Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

O o ‘shiqlar tasnifi.
Xalq qo‘shiqlari og'zaki ijoddagi boshqa janrlar 
kabi mavzu yo‘nalishiga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Avvalgi sahifalarda 
ko‘rib chiqqanimizdek, Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘oti-t-turk» 
asarida sharhlanishi lozim bo‘lgan bir so‘z ishtirokida keltirilgan qo‘- 
shiqlar o‘zida lirik his-hayajonni ifodalashdan tashqari muayyan maz- 
munni ham yoritadi. Mavzu yo‘nalishiga ko‘ra qadimiy namunalami qah­
ramonlik, mehnat, mavsumiy, marosimiy, muhabbat qo'shiqlariga ajra- 
tish mumkin. Bu tasnif hozirgi paytda xalq vakillari tomonidan ijro etila- 
digan qo'shiqlarga to‘liq ravishda mos kelmaydi. To‘g‘ri, mazmunan qa­
dimiy qo‘shiqlarga yaqin asarlar ham yo‘q emas. Lekin zamonaviy xalq 
qo‘shiqlari avvalgilardan hayotni ifodalashda, so‘z qo‘llashda, badiiy 
tasvir vositalaridan foydalanishda muayyan farqlarga ega. Shuning uchun 
yuqorida qayd etilgan fikrlarga suyangan holda og‘zaki ijodimizdagi xalq 
qo‘shiqlarini quyidagi turlarga bo‘lib tasnif qilish maqsadga muvofiqdir:
128


1. Mehnat qo‘shiqlari.
2. Mavsum-marosim qo‘shiqlari.
3. Link (ishqiy) qo‘shiqlar.
4. Tarixiy qo‘shiqlar.
M ehnat a o ‘shialari.
0 ‘zbek xalqi tarixini shartli ravishda mehnat 
qilish tarixidan iborat deyish mumkin. 0 ‘zbeklar to‘y marosimlarini, gap- 
gashtaklami, sayillami, turli bayramlami o‘tkazishda o ‘ta tashkilotchi va 
ijodkor xalq sifatida shuhrat topgan. Dam olish, hordiq chiqarishni o‘r- 
niga qo‘ygan xalq, odatda, mehnat qilishni ham biladi.
Mehnat esa dehqonchilik, chorvachilik, kasb-hunar; ilm-fan rivoji 
yo‘lida faoliyat ko‘rsatish bilan uzviy bog‘lanadi. Xalq mehnat sama- 
rasini muttasil ravishda oshirish chorasini ко‘rib kelgan. 0 ‘tgan asr 
0
‘z­
bek adabiyotiga munosib hissa qo‘shgan yozuvchi Oybek «Qutlug‘ qon» 
romanida kosib Shokir otaning mahsi tikish bilan band bo‘lgan paytlarini 
tasvirlaganda shunday deb yozadi: «Yupqa devor bilan hovlidan ajralgan 
do'konxonada Shokir ota ishlaydi. Ba’zi vaqt uning qo‘shig‘i Unsin qulo- 
g ‘iga yetadi. Choi xasta ovoz bilan kuylaydi. Ovozini bir qo‘yib, yana 
to‘satdan jim bo‘ladi. ...Unsin diqqat bilan tinglab, mana shu misralami 
uqib oladi:
Ko‘rmasaydim bu umr sahrosini,
Chekmagaydim ko‘kka o ‘tlik ohini.
Pora-pora yirtdi ko‘ksimni sitam,
So‘rg‘uchi bormi ko‘ngilning zorini?49
Abdulla Qodiriyning « 0 ‘tkan kunlar» romanida quyidagi nozik 
matnni o‘qiymiz: «Uzoqda qo‘sh haydab yurgan yigitning ashulasi 
eshitiladir: «Ikki yomi ajratuvchi bu falakning gardishi!» Ruhlik, kuchlik 
ko'krakdan chiqqan bu ashula tevarakni zir-r etdirib yuborgandek
Otabekka ham boshqacha bir ta’sir beradir. Go‘yo bu dehqon uning 
istiqbolidan hikoya qilgandek bo‘ladir»so.
Ma’lum bo‘ladiki, mohir yozuvchilar badiiy asarlarda obraz yaratish 
jarayonida mehnatkash ommaning vakillarini xalq qo'shiqlarini aytish 
bilan bog‘laganlar. Qanday mehnat tori bilan shug‘ullanmasin, millatimiz 
vakillari qo‘shiqni hayot hamrohi deb bilganlar. Ayniqsa, bevosita 
mehnat qo‘shiqlari boshqa xalqlarda bo‘lgani kabi ish jarayonini o ‘zida
49 Ойбек. Кутлуг цон. Роман / Асарлар. Турт томлик. Иккинчи том. - Т., 1957. - Б. 288-289.
50 Ко лир ий А. Уткан кунлар. Мехробдан чаён / Романлар. - Т., 1992. - Б. 113.
129


ifodalashi bilan mashhur. Mehnat esa o‘ziga yarasha jismoniy 
harakatdan, ba’zan zerikarli bir xil faoliyatdan iborat bo‘ladi. Bu esa 
odamni toliqtirgan ishni to‘xtatmasdan ovunish choralarini izlashga 
majburlagan. Ana shunday murakkab vaziyatlarda qo‘shiq aytish sama- 
rali yechim vazifasini o‘tagan. Tanob-tanob yerga don sochish, keyin- 
chalik hosil o ‘rish, chelak-chelak sut soglsh, metrlab gilam to‘qish faqat 
aytishga oson. Aslida, bu ishlar dehqon, sut sog'uvchi, gilam to‘quvchi, 
bug'doyni un qiluvchidan kuchli iroda, katta jismoniy kuch, malaka va 
tajriba talab qilgan. Shuning uchun tadbirkor xalq mehnatni qo'shiq 
jo ‘rligida amalga oshirish yo‘lini o ‘ylab topgan.
Mehnat qo‘shiqlari o ‘z tarkibida bir necha janrlardan iborat boiadi. 
Har bir janmi bevosita mehnatning qaysi turi bilan band bolish bel- 
gilaydi. Xususan, o'rmak qo‘shig‘i gilam to‘qishda aytilar ekan, aynan 
shu namuna kashta tikuvchi, qo‘sh haydovchi shaxs tomonidan ijro etil- 
maydi. Ya’ni har bir mehnat sohasi o ‘zining maxsus qo‘shig‘iga egaligi 
bilan ajraladi. Shuningdek, ko‘p qo'shiqlarda ish qurollariga murojaat 
qilish odati bor. Bug‘doy yanchayotgan dehqon ho'kizi bilan tillashadi, 
un chiqarayotgan ayol yorglchoqqa murojaat qilishi mumkin. Binobarin, 
mehnat qo'shiqlarining ichki turlarini matnda esga olingan ish quroli 
vositasida ham aniqlash imkoni bor. Yana bir xususiyatni eslab o ‘tish 
joiz. Mehnat qo‘shiqlari uzoq muddat davomidagi ishni bajarishda o‘ziga 
xos vosita bolgani sababli ularda qayta-qayta bir matnni takrorlashdan 
chaqlanish, ish qilayotgan odamning sergakligini oshirish uchun turli 
xitoblarga murojaat qilish ham an’ana hisoblanadi.
Folklorshunos Bahodir Sarimsoqov mehnat qo‘shiqlarini o ‘rganish, 
tahlil qilishning qulayroq yolini belgilash maqsadida ularni quyidagi 
turlarga bo‘lishni ma’qul topgan:
1. Dehqonchilik bilan bogliq qo‘shiqlar.
2. Chorvachilik bilan bogliq qo‘shiqlar.
3. Hunarmandchilik bilan bog‘liq qo'shiqlar51.
Olimning ta’kidlashicha, ovchilik, savdo-sotiq kabi mehnat turlari 
bilan ham bogliq asarlar bolgan, ammo bu namunalar bugungi kunda 
saqlanmagan. 
Xususan, 
ulaming 
ayrimlarini 
faqat 
Mahmud 
Koshg‘ariyning «Devonu lug‘oti-t-turk» asaridagina uchratish mumkin.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish