Dehqonchilik bilan b o e ‘lia a o ‘shialar.
Qollanmaning awalgi
sahifalarida «Avesto» haqida to‘xtaganmiz. Qadimgi asarda bug‘doyni
51 Саримсоков Б. Кушшугар / Узбек халк огззки поэтик ижодя. - Т.: Укитувчи, 1990. - Б.
144.
130
ekishga berilgan ahamiyat inson taqdiri bilan uyg‘unlashgan. Bu esa
o ‘zbek xalqi ajdodlarining dehqonchilik bilan shug'ullanishi yuzlab
emas, minglab yillarga tengligini isbotlaydi. Binobarin, dehqonchilik
bilan bog'liq qo‘shiqlarda ekin-tikin jarayoni boshidan oxirigacha
bosqichma-bosqich aks etishi tabiiydir. 0 ‘zbek folklorshunosligining
asoschisi Hodi Zarifov bevosita hayot aks etgan qo‘shiq namunalariga
alohida e’tibor bilan yondashar ekan, dehqonchilik haqidagi asarlami
yozib olishni qadrlagan edi. Shuning uchun o ‘zbek olimlari bisotidagi
dehqonlar aytadigan qo'shiqlar nisbatan to‘Iiq yozilganligi bilan ajralib
turadi. Ulami Bahodir Sarimsoqov qo‘sh, o ‘rim, yanchiq, yorg‘ichoq
qo‘shiqlari tarzida ichki turlarga boMib tahlil qilgan52.
Dehqonning mehnati yer qa’ridan tail kelishi bilan bog'liq. Tajribali
bobolarimiz fikricha, bahor yerdan bug' ko‘tarilishidan boshlanadi.
Qishning oxirida yerdan bug‘ ko‘tarildimi, dehqon qo‘shni dalaga olib
chiqadi. Abdulla Qahhoming « 0 ‘g‘ri» hikoyasida Aminning Qobil
boboga bergan masxaraomuz:
- Yaxshi ho‘kizmidi, yo yomon ho‘kizmidi? - savoliga chol:
- Qo‘sh mahali, - deb javob qaytaradi. Ya’ni yer haydash boshlangan
paytda ho‘kizning yaxshi-yomoniga e’tibor berilmaydi, demoqchi. Shu
ikki og‘iz so ‘z bilan yer haydashning og‘irligi, hosil uchun bu ishning
muhimligi o‘z ifodasini topgan. Dehqon yemi haydashdan kelajakka
umid bildiradi. Mehnatning mashaqqati bu umid oldida orqaga chekinadi.
Shu bois ho‘kizning shoxiga yog‘ surib hosil mo‘lligini mhan
ta’minlamoqchi bo'lgan dehqon qo‘shiq bilan o ‘zini ovutgan bo‘lishi
mumkin. To‘g‘ri, bu qo‘shiqlar, ko'pincha, ho‘kiz tilidan aytilgan. Og‘ir
qismatdan dehqon hayvon nutqi vositasida noligan:
Shoxlarim bor gaz-gaz quloch,
Ustida o‘ynar qaldirg‘och,
Hayday desam, qomim och,
Men qo‘shga qanday yarayin.
Aslida, oxirgi ikki misra ho‘kizning emas, dehqonning ahvolidan
xabar bermoqda. Natijada, dehqon ho'kizdan hasrat qilish vositasi sifa
tida foydalanmoqda. Bu o‘rinda qo‘shiqdagi og‘ir turmush sharoitining
52 Саримсоков Б. Девдончилик билан бопищ купгиклар. Узбек халк огзаки поэтик ижоди
китобида. - Т.: Уцитувчи, 1990. - Б. 144-150.
131
aks etisbi qo‘sh haydash paytida dehqonning mehnatini qanday qilib
yengillashtirishi mumkin degan mantiqiy savol paydo bo‘ladi. Savolga
ikki xil javob berish mumkin. Birinchidan, inson tabiatida bir xil zerikarli
ish qilayotgan paytda nimanidir aytib turish unga hamisha madad
bag'ishlaydi. Dehqonning qanday qo'shiqni aytishi ahamiyatsiz. Muhimi,
u qo‘shiq aytsa, bu qo'shiq haqiqatdan xabar bersa, bas! flddnchidan,
mabodo dehqon mazkur to‘rtlikni aytdi, undagi mazmunga ham diqqat
qildi, deylik. U taqdirda taxmin qilish mumkinki, aytuvchining harakatini
endi alam boshqara boshlaydi. Oqibatda, u omoch tishlarini yerga chu-
qurroq botirishga, bemajol qo‘l mushaklarini yaxshiroq harakat qildi-
rishga urinadi. Ishning yakuniy bosqichida esa rahm, shafqat mazmuni
o ‘z-o‘zidan quyilib keladi:
Ho'kizginam, bo‘yniginang ezildi.
Ko‘zginangdan yoshlar qator tizildi.
Bo'yinturuq bilan omoch tortmasang,
Seni bilan menga go ‘rlar qazildi.
Bu mazmundagi to‘rtlik ijrosida ham aytuvchining chuqur ruhiy
ichki kechinmalari ifodalangan. His, tuyg‘u o‘rin olgan qo'shiq esa har
qanday og‘ir vaziyatda ham kishi kayfiyatiga dalda beradi, mehnat
jarayonini nisbatan yengillashtiradi.
Yer haydalib, don sochilganidan so'ng yetilgan hosilni o‘rish bosh-
lanadi. Avvalo, o ‘rishni yer haydash bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Agar
yer haydash bitta odam tomonidan bajarilsa, jismoniy quvvatni qo'llash
og‘ir bo‘Isa, bahorda "ilik uzildi" (odam tanasidan quwatning qochishi)
paytiga to‘g ‘ri kelsa, hosilga ko‘proq umid bildirilsa, о ‘rim o ‘rishda
dehqon har holda quvvatga kirgan, o ‘rgan har bir bug‘doy poyasi uning
kuchiga kuch qo‘shadi, xirmondan aniq darak beradi. Ikkinchidan, o ‘rim
jarayonida jamoa bo‘lib ishlash imkoni bor. Bu omillar, shubhasiz, o ‘rim
o ‘rishda dehqon kayfiyatini yaxshilaydi. Ustiga ustak qo‘shiq aytilsa, пш
ustiga nur bo‘lib qo‘shiladi. Shuning uchun o ‘rim qo‘shiqlari qo‘sh
qo‘shish paytida aytiladigan to‘rtliklardan o ‘ynoqiligi, nisbatan sho‘xligi
bilan farq qiladi:
0 ‘rog‘im olmos,
0 ‘rishdan qolmas,
132
Sira ham tolmas,
0 ‘rmasam bo‘lmas.
Yuqori sahifalarda qayd qilganimizdek, dehqon ish qurolini maqtay-
di, undan qoniqayotganini izhor qiladi. 0 ‘roqning olmos kabi o'tkir eka-
nida o ‘zining charxlash mahoratini maqtash ohangi ham yo‘q emas. 0 ‘mi
kelganda, dehqon bug‘doyga ham murojaat qiladi. Bug‘doydan to‘p
bo‘lib turishni so'raydi. Shunda uni o‘rish oson kechishini ta’kidlaydi.
Ayni paytda dehqonchilik qo‘shiqlari qatorida «Qora daryo» turkumi
ham mavjud bo‘lib, unda ekinlar intoq53 san’ati vositasida tilga kiradi va
muayyan tajriba natijasini izhor qiladi. Mazkur to'rtliklarda arpa,
bug‘doy, sholg‘om, mosh kabi ekinlar so‘zlaydilar. Aksari hollarda
ulaming xasratlari bilan tanishamiz:
Sholg ‘om aytar shod bo ‘lmadim,
Bu g ‘amdan ozod bo'lmadim.
Suv ichib obod bo‘lmadim,
Toshmadingmi, qora daryo?
Bahodir Sarimsoqovning ma’lumot berishicha, o ‘rim hashar qilib o ‘t-
kazilayotganda: «...o‘rimchilami zeriktirib qo‘ymaslik, ishtiyoq bilan
mehnatga chorlash maqsadida so'zga chechan kishilar turli lirik qo‘shiq-
lardan yoki qiziqarli dostonlardan parchalar kuylab, o ‘roqchilarga dalda
berganlar. Qashqadaryo, Surxondaryo va janubiy Tojikistonda yashovchi
o ‘zbeklar o‘rim paytida «Yozi bilan Zebo» dostonidan parchalar
kuylaganlar»54.
Dehqonchilik qo'shiqlarining yana bir tori yanchiq paytida aytilgan.
Ko‘pincha, ulami xalqning o ‘zi «Mayda», «Mayda gul», «Maydalar»,
«Xo‘p mayda» deb ataydi. Hosil yig‘ish ko‘ngildagidek natija berga-
nida dehqon endi o‘zini ruhan tetik his qiladi. Aksincha bo‘lgan taqdirda
ham o ‘zbeklarda «nasiba» degan shukronalikni ifodalovchi so‘z bor. Shu
ning uchun mayda qo‘shiqlarida biz qo‘sh qo'shiqlarida, «Qora daryo»da
bo‘lganidek, qismatdan nolish, dard-hasrat ohanglari nisbatan kam o ‘rin
53 Инток - нутц сузидан олинган булиб, нарса-предметларни ш сон тилида сузлатшн
санъати хисобланади.
54 Саримсоков Б. Девдончилик билан боглиц кушиклар / Узбек халк огзаки поэтик ижоди. -
Т.: Укитувчи, 1990. Б. 147.
133
olganiga guvoh bo‘lamiz. Bunday qo‘shiqlarda tabiat bergan in’omdan
mamnunlik kayfiyati ustuvordir. Dehqon yana hayvonga murojaat qiladi:
Xo‘p hayda-yo, xo‘p hayda, maydayo-mayda,
Qalqon qulog‘im hayda, maydayo-mayda.
Temir tuyog‘im hayda, maydayo-mayda,
Xirmonni qilgin mayda, maydayo-mayda.
Ba’zan esa dehqon o‘zining hazilini ham qo‘shiqlarda ifolashi
mumkin. U ish hayvoni ustidan kulishga va shu usul bilan ko‘nglini
yozishga uringan:
Mayda-mayda may bosar, maydayo-mayda,
Mayda senga yarashar, maydayo-mayda.
Sening qalin terilaring maydayo-mayda,
Etik qilsa yarashar, maydayo-mayda.
Odatda, mayda qo‘shiqlari dehqonning bevosita ko‘ngil izhoridan
iborat bo‘lishi mumkin. Chunki yanchiq jarayonida o ‘rimdagidek keng
jamoa ishtiroki talab qilinmaydi. Ijrochi qo‘shiqlarini ho‘kiz yoki boshqa
hayvondan tashqari yanchiqda deyarli hech kim eshitmaydi. Ayni paytda
baribir bosh maqsad yil davomida qilingan mehnat mahsuliga tezroq ega
bo‘lishni taqozo etadi. Qo‘shiq dehqondagi zerikish holatini yumshatish
va har bir harakatning samarasini oshirish vositasi vazifasini bajargan.
Ammo agar bu qo‘shiqlarda dehqon bajarayotgan mehnatgina aks etgan
desak, xato bo‘ladi. Chunki har bir qo‘shiqda dehqon, albatta, o ‘zining
ichki kechinmalarini, hayot tajribasidan olgan taassurotlarini, turmush
tashvishlarini ham bayon qiladi. Qo‘shiq aytuvchi sahnadagi san’atkor
xonanda emas, balki daladagi oddiy ijrochi va ayni shu pay tiling o‘zida
uning o‘zi tinglovchi sifatida namoyon bo‘ladi. Aslini olganda, uning
qo‘shiqlarini yer haydayotgan yoki bug'doy yanchayotgan ho‘kiz
eshitadi, xolos. Dehqonga ho‘kizidan boshqa tinglovchining keragi ham
yo‘q. Chunki u dilidagi his-tuyg‘uni o ‘ziga o ‘zi aytadi va shu yo‘l biJan
qilayotgan ishini yengillashtiradi, hasratini yozadi. Aytish mumkinki,
bunday vaziyatda dehqon yonidagi hayvon uning vafodor sirdoshiga
aylanadi.
Dehqonchilik qo'shiqlarining so'nggi turi «Yorg‘ichoq» qo‘shiqlari
deb ataladi. Yorg‘ichoq bug‘doyni un qiladigan xonaki asbobning nomi.
134
Ikki ustma-ust qo‘yilgan ichki qismi yo'nilgan toshning o'rtasi o'yilgan
boladi. Tepa qismdagi tosh chekkasiga yog'och dasta suqiladi. Shu
dastani ushlab toshni aylantirishadi. 0 ‘rta teshikka solingan bug‘doy doni
markazdan qochish kuchi hisobiga ikki tosh o ‘rtasida maydalanib unga
aylanadi. Bu ishni faqat ayollar bajaradi. Binobarin, og‘ir mehnat
davomida aytiladigan qo‘shiqlarni ham ayollar ijro etadilar. Ularda ayol
yorg‘ichoqqa murojaat qiladi. U bilan gaplashadi, xasratlashadi, dardini
to‘kadi. Natijada, yorg‘ichoq oiladagi onaning his-tuyg‘usini samimiy
ravishda bayon qilish vositasiga aylanadi:
Yorg'ichoq yalpoqqina,
Un qilar oppoqqina,
Yorg‘ichoq xir-xir etar,
Mushtdakkina xamir etar.
Yorg‘ichog‘im guldur-guldur,
Bo‘g ‘zim to‘la oppoq undir,
Boy bobomning xonadoni,
Ikkimizni yeydir-yeydir.
Shunday qilib, yil fasllari o ‘zgaradi, dehqonning ish quroli (ho‘kiz,
omoch, o ‘roq, yorg‘ichoq) o‘zgaradi, ammo qo‘shiqni yaratishdan nazar
da tutilgan bosh maqsad (og‘ir mehnatni yengillatish, turmush hasratini
aytib yurakdagi g‘amni yozish) o‘zgarmaydi. Har qanday vaziyatda ijro
etiladigan qo'shiq hayotning link ifodasi sifatida baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |