baholanishi 
mumkin. Askiya jozibasi asrlar davomida ota-bobolarimiz e’tiborini jalb 
etib kelgan. Uning taraqqiyotiga bugungi kunda Jo‘raxon aka PoMatov, 
Bahodir 
Shokirov, 
Ne'matjon Toshmatov, 
Akromjon Anvarov, 
Mansurjon Oxunov, Sodiqjon Hasanov, Muhammadsiddiq Miryayev, 
Ubaydulla Abdullaev, Ma’m f Rahimov, Jaloliddin Rahimov, Hotamjon 
Hakimjonov, Hotamjon Teshaboev kabi so‘z san’atkorlari munosib hissa 
qo‘shib kelmoqdalar.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish