Keyingi to‘rtlikdagi so‘zlar shunchalar
sodda va bizga tushunarliki,
asl matnni o ‘qiganda ham asosiy fikmi aniq tasavvur qilishimiz mumkin.
Ya’ni hayotning tinimsiz o‘tishi sevgi dardiga mubtalo bo‘lgan yigit yoki
navro‘z ayyomida tabiatdagi go‘zal o ‘zgarishlarni ruhan his qilgan inson
qalbidagi ichki kechinmalaming jo ‘sh urishiga mutlaqo ta’sir qilmaydi.
Zamon o ‘zgaraveradi, ammo bahor kelgani zahoti yosh bolalar turli
ko‘rinishdagi varraklami uchiraverishadi, ayni paytda, «Boychechak»ni
aytishaveradi. Demoqchimizki, inson paydo bo‘libdiki, his-tuyg‘ularni
ifodalash vositasi hisoblanmish - qo‘shiqlar unga hamroh edi.
Biz qo‘shiq deb atayotgan janr adabiyotlarda ko‘rsatilishicha,
«shlok», «takshut», «ir» (yir), «kug» kabi atamalar bilan qadimdan atalib
kelgan. Mahmud Koshg'ariy esa bunday asarlami «qo‘shuq» - qo‘shiq,
qasida, she'r tarzida beradi. So‘zning ma’nosini sharhlashdagi to‘rtlikda
«malikaga mendan maqtov yetkaz»4
mazmunidagi misra borki, izohdagi
qasida atamasini qo‘llash ham o‘zini oqlaydi.
Xalq qo‘shiqlari og'zaki ijodimizdagi lirika jinsiga mansub janrdir.
Bu janming boshqa turdagi asarlardan farq qiluvchi bosh xususiyati unda
ijodkoming his-tuyg‘ulari, ichki kechinmalari, ruhiy holatini ifodalash-
dan iborat. Bu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi.
Boshqa janrdagi asarlarda
qahramonning ruhiy holatini aks ettirish belgisi yo‘qmi? Boshqa janr-
lardagi asarlarda asosiy yo‘nalish voqeani bayon qilishdan iborat bo‘ladi.
Faqat ayrim o ‘rinlardagina his-hayajon tasviri bilan bog‘liq parchalami
uchratamiz. Bu o‘rinlarda lirik tasvir qahramon qiyofasini ochishda usul
bo‘lib xizmat qiladi. Xorazm dostonlari bundan istisno.
Chunki xorazm-
lik baxshilar ijro etgan dostonlaming she’riy parchalari qo‘shiq qilib ay
tiladi va ular ham lirik jins namunasi hisoblanadi. Xalq qo‘shiqlari esa
to‘liq ravishda lirik ijod sifatida belgilangan. Taniqli olima, xalq qo‘shiq-
larining yirik tadqiqotchisi, butun umrini xalq qo'shiqlarini yozib olish,
o'rganish, nashr qilishga bag‘ishlagan fidoyi inson Muzayyana Alaviya
mazkur asarlarga: «...oddiy hayot hodisalari tug‘dirgan
hissiyotni ifoda-
Iagan, kuyga solishga qulay, qisqa, esda qoladigan qofiya, vaznga ega
bo‘lgan she'r qo‘shiq bo‘la oladi»44, - deb ta’rif beradi.
Haqiqatan ham, qo‘shiqning paydo bo‘lishiga bosh
sabab inson kay-
fiyatidagi chuqur iztirob yoki to‘satdan paydo bo‘lgan ko‘tarinki ruhdir.
Inson noxush damlarda ko‘proq sukut saqlaydi, xayolda vaziyat yechi-
mini topishga urinadi. Bunday daqiqalarda mungli kuy tasalli beradi,
43 Махмуд Кошгарий. Девону лугати-т- турк. I том. - Т.: Фан, 1960. - Б. 357.
44 Алавия М. Кушикларнинг мазмуни ва шакли масаласига дойр / Узбек халк ижоди. - Т.:
Фан, 1967. - Б. 73.
122
ko‘ngilni bir oz bo‘lsa-da yozadi. Xursandchilik onlarida esa sho‘x qo‘-
shiq, raqs hamroh bo‘ladi. Ayni ana shunday
manfiy va musbat holatlar
shaxs qalbida link kechinmalaming paydo bo‘lishiga zamin hozirlaydi:
oqibatda qo‘shiqning yaratilishiga sabab bo'ladi. Xalqimizda «Kuygan -
qo‘shiqchi, suygan - baxshi» hikmati bejiz aytilmaydi.
Qo‘shiq haqida nazariy ma’lumot berilgan deyarli hamma adabi-
yotlarda uning «qo‘shmoq» fe’lidan hosil bo‘lgani aytiladi. Qo‘shiq ata-
masining tarixi qanchayin sodda tuyilmasin, og‘zaki ijodimizdagi bu janr
juda murakkab ruhiy kechinmalami ifodalashga xizmat qiladi. O'qil-
ganda, eshitilganda tushunish oson sezilgan to‘rtliklar zammida olam-
olam ma’no, murakkab qismat yotadi. Shu bois har qanday qo‘shiq bilan
tanishganimizda tezlik bilan shoshib xulosa chiqarish to‘g‘ri bo'lmaydi.
Xalq og‘zaki ijodidagi link tur hisoblangan qo‘shiq quyidagi janr
xususiyatlariga ega:
1. Qo'shiqlarda inson kechinmalari, qalb izhorlari aks etadi. Shuning
uchun ular lirikjinsga mansub janr deb hisoblanadi.
2. Qo'shiq shaklan she’riy ko'rinishda bo‘ladi. 0 ‘zbek xalq qo‘shiq-
lari, asosan, barmoq vaznda, ba’zan aruzda yaratiladi.
3. Ko‘pincha, xalq qo‘shiqlari to‘rt misradan iboratdir. Go‘zal ruhiy
holatni ifodalash xususiyatiga ega. Ayni
paytda bir necha bandlardan
iborat muayyan mavzuni yorituvchi qo‘shiqlar ham bor. Ba’zan 6, 8
misrali namunalar ham uchraydi. 4 misralilari
Do'stlaringiz bilan baham: